Авторы

  • Ruxshona Iskandarova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.77865

Ключевые слова:

Bilish jarayonlari psixologiya idrok xotira tafakkur nutq diqqat pedagoglar omil.

Аннотация

Mazkur maqola psixologiyada bilish jarayonlarining mohiyati, turlari va ularning inson hayotidagi ahamiyatini keng yoritadi. Bilish jarayonlari inson ongining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular orqali atrof-muhit haqidagi ma’lumotlar qabul qilinadi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Ushbu jarayonlar idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq va tasavvur kabi tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Maqolada bilish jarayonlarining har biri ilmiy nuqtayi nazardan izohlab beriladi. Xususan, idrok orqali inson tashqi dunyoni anglaydi, xotira esa axborotni uzoq yoki qisqa muddatga saqlash va qayta tiklash imkonini beradi. Tafakkur fikrlash faoliyatini boshqaradi, diqqat esa ongni muayyan ob’ektga jamlashga yordam beradi. Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56

PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI

Iskandarova Ruxshona Sherali qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Pedagogika fakulteti

Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

iskandarovaruxshona965@gmil.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15179627

Annotatsiya:

Mazkur maqola psixologiyada bilish jarayonlarining mohiyati, turlari va

ularning inson hayotidagi ahamiyatini keng yoritadi. Bilish jarayonlari inson ongining muhim
tarkibiy qismi bo‘lib, ular orqali atrof-muhit haqidagi ma’lumotlar qabul qilinadi, qayta
ishlanadi va saqlanadi. Ushbu jarayonlar idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq va tasavvur kabi
tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Maqolada bilish jarayonlarining har biri ilmiy nuqtayi nazardan
izohlab beriladi. Xususan, idrok orqali inson tashqi dunyoni anglaydi, xotira esa axborotni
uzoq yoki qisqa muddatga saqlash va qayta tiklash imkonini beradi. Tafakkur fikrlash
faoliyatini boshqaradi, diqqat esa ongni muayyan ob’ektga jamlashga yordam beradi. Ushbu
maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish
jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

Bilish jarayonlari, psixologiya, idrok, xotira, tafakkur, nutq, diqqat,

pedagoglar, omil.

KIRISH

Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat.

Shuning uchun ham atrof-muhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‘rganish
uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar —sezgilar,
idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan
bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan
narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki
o‘qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to‘g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda
ham ilgarigi idrok obrazlari ham eslab qolish, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak
bo‘ladi. Xattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham
emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu yerda qanday paydo bo‘lganligi kabi qator
tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin
odamning o‘z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish
(an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o‘xshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o‘xshash)
va uni saqlash (xotira) haqida ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli
jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi. Psixologiya sohasida
eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi
kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘proq narsalarni
idrok qilib,
qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam
ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib
chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir
sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi.

Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoyon

etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda «Koka-kola iching» degan yozuv


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

57

berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu
ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotniqabul
qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‘y bermagan ekan.

Analogik xolat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda,

o‘ylanamiz: qayerda ko‘rgan ekanman?hech eslolmaymiz, lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari
tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada
saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‘lib yoki biror
narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o‘y-fikrlar kelaveradi. o’shalar
aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.

Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam

har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan
narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni
o‘ziga xos tarzda ishlaydi o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos va
qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini
tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz.

Bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning

inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz. Bu jarayonlar insonga juda
yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va xodisalarning
ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va xodisalar bizda har bir
alohida sharoitda o‘ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan,
qorningiz och qolganda, yemishga bo‘lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo‘qligini
birovlardan so‘ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham
o‘zi o‘qiyotganligini boshqalardan so‘ramaydi. Bunday ishlar o‘z-o‘zidan tabiiy jarayonlarday
kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o‘rganib chiqqan
materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko‘proq qiziqtiradi va siz
“Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz.

Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo‘lib,

agar siz o‘z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo‘lsangiz,
bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. Inson ongi bir
qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-
muhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‘rganish uchun uni alohida psixik
jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat,
tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini
ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni
fikrlamay ko‘ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki o‘qigan
tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to‘g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham
ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat
kerak bo‘ladi. Xattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham
emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu yerda qanday paydo bo‘lganligi kabi qator
tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.

Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o‘z psixik jarayonlariga

qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi
jarayonga o‘hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o‘xshash) va uni saqlash (xotira) haqida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va
tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi. Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning
muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va
odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi.
Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda
kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan,
shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror
tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi.

Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoyon

etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda “Koka-kola iching” degan yozuv
berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu
ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul
qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‘y bermagan ekan. Analogik xolat xotiramizda ham
tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o‘ylanamiz: qayerda ko‘rgan ekanman? hech
eslolmaysiz, lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash
lozimki, odam ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina
chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‘lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda
kallamizga har xil o‘y-fikrlar kelaveradi. ¤shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.

Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam

har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan
narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni
o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos va
qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini
tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. Psixologlarning fikricha,
inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fon da idrok qiladi. Figura — shunday narsaki, uni
aniq anglash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq,
umumiyroq narsa bo‘lib, aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda
ketayotgan taqdirda ham o‘z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o‘sha tarafga qaraymiz.
Ism — figura bo‘lsa, bozordagi shovqin- fon rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz
biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul
bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o‘shani xarid qilasiz, qolgan gullar fonday
ongingiz aktiviga o‘tmaydi. Shunday qilib, idrok — bu bilishimizning shunday shakliki, u
borliqdagi ko‘plab, xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo‘lgan
ob’ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrokning
asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi.
Idrok o‘ziga nisbatan soddaroq bo‘lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning
shaklini, hidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi.

Bu — sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar

idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarz-dagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar.
Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu
ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi aks etadi. Masalan, buning isboti uchun
ko‘pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq fonda berilgan. Bir
qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, “Bu — vaza” deb atasa, boshqalar uni bir-biriga qarab


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

59

turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko‘rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi
xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko‘rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini
tushunishga xarakat qiladi, lekin biror figurani ko‘rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini
ko‘rmay turadi. Agar shu idrok darajasi qolsa, ya’ni yana nimanidir ko‘rishni xohlamasa, u
ikkinchi figurani ko‘rmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok jarayonlarining faolligimizga,
ob’ektga munosabatimizga bevosita bog`liqligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning
kayfiyatimizga ham bog`liq. Tashvish bilan yo‘lakchadan o‘tib ketayotib, oyog`ingiz tagidagi
narsa tugul, ro‘paradagi odamni ham ko‘rmay qolishingiz mumkin. Yoki san’at muzeyida
tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda tamoman har xil narsalarni, elementlarni ko‘rishi
mumkin. Yaxshi kayfiyatda, yaxshi dustlar kompaniyasida iste’mol qilgan taom sizga juda
mazaliday tuyuladi. Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo‘lib qolsa, och qoringa yegan
shirin taomi ham “ta’timaydi”, xatto nima yeganini ham unutib qo‘yadi. Yomon kayfiyat
ko‘proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo‘lsa, yaxshi ko‘tarinki kayfiyat, aksincha,
hamma narsani eng yoqimli ranglarda “ko‘radi”. Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks
ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog`liq bo‘lgan,
mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi

XULOSA

Bilish jarayonlari insonning atrof-muhitni tushunishi, axborotni qayta ishlashi va o‘z

