Авторы

  • Sevinch Sodiqova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unverseteti San’atshunoslik kafedrasi talabasi
  • J. Xodjayev
    Ilmiy rahbar: dots. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unverseteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.77873

Ключевые слова:

vokal xor janr qo’shiq lapar terma alla ashula lad dinamik belgilar o’lchovlar dirijorlik belgilari rigistrlar ovoz.

Аннотация

Musiqa darslari jarayonida o’qituvchilarning vokal – xor malakalarini rivojlantirishda ularni ham nazariy ham amaliy kuylash jihatdan savodxonligi har bir vokal qo’shiq, mashq yoki (ashula) ni o’rganish va kuylash jarayonida ta’kidlab o’tilgan bilim va malakalar hosil qilishga qaratilgan ish usullari va shakllaridan unumli va o’z o’rnida foydalanishning samarali usullari.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

27

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA VOKAL JAMOAVIY IJROCHILIK

FAOLIYATINING TUTGAN O’RNI

Sodiqova Sevinch

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unverseteti

San’atshunoslik kafedrasi talabasi

Ilmiy rahbar: dots.

J.Xodjayev

https://doi.org/10.5281/zenodo.15167705

Annotatsiya:

Musiqa darslari jarayonida o’qituvchilarning vokal – xor malakalarini

rivojlantirishda ularni ham nazariy ham amaliy kuylash jihatdan savodxonligi har bir vokal
qo’shiq, mashq yoki (ashula) ni o’rganish va kuylash jarayonida ta’kidlab o’tilgan bilim va
malakalar hosil qilishga qaratilgan ish usullari va shakllaridan unumli va o’z o’rnida
foydalanishning samarali usullari.

Kalit so’zlar:

vokal, xor, janr, qo’shiq, lapar, terma, alla, ashula, lad, dinamik belgilar,

o’lchovlar, dirijorlik belgilari, rigistrlar, ovoz.


O’qituvchi yoki “xor rahbari” o’rganilayotgan har bir qo’shiqni o’quvchilarga

tanishtirganda uning turi (xalq yoki, kompazitorlik asari), janri, (qo’shiq, lapar, terma, alla,
ashula yoki xor asari), bular birinchi guruh nazariy bilimlar doirasiga kiradi.

Lad – tonallik, sur’ati, kalit belgisi, dinamik belgilar, o’lchovlar, ularga dirijyorlik

sxemalari, registrlar, kuylash usullari (mahaliy uslublar ko’zda tutiladi) kabilarga alohida
e’tibor berish lozim. Bular o’z navbatida musiqa savodi guruhiga kiradi. Qo’shiq (yoki xor asari)
ning mualliflari ular haqida qisqa ma’lumotlar; tuzilishi (bir yoki ikki qismli) necha ovozliligi,
daromadi, avjlari, buromadi, so’z tuzilishlari, badiiy mazmuni va boshqalar. (bular asar tahliliga
kiradi) va nihoyat ijrochilik talablari ovozlarini bilish, ovozlarni sozlash cholg’u jo’riga tushib
ovozlarni ansambilga tushurish dirijyorning qo’l ishoralariga qarab amal qilish, notaga qarab
kuylab, uning barcha belgilariga hamma bir xilda amal qilishi, nafasni vaqtida rejali olib,
rasamati bilan sarflash baravar qo’shilib, bir vaqtda tugatish, bir va ikki ovozlardagi ovoz
kuchlarining dinamik mutanosibligiga erishish va nihoyat o’z ijrolariga badiiy baho berish,
yutuq – kamchiliklarini aniqlash va boshqalar. Ijrochilik bilimlari doirasiga kiradi. Ko’rinib
turibdiki, mazkur bilimlar integral kompleks bilimlar doirasiga kirib, ular musiqaning turli
fanlar (musiqa san’ati, musiqa nazariyasi, garmoniya, musiqa tahlili, dirijyorlik, xorshunoslik,
cholg’ushunoslik va boshqalar) tarkibida ilmiy asoslangan va musiqa amaliyotida keng
qo’llanib kelinayotgan atamalar va tushunchalardan iboratdir.

