Авторы

  • G‘anisher Xukumov
    Chirchiq davlat pedogogika universiteti Pedogogika fakulteti psixologiya yo‘nalishi 1- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.72325

Ключевые слова:

Kommunikatsiya rivojlanish Men chaqaloqlik davri maktabgacha yosh ijtimoiy va kognitiv rivojlanish perinatal bolaning psixologik rivojlanishi.

Аннотация

Ushbu maqolada inson tug’ilgandan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Mazkur vaqt mobaynida bola dunyoni tanishi, o‘zini anglashi, yosh inqiroz davrlari, asosiy psixologik xususiyatlarni shakllanishi yoritib beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

TUG‘ILISHDAN MAKTAB YOSHIGACHA BO‘LGAN PSIXOLOGIK RIVOJLANISH

BOSQICHLARI

Xukumov G‘anisher Alisher o‘g‘li

Chirchiq davlat pedogogika universiteti

Pedogogika fakulteti psixologiya

yo‘nalishi 1- bosqich talabasi

xukumovganisher99@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037298

Annotatsiya

. Ushbu maqolada inson tug’ilgandan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan

rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Mazkur vaqt mobaynida bola dunyoni tanishi, o‘zini
anglashi, yosh inqiroz davrlari, asosiy psixologik xususiyatlarni shakllanishi yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Kommunikatsiya, rivojlanish, Men, chaqaloqlik davri, maktabgacha yosh,

ijtimoiy va kognitiv rivojlanish, perinatal, bolaning psixologik rivojlanishi.

Аннотация:

В этой статье анализируются этапы развития человека от рождения

до школьного возраста. За это время ребенок познает мир, осознает себя, освещаются
возрастные кризисные периоды, формирование основных психологических
особенностей.

Ключевые слова:

коммуникация, развитие, я, младенчество, дошкольный

возраст,социально-познавательное

развитие,

перинатальное

,психологическое

развитие ребенка.

Annotation:

this article analyzes the stages of development from the birth of a person to

school age. During this time, the child's acquaintance with the world, self-awareness, periods
of a young crisis, the formation of basic psychological characteristics are illuminated.

Keywords:

communication, development, I, infancy, preschool age, social and cognitive

development, perinatal, psychological development of the child.

KIRISH

Inson tug‘ilishidan oldingi davr perinatal deb ataladi. Ya‘ni bu davr bola ona qornida

paydo bo‘lgandan, to tug‘ilganga qadar bo‘ladigan davr. Har bir davr ona qornida bo‘lajak
farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish
o‘rtacha 38 hafta davom etadi. Bolaning rivojlanish bosqichlarini olimlar turli xil e‘tirof
etganlar, ya‘ni ko‘plab olimlarning o‘zining qarashlari va fikrlari bor. Elkonin, Vigotsky,
G‘oziyev va Abramova kabilar shular jumlasidandir. G’oziyev bolaning rivojlanish
bosqichlarini 13 taga, Abramova esa 11taga ajratgan. Perinatal davr tugab, bola tug‘ilgandan
keyingi davr chaqaloqlik deb ataladi. Vigotsky ta‘limoti bo‘yicha bu davr bola tug‘ilgandan 2
oylikkagacha davom etadi.

Bu vaqt mobaynida chaqaloqlik inqirozi ham bo‘ladi. Bola onadan tug‘ilgandan so‘ng

hayotga moslashishga vaqt kerak bo‘ladi. Hattoki, bola tug‘ilgandagi vaznini yo‘qotadi.
Keyinchalik hayotga moslashib, o‘zining vaznini 10-12 kunda tiklab oladi. Bola hayotining
birinchi kunlaridan boshlab individual hayot kechirish jarayonida tashqi muhit bilan aloqa
vujudga keladi. Bola hayotining ikkinchi oyida unda barcha sezgi organlariga xos shartli
reflekslar hosil bo‘ladi. Lekin tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, bola hayotining bu davridagi
reflekslar zaif ifodalangan va beqaror bo‘ladi.

