Авторы

  • Sarvinoz Ahmedova
    Navoiy davlat universiteti 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.75544

Ключевые слова:

Botir Ergashev muhabbat sadoqat she’riyat poetik tahlil ma’naviyat badiiy vositalar G‘azzoliy ilohiy ishq zamonaviy adabiyot.

Аннотация

Ushbu maqolada Botir Ergashev she’riyatida muhabbat va sadoqat mavzusi tahlil etilgan. Shoirning ijodiy uslubi, muhabbat va sadoqat tushunchalarini yoritish usullari, badiiy vositalari hamda tarixiy va falsafiy qarashlari keng o‘rganilgan. Maqolada Ergashevning muhabbat haqidagi she’rlari tahlil qilinib, ularning tuzilishi, poetik xususiyatlari va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Imom G‘azzoliyning "Mukoshafat ul-Qulub" asaridan ishq haqidagi parcha asosida sevgi va sadoqat tushunchalarining ilohiy va insoniy jihatlari solishtirilib, chuqur tahlil qilingan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

BOTIR ERGASHEV SHE’RIYATIDA MUHABBAT VA SADOQAT TAHLILI

Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi

Navoiy davlat universiteti 4-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15117432

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Botir Ergashev she’riyatida muhabbat va sadoqat

mavzusi tahlil etilgan. Shoirning ijodiy uslubi, muhabbat va sadoqat tushunchalarini yoritish
usullari, badiiy vositalari hamda tarixiy va falsafiy qarashlari keng o‘rganilgan. Maqolada
Ergashevning muhabbat haqidagi she’rlari tahlil qilinib, ularning tuzilishi, poetik xususiyatlari
va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Imom G‘azzoliyning "Mukoshafat ul-
Qulub" asaridan ishq haqidagi parcha asosida sevgi va sadoqat tushunchalarining ilohiy va
insoniy jihatlari solishtirilib, chuqur tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Botir Ergashev, muhabbat, sadoqat, she’riyat, poetik tahlil, ma’naviyat,

badiiy vositalar, G‘azzoliy, ilohiy ishq, zamonaviy adabiyot.

ANALYSIS OF LOVE AND LOYALTY IN THE POETRY OF BOTIR ERGASHEV

Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi

4th year student of Navoi State University

Annotation:

This article analyzes the theme of love and loyalty in the poetry of Botir

Ergashev. The poet's creative style, methods of illuminating the concepts of love and loyalty,
artistic means, and historical and philosophical views are widely studied. The article analyzes
Ergashev's poems about love, highlighting their structure, poetic features, and spiritual and
educational significance. Also, based on an excerpt about love from Imam Ghazali's work
"Mukashfat ul-Qulub", the divine and human aspects of the concepts of love and loyalty are
compared and analyzed in depth.

Keywords:

Botir Ergashev, love, loyalty, poetry, poetic analysis, spirituality, artistic

means, Ghazali, divine love, modern literature.


O‘zbek adabiyotida muhabbat va sadoqat mavzusi ko‘plab ijodkorlarning asarlarida

alohida o‘rin egallagan. Botir Ergashev ham o‘z she’riyatida bu mavzuga chuqur yondashgan.
Uning she’rlarida muhabbat nafaqat shaxsiy tuyg‘u, balki insonni yuksaltiruvchi, hayotga
mazmun bag‘ishlovchi kuch sifatida tasvirlanadi. Shoir muhabbatni faqatgina ikki inson
o‘rtasidagi tuyg‘u emas, balki vatanga muhabbat, insoniy sadoqat va ilohiy muhabbat sifatida
ham talqin qiladi. Uning ijodida chin muhabbat fidoyilik, sadoqat esa insoniylikning mezoni
sifatida ifodalanadi. Aynan shuning uchun uning she’rlari faqatgina hissiyotlarga tayanmay,
balki falsafiy ma’no kasb etadi.