Bundan ko’rinib turibdiki, musiqa muallimi ( yoki xor rahbari) musiqadagi kasbiy

fanlarning barchasidan umumiy (ammo yetarli darajada) kuylash jarayonida ulardan o’rinli
darajada foydalani oladi. Shu o’rinda musiqa o’qituvchisiga bo’lgan talablarni eslash foydadan
holi bo’lmaydi.

Umumiy talablar: o’qituvchi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika, estetika,

she’riyat va adabiyot sohasidan kerakli darajada nazariy va amaliy bilim malakalar egasi
bo’lmog’i lozim.

Maxsus talablar musiqa o’qituvchisi musiqa fanlarining barcha sohalarining (nazariy va

amaliy) dan nazariy va amaliy bilim malakalariga ega bo’lmog’i lozim. U ham cholg’uchi, ham
xonanda, ham xor dirijyori, ham jo’rnavozchi, musiqa nazariyotchisi, tarixchisi sifatida amal


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

28

qilmog’i lozim. Musiqa o’qituvchisining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsiga ssenariya
muallifi uning artist ijrochisi va rejissyori sifatida ish tutadi.

Demak, yuqoridagi sifatlar qo’shiq o’rgatish jarayonida o’quvchilar vokal – xor

malakalarini shakllantirish ishi ularda yangi – yangi nazariy bilimlarning to’planib borishi,
natijada ularning musiqiy hayotida doimiy ravishda qo’llanilib boruvchi “bilimlar banki” ning
vujudga kelishi bilan ijobiy hal bo’lish lozim ekan. Bunda o’qituvchining “bilimlar banki” ning
asosiy manbai musiqa madaniyati darslari bo’lib, bilimlar standarti bo’yicha 1 – 7 sinflarning
har bir sinf o’quv jarayonida dasturda va Davlat standartida belgilangan aniq bilim – malakalar
me’yori asosida shakllanib boradi. Mazkur “Bank” tarkibidagi bilim – malakalar darsning
barcha faoliyat turi (jumladan sinfdan tashqari musiqa to’garaklarida ham) foydalanib boriladi
va o’z navbatida mazkur faoliyat mazmunidan o’quvchi yangi atama yoki tushunchaga ega
bo’lib, “Bank” tarkibi yanada boyib boradi. Shu narsani alohida ta’kid etish lozimki, bilim va
malakalar faol muhokamadan so’ng o’quvchi yangi elementiga ega bo’lib, u amaliy faoliyat
(kuylash, chalish, harakatlar) jarayonida chuqur his etib, anglanib olinadi va xotiradan
mustahkam o’rin egallaydi. Eng muhimi ushbu bilim – tushunchalarga tayanib musiqiy
faoliyatlarni to’g’ri bajaradi. Eng muhimi yangi bilim – tushuncha keyingi mashg’ulotlarda
doimiy ravishda qo’llanilib (takrorlanib) borilsagina u turg’un bilimga va amaliy vositaga
aylanadi. Bunda musiqa idroki va mantiqiy (shu bilan birga obrazli) fikrlash muhim rol
o’ynaydi. Ayniqsa mushg’ulotlar jarayonida darsning barcha faoliyatlari (kuylash, tinglash,
chalish, raqs, musiqali harakatlar ijodkorlik) jarayonida musiqa faqatgina idrok etish bilan
amalga oshadi. Musiqa darslari shu xususiyati bilan boshqa darslardan tubdan farq qiladi. Agar
matematika yoki tasviriy san’at asarlari asosan ko’rish bilan idrok etib aniqlanilsa, musiqa esa
asosan eshitib, tinglab idrok etish bilan aniqlanib o’zlashtiriladi. Idrok jarayonida diqqat
shunchalik faol bo’lishi lozimki, diqqat bo’sh bo’lgan joyda asarning o’sha bo’lagi idrok etilmay
o’tib ketadi. Shu bois ko’zi ojizlardan ko’proq mashshoq va xonandalar yetishib chiqadi. Musiqa
aniq vaqt ritmida yangraydi. Shu bois idrok ham o’sha vaqt ritmiga hamohang jo’r bo’lib
tushsagina murod hosil bo’ladi.