ASOSIY QISM


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda

shirin suyuqlikni xush ko‘radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlarni
sezadi, ularga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasini o‘zgarishi bilan javob
beradi. Yana bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar
guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish,qon
aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni
boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, moijal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch
harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining
ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.O‘tkir yorug‘likdan bola «bevosita» ta’sirlanadi, ya‘ni o‘tkir
yorug‘likka qaray olmay, undan ko‘zini yumadi. Predmetlarni ko‘z bilan idrok qila olmaydi,
chunki ularda ko‘rish mexanizmi hali o‘sib yetmagan bo‘ladi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda
paydo bo‘ladi. Chaqaloqlikdan keyingi davr go‘daklik davri hisoblanadi. Go‘daklik davri
2oylikdan 1yoshgacha davom etadi. Yetakchi faoliyati bevosita emotsional muloqot
hisoblanadi. Bola ikki-uch oylik bo‘lganda yaqinidagi predmetlarni ikki ko‘zi bilan kuzata
oladi, unda asosiy rang va shakllarni farq qila olish qobiliyati paydo bo‘ladi. Olti oyligida u
ranglarga nisbatan o‘z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa,
yoqmaganini itaradi, undan yuzini o‘giradi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina
eshitayotgan tovushiga e‘tibor bera boshlaydi, tovushning qayerdan kelayotganini qidirib, u
yoq bu yoqqa qaraydi. Tovush manbayini topishni o‘rgangan, uch oylik bola gapirayotgan
kishini o‘z ko‘zlari bilan tez topib oladi, o‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga o‘z munosabatini
ifodalaydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo‘lgan munosabati ancha
kengaya boradi. Bu davrda 1 yoshdagi inqiroz ham bo‘lib o‘tadi. Bola 1 yoshga yetganda
emaklashni boshlaydi, tik tura boshlaydi. Nutqning dastlabki belgilari paydo bo‘lib boshlaydi.
Yura boshlaganda bolalarda qo‘rquv paydo bo‘ladi. 1 yoshda bir qancha so‘zlarni ham ayta
olishi mumkin. Bolalarda nutq turlicha rivojlanadi. 1 yoshga to‘lgunga qadar barcha bolalar
kelajakda nutqni o‘zlashtirish uchun bir nechta bir necha bosqichlardan o‘tadi. 4-5 oyligidan
ovoz chiqarishi, 8 oyligidan turli harflarni juftlab aytishi mumkin. Birinchi so‘zlar, aksariyat
chaqaloqlarda 9 oydan, bir yarim yoshgacha paydo bo‘ladi. So‘zlarni osongina tanib olishi
mumkin. Yoki aksincha, oddiy nutqdan yiroqda bo‘lgan so‘zlar orqali ayta oladi. Masalan, it
o‘rniga baba, mashina o‘rniga bibi va boshqalar. Bundan keyingi davr ilk bolalik hisoblanadi.
Bu davr 1-3 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda bolalar o‘zini anglashni boshlaydi.
Kommunikativ aloqalari rivojlanadi. Bu davrda bolalarning nutqi anchagina rivojlanadi. Lug‘at
boyligi oshib, ko‘p so‘zlarni eslab qoladi. 3 yoshda bolaning “ Meni” rivojlanadi. 3 yoshdagi
bolalar qiziquvchan,qaysar va qizg‘onchiq bo‘lib qoladi. U nima? Bu nima? Degan savollarni
ko‘p beradi. Bu davrdagi bolalar qaysar va qizg‘onchiq bo‘lib qoladi. Meniki, meni narsam, bu
meniki, u narsa meniki shunaqa narsalar shakllanadi.Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng
ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvch imuhim davr
hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi
va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura
olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu
yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga
intiluvchan bo‘ladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo‘lishiga qaramay, ular
hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

10

hali turmush tajribasi yo‘q. Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-
asta hosil qilib boriladi.Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror
va ixtiyorsiz bolsa, ikki yoshga to‘lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga
kelaboshlaydi.Bola o‘sib-ulg‘aygan sari uning diqqati barqarorroq bo‘la boshlaydi. Diqqatning
ozmi-ko‘pmi barqaror bo‘la boshlagani shunda ko‘rinadiki, bola o‘zini qiziqtirgan biron narsa
bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullana oladi. Ikki yoshga to‘lib,uch yoshga qadam qo‘ygach
so‘zlarni tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgan situativ tili haqiqiy
tilga aylanadi. Bu davrda 3 yoshdagi inqiroz ham bo‘lib o‘tadi. Bu yoshdagi bolalar o‘zlarini
kattalar bilan taqqoslay boshlaydi. Kattalar qiladigan, bajaradigan ishlarni qilishga intiladi.
O‘zlarini katta bo‘lib bo‘lgan deb hisoblaydi.

