Авторы

  • Bekzod Usmonaliyev
    Oʻzbekiston Milliy universiteti magistranti
  • S.A. Berdikulova
    Ilmiy rahbar: f.f.d., PhD.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.72323

Ключевые слова:

Sifatli ta’lim Yangi Oʻzbekiston “Taraqqiyot strategiyasi” QS va TNE maktabgacha ta’lim.

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

16

YANGI OʻZBEKISTON – YANGICHA TA’LIM: SOHADA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Usmonaliyev Bekzod Aziz oʻgʻli

Oʻzbekiston Milliy universiteti magistranti

S.A.Berdikulova

Ilmiy rahbar: f.f.d., PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15043195

Annotatsiya

. Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga

oshirilayotgan islohotlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Kalit soʻzlar.

Sifatli ta’lim, Yangi Oʻzbekiston, “Taraqqiyot strategiyasi”, QS va TNE,

maktabgacha ta’lim.

НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН – НОВОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: РЕФОРМЫ В ОБЛАСТИ

Абстрактный.

В данной статье представлена краткая информация о реформах,

реализуемых сегодня в сфере образования в нашей стране.

Ключевые слова.

Качественное образование, Новый Узбекистан, «Стратегия

развития», QS и TNE, дошкольное образование.

NEW UZBEKISTAN - NEW EDUCATION: REFORMS UNDERWAY IN THE FIELD

Annotation.

This article provides brief information about the reforms currently being

implemented in the field of education in our country.

Keywords.

Quality education, New Uzbekistan, "Development Strategy", QS and TNE,

preschool education.


Ma’lumki, har qanday davlatni rivojlantirishda ta’lim tizimi asosiy omillardan biri

hisoblanadi. Zamonaviy va samarali ta’lim tizimi milliy taraqqiyotning tayanch poydevori
bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Bejizga davlatimiz rahbari: “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham,
mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.
Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda ta’lim tizimi va
farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq[1]”, - deb ta’kidlamaydilar.
Zero, qaysi davlatda sifatli ta’lim yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, u davlat, albatta, rivojlanish jihatdan
boshqa davlatlardan ancha ilgarilab ketishiga tarix koʻp martalab guvoh boʻlgan. Bunga
birgina Amir Temur davlatini misol qilib keltirish oʻrinlidir. “Eng katta boylik – bu aql-
zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir.
Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu –
ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi
navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas
bog‘liq[2]”, - deydi yurtboshimiz.

Soʻnggi yillarda yurtimizda ham ta’lim tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bugun Yangi Oʻzbekistonning
har bir sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi ham bundan mustasno


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

17

emas. Sohani rivojlantirish uchun bir qancha yangi qonunlarning qabul qilinishi, avvaldan
mavjud boʻlganlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi ham fikrimiz dalilidir.

Barcha sohalarda boʻlgani kabi ta’lim sohasida ham klister tizimining joriy etilishi, ya’ni

ta’lim tizimini rivojlantirishni oila, bogʻcha, maktab kabi jamiyatning barcha boʻgʻinlarida
amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Buni maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta-maxsus va
oliy ta’lim, oliy ta’limdan keying ta’lim, qisqasi, ta’limning barcha bosqichlarida amalga
oshirilayotgan islohotlar misolida ham koʻrishimiz mumkin. “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 4-bosqichi “Adolatli ijtimoiy
siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlanganligi ham sohaning naqadar
dolzarb ekanligini koʻrsatadi. Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun “Taraqqiyot strategiyasi” oʻz
oldiga quyidagilarni maqsad qilib qoʻygan:

-

Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish;

-

Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga

yetkazish;

-

Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning

takomillashtirilgan tizimini joriy etish.2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog
kadrlarning malakasini oshirish;

-

Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni

nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish.

-

2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta

ko‘rib chiqib, amalda joriy etish;

-

Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari

ekvivalentiga yetkazish;

-

Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro

darajaga olib chiqish;

-

Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish;

-

2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro

reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash[3].

Bu maqsadlarning ijrosi oʻlaroq bugun mamlakatimizda xususiy maktabgacha ta’lim

muassasalari soni kundan kunga oshib, ushbu yoshdagi bolalarni bogʻchalar bilan qamrab
olish koʻrsatkichi oldingi yillarga nisbatan ancha oʻsdi. Bunday islohotlarni maktab tizimida
ham koʻrish mumkin. Maktablardagi darsliklarni zamon talablariga mos tarsda qaytadan
nashr etilganligi, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻz ustida tinimsiz ishlayotgan
mutaxassislarni ragʻbatlantirish, xorijiy tillardan dars beruvchi oʻqituvchilarga til bilish
sertifatini egallashlari shart qilib qoʻyilishi, fanlardan milliy sertifikatlarning joriy etilishi va
uni qoʻlga kiritgan oʻqituvchilarning oylik maoshlariga 50%gacha ustamalarning joriy
etilganligi ham sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.

"El-yurt umidi" jamgʻarmasi orqali 46 nafar professor-oʻqituvchining Kanada, Buyuk

Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka oʻtashi ta’minlandi. 2017-2019 yillarda ta’lim
jarayoniga 1154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olim jalb etildi (AQShdan 94
nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH
mamlakatlaridan 316 nafar). Oliy ta’lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega
professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016 yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi[4].


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

18

Bularning barchasidan koʻrinib turibdiki, ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda

hayot sifatini koʻrsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va
kasbiy ta’limga qanchalik ko’p mablagʻ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga
javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori boʻladi. Yangi Oʻzbekistonda ta’lim tizimidagi
islohotlar bugungi kunda oʻzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa
sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Bu islohotlar bugun allaqachon natijasini ham
bermoqda. Yuqorida keltirilgan misollar orqali ta’lim tizimimizdagi ijobiy natijalar ushbu
sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada keng koʻlamda davom etayotganligining
isbotidir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugun rivojlangan davlatlarning taraqqiyot

tajribasidan qayerda ta'limga, ilmga yaxshi sharoit yaratilsa, o'sha yerda har tomonlama
yetuk, barkamol va vatanparvar kadrlar etishib chiqqanligini koʻrish mumkin. Davlatimiz
rahbari: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga
ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar
boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz”, - deb bejiz ta’kidlamaganlar. Ushu soʻzlardan ham ta’lim
tizimi, uni zamon talablariga mos tarzda isloh qilish qanchalik dolzarb ahamiyat kasb etishini
bilib olish qiyin emas.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali

marosimdagi nutqidan
2.

https://daryo.uz/2023/12/09/mamlakatni-qudratli-millatni-buyuk-qiladigan-kuch-bu-

ilm-fan-talim-va-tarbiyadir-shavkat-mirziyoyev
3.

https://lex.uz/uz/docs/-5841063

4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.

2-bob.

Библиографические ссылки

Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2-bob.