Bolalar vokal – xor jamoalarida olib boriladigan o’quv – tarbiya ishlari o’quvchi –

yoshlarni har tamonlama yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’ladi.
O’rganilayotgan har bir qo’shiq tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo’lishi, o’quvchilarda ona
vatanga, ona tabiatga. Xalq qadriyatlari bo’lmish bayramlar marosimlar, muqaddas sanalarga
muhabbat, ota – onani hurmat qilish, insoniy fazilatlarga hurmat va ularni qadrlash tuyg’ularini
tarbiyalaydi. Musiqa savodi ham musiqa tarbiyasining bir qismi bo’lib, jamoaning yaxshi
muvaffaqiyatlariga erishish uchun zarur omillardan hisoblanadi. Musiqa savodi ham
mashg’ulotlar jarayonida tiziimli tarzda olib borilishi kerak. Bundan maqsad – o’quvchilarni xor
uchun yozilgan yoki jo’rsiz kuylashga moslashtirilgan bolalar xalq qo’shiqlarini nota bilan
ifodali kuylashni, interval va akkordlarni sof intanasiya qilib, solfedjiolash orqali qo’shiqni
o’rganish va kuylashga o’rgatishdir. Bu boradagi ishlar qo’shiq o’rganish jarayonini
tezlashtiradi, qatnashchilarni nota o’qish va kuylash malakalarini oshiradi.

Yil va chorak mavzulari esa oldindan murakkabga qarab masalan, musiqa tovushi, uning

baland – pastligi, skripka kaliti, oddiy qo’shiq va boshqalardan 6 – 7 sinflarda lad va tonallik,
ko’p ovozlilik, mahaliy uslublar, ashula, katta ashula, doston, maqomlar, mumtoz (klassik)
musiqa, zamonaviy musiqa, xor, simfoniya, opera, balet kabi jiddiy atamalarning mantiqini


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

29

bilishgacha yetib boradi. Bunda soddadan murakkabga va ma’lumdan noma’lumga o’tish
didaktik prinsipga amal qilish lozim bo’ladi.

Ta’lim jarayonida to’planadigan bilim doirasi (banki) ni ikki toifaga bulish mumkin:
1. Musiqa asarlarini musiqiy ohanglari vositasida xayot, orzu-umid, his-tuyg’u, Vatanga,

farzandga, ota-onaga mehr-muhabbat, yoki tabiat go’zalligidan zavqlanish aks ettirilgan san’at
asari ekanligini anglab bilishga yordam beradigan bilimlar.

2. Musiqa asarlarini tarkibiy qismini anglab olishga, ular ma’lum tovushlar, ohang va

ifodaviy detallardan tarkib topganini bilishga yordam beradigan nazariy bilimlar.

Xulosa qilib aytganda, endi musiqa madaniyati darslari asosida shakllanshi lozim bo’lgan

bilimlarning asosiy manbai yil va chorak mavzulari ekanligini unutmaslik lozim. Gap shundaki,
o’rganiladigan har bir asar o’zining musiqiy tuzulishi, janri va badiiy mazmuni bilan chorak
mavzuidan kelib chiqishi o’zining pedagogik maqsadlari bilan mavzuga bo’y sinishi va uni
yoritishga xizmat qilishi lozim bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O.A. Shodiyeva “To’garaklarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. SamDU., 2023.

2.

R.N.Muxitdinova. “Xorshunoslik”. Toshkent. DTPU. 2008-yil

3.

Sh.Ro’ziyev “Xorshunoslik”

4.

B. V. Shomahmudova “Xor lug’ati”Toshkent-2009 yil

5.

B.V.Shomahmudova “Xor fanlarini o’qitish metodikasi” Toshkent-2012 yil

Библиографические ссылки

O.A. Shodiyeva “To’garaklarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. SamDU., 2023.

R.N.Muxitdinova. “Xorshunoslik”. Toshkent. DTPU. 2008-yil

Sh.Ro’ziyev “Xorshunoslik”

B. V. Shomahmudova “Xor lug’ati”Toshkent-2009 yil

B.V.Shomahmudova “Xor fanlarini o’qitish metodikasi” Toshkent-2012 yil