Bundan keyingi davr maktab yoshigacha bo‘lgan davr. Bu davrni ham bir nechta

guruhlarga ajratish mumkin. Kichik maktabgacha yosh davri 3-4 yosh. O‘rta maktabgacha
yosh davri 4-5 yosh. Katta maktabgacha yosh davri 5-6 yosh hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalar
yetakchi faoliyati o‘yinlar, predmetli o‘yinlar va rolli-syujetli o‘yinlar hisoblanadi. Bu yoshdagi
bolalar jamoa bo‘lib o‘ynaydigan va turli xil rollarga kirishib o‘ynashni boshlaydi. Bu yoshdagi
bolalar asosan o‘yin bilan shug‘ullanadi. Bu davrda Z.Freydning psixoseksual ta‘limoti ham
bor. Freyd bu ta‘limotni 5 ta bosqichga bo‘lgan. Maktabgcha yosh davrga Freydning 3-bosqichi
to‘g‘ri keladi. Bu bosqich Fallik hisoblanadi. Bu bosqich 3-6 yoshdagi bolalarni o‘z ichiga oladi.
Freyd bu bosqichda Edip va Elektro komplekslarni ta‘kidlab o‘tgan. Edip kompleksi- bu o‘g‘il
bolalarda onasini qizg‘onishi. Hattoki, otasidan ham qizg‘onadi. Elektro komleks esa qiz
farzand otasini onasidan qizg‘onadi. Onasini almashtirish yoki yo‘qotishni ham istashi
mumkin.

Maktabgacha yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa muhim ahamiyatga ega.

Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash, musiqiy qatorlarni va tovushlarni turli asboblarda
takrorlash quvonch bag‘ishlaydi. Bu yosh davrida birinchi marotaba musiqa bilan jiddiy
shug‘ullanishga qiziqish paydo bo‘ladi, u keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy
qobiliyatning rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga, musiqa ostida turli
ritmik, raqs harakatlarini bajarishga o‘rganadilar. Qo‘shiq aytish musiqani anglash va vokal
qobiliyatlarni rivojlantiradi. Hech bir yosh davri ushbu yosh davridagidek shaxslararo
hamkorlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining turli jihatlarini
rivojlanishi zarurati bilan bog‘liq.

XULOSA

Bu tengdoshlari, kattalar bilan hamkorlik, o‘yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnatdir.

Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib
boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli
o‘yin,jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod,o‘yin-musobaqa, o‘yin-
muloqot, uy mehnati. Maktabga chiqishdan bir yoki ikki yil avval ularga o‘quv faoliyati
qo‘shiladi va 5-6 yoshli bola eng kamida faoliyatning 7-8 turiga tortiladi, ularning har biri
bolani o‘ziga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.

Xulosa qilib aytganda, har bir davrlarda bola rivojlanib boradi. Muhimi, farzandlarning

rivojlanishida ota-onaning hissasi katta hisoblanadi. To‘g‘ri tarbiya bolalarning rivojlanishida
katta ahamiyatga ega. Aynan mana shu davrlarda bolalarning bilish jarayonlari: nutq, idrok,
sezgi, tafakkur, xayol, tafakkur va xotira jadal rivojlanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

11

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU.

2009.
2.

Выготский

Л.С.

Педагогическая

психология.

М.,

1991. (Психология и учитель: С.200—260).
3.

Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya».

— Т.: Fan va texnologiyalar nashriyotining bosmaxonasi. 2013
4.

Erikson E. Identichnost: yunost i krizis. - М.: 1996

5.

G‘oziev

E.

Psixologiya

(Yosh

davrlari

psixologiyasi).

Toshkent,

“O‘qituvchi”, 1994.-224 b
6.

Турсунов

А

2022

ЧАҚИРУВГА

ҚАДАР

БОШЛАНҒИЧ

ТАЙЁРГАРЛИК

МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА
УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434
7.

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY

PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В
INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс.
38–40). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

8.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.

Молодые

ученые,

2(6),

48–52.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

9.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING

THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в
современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.
10.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В

УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.
11.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK

TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1),
50– 53. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13

.

12.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР.

Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

.

13.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY

MAHORATINI 54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от
https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.
14.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI

OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических
исследований,

2(11),

983–988.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305

.

15.

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ.

Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

12

16.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры,

4(6

Part

2),

73–76.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Библиографические ссылки

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

Выготский Л.С. Педагогическая психология. — М.,

(Психология и учитель: С.200—260).

Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya». — Т.: Fan va texnologiyalar nashriyotining bosmaxonasi. 2013

Erikson E. Identichnost: yunost i krizis. - М.: 1996

G‘oziev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). Toshkent,

“O‘qituvchi”, 1994.-224 b

Турсунов А 2022 ЧАҚИРУВГА ҚАДАР БОШЛАНҒИЧ ТАЙЁРГАРЛИК МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–40). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50– 53. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY MAHORATINI 54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических исследований, 2(11), 983–988. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305 .

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717