Авторы

  • Munisa Rustamova
    Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalish 1-kurs 124-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.73407

Ключевые слова:

Temperament xolerik sangvinik flegmatik melanxolik psixologiya o’t qora o’t suyuqlik beparvo serharakat o’ychan kuchli qo’zg’aluvchan

Аннотация

Ushbu maqolada temperament, uning o’rganilish tarixi hamda temperamentning vizual ifodalanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

4

TEMPERAMENT TIPLARINING DASTLABKI, HOZIRGI TASNIFI VA UNING

TARIXIY VIZUAL IFODASI

Rustamova Munisa

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Amaliy psixologiya yo’nalish 1-kurs 124-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093831

Annotatsiya:

Ushbu maqolada temperament, uning o’rganilish tarixi hamda

temperamentning vizual ifodalanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar

: Temperament, xolerik,sangvinik,flegmatik, melanxolik, psixologiya, o’t,

qora o’t, suyuqlik, beparvo, serharakat, o’ychan, kuchli, qo’zg’aluvchan

Annotation

: This article provides information about temperament, its study history,

and the visual representation of temperament.

Keywords

: Temperament, choleric,sangvinic,phlegmatic, melancholic, psychology,

grass, black grass, fluid, careless, impulsive, reflective, strong, agitated.

Аннотация

: В этой статье приведена информация о темпераменте, его истории

исследования и визуальном представлении темперамента. Kalit so’z va iboralar:

Ключевые слова

: Темперамент, холерик, сангвиник, флегматик, меланхолик,

психология, трава, черная трава, жидкость, небрежный, импульсивный, рефлексивный,
сильный, агрессивный


Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan

bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib, shaxsning
psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan.
Temperament lotincha “temperamentum” degan so’zdan olingan bo’lib, “aralashma” degan
ma’noni bildiradi. Ayrim manbalarda temperament tushunchasi Klaudio Galen tomonidan
kiritilgan degan fikrlar uchraydi, ba’zilarida esa temperament haqidagi dastlabki ta’limotni
yunon olimi Gippokrat tomonidan yaratilganligi qayd etiladi.

Qadimgi yunon olimi Gippokratning ta’limotiga ko’ra, insonlarning temperament

xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan farqlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklar
(xiltlar)ning turlicha nisbatda joylashuviga bo’liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokratning
ta’biricha, inson tanasida 4 xil suyuqlik (xilt) mavjud bo’lib,ular:
1.O’t yoki safro (yunoncha “hole”);
2. Qon ( lotincha “sanguis” yoki “ sanguinis”);
3. Qora o’t (yunoncha melas - “qora”, hole-“o’t ”);
4. Balg’am (yunoncha “phlegma” ) kabilardan iboratdir.

Gippokratning fikricha:

1.

O’tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish

yoki badanni quruq tutishdir.
2.

Qonning xususiyati- issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.

3.

Qora o’tning xususiyati- namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir.

4.

Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati –sovuqlikdir, uning vazifasi badanni

sovutib turishdan iboratdir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

5

Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir inson tanasida shu 4 xil suyuqlik mavjud bo’lib,

ulardan bittasi ustuvorlik kasb etadi/ mazkur aralashmalardan qaysi biri samaraliroq bo’lsa,
shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, masalan, xolerikda- sariq o’t
suyuqligi, sangvinikda-qon suyuqligi, flegmatikda balg’am, melanxolikda- qora o’t suyuqligi
ustun bo’lishi ta’kidlanadi.

Gippokratning 4 xil moddalar aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning

tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik ) ramziy ma’noda hozirki zamon
psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda. Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va
uning fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi
hamda bu borada izlanishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga
ulkan o’z hissasini qo’shgan olimlardan biri bu rus psixologi I.P.Pavlov hisoblanadi. I.P.Pavlov
hayonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda shartli reflekslarning paydo
bo’lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa
temperamentda ham uchrashi mumkinligini kashf etadi.I.P.Pavlov temperament ham shartli
reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog’liq
bo’lishi mumkin, degan xulosaga keladi. I.P.Pavlov 4 ta asosiy tiplarni ajratadi. Ular:
1.

Kuchli, muvozanatsiz, va harakatchan tip;

2.

Kuchli, muvozanatli, inert

3.

