Авторы

  • Feruzbek Jumaniyozov
    Ma’mun universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.68117

Ключевые слова:

зеленая экономика сельское хозяйство водосберегающие технологии эффективность капельное орошение

Аннотация

В настоящее время потребность в водных ресурсах в сельском хозяйстве возрастает. Дефицит воды усиливается из-за резкого сокращения водоснабжения и неэффективных потерь воды в ирригационных системах. В статье представлены предложения по экономии воды путем применения передовых водосберегающих технологий в сельском хозяйстве, преимущества использования современных методов орошения, их финансовая целесообразность и повышение технологической эффективности.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

MINTAQA BARQAROR IQTISODIY O‘SISHINI TA’MINLASHDA SUV

RESURSLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA UNING YASHIL

IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI

Jumaniyozov Feruzbek Dilshod o‘g‘li

Ma’mun universiteti o‘qituvchisi

E-mail: jumaniyozov_feruzbek@mamunedu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14890586

Annotatsiya.

Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida suv resurslariga bo‘lgan talab ortib

bormoqda. Suv ta’minoti keskin kamayishi va sug‘orish tizimlarida suvning samarasiz
yo‘qotilishi natijasida suv ta’minoti kundan-kunga qiyinlashib bormoqda. Ushbu maqolada
qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni qo'llash, sug‘orishning zamonaviy
usullaridan foydalanishning afzalliklari, moliyaviy imkoniyatlari va texnologik samaradorlikni
oshirish orqali suvni tejash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

yashil iqtisodiyot,

qishloq xo‘jaligi, suv tejamkor texnologiya, samaradorlik,

tomchilab sug‘orish

Аннотация.

В настоящее время потребность в водных ресурсах в сельском

хозяйстве возрастает. Дефицит воды усиливается из-за резкого сокращения
водоснабжения и неэффективных потерь воды в ирригационных системах. В статье
представлены предложения по экономии воды путем применения передовых
водосберегающих технологий в сельском хозяйстве, преимущества использования
современных методов орошения, их финансовая целесообразность и повышение
технологической эффективности.

Ключевые слова

: зеленая экономика, сельское хозяйство, водосберегающие

технологии, эффективность, капельное орошение

Annotation.

Currently, the demand for water resources in agriculture is increasing. As a

result of the sharp decrease in water supply and inefficient water loss in irrigation systems,
water supply is increasing. This article presents proposals for the application of advanced
water-saving technologies in agriculture, the advantages of using modern irrigation methods,
their financial feasibility and increasing technological efficiency.

Key words:

green economy, agriculture, water-saving technology, efficiency, drip

irrigation

Bugungi ilm-fan oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri insoniyat kelajagani, uni

yaxshi yashashini, kundan-kunga yiriklashib borayotgan ekologik muammolarni oldini
olishdan iboratdir. Yuqoridagi maqsadga erishishda yashil iqtisodiyotning, jumladan, suv
resurslaridan oqilona foydalanish masalasi eng ustuvor hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot va uning
kundalik turmush tarzimizdagi ahamiyatini ochib berishda iqtisodchi olim Plachkovning
quyidagi bergan ta’rifini keltirib o‘tsak. Yashil iqtisodiyot - bu odamlarning atrof-muhitga va
tabiiy resurslarga adolatli va mas'uliyatli munosabatini o'z ichiga olgan va shu bilan birga
mamlakat va uning mintaqalarining barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholining farovonlik
darajasini oshirishni maqsad qilgan iqtisodiy rivojlanish modeli. Olim yashil iqtisodiyotga ta’rif
berishda quyidagi asosiy tamoyillarga tayanganligini yashil iqtisodiyot mohiyatini yanada
ochib berishga xizmat qilgan[Plachkov.D 2024].