tajribasi asosida qaror qabul qilishi uchun asosiy vosita hisoblanadi. Ushbu jarayonlar inson
tafakkurining murakkab jihatlarini qamrab olib, idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq va
tasavvur kabi muhim tarkibiy qismlardan iboratdir. Idrok orqali inson tashqi olam haqidagi
ma’lumotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi, xotira esa ushbu axborotni saqlash va keyinchalik
qayta tiklash imkonini beradi. Tafakkur yangi bilimlarni yaratish va muammolarni hal etish
jarayonlarini boshqaradi, diqqat esa ma’lum bir vazifaga e’tiborni jamlashni ta’minlaydi. Nutq
esa insonlarning bir-biri bilan axborot almashish vositasi bo‘lib, muloqot jarayonida bilish
faoliyatining samaradorligini oshiradi. Tasavvur esa insonning kreativ fikrlashi va yangi
g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishiga turli omillar
ta’sir qiladi. Biologik omillar inson miyasi va nerv tizimi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy
omillar jamiyat va madaniyatning inson tafakkuriga ta’sirini o‘z ichiga oladi. Shuningdek,
psixologik omillar ham bilish jarayonlarining sifati va samaradorligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.

Masalan, stress, motivatsiya va shaxsiy tajriba bilish jarayonlarining samaradorligini

oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Bilish jarayonlarining buzilishi turli xil psixologik va
nevrologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, xotira zaifligi, e’tiborsizlik,
tafakkurning sustligi yoki idrokning noto‘g‘ri ishlashi insonning hayot sifatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun turli usullar, jumladan, psixologik
treninglar, aqliy mashqlar va terapiya usullari qo‘llaniladi. Xulosa qilib aytganda, bilish
jarayonlari inson tafakkuri va ongining ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali inson bilim oladi,
tajriba to‘playdi va rivojlanadi. Bu jarayonlarning samarali ishlashi nafaqat shaxsiy hayot,
balki kasbiy faoliyat hamda jamiyatdagi muvaffaqiyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli, bilish jarayonlarini chuqur o‘rganish va ularni rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullarni
qo‘llash har bir inson uchun foydali bo‘lishi mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

60

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

“Umumiy psixologiya” P.I.Ivanov, M.E.Zufarova O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati

nashriyoti. Toshkent – 2021.
2.

“Umumiy psixologiya” F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Toshkent – 2009.

3.

“Umumiy psixologiya” E.G’.G’oziyev Toshkent – 2020. 5. “Kichik maktab yoshidagi

bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi.
4.

Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT (Т.

2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056

5.

Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS

USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164.

https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29

.

6.

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY

PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В
INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс.
38–40). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

7.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.

Молодые

ученые,

2(6),

48–52.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

8.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING

THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в
современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.
9.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В

УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.
10.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK

TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1),
50– 53. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13

.

11.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР.

Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

.

12.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY

MAHORATINI 54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от
https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.
13.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI

OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических
исследований,

2(11),

983–988.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305

.

14.

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ.

Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65
15.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

культуры,

4(6

Part

2),

73–76.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

16.

Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon Qizi TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI

YENGISH // YOPA. 2025. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarda-psixologik-
stressni-yengish (дата обращения: 02.04.2025).
17.

Usarboyeva D. The importance of innovative educational methods in organizing the

educational process //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable
Development of Regions (Germany). – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 184-187.
18.

Usarboyeva, D. (2024). Talabalarning akademik mobilligini shakllantirish mexanizmlari.

Таълим тизимида ижтимоийгуманитар фанлар, 1(1), 74-77. 31.
19.

Абдусаматова, Ш. С. (2024). Роль психологии в формировании толерантности у

студентов. IMRAS, 7(7), 39-43.
20.

Abdusamatova, S. S. (2024). Tolerantlikning shaxsiy omillari. Inter education & global

study, (5 (1)), 487-489.
21.

Abdusamatova, S. S., & Sultonqulova, G. F. (2023). Ehtiyojlar va faoliyatning o'zaro

bog'liqligi. Евразийский журнал академических исследований, 3(3 Part 3), 65-69.
22.

Аbdusаmаtоvа, S. (2023). Descriptiоn оf mоdern cоncepts оf emоtiоnаl intelligence.

Science and innovation, 2(B11), 524-529.
23.

Abdusamatova, S. (2023). Mechanism of innovation in the field of lifelong education.

