YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
41
TA’LIMDA INDIVIDUAL YONDASHUV VA UNING O‘QUVCHILARGA TA’SIRI
Masharipova Unsunoy Madamin qizi
Urganch innovatsion universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika”fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 23/08-guruhi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15051485
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’limda individual yondashuvning ahamiyati va uning
o‘quvchilar ongiga, bilimiga ijobiy ta’siri,individuallikning o‘ziga xos muvaffaqqiyatlari va
afzalliklari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, tarbiya, bilim, ko‘nikma, malaka, individual.
Jahonda va mamlakatimizda ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy kuch
sifatida e’tirof etilib, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini innovatsion
tashkil etish, har bir yoshni yanada teran fikrlashga va kerativlikka chorlaydi. Shu bilan birga
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash ularni kelajakda barkamol shaxs sifatida kamol
topshida va shaxsiy hayotda ham o‘z o‘rnini topa olishida ham katta turtki bo‘ladi. Bularning
amalga oshishini ta’minlashning zamirida, albatta, ta’lim tushunchasi yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston
strategiyasi” nomli kitobining mazmun-mohiyati va asosiy g‘oyalarida ma’rifatlilik eng ko‘p
tilga olingan.Unda O‘zbekiston rivojlanishining 4 ta ustini so‘z yuritilib,1-ustun bu maktabgacha
va boshlang‘ich ta’lim, umuman xalq ta’limi va oliy ta’limdagi ustozi murabbiylar, o‘qituvchi
professorlar, olimlar ekanligi, ta’kidlandiki, bu zimmamizga juda katta mas’uliyat va ishonchni
yuklashi takidlangan [3].
Shu o‘rinda biz har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishimiz va yosh avlodga bilim,
ko‘nikma va malkalarimizni ishga solgan holatda sifatli ta’lim berishimiz lozim. Keling shu
o‘rinda ta’lim, bilim, ko‘nikma va malaka tushunchasiga atroflicha to‘xtalib o‘tsak, ta’lim bu
o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyat jarayoni bo‘lib, bu
jarayonda o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishni jarayonidir [1.]
Bilim-shxsning ongida tushunchalar,sxemalar va ma’lum bir obrazlar ko‘rinishida aks
etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmuyi.[2]
Ko‘nikma-olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan
bajariladigan harakatlar yig‘indisi.[2]
Malaka-olingan bilimlarni tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyati.[2]
O‘quvchilarni har tomonlama yetuk va komil inson sifatida tarbiyalashimizda, albatta,
ta’lim bilan birgalikda tarbiya ham katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va tarbiya ikkalasi
birgalikda olib boriladigan pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu ikkala tushunchani bir biridan
ayri holda tutishimiz bu ilmsizlik va jaholatga bo‘lgan ilk qadamimiz hisoblanadi. Bu ikki
tushuncha har doim va har qachon birgalikda olib borilsa va ijtimoiylashuv jarayonida teng
tarzda o‘rinlarda tursa ,unda kelajak avlodni, haqiqatdan ham komil inson qilib tarbiyalay
olamiz.
Tarbiya-muayyan,aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o‘stirish,uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini ijobiy tarkib toptiruvchi
jarayon.[2] Bunda esa kitobning o‘rni beqiyos. Zero, kitob ilm va tarbiya beruvchi yog‘du.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
42
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Bolalarimiz kitob o‘qishi
kerak,kitob o‘qigan insondan yomonlik chiqmaydi. Kitobsiz-kelajak yo‘q!”. Ushbu so‘zlarning
zamirida juda katta ma’no-mazmun bor desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki, qaysidir bir
kitobni qo‘limizga olmaylik, ularning hammasida yaxshilik, ezgulik,t o‘g‘ri so‘zlik,
insonparvarlik, yomondan yiroqda bo‘lish, kamtarinlik ruhidagi tarbiyaviy jihatlari ko‘p
hisoblanadi. Bu bilan shuni anglashimiz lozimki, kitob o‘qigan inson hech qayerda va hech
qachon xor bo‘lib qolmaydi. Negaki unday insonlar ma’naviyati to‘yingan, ruhan va jismonan
ta’lim-tarbiyaga boy insonlar hisoblanadi. Kitoblar ham insonlarga qarab turlicha ma’no-
mazmun kasb etadi. Chunki, insonlar ham kitoblar kabi turli-tuman xarakter, bilim sohibi va
nozik ko‘ngil egasidirlar. Shunday ekan ta’limda individuallik tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz
joizdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida individual yondashuvni qo‘llash zamonaviy ta’lim
tizimining takomillashtirilishi uchun muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu o‘z navbatida,
shaxsning ijobiy fazilatlarini aniqlash, muntazam psixologik-pedagogik tashxislash, ta’lim-
tarbiya jarayonida shaxs xususiyatlarini inobatga olish, shaxs rivojlanishi kabi jarayonlarni o‘z
ichiga oladi. Har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi va iqtidorini aniqlagan holatda ularga dars
mashg‘ulotlari o‘tilsa samaraliroq bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’limda individuallik
tushunchasi tobora kengayib bormoqda. Dars mashg‘ulotlari davomida har bir o‘quvchini
individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holatda dars mashg‘ulotlari tashkil etilsa,
o‘quvchilarning ham, ta’lim jarayonining ham samaradorligi yuqori darajalarga ko‘tariladi.
