YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
33
TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA MUSTAQIL ISHLASH
KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Bazarova Feruza G’ayrat qizi
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistent o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15172067
Annotatsiya.
Mazkur maqolada tasviriy san'at sohasidagi bo‘lajak o'qituvchilarning
mustaqil ishlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari ko'rib
chiqiladi. Zamonaviy ta'lim tizimida pedagogdan faqat nazariy bilimlar emas, balki mustaqil,
ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyati ham talab qilinadi. Maqolada bu kompetentsiyalarni
shakllantirishning samarali usul va vositalari tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar:
mustaqil ishlash, kompetentsiya, tasviriy san'at, pedagogika, innovatsion
usullar, kasbiy tayyorgarlik.
Ta'lim tizimida yuz berayotgan o'zgarishlar bo‘lajak o'qituvchilardan yuqori kasbiy
tayyorgarlikni, xususan mustaqil ishlashga bo'lgan tayyorgarlikni talab qilmoqda. Ayniqsa,
tasviriy san'at kabi ijodiy sohada o'qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o'quvchida estetik
didni va keng dunyoqarashni, badiiy ta'limni shakllantiruvchi shaxs sifatida ham namoyon
bo'ladi. Shu bois, bo‘lajak tasviriy san'at o'qituvchisining mustaqil ishlash qobiliyati muhim
o'rin tutadi. Tasviriy san’at o‘qituvchilari nafaqat san’atning asosiy texnikalarini o‘rgatish
balki talabalarni kreativ va mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga ham
o‘rgatishlari zarur.
Mustaqil ishlash kompetentsiyasi – bu shaxsning mustaqil ravishda ma'lumot izlash,
tahlil qilish, qaror qabul qilish va natijalarni amalda joriy etish qobiliyatidir. Bu qobiliyat
bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo'lib, u doimiy ravishda o'z
ustida ishlash, yangi metodlarni o'zlashtirish va tadqiqot olib borishga xizmat qiladi.
Tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun mustaqil ishlash kompitensiyasi ijodiy fikrlash,
amaliyotlarni so‘zlash va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega. Bu o‘qituvchi yoki pedagogning o‘quvchilarga yordam berishga, ularning mahoratini
oshirishga va raqobatbardoshlikni ta’minlashga imkon beradi.
Mustaqil ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish bo‘lajak tasviriy san'at o'qituvchisini
nafaqat bilimli mutaxassis, balki erkin fikrlovchi ijodkor shaxs sifatida shakllantiradi. Bunday
o'qituvchi yangi pedagogik yondashuvlarni qo'llay oladi, badiiy ta'limni zamonaviy talablar
darajasida olib borishga qodir bo'ladi. Shu boisdan, oliy ta'lim jarayonida bu kompetentsiyalar
alohida e'tibor bilan shakllantirilishi zarur. Bu tipdagi kompetensiyalar nafaqat kasbiy
tajribani, balki ijodiy qobiliyatlarini ham shakllantiradi. Ta’limda ushbu kompetensiyalar
rivojlanish uchun innavatsion va amaliyotga asoslangan usullar, shuningdek, mustaqil
tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida mustaqil ishlash
kompetensiyalarini rivojlantirish nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, balki
talabalarni ijodiy va innavatsion fikrlashga, shaxsiy rivojlanishga rag‘batlantiradi.
O‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatlarida turli metodlarni qo‘llash orqali mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishadi. Mustaqil ishlashi o‘rganish orqali o‘z ijodiy imkoniyatlarini
kengaytirishlari, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishlari va o‘z ishlarini tanqidiy baholashni
o‘rganishlari mumkin.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
34
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san'at. T.: Cho'lpon, 2006.
2.
Abdirasilov S.F. “Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi” – T.: “Fan va texnologiya” 2012
3.
Азимов С.С., Абдуллаев C.Ф., Авезов Ш.Н. Тасвирий санъат ва муҳандислик
графикасини ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ILM-ZIYO, 2020.