YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
145
OLIY TA’LIM TALABALARIDA KREATIV FIKRLASH KO’NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISH
Xudaybergenova Nawrızbiyke Qanat qızı
(Nukus davlat Pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) 2-bosqich tayanch
doktoranti, xudaybergenovanawrızbiyke@gmail.com; +998907012919)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123288
Annotatsiya:
Bu maqolada oliy ta’lim talabalarida kreativ fikrlash ko’nikmalarini
shakllantirish, uning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish o’zaro faol munosabatlarga tez
kirisha olish va amaliy ta’lim jaroyonida uni o’rinli qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantirish
haqida aytib o’tilgan. Bu jarayonda ular bilan bevosita ishlaydigan o’qituvchidagi kreativlik
darajasining qanday bo’lishi kerakliligi ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
oliy ta’lim, kreativlik, ko’nikma, qobiliyat, kompetentlik, ijodkorlik,
fikrlash, sezgirlik.
Аннотация:
В данной статье говорится о формировании навыков творческого
мышления у студентов высших учебных заведений, развитии их творческих
способностей, умении быстро вступать в активные отношения и умении правильно
использовать их в процессе практического обучения. В этом процессе было показано,
каким должен быть уровень творчества преподавателя, работающего непосредственно
с ними.
Ключевые слова:
высшее образование, креативность, умение, способность,
компетентность, креативность, мышление, чувствительность.
Abstract:
This article talks about the formation of creative thinking skills in higher
education students, the development of their creative abilities, the ability to quickly enter into
active relationships and the ability to use them appropriately in the process of practical
education. In this process, it has been shown how the level of creativity of the teacher working
directly with them should be.
Key words:
higher education, creativity, skill, ability, competence, creativity, thinking,
sensitivity.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy
ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 8-oktyabr 2019- yil “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risi”da PF-5847 sonli farmoni qabul qilindi [1].
2020-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim, to’g’risida” gi O’RQ 637-sonli
qonunida ham ta’lim sifatini yaxshilash, talabalarning turli shakllarda ta’lim olishi (ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
ta’lim olish (masofaviy, sirtqi, kechki); dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ishi; katta
yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi kadrlarni tayyorlash)
belgilab qo’yilgan [2].
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
146
Ta’lim jarayoniga kreativ yondashuv asosida talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarni
rivojlantirishning zarurligi o‘zaro faol munosabatlar ta’sirida rivojlanadigan ko‘nikmalarni
shakllantirish imkonini beradi. Bu esa oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim muhiti, o‘qitish shart
-sharoitlari va metodlarining interfaol xarakter kasb etishini ta’minlashni talab qiladi. Ta’lim
tizimida boshqaruv jarayonlari bo‘yicha buyuk sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Al-
Forobiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy Sheroziy, Mirzo Ulug‘bek,
Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar birinchilardan
bo‘lib ta’lim metodlari orqali ilmiy asoslab berishgan.
Bundan tashqari, Amerika psixologi Abraham Maslou kreativlikni inson tabiatining
fundamental xarakteristikasi sifatida ko‘radi, ya’ni barcha insonlardagi tug‘ma qobiliyat,
lekin hayoti davomida ma’’lum ijtimoiy to‘siqlar natijasida yo‘qolib ketadi deb hisoblaydi
[3;58]. N.F.Tаlizinаning “Formаtion of сognitive асtivitу of junior sсhoolсhildren” asarida hаr
bir o‘qituvсhi, reаl рedаgogik jаrауonni qurishdаn oldin, o‘quv jаrауoni hаqidа teхnologik
dаrаjаdа tаqdim qilingаn bilimlаr tizimigа egа bo‘lishi lozim [4;103].
Bugungi kunda pedagogik atamalar lug`atida kreativ, pedagogik kreativlik, kreativ
qobiliyatlar, kreativ kompetentlik terminlarini juda ko`p uchratamiz. Kreativlik – (lot.
«creare»; ingl. creativity- «yaratish», «bunyod qilish») – bu ijodiy qobiliyatlik darajasi,
shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bo`lgan qobiliyati bo`lib, u kreativ
tafakkur bilan bog`liq. Kreativ tafakkur – bu shaxsning o`z oldida turgan vazifalarini
nostandart hal etish hamda o`z maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq
yo`llarini topish qobiliyatidir. Ya‘ni kreativlik, asosan, boshqalarga o`xshamagan g`oyalarni
o`ylab topish, an‘ana tusiga kirib qolgan fikrlashdan qochish hamda muammoli vaziyatlarni
tez hamda samarali hal etish yo`llarini bilish hisoblanadi. Kreativlik insondagi ijodkorlik
qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga asos yaratadigan individual sifatlarining hamda
fikrlash qobiliyatlarining birligidan iborat bo`ladi. Kreativ kompetentlik (ing. «sreate»
yaratuvchanlik, ijodkorlik). Kompetentlikning bu turi pedagogning yangilik yaratish,
ijodkorlik va tashkil etish singari ko`nikmalarga ega bo`lishi bilan bog`liq. Kreativlik faqatgina
yangi g`oyalarni yaratish uchungina emas, balki shaxsning turmush tarzi va ma‘naviyatini
yuksaltirish uchun ham katta ahamiyatga ega. Bir qator pedagogik adabiyotlar tahlili va
keyingi yillarda ilmiy izlanishlar olib borilgan tadqiqot ishlarida ham kreativ, pedagogik
kreativlik, kreativ qobiliyatlar, kreativ kompetentlik tushunchalariga atroflicha izoh berib
o`tilgan. Kreativ yondashuv tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda
ifodalanadigan ko`plab ta‘riflarini keltirish mumkin.
