Авторы

  • Axrorjon Usmonov
    Fargʻona davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.72321

Ключевые слова:

do‘ppi bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meros to‘n ko‘ylak ishton etiklar mehnat oilaviy kiyimlar.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek milliy kiyimlari xususida fikr yuritiladi. Qadimdan mamlakatimiz aholisining turmush tarzida qadimiy kiyimlardan foydanilganligi, ularning turlari hamda xo‘jalikda foydalanish uchun qulayligi yoritilgan. Shuningdek, do‘ppi haqida tarixiy ma’lumotlar va olimlarimizning fikrlari keltirilgan. Uning milliy bosh kiyim sifatidagi o‘rni hamda belgilari haqida so‘z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

23

O‘ZBEK MILLIY KIYIMLARI TO‘G‘RISIDAGI (DO‘PPI VA TO‘N) AYRIM

MULOHAZALAR

Usmonov Axrorjon Rustamjon oʻgʻli

Fargʻona davlat universiteti

Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15044730

Annotatsiya

. Ushbu maqolada o‘zbek milliy kiyimlari xususida fikr yuritiladi. Qadimdan

mamlakatimiz aholisining turmush tarzida qadimiy kiyimlardan foydanilganligi, ularning
turlari hamda xo‘jalikda foydalanish uchun qulayligi yoritilgan. Shuningdek, do‘ppi haqida
tarixiy ma’lumotlar va olimlarimizning fikrlari keltirilgan. Uning milliy bosh kiyim sifatidagi
o‘rni hamda belgilari haqida so‘z boradi.

Kalit soʻzlar

: do‘ppi bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meros, to‘n, ko‘ylak, ishton, etiklar,

mehnat, oilaviy kiyimlar.

Abstract

: This article discusses the Uzbek national clothing. The use of ancient clothing

in the lifestyle of the population of our country since ancient times, their types and
convenience for use in the economy are highlighted. Also, historical information and the
opinions of our scientists about the skullcap are presented. Its role as a national headdress
and its symbols are discussed.

Key words

: Intangible cultural heritage related to skullcaps, robes, shirts, trousers,

boots, work, family clothes

Аннотация

: В данной статье рассматривается узбекская национальная одежда.

Освещено то, что жители нашей страны издревле использовали в своем образе жизни
старинную одежду, ее виды и удобство для использования в хозяйстве. Также
представлены исторические сведения о шляпе и мнения наших ученых. Обсуждается
его место как национального головного убора и его символы.

Ключевые слова

: Нематериальное культурное наследие, связанное с головными

уборами, пальто, рубашками, брюками, ботинками, рабочей и семейной одеждой.


O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2023-yil 25-dekаbrdagi “Nomoddiy mаdаniy

merosni muhofаzа qilish, ilmiy o‘rgаnish vа tаrg‘ib qilishni rivojlаntirishgа oid qo‘shimchа
chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-405-sonli qarori mamlakatimizda nomoddiy madaniy
merosni yanada keng o‘rganilishi hamda ilmiy jihatdan yangi izlanishlarga turtki bo‘ldi.
Bugungi kunda nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish, xalq ommasiga milliy
o‘yinlarimiz, qadryatlarimizni yosh avlodga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Har bir xalqning o‘zligidan darak beruvchi hamda uzoq tarixidan so‘zlovchi milliy

kiyimlari mavjud. Jumladan, o‘zbek milliy kiyimlari ham uzoq asrlar davomida shakllangan
bo‘lib, xalqimizning tarixi, madaniyati hamda o‘ziga xos turmush tarzi bilan uzviy bog‘liqlikda
takomillashib kelgan.

Qadimdan erkaklar kiyimlari asosan ko‘ylak, chopondan iborat bo‘lgan. Kiyimlari

gavdaga sal yopishib turardi. Uzunligi esa tizzagacha tushgan. Belga belbog‘ bog‘lashgan. Bosh
kiyimlari yassi yoki konussimon qalpoqlar bo‘lgan. Oyoq kiyimlari yumshoq, tepasi
qaytarilgan etiklardan iborat edi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

24

Milodiy V asr erkaklari kuchli, yumaloq yuzli, bodomsimon ko‘zli, kalta qirqilgan sochli,

soqolsiz tasvirlangan. Ularning kiyimlari otga minib yurishga mos bo‘lib, kalta kaftan va
ko‘ylaklar, keng ishtonlar va baland qo‘njli etiklar bilan tasvirlanadi. Toxaristonda faqat erkak
va ayol xizmatchilar belbog‘ kiyishgan, aslzoda ayollar esa belbog’ bog‘lashmagan.[1]

VII asr oxiri va VIII asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlari kiyimi bichimi murakkablashadi.

Shu davrda tanaga yopishib turishga qulaylik beradigan o‘tkazma yengil kiyim paydo bo‘ldi.

Yana bir narsani aytish kerakki bu davrdagi choponlar tugma yoki bog‘ichlar bilan

bog‘langan. Tugmalar asosan boylarning kiyimida uchragan. Tugmalar choponlarda XIX
asrgacha uchraydi.

Milliyligimizning bir bo‘lagi sifatida do‘ppilarimiz hozirgi kunda ham o‘z qadr qiymatini

yo‘qotgan emas. Ustoz shogird an’analarini davom etkizgan holda bugungi kunda
do‘ppido‘zlik maktablari o‘z faoliyatini yuritib kelmoqdalar

XIX asrda ham keng tarqalgan do‘ppi gazmoldan tikilib, odatda, ipak yoki kumush va zar

iplar bilan kashtalanardi. XX asrda kvadrat yoki yumaloq tepali do‘ppilar paydo bo‘ldi.
Farg‘ona va Toshkentda bodom va qalampir naqshli do‘ppilar kiyishgan.