Muhabbat har bir inson hayotida chuqur iz qoldiradigan, uni o‘zgartiradigan va

shakllantiradigan tuyg‘udir. Adabiyot va san’atda muhabbat doimo ilhom manbai bo‘lib
kelgan. Botir Ergashev ijodida ham muhabbat eng asosiy mavzulardan biri sifatida o‘z aksini
topgan. Uning she’rlari faqatgina romantik tuyg‘ularni emas, balki muhabbatning ichki falsafiy
mohiyatini ochib beradi. Shoir muhabbatni inson ruhiyatidagi ulkan inqilob sifatida
tasvirlaydi. Muhabbat shunchaki tuyg‘u emas, balki insonning ong va qalbida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishdir. Shoirning “Muhabbat ta’rifi” she’rida bu fikr yaqqol namoyon bo‘ladi:

Юрагимдан оромни-ю халоватни олган сен,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

Мудраб ётган кўзларимга бедорликни солган сен.

Bu misralardan ko‘rinadiki, muhabbat insonni shunchaki baxtli yoki g‘amgin qiladigan

oddiy holat emas. U odamni ichki uyg‘oqlikka, bedorlikka chorlaydi. Bedorlik tasavvufiy
she’riyatda ham muhim tushunchalardan biri bo‘lib, u qalbning ilohiy haqiqatga ochilishi,
insonning ruhiy kamolot sari intilishi bilan bog‘liq. Shoir davom etadi:

Ҳали чиқиб улгурмаган қирларимсан, Муҳаббат,
Юрагимда асраганим – сирларимсан, Муҳаббат.

Bu yerda muhabbat kashf etilmagan qirlar bilan qiyoslanadi. Ya’ni, u inson uchun hech

qachon tugamaydigan, yangi sirlarni ochadigan ulug‘ hodisadir. Bu fikr G‘arb falsafasida ham
mavjud bo‘lib, masalan, Gyote muhabbatni insonni shakllantiruvchi eng yuksak qudrat
sifatida talqin qiladi. Shuningdek, Sharq adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy va Jaloliddin
Rumiy she’riyatida ham muhabbat inson qalbining ilohiy haqiqat sari ochilishi sifatida
tasvirlanadi. Tasavvufda muhabbat ikki asosiy shaklda talqin qilinadi:

1. Insoniy muhabbat – bu ikki inson o‘rtasidagi sevgi, oilaviy muhabbat yoki do‘stlik

asosidagi sadoqat.

2. Ilohiy muhabbat – bu Allohga bo‘lgan cheksiz muhabbat bo‘lib, u tasavvufiy yo‘lda

insonni Haq yo‘liga olib boradi.

Botir Ergashev she’riyatida bu ikki tushuncha bir-biri bilan uyg‘unlashgan. Masalan,

uning “Sevgi nima” she’rida sevgi eng ezgu tuyg‘ular, mehribonlik va ilohiy nur bilan
bog‘lanadi:

Sevgi nima, har kimda turfa javob,
Quyoshning zaminga boqqani – sevgi.
Sevgi nima, qirlarni qilgach tavof,
Jilg‘alarning soyga oqqani – sevgi.

Bu misralardan ko‘rinadiki, muhabbat shunchaki ikki inson orasidagi tuyg‘u emas, balki

tabiat, koinot va mavjudot o‘rtasidagi uyg‘unlik hamdir. Bu tasavvufiy qarashlarga juda yaqin.
Jaloliddin Rumiy sevgi haqida shunday deydi: “Agar seni sevgi sari boshlayotgan narsa sevgi
bo‘lsa, bilingki, u aslida seni Alloh sari yetaklayotgan nurdir.” Botir Ergashev ham muhabbatni
insoniy darajadan ko‘ra yuqoriroq ma’noda talqin qiladi. U muhabbatni ilohiy haqiqatga
yetaklovchi nur sifatida tasvirlaydi:

Sevgi nima, bog‘larga bo‘lib chimmat,
Ko‘zlarimni quvnatgan sevgi – yaproq.
Sevgi nima, sevgi oltindan qimmat,
Kindik qoning to‘kilgan aziz tuproq.