Adabiyotlar tahlili asosida aytishimiz mumkinki, kreativlik termini Angliya Amerika
psixologiyasida 60-yillarda paydo bo`lgan bo`lib, bunda kreativlikning intellekt bilan
bog`liqlik masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning
individual xususiyatlariga bog`liqligi o`rganilgan. M.N.Gnatko kreativlikning mexanizmlarini
ikkita turga ajratib tahlil qilgan.
Bular:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
147
Kreativlik pedagoglarda o`z-o`zidan paydo bo`lib qolmaydi. Gnoseologik, aksiologik va
kreativ texnologiyalar (ta‘limning texnologik vositalari)ni faol ravishda ta‘lim jarayonida
qo`llash kreativlik potensialini rivojlantirib borishga zamin yaratadi. Bu esa davrning ijtimoiy
talabi bo`lib, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas
tarzda pedagoglardan o`z ustida ishlashini, o`zini kreativ boyitib borishini, ilm-fanning
yutuqlaridan boxabar bo`lib, ularni o`z faoliyatiga singdirib borishini talab etadi. B.X.Xodjayev
ilmiy izlanishlarida o`quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta‘minot
vositasida rivojlantirish o`qituvchining yangiliklarga bo`lgan intilishi, ularni o`zlashtirish va
o`zining pedagogik faoliyatida foydalana olish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib
o`tish, innovatsion yangiliklarni o`zining faoliyatida faol, ijodkorlik bilan qo`llay olish, o`zining
mualliflik g`oyalariga ega bo`lish hamda turli pedagogik vaziyatlarda ijobiy yechimlarni
everistik yo`l topa olish qobiliyatlari bilan bog`liq bo`lgan kreativ kompetentlikga ega
bo`lishni talab etadi degan fikrni ilgari suradi. [5;84]
“Mustaqil ta’lim olishni tashkil etish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat
sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo‘lishi ham talab etiladi”.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni hal
qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy
hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi.
Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali
shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko’nikmasini
muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining
puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholashda qo’llaniladigan metod va
vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kreativlik -shaxsning yaratuvchanlik, ijodkor-lik xislatlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar
majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori
darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va
refleksiyani qamrab oladi. Talabalarning ijodkorligi va kreativligi tafakkur va muloqot
qilishlarida, hissiyot va tuyg‘ularida, turli faoliyat turlarida o‘z aksini topgan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,
talabalarda kreativlikni rivojlantirishning
muhim jihatlaridan biri ularni mustaqil bilim olish va ijodiy fikrlashga yo‘naltirishdan iborat.
Pedagoglar tomonidan ishlab chiqilayotgan topshiriq va vazifalarni yaratishda kreativ
yondashib, talabalarning tanlangan mutaxassisliklari yuzasidan o‘quv materiallarining
Potensial kreativlik – bu kreativlikning zaruriy sharti
bo`lib, qanday sharoit bo`lmasin pedagoglarning
kreativlikka tayyor turishi, shuning natijasida o`z
g`oyalarini amalga oshirishidir
Faoliyatdagi kreativlik – bu muayyan bir sohadagi
kreativlik hisoblanadi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
148
g‘oyaviylik, ilmiylik, vizuallik, tizimlilik, o‘quv axborotlarining izchil tarzda bayon etilishi,
o‘quv axborotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikligini inobatga olish zarur. Bundan tashqari
talabalarga berilayotgan topshiriqlar ularning yosh xususiyatiga mosligi, amaliy va aniq
maqsadga yo‘naltirilganligi hamda talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga muvofiq
tayyorlanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida
2.
2020-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim, to’g’risida” gi O’RQ 637-sonli
qonuni
3.
Baybayeva M. X. “Ta’lim muassasalarida rahbar ayollarning boshqaruv faoliyatidagi roli”
Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal. –2022. –T. 3. –No.
5. –S. 59-66.
4.
Tаlizinа N.F. Formаtion of сognitive асtivitу of junior sсhoolсhildren. Book. For the
teасher. - M.: Eduсаtion, 1988.- 175 р.
5.
B.X.Xodjaev
“Umumta‘lim
maktabi
o`quvchilarida
tarixiy
tafakkurni
modernizatsiyalashgan didaktik ta‘minot vositasida rivojlantirish”: Ped. fan. dok. diss. –
Toshkent, 2016. – 260 b.