Авторы

  • Nozima Maxmudova
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.77862

Ключевые слова:

mualliflik huquqi eksklyuziv shartnoma fuqarolik-huquqiy bitim noshirlik shartnomasi huquqiy maqom qonunchilik.

Аннотация

Ushbu maqolada mualliflik shartnomalarining huquqiy mohiyati, ularning turlari, shuningdek, tomonlarning – muallif va foydalanuvchining huquq va majburiyatlari tizimi nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida mavjud muammolar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildiriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

MUALLIFLIK SHARTNOMALARIDA TOMONLARNING HUQUQ VA

MAJBURIYATLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT

Maxmudova Nozima Yusuf qizi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi

Email:nozimamaxmudova55@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15181436

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mualliflik shartnomalarining huquqiy mohiyati, ularning

turlari, shuningdek, tomonlarning – muallif va foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
tizimi nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
asosida mavjud muammolar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются правовая сущность авторских

договоров, их виды, а также права и обязанности сторон — автора и пользователя — с
теоретической и практической точки зрения. Анализируются проблемы,
существующие в законодательстве Республики Узбекистан, и предлагаются
рекомендации по их устранению.

Abstract:

This article explores the legal nature of copyright agreements, their types, as

well as the rights and obligations of the parties – the author and the user – from both
theoretical and practical perspectives. The existing issues in the legislation of the Republic of
Uzbekistan are analyzed, and proposals for their resolution are provided.

Kalit so‘zlar:

mualliflik huquqi, eksklyuziv shartnoma, fuqarolik-huquqiy bitim,

noshirlik shartnomasi, huquqiy maqom, qonunchilik.

Ключевые слова:

авторские права, эксклюзивный договор, гражданско-правовой

договор, издательский договор, правовой статус, законодательство.

Keywords:

copyright, exclusive agreement, civil law contract, publishing agreement,

legal status, legislation.


Inson intellektual faoliyati mahsuli bo‘lgan ilmiy, badiiy va san’at asarlari nafaqat

madaniy taraqqiyot, balki huquqiy munosabatlarning shakllanishida ham alohida o‘rin tutadi.
Asarlarning yaratilishi, ulardan foydalanish va tarqatish jarayonlari muayyan huquqiy asosga
ega bo‘lishi lozim. Ana shunday asoslardan biri bu — mualliflik shartnomalaridir. Mazkur
huquqiy vosita orqali muallif va asardan foydalanuvchi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar
tartibga solinadi.

1

Mualliflik shartnomasi muallif yoki uning vorisi bilan asardan foydalanmoqchi bo‘lgan

shaxs o‘rtasida tuziladi va unda asardan qanday shaklda, qachongacha, qanday hududda
foydalanish mumkinligi, mualliflik haqi miqdori va to‘lov shartlari belgilanadi. Shartnomalar
odatda ikki tomonlama bo‘lib, ularda tomonlarning huquqiy maqomi, javobgarligi va
majburiyatlari aniqlashtiriladi.

Nazariy jihatdan mualliflik shartnomalari uch turga bo‘linadi: eksklyuziv, noeksklyuziv

va buyurtma asosida tuziladigan shartnomalar. Eksklyuziv shartnoma faqat bitta
foydalanuvchiga huquq berib, muallif boshqa shaxslarga shu huquqni taqdim eta olmaydi.
Noeksklyuziv shartnomada esa huquq bir necha foydalanuvchiga berilishi mumkin. Buyurtma

1

Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. // Huquq va davlat, 2022, №4.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

asosida tuziladigan shartnoma esa asar yaratish uchun topshiriq asosida tuziladi va bu holda
muallif asarni belgilangan muddatda va talablarga muvofiq topshirishi shart.

Mualliflik shartnomalarida muallif quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: asarni

belgilangan muddatda topshirish, asar ustidan mualliflik huquqini saqlab qolish, foydalanish
shakliga rozilik berish yoki rad etish, shuningdek, foydalanuvchi tomonidan belgilangan
talablarga amal qilish. Foydalanuvchi esa asardan faqat shartnomada ko‘rsatilgan shaklda
foydalanishi, mualliflik haqini vaqtida to‘lashi, muallif nomini ko‘rsatishi va asarning
mazmunini o‘zgartirmasligi lozim.

O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqlari “Mualliflik va turdosh huquqlar

to‘g‘risida”gi qonun, Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga
solinadi. Ushbu qonunchilik hujjatlarida mualliflik shartnomalarining mazmuni, turlari va
shakllari, shuningdek tomonlarning huquqlari aniq belgilab qo‘yilgan.

2

Amaliyotda ko‘p hollarda noshirlik shartnomalari keng tarqalgan. Bunday

shartnomalarda noshir muallifdan asarni qabul qilib olib, uni belgilangan tirajda chop etadi,
mualliflik haqini to‘laydi, asarning mazmunini o‘zgartirmaydi va muallif nomini ko‘rsatishga
majbur bo‘ladi. Muallif esa asarni o‘z vaqtida taqdim etishi, e’lon qilish va tarqatishga rozilik
bildirish, shartnomaviy tartibda ishlashi lozim bo‘ladi.

Biroq amaliyotda qator muammolar ham mavjud: noshir asarni muallifdan qabul qilib

olgandan keyin, muallif ismini ko`rsatmasdan chop etadi yoki ayrim noshirlar muallif
ruxsatisiz chop etadi, ba’zida shartnomalarda mualliflik haqi aniq belgilanmaydi, eksklyuziv
huquq berilgan hollarda muallif boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlik qila olmaydi,og‘zaki
kelishuvlar yozma shakldagi shartnomalarni almashtirib, huquqiy nizolarga sabab bo‘ladi.
Bularning barchasi mualliflar huquqlarining buzilishiga, iqtisodiy manfaatlarining
cheklanishiga olib keladi.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda mualliflik shartnomalariga oid ijobiy o‘zgarishlar ham

kuzatilmoqda. Jumladan, elektron platformalarning joriy etilishi, huquqiy madaniyatning ortib
borishi, standart shartnoma namunalarining ishlab chiqilishi mualliflar va foydalanuvchilar
o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning shaffofligini ta’minlamoqda.

Mualliflik shartnomalari to‘g‘ri tuzilgan taqdirda, ular ijodkorning intellektual

huquqlarini himoya qilish, foydalanuvchining qonuniy harakatini ta’minlash va umuman
olganda, huquqiy barqarorlikni mustahkamlash vositasi sifatida xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan quyidagi takliflar maqsadga muvofiq:

Huquqiy maslahat xizmatlarini ommalashtirish;

Mualliflik shartnomalarini yozma shaklda tuzishni targ‘ib qilish;

Elektron shartnomalashuv tizimlarini yaratish va yuridik kuchga ega qilish;

Mualliflar va noshirlar uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil

etish.

Xulosa qilib aytganda, mualliflik shartnomalari huquqiy munosabatlarning muhim

bo‘g‘ini bo‘lib, ular orqali asardan foydalanish tartibi, muallifning huquqiy maqomi va
foydalanuvchining majburiyatlari aniqlanadi. Bunday shartnomalar ijodiy erkinlik, iqtisodiy
manfaat va huquqiy barqarorlik kafolatidir.

2

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Normurodov N.N. Intellektual mulk huquqi asoslari.

2.

Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. // Huquq va davlat,

2022, №4
3.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2022.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”.

5.

Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. // Huquq va davlat,

2022, №4.

Библиографические ссылки

Normurodov N.N. Intellektual mulk huquqi asoslari.

Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. // Huquq va davlat, 2022, №4

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”.

Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. // Huquq va davlat, 2022, №4.