Farovonlik tamoyili

Adolat tamoyili


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

Atrof-muhitni asrash tamoyili

Samaradorlik va yetarlilik tamoyili

Samarali boshqaruv tamoyili
Yuqoridagi tamoyillarni amalga oshirishda, yashil iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlaridan

biri bo‘lgan, “Suv resurslarini boshqarish”ni innovatsion texnologiyalar orqali amalga oshirish,
ya'ni, suvning yuqori sarfini kamaytirish, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish masalasi
nafaqat mintaqaviy balki global muammo sifatida qaraladi. Chunki suv muqobili bo‘lmagan
ulug‘ ne’mat hisoblanadi. U insonlar, hayvonot, nabotot va butun borliqning tiriklik manbaidir.

Bevosita suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga to’xtalib o‘tiladigan bo‘lsak,

hozirda mamlakatimizning 20 foizga yaqin suv resurlari o‘zimizda, qolgan qismi qo‘shni
davlatlarda shakllanadi. O‘zbekiston foydalanadigan suv resurslarining 90 foizdan
ortig‘i qishloq xo‘jaligi sohasida sarflanyapti. Mintaqada irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari
eng ko‘p va yirik suv xo‘jaligi infratuzilmasiga ega davlat hisoblanib, sug‘oriladigan ekin
maydonlari 4,3 million gektarni tashkil etadi. Shu bilan birga, 60 foizdan ortiq yer sun’iy usul
yordamida sug‘orilishi, 50 foizga yaqin sug‘oriladigan maydon turli darajada sho‘rlangan bo‘lib,
meliorativ tadbirlar o‘tkazilishi vazifalarimiz murakkabligini ko‘rsatadi.[2] Ushbu
muammolarni bartaraf qilishda quyidagi yo‘nalishlarda muammolar bartaraf qilinishi zarur:

ichki va tashqi kanal va ariqlarni betonlashtirish muammosi

suv resurslarini holatini boshqarishni kuzatish masalasi

nasos stansiyalarining samaradorligini oshirish masalasi

suv tejamkor texnologiyalarni yaratishni rag‘batlantirish
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi yuqoridagi muammolardan kelib chiqqan holda,

suv

tejamkor texnologiyalarning turlarini tadqiq qilish va samaradorligini aniqlash

hisoblanadi.

Dastavval umumiy yondashadigan bo‘lsak suv tejovchi texnologiyalarning ayrim

afzalliklariga to‘xtalsak:[Пулатов, Я. Э. 2017]

sug‘oriladigan maydonlar uchun suv olishni 30 foizgacha kamaytirish;

sug‘orish normasini 2000...4000 m3/ga gacha kamaytirish;

tegishli sug‘orish me’yorlari va optimal texnologik sxemaga ega bo‘lgan optimal sug‘orish

rejimlari kuzatilsa, sug‘orish suvidan foydalanish samaradorligini o‘rtacha 15 foizga oshirish
mumkin;

yangi ilg‘or sug‘orish texnikasi va texnologiyasini joriy etish qishloq xo‘jaligi ekinlaridan

chinakam yuqori hosil olishni ta’minlaydi: paxtadan 4…6 t/ga, g‘alladan 5…6 t/ga, uzumdan
20…25 t/ga gacha, sabzavotdan – 100 t/ga. ga, yashil massali beda – 80…100 t/ga, mehnat
unumdorligi 3…4 barobarga, sug‘orish suvi esa 1,5…3 barobarga tejaladi.

an’anaviy sug‘orish usulidan texnologik sug‘orishga o‘tganda suvning bug‘lanish

natijasida yo‘qoladigan 10-15foiz suv tejaladi.







background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

1-jadval
Innovatsion suv tejamkor texnologiyalarning turlari va samaradorligi

1

Texnologiyalarning
turlari

Ularning samaradorligi

Qator

orasini

mulchalab sug’orish

Qator orasi qora polietilen plyonka bilan mulchalab sug’orish
natijasida sug’orish suvlari 25–30% foizga tejaladi, paxta hosildorligi
gektariga 5–6 tsentner oshadi, ko’saklarni ochilishi 5–6 kunga
tezlashadi va birinchi terim salmog’i 8–10% ga oshishi hamda
iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi gektariga o’rtacha 220–240 ming
so’mni tashkil etishi ilmiy asoslangan