Bu misralar muhabbatning eng yuksak shakli – vatan tuyg‘usi bilan bog‘lanishini

ko‘rsatadi. Shoir sevgi faqat bir inson bilan cheklanmasligini, balki vatan, tabiat va Allohga
bo‘lgan cheksiz muhabbat ekanligini ta’kidlaydi. Imom G‘azzoliy o‘zining “Mukoshafat ul-
Qulub” asarida muhabbatning qudrati haqida shunday bir hikoya keltiradi:

“Bir yigit Iso

alayhissalomdan Allohdan muhabbat so‘rab duo qilishlarini so‘raydi. Hazrati Iso unga bu yuk
juda og‘ir ekanini aytadi, biroq yigit shunga qaramay talab qiladi. Alloh unga muhabbatning
zarraning yarmisichasini ato etadi va yigit aqldan ozib, toqqa chiqib ketadi”.

Bu hikoya

muhabbatning inson qalbiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Haqiqiy muhabbat insonni


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

o‘zidan, dunyoviy manfaatlardan ajratib, faqat Haq yo‘liga yetaklaydi. Bu holat tasavvufda
“fano filloh” deb ataladi – ya’ni, Alloh yo‘lida o‘zlikdan kechish.

Botir Ergashev she’riyatida ham bu g‘oya yaqqol seziladi. Shoir sevgi haqida yozarkan,

uning insonni tubdan o‘zgartiruvchi qudratini ta’kidlaydi:

Sevgi nima, sevgi dildagi chaqin,
Sevgi shirin tuyg‘ularga ibtido.
Sevgi bizga o‘zimizdan-da yaqin –
Bizni sevib, sevdirgan Qodir Xudo!

Bu misralarda sevgi ilohiy ne’mat sifatida tasvirlanadi. Inson o‘zida sevgini his qilmasa,

uning hayoti mazmunsiz bo‘lib qoladi. Zero, Allohning o‘zi insonni sevish va sevdirish
qobiliyatini ato etgan. Botir Ergashev muhabbatni insoniy tuyg‘ular chegarasidan olib chiqib,
uni yuksak falsafiy darajaga ko‘taradi. U uchun sevgi bu – insonni poklaydigan, qalbini
nurlantiradigan, hayotga ma’no bag‘ishlaydigan ulug‘ ne’matdir. Uning she’rlari insoniy va
ilohiy muhabbatning uyg‘unlashuvi, sadoqat va fidoyilik kabi yuksak qadriyatlarni aks
ettiradi.

Muhabbat faqatgina go‘zal tuyg‘u yoki ichki ehtiros bilan cheklanib qolmaydi. U

chinakam bo‘lishi uchun sadoqat bilan uyg‘unlashishi lozim. Chunki sadoqatsiz muhabbat
vaqtincha his-tuyg‘udan nariga o‘tmaydi. Asrlar davomida shoirlar, mutafakkirlar va
faylasuflar sadoqatni muhabbatning eng yuksak bosqichi sifatida tasvirlashgan. Botir
Ergashevning she’riyatida ham sadoqat asosiy mavzulardan biri bo‘lib, uning muhabbat
haqidagi tasavvurlari sadoqat bilan yanada mukammal qiyofaga ega bo‘ladi. Botir
Ergashevning “Oqatim yo‘q” she’rida muhabbat va sadoqat o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘z aksini
topadi:

Kim pand yesa do‘stidan,
Eshitsam rohatim yo‘q.
Chin sadoqat ustidan,
Kulganga toqatim yo‘q.

Bu misralar sadoqatni inson qalbidagi eng muqaddas tuyg‘ulardan biri sifatida

tasvirlaydi. Shoir uchun chin muhabbat sadoqatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Biroq, hayotda
ba’zan sadoqat qadrlanmaydi yoki uni mensimaydiganlar uchraydi. Bu esa shoirni iztirobga
soladi va sadoqatsizlikni insoniylikka xiyonat deb biladi. Shoir davom etadi:

Hovliqma, bo‘lsang taxtli,
Bo‘l faqat ezgu ahdli.
Birovni ezib, baxtli –
Bo‘lganga toqatim yo‘q.