Kuchsiz, muvozanatsiz- qizg’in, jo’shqin tip

4.

Kuchsiz, muvozanatsiz, og’ir – vazmin.
Nemis faylasufi Iogan Kant – temperamentni tana tuzilishi va fiziologik vazifalarini

o’rgangan. Shuningdek nemis psixiatri, konstitutsion nazariya asoschisi E. Krechmer 1921-
yilda tana va xarakter tuzilishi nomli asarida temperament tipologiyasini ishlab chiqdi. Unga
ko’ra:
1.

Leptosomatiklar- mo’rt tana, baland bo’y, yassi ko’krak qafasi, tor yelka, uzun va oriq

oyoq, qo’l;
2.

Piknik- yog’ to’qimasi bor, o’ta semiz, o’rta yoki past bo’y, katta qorin;

3.

Atletik- baquvvat mushaklar, kuchli tana, baland yoki o’rta bo’y, keng yelka, tor bo’ksa;

4.

Displastik- shaklsiz, noto’ri tana, o’ta baland bo’y, mutanosib bo’lmagan tana kabilar

keltirib o’tilgan.

Demak, temperamentlarni mana shunday umumiy belgilarga qarab ajratish, mumkin.

Barcha temperamentlarni qadimdan 4 ta tipga: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolikka
ajratish keng tarqalgan.

Xolerik tip- hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan

farqlanadi. Xolerik temperamentlimkishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida,
mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va
tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan
bo’lishadi.

Sangvinik tip- hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq

qiladi. Sangvinik tipli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan
ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Ular chaqqon, serharakat va jo’shqin
bo’lishadi. Atrof- muhitdagi voqealardan tez ta’sirlanadi va muhitga moslashuvchan
bo’lishadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

6

Melanxolik tip - barqaror, sustkash, davomli bir kayfiyatga moyil bo’ladilar. Melanxolik

temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishini
oxiriga yetkazmay qo’ymaydi. Bunday temperamentli bolalar mo’min-qobil, yuvosh bo’ladilar,
ko’pincha, birov savol bilan murojaat qilisa, uyalib, tortinib javob beradilar.

Flegmatik tip- odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin. Bu

tipli kishilar hissiyotining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Ular ko’pchilikka kam aralashadigan,
tortinchoq, birovni ranjitmaydigan bo’lishadi.

Temperament tushunchasini rasmlar orqali ifodalash qadimdan mavjud bo‘lib, u inson

xarakterini tasvirlash uchun turli san’at yo‘nalishlarida qo‘llanilgan. Misol uchun antik davri
(miloddan avvalgi 4-3- asrlar )ning Qadimgi yunon faylasufi Gippokrat temperament
turlarini asoslab bergan. Uning ta’limotidan keyin rassomlar va haykaltaroshlar turli
temperamentdagi odamlarning tashqi ko’rinishini aks ettirishga harakat qilishgan. O’rta
asrlar (5-15-asrlar)da temperament diniy va falsafiy ta’limotlar bilan bo’langan. Ko’plab
miniatura rasmlarda odamlarning yuz ifodasi va tana holatlari orqali temperament aks
ettirilgan. Bularga misol qilib, mana bu rasmni keltirishimiz mumkin. Bu haykallar
temperament nazariyasiga vizual ifoda sifatida qaraladi.

Chapdan birinchisi-xolerik: g’azablangan, qattiq va keskin ifodaga ega, energiya va

tajavuzni bildiradi.

Ikkinchisi-melanxolik: chuqur o’ychan, mahzun ko’zlar bilan qayg’u va iztirorobni aks

ettiradi.

Uchinchisi- sangvinik: yuqoriga qaragan, yengil tabassum bilan, optimizm va quvonchni

ifodalaydi.

O’ngdan birinchisi- flegmatik: xotirjam, beparvo yoki osiyishta- barqaror va vazminlikni

bildiradi.