O‘sib-ulg‘yib kelayotgan har bir yosh kundan kunga o‘zgacha fikr egasi, o‘zgacha talant egasiga
aylanib bormoqda. Bu yangidan yangi iqtidorlarni kashf bo‘layotganining isbotidir.
Individual ta’lim-o‘qituvchining o‘quvchiga pedagogik ta’sirini amalga oshiruvchi o‘quv
mashg‘ulotlari shakllaridan biri.Individual ta’lim o‘z navbatida yakka tartibdagi ta’lim bilan
tenglashtirilishi mumkin.[3]
Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv,bolani boshqalardan ajratib yakka o‘zini o‘qitish
tushunilmaydi,balki shaxsning u yoki bu xislatlari shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga
olish,o‘quvchini qiziqishini bilgan holatda dars mashg‘ulotlariga qiziqtirish, har bir
o‘quvchining
individual-psixologik
xususiyatlarini
ilmiy
asosda
tushuntirishni
anglatadi.Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsning ikkinchi
shaxsdan farqlaydigan xususiyatlari tushiniladi. Individual yondashuvning vazifasi-
rivojlanishning individual usullarini aniqlash,bolaning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan kelib
chiqqan holatda ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri-o‘quvchilarni jismoniy yetukligi,
qobiliyatliligi, bilim darajasi, aqliy kamoloti jihatidan o‘zaro qanchalik farq qilishlarini
boshlang‘ich sinflardayoq psixologik-pedagogik nuqtai nazardan oqilona tashxis qila olishga
bog‘loqligini aniqlashdir. Chunki, har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor
bergan holda o‘quv va tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish yo‘li bilan ko‘pgina qiyinchilillarni
bartaraf qilish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda aqliy taraqqiyotga alohida e’tibor berish ta’lim
samaradorligining kafolatidir.[3]
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qiziqishlaridan kelib chiqib o‘qitilsa,ko‘zlangan
maqsaddanda ko‘prog‘iga erishilsa bo‘ladi. Jaji bolajonlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
shirinzabon va xushdilligini ko‘rsa,unga mehribon va uning so‘zlarini tinglasa,o‘quvchi o‘ziga
bo‘lgan ishonchiga yanada ishonadi.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi shirinzabon,xushxulq va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
43
mehribon bo‘lishi o‘quvchilarni dadil va hayajonsiz o‘zlarining fikrlarini bayon qila oladigan
darajaga yetishlariga yordam bo‘la oladi. Chunki, ilk bor qo‘liga qalam olayotgan jaji murg‘ak
qalbning qo‘r qo‘rida chiroyli yozish qo‘rquvi va hayajoni bo‘ladi.Shu kabi hissiyotlarni bilish
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmzasiga tushadi. Bunda o‘qituvchi o‘zining
bilim,ko‘nikma va malaklarini ishga solgan holatda o‘quvchining individual xususiyatidan
uning qo‘rquvga moyilligi bor yoki yo‘qligini aniqlab,unga taskin berishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining har bir bola bilan individual xususiyatlaridan kelib
chiqqan holatda dars mashg‘ulotlarini o‘tishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ham juda tez
va puxta mavzularni o‘zlashtirishiga olib keladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek dunyoda har xil
turdagi va hajmdagi kitoblar ko‘pligi kabi, dunyoda insoniyat ham turli tuman, har xil xarakter
egasi qobiliyat ega iqtidor egasidirlar.Bir inson hech qachon boshqasini takrorlamaydigan
tarzda mukammal qilib yaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”. Tursunova Saida Iskanova,Azimova Dilfuza
Usmonovna.Toshkent “NIF MSH”2023.
2.
Бошлангич синф укувчилари фикрлаш жараёнларининг диагностикаси ва
динамикаси. Самарова Щохиста Рабиджановна. “MALIK PRINT CO” Тошкент-2021.
3.
“Umumiy pedagogika”.M.S.Salayeva. “Nodirabegim” nashriyoti.Toshkent-2021