Bu misralarda sadoqat nafaqat muhabbatga, balki insonning hayotiy tamoyillariga ham

taalluqli ekanini ko‘rish mumkin. Chin sadoqatga ega inson o‘z baxtini birovning g‘amiga
qurbon qilmaydi. Demak, sadoqat nafaqat muhabbatdagi fidoyilik, balki umuman hayotdagi
halollik va vafodorlikni ham anglatadi.

Muhabbatning eng katta sinovi – bu sadoqatdir. Har qanday muhabbat vaqt sinovlaridan

o‘tishi lozim. Sadoqat bo‘lmasa, muhabbat ham barqaror bo‘la olmaydi. Botir Ergashev
she’riyatida bu fikr quyidagi misralar orqali ifodalanadi:

Sal yelga to‘zib kulday,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

Titrama sho‘rlik qulday.
Sinov dunyoda gulday,
So‘lganga toqatim yo‘q.

Bu yerda hayotning sinovlariga bardosh berish, muhabbatning vaqt va qiyinchiliklar

oldida ham o‘zgarmasligi tasvirlanadi. Inson sadoqatga ega bo‘lsa, u sevgan kishisidan yoki
ezgu yo‘lidan qaytmaydi. Botir Ergashevning she’riyatida sadoqat eng yuksak fazilat sifatida
aks etadi. U muhabbatning asosi, insoniylikning mezoni va hayotiy barqarorlikning kafolati
sifatida talqin qilinadi. Shoir muhabbatni sadoqatsiz tasavvur qilmaydi va uni inson qalbidagi
eng buyuk ne’matlardan biri deb biladi.

Zamonaviy hayotda muhabbat va sadoqat qanday namoyon bo‘ladi? Ilgari sevgi va

sadoqat haqida gap ketganda, asosan romantik munosabatlar yoki tarixiy qissalar tilga
olinardi. Ammo bugungi kunda bu tushunchalar jamiyat hayotida, oilaviy munosabatlarda,
do‘stlikda, kasb-hunarda va vatanparvarlikda o‘z aksini topmoqda. Botir Ergashevning
she’rlari ham ushbu mavzularni chuqur yoritib, sadoqatning inson hayotidagi ahamiyatini
ta’kidlaydi. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi sadoqat – Farzandning ota-onaga bo‘lgan hurmati,
ularning mehnatini qadrlashi ham muhabbat va sadoqatning bir shaklidir. Ko‘p hollarda
yoshlar o‘z hayotiga sho‘ng‘ib, ota-onasining qanchalik katta fidoyilik qilganini unutishadi.
Botir Ergashevning quyidagi misralari ota-ona va farzand munosabatlaridagi muhabbatni
yuksak darajada tasvirlaydi:

Mehribonim, onajonim,
Ko‘nglim uchun doim tirgak.
Siz bergan duolar bilan
Yo‘llarim ochiq va keng.

Bu she’rda ona mehrining beqiyosligi, bolaning esa bunga javoban sadoqat bilan javob

qaytarishi lozimligi haqida fikr yuritiladi.

Muhabbat va sadoqat faqat oilada emas, balki insonning do‘stlari va kasbiga bo‘lgan

munosabatida ham aks etadi.

1. Do‘stlikdagi sadoqat – Haqiqiy do‘st faqat yaxshi kunlar uchungina emas, balki og‘ir

kunlarda ham yoningizda bo‘lgan insondir. Ba’zan vaqt o‘tishi bilan do‘stlik sinovlardan o‘tadi
– kimdir manfaat uchun do‘stlik qiladi, kimdir esa haqiqiy mehr va sadoqat bilan.