Sizot suvlari yaqin
joylashgan
sho’rlangan

yerlar

sharoitida

egat

oralatib sug’orish

Egat oralatib sug’orish texnologiyasi bilan g’o’za sug’orilganda suv
sarfi 33,5 %ga iqtisod qilinadi, paxta hosildorligi 4,2 % (1,34
tsentner)ga oshadi. Mazkur holatda tuproqning tuz rejimi va paxta
hosildorligiga ushbu texnologiyaning salbiy ta’siri bo’lmadi. Demak,
sizot suvlari yaqin joylashgan sharoitda egat oralatib sug’orishda
g’o’zani ildiz qismini namlantirishda hech qanday muammolarni
keltirib chiqarmaydi va ushbu sug’orishni suv tejovchi sug’orish
texnologiya sifatida qo’llash mumkin

“Qarama - qarshi
sug’orish”
texnologiyasi

Egatning ikki tomonidan “qarama-qarshi sug’orish” nishabligi past
bo’lgan sug’oriladigan ekin maydonlari uchun tavsiya etiladi.
“Qarama-qarshi sug’orish” - bu egatning har ikki tomondan, ya’ni
uning boshi va oxiridan bir vaqtda suv yuborib egatlar oralig’ini suv
bilan nisbatan tez vaqtda to’ldirishga asoslangan. Bunda suv sarfi
25% iqtisod qilinadi, g’o’za hosildorligi 35-38% (7-8 tsent.)ga oshadi
va tuproqning mavsumiy sho’rini yuvish uchun har yili sarflanadigan
qariyb 3000-4000 m3/ga miqdordagi suvni tajab qolinishiga, bu esa
tuproqning 30 % shщrlanishi pasayishiga olib keladi

Yomg’irlatib
sug’orish
texnologiyasi

Yomg’irlatib sug’orilganda asosan tuproq yuqori (0-20 sm) qatlamlari
namligining ortishi kuzatiladi. Yomg’irlatib sug’orish vaqtida ekin
dalasining 1 gektar maydoni sug’orish uchun odatdagi egatlab
sug’orishdagiga nisbatan qariyb 40 % kam suv sarflanadi. Kuzgi
bug’doyni yomg’irlatib sug’orilgan dalada kuzgi bug’doy nihollarining
soni egatlab sug’orilgandagiga nisbatan qariyib 50 % ga ortiq bo’ladi.
Yomg’irlatib sug’orish tizimlarini yirik nasos tizimlaridan suv
yetkazib beriladigan hududlarda qo’llash yaxshi samara beradi.
Yomg’irlatib sug’orish usuli qo’llanilganda sug’orish jarayoni to’liq
mexanizatsiyalashtiriladi hamda suv tekis taqsimlanadi. Bu ayniqsa,
sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda yaxshi natija berib, mehnat
unumdorligini 3-4 martaga oshiradi. Yomg’irlatib sug’orish usulida
suvdan unumli foydalanish imkoni yaratilib, paxta hosildorligi 3-4

1

Shoxo’Jaeva, Z. S. (2023). Qishloq xo’jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning asosiy

yo’nalishlari.

Academic research in educational sciences

,

4

(SamTSAU Conference 1), 51-59.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

ts/ga ga, bug’doy hosildorligi esa 10 ts/ga ga oshganligi aniqlandi.
Sug’orish suvlari esa 35-45% ga tejaldi.

Tomchilatib
sug’orish
texnologiyasi

Bir gektar g’o’za uchun suv sarfi tomchilatib sug’orishda 1,5-2,5 ming
m3 yoki 35-40 foiz suv resurslari tejaladi; mehnat sarfi 2,5-3 marta,
yonilg’i mahsulotlari sarfi 80-85 litrga tejaladi; mineral o’g’itlar 40-45
foizga tejaladi, hosildorlik 50-55 foizga yuqori bo’ladi.

Sug’ori

shning

subirrigatsiya usuli

Sizot suvlari sathini ko’tarish orqali sug’orish bo’lib, tuproqning
o’simlik ildizi joylashgan qatlamiga sizot suvlari tuproq kapillyarlari
orqali ko’tariladi. Afzalliklari: daryo suvi iqtisod qilinadi, qo’shimcha
suv manbasi sifatida sizot suvlaridan foydalanish imkoni yaratiladi,
qator oralari zichlanmaydi, irrigatsiya eroziyasi vujudga kelmaydi,
tuproqning havo va ozuqa tartibi yaxshilanadi, atrof-muhit
ifloslanmaydi.


Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilishda birinchi

navbatda mintaqaning geografik joylashuv omillarini hisobga olgan holda joriy qilish zarur
hisoblanadi. Shuningdek asosan suv tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy qilish
borasida quyidagilar taklif qilinadi:

- suv tejamkor texnologiyalarni yaratish uchun ta’lim tashkilotlariga istiqbolli loyihalar

uchun alohida grant ajratish;

- suv tejamkor texnologiyalarni yaratish borasida yetakchi xorij mamlakatlari bilan

kadrlar almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish;

- suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari uchun butlovchi qismlar ishlab

chiqaruvchilarni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish;

- ishlab chiqarish buyurtmalarini tanlashda erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillariga

asoslangan holda amalga oshirish;

- ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida mahalliy xomashyo va butlovchi qismlarning

tarkibi 2/3 va undan ortiq bo'lsa, alohida imtiyozlar qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish;

- suvni tejovchi texnologiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish, mintaqalarda

ishlab chiqarishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun yer uchastkalari ajratish bo‘yicha
auksionlarda korxonalarga istisno tariqasida ustuvorlik berish tartibini joriy etish;

- suv tejamkor texnologiyalarni export qiladigan korxonalarga alohida soliq imtiyozlarini

tadbiq etish;

- mahalliy tadbirkorlarning suv tejamkor texnologiyalarni xorijdan import qilish

jarayonida bojxona to‘lovlaridan ozod qilish;

- suvni tejovchi texnologiyalarni xorijdan import qilish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash

uchun imtiyozli kredit ajratish.

References:

1.

Plachkov, D. (2024). Green economy: concept and principles. Scientific works of the Union

of Scientists in Bulgaria-Plovdiv. Series A. Social Sciences, Art & Culture.
2.

https://gov.uz/oz/suvchi/news/view/30874

3.

Пулатов, Я. Э. (2017). Водосберегающие технологии орошения и эффективность

использования воды в сельском хозяйстве.

Экология и строительство

, (4), 21-26.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

122

4.

Shoxo’Jaeva, Z. S. (2023). Qishloq xo’jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalardan

foydalanishning asosiy yo’nalishlari.

Academic research in educational sciences

,

4

(SamTSAU

Conference 1), 51-59.
5.

Фарманов, Т. Х., & Юсупова, Ф. М. (2020). Развитие использования водосберегающих

технологий в сельском хозяйстве Узбекистана.

Достижения науки и образования

, (7

(61)), 4-7.
6.

Hudayberganov, D. T., Egamov, B. N., Yusupova, F. Y., Masharipova, M. B., Ruzmetova, I. Y.,

& Jumaniyazova, R. Q. (2024). Green economy and innovative financial mechanisms: Enhancing
the efficiency of market mechanisms. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 03022). EDP
Sciences

Библиографические ссылки

Plachkov, D. (2024). Green economy: concept and principles. Scientific works of the Union of Scientists in Bulgaria-Plovdiv. Series A. Social Sciences, Art & Culture.

Пулатов, Я. Э. (2017). Водосберегающие технологии орошения и эффективность использования воды в сельском хозяйстве. Экология и строительство, (4), 21-26.

Shoxo’Jaeva, Z. S. (2023). Qishloq xo’jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 51-59.

Фарманов, Т. Х., & Юсупова, Ф. М. (2020). Развитие использования водосберегающих технологий в сельском хозяйстве Узбекистана. Достижения науки и образования, (7 (61)), 4-7.

Hudayberganov, D. T., Egamov, B. N., Yusupova, F. Y., Masharipova, M. B., Ruzmetova, I. Y., & Jumaniyazova, R. Q. (2024). Green economy and innovative financial mechanisms: Enhancing the efficiency of market mechanisms. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 03022). EDP Sciences