Science and innovation, 2(B1), 341-344.
24.

Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and

effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.
25.

Meylieva, M. S. (2024). Talabalarga individual ta ‘lim yondashuvlari asosida intellektual

qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagog, 7(2), 381-384.
26.

Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional

motivation through an individual approach. International education and innovative sciences,
1(9), 347-357.
27.

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Effects On Performance By Electronic Training Equipment

For Young Karatists. «Psychologi and education» Journal (2021) 58(2): 11488-11490 ISSN:
00333077
28.

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Influence of Basketball on the Mental and Physical

Development of the Personality. «International Journal of Future of Generation
Communication and Networking » Vol. 14. No. 1. (2021). pp. : 768-772 ISSN: 2233-7857
IJFGCN
29.

Arzibaev, K. O., & Rafiqov, A. U. (2021). THE ROLE OF MATHEMATICS IN SPORTS. In

АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 5-8).
30.

Arzibaev, K. O., & Tanikulova, Z. R. (2021). MECHANISMS FOR IMPROVING THE LEGAL

KNOWLEDGE OF ATHLETES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И
СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 117-119).
31.

Arzibaev, K. O., & Elmurodova, M. U. (2021). DEVELOPMENT IN SPORTS USING UNIQUE

TECHNIQUES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В
СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 3-5).


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

32.

ARZIBAYEV, Q. (2024). O ‘SMIR SPORTCHILARDA MAQSADGA ERISHISH

MOTIVATSIYASI TADQIQI. News of the NUUz, 1(1.9), 54-57.
33.

Арзибаев, К. О. (2015). РОЛЬ МОТИВАЦИИ В ЕДИНОБОРСТВЕ. Наука и мир, (3-3),

103-105.
34.

Арзибаев, К. О., & Аралов, С. А. (2016). КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОСНОВЫ

ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Наука и мир, 3(1), 53-54.
35.

Арзибаев, Қ. О., & Акбарова, Д. Р. (2016). Проблема здорового образа жизни в

исследованиях. Наука и мир, (3-3), 77-78.
36.

Арзибаев, К. О. (2013). МОТИВАЦИЯ ДОСТИЖЕНИЯ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР

СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. SCIENCE AND WORLD, 93.
37.

Арзибаев, К., & Бердалиева, Ю. (2013). ВЛИЯНИЕ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ

НА МОТИВАЦИЮ ЮНЫХ СПОРТСМЕНОВ. SCIENCE AND WORLD, 14.
38.

Arzibayev, Q. (2023). THE PROBLEM OF MOTIVATION OF SPORT ACTIVITY IN THE

ANALYSIS. European journal of education and applied psychology, (2), 82-89.
39.

Arzibayev, Q. (2023). THE APPEARANCE OF MOTIVES FOR SPORTS ACTIVITY IN

ANALYSIS. Modern Science and Research, 2(10), 694-704.
40.

Arzibayev, K. O., & Aralov, S. A. (2016). Physical culture and social importance of sport in

educating the young by the principles National Concept. In Scientific achievements of the third
millennium (pp. 23-24).
41.

Arzibayev, Q. (2023). О ‘smir sportchilarda sport bilan shug ‘ullanish motivlarini о

‘rganish. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 18-25.

Библиографические ссылки

“Umumiy psixologiya” P.I.Ivanov, M.E.Zufarova O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent – 2021.

“Umumiy psixologiya” F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Toshkent – 2009.

“Umumiy psixologiya” E.G’.G’oziyev Toshkent – 2020. 5. “Kichik maktab yoshidagi bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi.

Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT (Т. 2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056

Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29 .

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–40). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50– 53. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY MAHORATINI 54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических исследований, 2(11), 983–988. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305 .

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon Qizi TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI YENGISH // YOPA. 2025. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarda-psixologik-stressni-yengish (дата обращения: 02.04.2025).

Usarboyeva D. The importance of innovative educational methods in organizing the educational process //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions (Germany). – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 184-187.