2. Kasbga sadoqat – Inson o‘z ishiga muhabbat bilan yondashsa, natijalari ham ajoyib

bo‘ladi. Har qanday sohada – ilm-fan, san’at, dehqonchilik yoki biznesda – chinakam
yutuqlarga faqat o‘z kasbiga sadoqatli kishilar erishadilar. Botir Ergashev she’riyatida inson
o‘z mehnatini sevsagina, haqiqiy muvaffaqiyatga erishishi haqida quyidagi satrlar orqali
bayon qiladi:

O‘zing tanlagan yo‘lda bo‘l sodiq,
Ko‘nglingdagi orzularin so‘ndirma.
Yurakdan chiqqan har bir gaping rost bo‘lsin,
Yo‘lingdagi adashishdan qo‘rqma.

Bu misralar insonning o‘z yo‘lidan qaytmasligi, mehnatni sevishi va unga sadoqatli

bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Vatanparvarlik – muhabbat va sadoqatning eng yuksak
shakllaridan biridir. O‘z yurtini sevish, uni rivojlantirish, xalqining taqdiriga befarq bo‘lmaslik


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

chinakam sadoqatni talab qiladi. Botir Ergashevning ko‘plab she’rlarida bu mavzu alohida
o‘rin egallagan.

Vatan bu yurak, vatan bu jonim,

Ona tuprog‘im, mehrga to‘la bag‘rim.
Sen bor ekan, men ham bor bo‘laman,
Sen yo‘q bo‘lsang, men ham yo‘qman.

Bu misralarda vatanga bo‘lgan muhabbatning inson hayotida qanchalik muhim o‘rin

tutishi, millatga bo‘lgan sadoqatning faqat so‘z bilan emas, amaliy harakatlar bilan ifodalanishi
lozimligi aks ettirilgan. Muhabbat va sadoqat inson hayotining ajralmas qismidir. Ular nafaqat
shaxsiy munosabatlar, balki oilaviy hayot, do‘stlik, kasb-hunar va vatanparvarlik kabi
sohalarda ham katta ahamiyat kasb etadi. Botir Ergashevning she’rlari orqali bu mavzular
chuqur yoritilgan bo‘lib, uning ijodiy merosi inson qalbidagi eng ezgu tuyg‘ularni aks ettiradi.

Muhabbat va sadoqat nafaqat hayotiy tajribalarda, balki inson ma’naviy kamoloti va

ruhiy olamida ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, tasavvufiy ta’limotda bu tushunchalar ilohiy
haqiqatga yetishish yo‘lidagi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Botir Ergashevning
she’rlari ham bu ruhiy yuksalishga yaqin bo‘lib, sevgi va sadoqatning nafaqat insonlar
o‘rtasidagi munosabatlarda, balki Yaratganga bo‘lgan munosabatda ham namoyon bo‘lishini
ko‘rsatadi. Tasavvufda muhabbatning eng oliy ko‘rinishi – Ilohiy ishq, ya’ni Allohga bo‘lgan
cheksiz sevgi va sadoqatdir. Imom G‘azzoliy o‘zining "Mukoshafat ul-Qulub" asarida
muhabbatning inson qalbini qanday zabt etishi haqida yozadi. Bu fikrni quyidagi hikoyadan
anglash mumkin:

“Bir kuni hazrati Iso (a.s.) bog‘dagi bir yigitga duch keladilar. U yigit Allohdan

bir zarra sevgi berishini so‘raydi. Iso (a.s.) unga bu yukni ko‘tara olmasligini aytadi, lekin yigit
hech bo‘lmasa yarmisini so‘raydi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Iso (a.s.) o‘sha yigitni qidiradi,
biroq u aqldan ozib, toqqa chiqib ketgan bo‘ladi. Alloh Iso (a.s.) ga vahiy qiladi:"Ey Iso! Qalbida
zarraning yarmisicha Mening sevgim bo‘lgan kimsa insonlarning so‘zini qanday eshitsin?! Agar
uni arra bilan arralasang ham, sezmaydi."

