Авторы

  • Fotima Xurramova
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.68112

Ключевые слова:

финансы кредит указы проценты по кредиту.

Аннотация

В данной статье рассматриваются изменения и реформы банковской системы нашей страны, в том числе пути повышения эффективности финансово-кредитного сектора.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

131

MOLIYA-KREDIT SOHASIDA RAQAMLI INTEGRATSIYALARNI AMALIYOTDA

QO’LLASH ORQALI SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO’LLARI

Xurramova Fotima Bahodir qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

mail: fotimaxurramova261@gmail.com

Tel:+998936685251

https://doi.org/10.5281/zenodo.14900434

Annotatsiya

: Ushbu maqolada yurtimizda bank tizimidagi o’zgarishlar hamda islohotlar,

jumladan moliya-kredit sohasidagi samaradorligini oshirish yo’llari ko’rib chiqilgan.

Abstract:

This article examines changes and reforms in the banking system in our

country, including ways to improve the efficiency of the financial and credit sector.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются изменения и реформы банковской

системы нашей страны, в том числе пути повышения эффективности финансово-
кредитного сектора.

Kalit so’zlar

: moliya, kredit, farmonlar, kredit foizlari.

Key words:

finance, credit, decrees, loan interest.

Ключевые слова:

финансы, кредит, указы, проценты по кредиту.


Mamlakatimizda iqtisodiy jihatdan so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar va

binobarin moliya-kredit sohasi ko’zga tashlanyapdi. Bu masalasida prezidentimiz farmoni bilan
ko’plab ijobiy ishlarni ko’rishimiz mumkin. Hozirgi rivojlanib borayotgan davlatimizda bank
va bank faoliyati, hamda moliya va kredit sohalari ham rivojlanib boryapdi. Shu jumladan “2020
— 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ham qabul qilindi.
Unga ko’ra, Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga
oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini
kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.

Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy

investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov
tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.

Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik subyektlari, shu

jumladan, yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy
shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning bazaviy
xizmatlaridan (depozit, kredit va to‘lov xizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirishni
nazarda tutadi.

Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni

amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

1) Jahon banki ko‘magi bilan moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq va

muvofiqlashtirilgan yo‘nalishlarini belgilovchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy
strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

2) subsidiyalanadigan kredit dasturlarini yetarlicha xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif

qatlamlarga yo‘naltirish hamda subsidiyalarni vaqt bo‘yicha cheklash maqsadida davlatning


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

132

ishtirokini yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlarda jamlash va boshqa qator
vazifalar berildi.

Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj

boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun
maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini
ifodalaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob’ekti va sub’ektiga ta’rif berish orqali
iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadi daromad olishga hamda o‘z manfaatlariga
erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif berilgan. Kredit faoliyati
deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish
xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan
faoliyatning yig‘indisini tushunishimiz mumkin. Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni
qondirishga yo‘naltirilgan qayta taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining
sub’ektlari uchun daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining
mohiyati olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. U
iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini yetakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi. Kredit
faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita daromad
ko‘radilar.Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz oluvchilar
ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu kabi manfaatlariga
etishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa
foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari, kredit faoliyati ishlab chiqarishga
investitsiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi, progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi.
Bugungi kunda kredit iqtisodiyotni makrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan
biriga aylangan. U milliy valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi
birlamchi masalalarni hal etishda yordam beradi. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni
bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit
yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi
taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish,
mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari
yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari
yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi
yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi. Kredit
zamonaviy dunyoda iqtisodiy rivojlanishning eng muhim manbai bo'lib qolmoqda. Bizning
davlatimizda ham kreditlarga bo’lgan talab ancha oshib boryapdi. Jumladan hozirgi kunda
ommalashgan “ ta’lim krediti ” ota-onalar uchun ham talabalar uchun ham ancha yengillik bo’ldi
deb ayta olamiz. Chunki talabalar o’qishni bitirgan so’ng 7 yil muddat ichida olgan kreditlarini
to’laydilar. Ushbu kredit qizlar uchun foizsiz, o’g’il bolalar uchun esa 13,5 % qilib belgilandi.