Uyg’onish davri (15-16-asrlar) rassomlari inson xarakteri va temperamentini chuqur

o’rganishga kirishgan. Misol uchun Leonardo da Vinchi o’z eskiz va portretlarida turli
temperamentdagi insonlarni realistik tarzda tasvirlashga harakat qilgan. Leonardo da Vinchi –
"Mona Liza" (1503-1506) asarida Mona Liza flegmatik temperamentni aks ettiradi, chunki u
xotirjam, o‘zgarmas hissiyotli va o‘zini tuta biladigan ko‘rinishda tasvirlangan. Uning
tabassumi juda sirli, hissiyotlari juda chuqur yashiringan bo‘lib, u ehtirosli yoki qattiq kayfiyat
o‘zgarishiga ega emas.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7


Barokko va klassitsizm (17-18-asrlar) davri rassomlari hissiyot va temperamentni

kuchli dramatik ifoda orqali yetkazganlar.Misol uchun bu na’munani keltirishimiz mumkin. Bu
asar XVII asrga tegishli bo’lib, muallifi Sharl Lebryon hisoblanadi.

Bunda chapdan birinchisi xolerik temperamentga ega bo’lib, qattiq harakatdagi jangchi,

qalqon va qilich bilan tasvirlangan. Yonida sher taviri ham bo’lib, bu jasorat va tajovuzni
bildiradi.

Ikkinchisi sangvinik tipga ega: yengil, o’ychan va quvnoq holatda, nay chalib turibdi.

Ochiq gavda va bo’shashgan kiyim kayfiyatining yengilligini bildiradi.

Uchinchisi- melanxolik. U kitob yoki varaqqa qarab, chuqur o’yga tolib turibdi. Yuz

ifodasi g’amgin, boshi engashgan.

O’ngdan birinchisi esa flegmatik. Xotirjam, qo’llari ko’kragiga chalishtirilgan holda,

sovuqqon turibdi. Kiyimlari tartibli va og’ir xarakatni bildiradi.

Shuningdek, mana bu asarni ham keltirishimiz mumkin. Bu rasm XVIII asrning taniqli

nemis-fransuz rassomi Daniel Chodowiecki tomonidan chizilgan bo’lib,” To’rt xil
temperamentga sezgirlikning ta’sir” deb nomlangan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8


Unda chap tarafdagi o’tirgan odam- xotirjam va deyarli befarq holda tasvirga

qaramoqda. Bu flegmatik temperament vakili.

O’rtada turgan ikki kishi qizg’in muhokama qilayotgandek ko’rinadi. Ulardan biri

qo’llarini ishora bilan harakatlantirayotgani uning xlerik temperament ekanligini ko’rsatadi,
chunki xoleriklar te’z ta’sirchan, hissiyotlarini ochiq namoyon qiladigan va kuchli reaksiyaga
ega bo’ladigan kishilar bo’ladi.

Rasmga befarq bo’lgan kishi- sangvinik temperamentga ega bo’lishi mumkin. Chunki

sangviniklar quvnoq, yengil harakterli, optimistik va hayotdan zavqlanadigan odamlar
hisoblanadi.

Zamonaviy san’at (19-20-asrlar) davrida ekspressionizm va psixologik portret janri

rivojlanib, temperamentni tushuntirishga urinish kuchaydi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, temperament- insonning tabiiy psixik

xususiyatlarining asosi hisoblanadi. Biror temperament turi yaxshiroq yoki yomonroq emas,
har biri o’ziga xos kuchli va zaif jihatlarga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

E. G’oziyev. Umumiy psixologiya. Shaxsning psixologik xususiyatlari. Temperament.

Toshkent 2020.
2.

Sh.I. Abdullayeva.Kasbiy psixologiya. Toshkent 2022.

3.

Umumiy psixologiya/ Muhammedova D.G’, Mullaboyeva N. M , Rasulov A.I.; mas’ul

muharrir E.G’. G’oziyev. - Toshkent; MUMTOZ SO’Z, 2018


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

4.

L.A. Xalmamatova. - Toshkent: “Tafakkur avlodi”, 2021.

Библиографические ссылки

E. G’oziyev. Umumiy psixologiya. Shaxsning psixologik xususiyatlari. Temperament. Toshkent 2020.

Sh.I. Abdullayeva.Kasbiy psixologiya. Toshkent 2022.

Umumiy psixologiya/ Muhammedova D.G’, Mullaboyeva N. M , Rasulov A.I.; mas’ul muharrir E.G’. G’oziyev. - Toshkent; MUMTOZ SO’Z, 2018

L.A. Xalmamatova. - Toshkent: “Tafakkur avlodi”, 2021.