Usarboyeva, D. (2024). Talabalarning akademik mobilligini shakllantirish mexanizmlari. Таълим тизимида ижтимоийгуманитар фанлар, 1(1), 74-77. 31.

Абдусаматова, Ш. С. (2024). Роль психологии в формировании толерантности у студентов. IMRAS, 7(7), 39-43.

Abdusamatova, S. S. (2024). Tolerantlikning shaxsiy omillari. Inter education & global study, (5 (1)), 487-489.

Abdusamatova, S. S., & Sultonqulova, G. F. (2023). Ehtiyojlar va faoliyatning o'zaro bog'liqligi. Евразийский журнал академических исследований, 3(3 Part 3), 65-69.

Аbdusаmаtоvа, S. (2023). Descriptiоn оf mоdern cоncepts оf emоtiоnаl intelligence. Science and innovation, 2(B11), 524-529.

Abdusamatova, S. (2023). Mechanism of innovation in the field of lifelong education. Science and innovation, 2(B1), 341-344.

Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.

Meylieva, M. S. (2024). Talabalarga individual ta ‘lim yondashuvlari asosida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagog, 7(2), 381-384.

Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional motivation through an individual approach. International education and innovative sciences, 1(9), 347-357.

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Effects On Performance By Electronic Training Equipment For Young Karatists. «Psychologi and education» Journal (2021) 58(2): 11488-11490 ISSN: 00333077

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Influence of Basketball on the Mental and Physical Development of the Personality. «International Journal of Future of Generation Communication and Networking » Vol. 14. No. 1. (2021). pp. : 768-772 ISSN: 2233-7857 IJFGCN

Arzibaev, K. O., & Rafiqov, A. U. (2021). THE ROLE OF MATHEMATICS IN SPORTS. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 5-8).

Arzibaev, K. O., & Tanikulova, Z. R. (2021). MECHANISMS FOR IMPROVING THE LEGAL KNOWLEDGE OF ATHLETES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 117-119).

Arzibaev, K. O., & Elmurodova, M. U. (2021). DEVELOPMENT IN SPORTS USING UNIQUE TECHNIQUES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 3-5).

ARZIBAYEV, Q. (2024). O ‘SMIR SPORTCHILARDA MAQSADGA ERISHISH MOTIVATSIYASI TADQIQI. News of the NUUz, 1(1.9), 54-57.

Арзибаев, К. О. (2015). РОЛЬ МОТИВАЦИИ В ЕДИНОБОРСТВЕ. Наука и мир, (3-3), 103-105.

Арзибаев, К. О., & Аралов, С. А. (2016). КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОСНОВЫ ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Наука и мир, 3(1), 53-54.

Арзибаев, Қ. О., & Акбарова, Д. Р. (2016). Проблема здорового образа жизни в исследованиях. Наука и мир, (3-3), 77-78.

Арзибаев, К. О. (2013). МОТИВАЦИЯ ДОСТИЖЕНИЯ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. SCIENCE AND WORLD, 93.

Арзибаев, К., & Бердалиева, Ю. (2013). ВЛИЯНИЕ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ НА МОТИВАЦИЮ ЮНЫХ СПОРТСМЕНОВ. SCIENCE AND WORLD, 14.

Arzibayev, Q. (2023). THE PROBLEM OF MOTIVATION OF SPORT ACTIVITY IN THE ANALYSIS. European journal of education and applied psychology, (2), 82-89.

Arzibayev, Q. (2023). THE APPEARANCE OF MOTIVES FOR SPORTS ACTIVITY IN ANALYSIS. Modern Science and Research, 2(10), 694-704.

Arzibayev, K. O., & Aralov, S. A. (2016). Physical culture and social importance of sport in educating the young by the principles National Concept. In Scientific achievements of the third millennium (pp. 23-24).

Arzibayev, Q. (2023). О ‘smir sportchilarda sport bilan shug ‘ullanish motivlarini о ‘rganish. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 18-25.