Bu rivoyat tasavvufda Allohga bo‘lgan

muhabbatning naqadar kuchli ekanini, u inson qalbini butkul egallab, uni dunyoviy hayotdan
uzib qo‘yishini ko‘rsatadi. Botir Ergashevning quyidagi misralari ham bu tasavvufiy holatni
yodga soladi:

Sen bor joyda bo‘lgayman,
Sen yo‘q yerda men yo‘qman.
Ko‘zlarimni ochsam – sen,
Ko‘ksim ichra yurak – sen.

Bu satrlarda inson qalbidagi sof muhabbatning Allohga intilishini anglash mumkin.
Muhabbat insonning ruhiyatida ulkan o‘zgarishlar qilishi mumkin. U kishini

yuksaltirishi, unga kuch berishi yoki aksincha, uni sinovlar bilan to‘qnash keltirishi mumkin.
Botir Ergashevning she’rlari bu ruhiy holatlarni aks ettirib, inson qalbining ichki kurashlarini
ochib beradi:

Sevgi nima, udir harorat asli,
Sevgidir har dilga uning yuqqani.
Sevgi nima, sevgi jasorat asli,
Nozik giyoh yerni yorib chiqqani.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

Bu misralardan ko‘rinib turibdiki, muhabbat inson qalbini shunchalik chuqur egallashi

mumkinki, u hatto tabiat qonunlariga ham bo‘ysunmaydi. Tasavvufiy qarashlarda muhabbat
va sadoqat insonning hayotida eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Bu tushunchalar
nafaqat shaxsiy munosabatlarda, balki insonning Yaratganga bo‘lgan munosabatida ham
muhim rol o‘ynaydi. Botir Ergashevning she’rlari ham bu falsafiy tushunchalarni o‘zida aks
ettirib, muhabbatning inson ruhiyatiga qanday ta’sir qilishini yuksak badiiylik bilan
ifodalaydi.

Muhabbat va sadoqat – inson qalbining eng yuksak tuyg‘ularidan bo‘lib, ular bir-birisiz

to‘liq ma’noda mavjud bo‘la olmaydi. Botir Ergashevning she’riyatida bu ikki tushuncha inson
hayotining asosiy mazmuni sifatida tasvirlanadi. Shoir muhabbatni ilohiy tuyg‘u, inson qalbini
poklaydigan va uni yuksaklik sari yetaklaydigan kuch sifatida talqin etadi. Sadoqat esa bu
tuyg‘uning mustahkamligini ta’minlovchi asosiy omildir. Muhabbat faqat ikki inson orasidagi
tuyg‘u emas, balki u hayotning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi. Allohga bo‘lgan
muhabbat, ota-onaga bo‘lgan mehr, vatanparvarlik, do‘stlik va insoniylik tuyg‘ulari –
bularning barchasi muhabbatning turli ko‘rinishlaridir. Botir Ergashev o‘z she’rlarida
muhabbatning yuksakligini, uning inson qalbini nurga to‘ldirishini va hayotga mazmun
bag‘ishlashini ta’kidlaydi. Uning "Muhabbat ta’rifi", "Sevgi nima?" kabi she’rlarida insoniy
muhabbatning turli qirralari aks ettirilgan. Muhabbat shunchaki his-tuyg‘u emas, balki inson
qalbining ichki go‘zalligi, hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatining ifodasi hamdir. Bu tuyg‘u
insonni o‘zidan yuksakroq narsalarga intilishga, fidoyilik va mehribonlik qilishga undaydi.
Imom G‘azzoliyning “Mukoshafat ul-Qulub” asarida keltirilgan rivoyatda ham Allohga bo‘lgan
muhabbatning insonni butunlay o‘zgartirib yuborishi ko‘rsatiladi.