Do‘ppi haqidagi dastlabki ma’lumotlar arxeologik yodgorliklar, devoriy yozuvlar, XV-XVI

asrlarga oid sharq miniatura sanatida ko‘rishimiz mumkin.[2] Mutaxassislarni takidlashicha
do‘ppilar O‘zbekistonda X-XII asrlardan boshlab keng tarqalgan. Dastlab oddiy kiyim
vazifasini bajargan bo‘lsa keyinchalik milliy bosh kiyim darajasiga ko‘tarildi.

Do‘ppido’zlik sanati 2018-yilda O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy

ro‘yhatiga kiritilgan. Bugungi kunda Respublikamizda Toshkent, Chust, Qo‘qon, Marg‘ilon,
Andijon, Samarqand, Buxoro va Shahrisabz do‘ppilari mashhur. Har bir hudud do‘ppilari
o‘zining belgilari bilan bir-biridan faqrqlanadi. Masalan, Andijon do‘ppilarida farzand
talablarga nuqtachalar qo‘yib bergan, davlat talablarga, tijorati yurishmay qolganlarga o‘ng
tomonidan ham daromad yoniga tushsin, chap tomonidan ham daramad yoniga tushsin degan
simvolikalar berilgan. Uyida janjallar paydo bo‘lib qolgan bo‘lsa xonadon suvday tiniq bo‘lib
ketsin deb suvni to‘lqinlarini chizib berishgan.

XX asrning 30-yillarida Farg‘ona do‘ppichiligida chust do‘ppilari yaratilgan. U o‘zining

sipoligi, qulayligi, ko’rkamligi bilan boshqa viloyatlarga ham keng tarqalgan. Farg‘ona
dо‘ppichiligida erkaklar uchun mо‘ljallangan chust dо‘ppilaridan keyin ularga о‘xshatma qilib
Marg‘ilon dо‘ppilari yaratildi. Marg‘ilon dо‘ppilariga ham asosan qora rangdagi satin va ipak
matolar, astariga paxta mato ishlatilgan [3]

Sanatshunos olim M.Foziliy do‘ppidagi tasvir avlodlar davomiyligini taminlovchi homila

bilan bog‘liq deb hisoblasa, boshqa tadqiqotchilar esa do‘ppidagi qalampirmunchoq
tasvirlarini do‘ppi egasini turli balo-qazolardan asrovchi magik himoya vositasi deb
takidlaydi.

Avvallari bazi holatlarda to‘y tayin qilinib, kuyov ma’lum bir sabablar bilan o‘z nikoh

to‘yida qatnasha olmasa, kelin uning do‘ppisi yoki pichog‘iga nikoh qilingan.

To‘n- avra astarli, uzun yengil, tik yoqali, oldi ochiq, to‘g‘ri bichimli milliy ustki kiyim.

Ichiga paxta solib qaviladigan paxtali to‘n va paxtasiz to‘n hili bor. Etagining ikki yon
tomonida o‘tirib turganda qulaylik yaratish uchun yirtmochlari bo‘lgan.

O‘zbekiston hududida to‘nning bichimi asosan bir xil bo‘lib, ayrim xususiyatlari

(uzunligi, matoning ranggi va bezatish usullari) bilan bir biridan farqalanadi. Toshkent-


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

25

Farg‘ona to‘ni sipo (ko‘k, yashil, sariq, binafsha) rangli matolardan tikiladi. XX asr boshlarida
qora satin va seylondan tayyorlangan to‘n kiyish urf bo‘lgan, yoshlar ochiq rangli yo‘lli
beqasam to‘n kiyishgan, bunday to‘nni kelin tomon kuyov to‘ni sifatida sarpo bilan yuborgan.

Bugungi kunda Toshkent-Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Xorazm to‘nlari keng tarqalgan.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Xasanboyeva G., Churchina V. Kostyum tarixi. O‘zbekiston nashriyoti. 2002.

2.

G‘aybullayeva Y. Do‘pillar tarixidan. Toshkent:Moziydan sado. 2010. 2-3.bet.

3.

Ashurova S. “O‘zbek milliy do‘ppilari tarixi va ularning turlari”. Eurasian journal of

academic research. Volume 2 Issue 11, October 2022
4.

Usmonov A. “Nomoddiy madaniy meros milliy qariyat” “Yangi o‘zbekistonni barpo

etishda san’at va madaniyatni rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy
konferensiya. 2022-yil 5-oktabr. 607-611 bet
5.

Usmonov A. Badiiy hunarmandchilik bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meroslar.

Fardu.Ilmiy Xabarlar.1-2023. 241-b
6.

Usmonov A. Nomoddiy madaniy meros va uni muhofaza qilish masalalari. European

Journal of interdisciplinary Research and Development. 04.23. Vol-14. 325-b.

Библиографические ссылки

Xasanboyeva G., Churchina V. Kostyum tarixi. O‘zbekiston nashriyoti. 2002.

G‘aybullayeva Y. Do‘pillar tarixidan. Toshkent:Moziydan sado. 2010. 2-3.bet.

Ashurova S. “O‘zbek milliy do‘ppilari tarixi va ularning turlari”. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue 11, October 2022

Usmonov A. “Nomoddiy madaniy meros milliy qariyat” “Yangi o‘zbekistonni barpo etishda san’at va madaniyatni rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy konferensiya. 2022-yil 5-oktabr. 607-611 bet

Usmonov A. Badiiy hunarmandchilik bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meroslar. Fardu.Ilmiy Xabarlar.1-2023. 241-b

Usmonov A. Nomoddiy madaniy meros va uni muhofaza qilish masalalari. European Journal of interdisciplinary Research and Development. 04.23. Vol-14. 325-b.