Hozirgi zamon jamiyatida banklar ko‘p sonli va xilma - xil moliyaviy xizmatlar

ko‘rsatadigan muassasaga aylandi. Ular orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash, qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari, korxonalarga tegishli mulklarni boshqarish
operatsiyalari va boshqa bir qator moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Biroq shunga
qaramasdan, kredit operatsiyalari tijorat banklari uchun birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan
operatsiya sifatida saqlanib qolmoqda. Qisqa muddatli kreditlash bu kreditlash ob’ektlari,
kreditlash metodlari, ya’ni kreditlash tamoyillari bo‘yicha kredit berish va qaytarish usullariga
asoslangan holda kreditning kapital aylanishida qatnashishi tushuniladi. Banklarning qisqa


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

133

muddatli kreditlashini tashkil qilish turli mamlakatlarda davlatning me’yoriy huquqiy
hujjatlariga asoslanadi. Ya’ni, banklar uchun mijoz va bank talablarini, Markaziy bankning
me’yoriy hujjatlari, shuningdek, milliy tarixiy bank ishlarini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.
Xorijiy va milliy iqtisodchilar kreditning mohiyati va roliga nisbatan turli xil nazariy
yondashuvlarga ega bo‘lsalar-da, ularning barchasi banklarni qisqa muddatli kreditlashni
tashkil qilish asosini korxonaning to‘lov aylanmasi qonuniy ekanligi bilan bog‘lashadi. Kapital
aylanishining asosiy qonuniyati sifatida uning uzluksiz ta’minlanishi tushuniladi.
Ma’lumotlarga ko’ra,2024 yilning yanvar oyida O‘zbekistondagi davlat va tijorat banklarida
uzoq muddatli kreditlarning foizi yuqorilab, o‘rtacha hisobda 24,5 foizga yetgan . Bu haqda
Markaziy bank ma’lumot berdi. Taqdim etilgan hisobotda ko‘rish mumkinki, joriy yilda
kreditning o‘rtacha foizi 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan. Jismoniy shaxslar
uchun ajratilayotgan kredit o‘rtacha 25,1 foizni, yuridik shaxslar uchun 22,9 foizni tashkil
etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi banklarda kreditning eng yuqori
stavkasi 49 foiz, eng kam stavkasi esa, 14 foizni (imtiyozli) tashkil etmoqda. 2023 yilning iyul
oyida e’lon qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yetti yil ichida kredit foizlarini
10-12 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan edi. Shuningdek, Prezident joriy yilning yanvar oyida
banklardagi kredit stavkalarini 2-3 foizga tushirish kerakligini ta’kidladi: “Banklar resurs
yo‘qligi sabab kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni
undirishning o‘zidan 25 trln so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi”, degan edi Shavkat
Mirziyoyev. Davlatimizning bank tizimiga ayniqsa moliya va kredit sohalariga keng e’tibor
qaratmoqda. Sababi, bular tufayli davlat iqtisodiyoti va davlat byudjeti yanada boyib boradi.

Ushbu jadval kredit muddati berilgan. Yaʼni kredit qisqa va uzoq muddatli kreditlarga

beriladi. Ushbu jadvalda boshlangʻich toʻlov, kredit boʻyicha foiz stavkasi, daromadga egaligi
boʻyicha annuitet toʻlov va differensial toʻlovlar, daromadga ega emasligi boʻyicha esa annuitet
toʻlov va differensial toʻlov boʻyicha foiz stavkalari berilgan.

XULOSA

Yuqoridagi ma’lumotlarda ko’radigan bo’lsak moliya-kredit sohalari bizga iqtisdiy

jihatdan eng kerakli soha hisoblanadi.Shu sababli biz hozirda yurtimizda ushbu sohalar
bo’yicha qabul qilgan farmonlar va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan joriy kredit foizlari
haqida ko’rib chiqdik. Bulardan ko’rishimiz mumkinki, yillar davomida banklarda kreditlarga
bo’lgan ko’rsatkichlar oshib bormoqda. Davlatimiz Prezidenti Farmonlarida keltirilgan har


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

134

qanday jumlada biz aholi qulayligi va jamiyat rivoji uchun va davlatimizning iqtisodiyoti yanada
rivojlanishi uchun qabul qilinganini ham ko’rib chiqdik. Xulosa o’rnida yana shuni aytishimiz
joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yana bir farmonlarida ,
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va
natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish
uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi desak mubolag’a bo’lmaydi.

References:

1.

Toshkent "Iqtisod-Moliya" 2014

2.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3.

kun.uz

4.

lex.uz

5.

daryo.uz

Библиографические ссылки

Toshkent "Iqtisod-Moliya" 2014

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

kun.uz

lex.uz

daryo.uz