Muhabbat sadoqatsiz uzoq yashay olmaydi. Sadoqat – bu muhabbatning davomiyligini

ta’minlovchi asosiy omildir. Agar muhabbat quvonch va zavq bag‘ishlasa, sadoqat uni himoya
qiladi, uni vaqt va sinovlar qarshisida mustahkam saqlaydi. Botir Ergashevning "Toqatim
yo‘q" she’rida sadoqatga nisbatan xiyonat inson uchun eng og‘ir zarba ekani ta’kidlanadi.
Sadoqat nafaqat sevishganlar orasida, balki do‘stlik va vatanparvarlikda ham o‘z aksini topadi.
“Alpomish” dostoni, milliy ertak va dostonlarimizda ham sadoqat ulug‘langan. Barchin Bibi
Alpomishni yillar davomida sadoqat bilan kutgani yoki Boburning o‘z yurtiga bo‘lgan sadoqati
bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Jamiyat mustahkam bo‘lishi uchun unda muhabbat va sadoqat
tamoyillari ustun bo‘lishi kerak. Oila mustahkamligi, jamiyatning birligi va millatning
yuksalishi ushbu ikki tuyg‘uning mavjudligiga bog‘liq. Agar insonlar bir-birini sevsa va hurmat
qilsa, ular o‘zaro kelishmovchiliklardan yiroq bo‘ladi.

Hazrati Iso alayhissalomning yosh yigit bilan bo‘lgan rivoyati shuni ko‘rsatadiki,

“haqiqiy muhabbat – bu oddiy tuyg‘u emas, balki insonni tubdan o‘zgartiruvchi ilohiy kuchdir.
Allohga bo‘lgan muhabbat insonni dunyo tashvishlaridan xalos qiladi va uni yuksak ma’naviy
darajaga yetkazadi”.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Botir Ergashevning ijodi orqali ko‘rinib turibdiki,

muhabbat va sadoqat faqat bir insonning boshqasiga bo‘lgan his-tuyg‘usi emas, balki butun
jamiyat, oila va millat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan qadriyatlardir. Shoir o‘z she’rlari
orqali muhabbatning go‘zalligini, uning inson hayotidagi muhim o‘rnini va sadoqatning bu
tuyg‘uni asrab-avaylashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Haqiqiy muhabbat sadoqatsiz bo‘lishi
mumkin emas. Agar inson chin yurakdan sevsa, u o‘z muhabbatini sadoqat bilan himoya


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

qiladi. Shu bois, muhabbatni faqat his-tuyg‘u emas, balki insoniylikning eng yuksak ifodasi
sifatida anglash lozim. Muhabbat va sadoqat bilan yashagan inson hech qachon yolg‘iz emas. U
hayotining har bir lahzasida ezgulik tarqatadi, boshqalarga nur ulashadi va oxir-oqibat
o‘zining yurakdan sevgan narsa yoki kishisiga yetadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. "Hozirgi o‘zbek adabiy tili". Fan va

texnologiyalar nashriyoti, 2010. Toshkent.
2.

Abu Homid G‘azzoliy. "Mukoshafat ul-qulub". Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar:

Miraziz A’zam, Ibrohim Nurulloh. "G‘afur G‘ulom" nashriyoti, 2019. Toshkent.
3.

Ergashev B. "She’rlar to‘plami". G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2021.

Toshkent.
4.

Karimov M. "O‘zbek she’riyatida milliylik va vatanparvarlik". Akademnashr, 2018.

Toshkent.
5.

Normurodov A. "Zamonaviy o‘zbek adabiyotida muhabbat mavzusi". Zarafshon

nashriyoti, 2022. Samarqand.

Библиографические ссылки

Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. "Hozirgi o‘zbek adabiy tili". Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2010. Toshkent.

Abu Homid G‘azzoliy. "Mukoshafat ul-qulub". Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: Miraziz A’zam, Ibrohim Nurulloh. "G‘afur G‘ulom" nashriyoti, 2019. Toshkent.

Ergashev B. "She’rlar to‘plami". G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2021. Toshkent.

Karimov M. "O‘zbek she’riyatida milliylik va vatanparvarlik". Akademnashr, 2018. Toshkent.

Normurodov A. "Zamonaviy o‘zbek adabiyotida muhabbat mavzusi". Zarafshon nashriyoti, 2022. Samarqand.