YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
MAXSUS CHOLG’U DARSLARIDA AN’ANAVIY SOZLARNING KO’NIKMLARINI
SHAKLLANTIRISHNING UMUMNAZARIY VA TARIXIY MASALALARI
Samatova Nafosat Zafarjon qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
San’atshunoslik kafedrasi cholg’u ijrochiligi yonalishi talabasi
Ilmiy rahbar:
O.Shodiyeva
https://doi.org/10.5281/zenodo.15167678
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maxsus cholg‘u darslarida an’anaviy sozlarning
ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va tarixiy jihatlari tahlil qilinadi. An’anaviy musiqa va
uning tarixiy ildizlariga asoslanib, darslar davomida o’quvchilarni soz chalish texnikalari,
improvisatsiya va musiqiy nazariyalar bilan tanishtirish muhimligi ko‘rsatilgan. Maqolada
an’anaviy musiqaning o‘ziga xos xususiyatlari va uning madaniy ahamiyati, shuningdek,
o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun samarali usullarni ishlab chiqish masalalari
muhokama qilinadi. Shuningdek, an’anaviy musiqani o‘rgatish jarayonida yoshlarni
motivatsiya qilish va ularga madaniy merosni anglatish zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
soz chalish texnikasi, improvisatsiya, an’analar, templar (sur’at) intervallar,
alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari,
major va minor ladlari haqida tushuncha beriladi.
Musiqa – inson ruhining eng chuqur his-tuyg‘ularini ohanglarda ifodalovchi bir san'atdir.
Olamni tasavvur etishda, uning in'ikosini aks ettiruvchi vositalar faqat go‘zal fazilatlar va
beozor shakllar orqali his-tuyg‘ularni yetkazishi kerak. Aks holda, butun mavjudotlar ichida eng
oliy mavjudot bo‘lgan insonda sabr-toqat va o‘xshatish kabi asosiy xislatlar yo‘qolib ketadi.
Shuning uchun ham faqat inson qo‘lida gul, tafakkur, ma'naviyat, ijodning beqiyos ne'matlari
mavjud. Ijod esa musiqa olamiga o‘zgacha sehrli cholg‘ularni olib keldi, ular esa benazir
ohanglar yaratib, inson qalbini jonlantirdi.
Bugungi kunda, inson hayotini musiqiy cholg‘usiz tasavvur qilish deyarli imkonsizdir.
Cholg‘ular nafaqat san'at, balki insoniyatning ma'naviy merosining muhim bir qismiga
aylangan. Har bir xalq o‘z madaniyati, an’analari va qadriyatlari asosida o‘ziga xos musiqiy
cholg‘ularni yaratgan. Sharq musiqasi, uning cholg‘u sozlari esa, eng qadimiy va o‘ziga xos
san'at sifatida bugungi kunda ham o‘z ta'sirini kuchli saqlab kelmoqda. Sharq xalqlarining
qadimiyligini anglatuvchi o‘ziga xos san’at turlaridan biri – milliy musiqiy cholg'u asboblaridir.
Qadimiy tariximizdan bizgacha yetib kelgan arxeologik topilmalar va qadimiy tasvirlar
shundan dalolat beradi. Shu qatorda o‘zbek xalqining ajdodlari orasida musiqiy sozlar taomilda
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Shunday cholg'u asboblaridan biri – dutor, o‘zbek
xalqining musiqiy madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy cholg‘ulardan dutor haqida
ilk marta Temuriylar davrida adabiy manbalarda so‘z yuritilgan (XIV-XV asrlar). O‘rta Osiyo
xalqlari orasida keng tarqalgan dutor asbobi haqidagi ilk manbalar XV asrga taalluqlidir. Dutor
haqida Al-Husayniyning "Qonun" kitobida bu ikki maqom tizimini tushuntirishda undan
foydalanilgan.
XV asrdagi dutor sozini Al-Husayniyning risolasiga suyanib tasavvur qilishimiz qiyin.
Professor I. Rajabov bu muammoni o‘rganish davomida shunday xulosaga kelgan: hozirgi
dutorimizga qaraganda, bo‘g‘izi kattaroq, kosasi ud kosasidan kichikroq, do‘mbiranikidan esa
kattaroq bo‘lgan, torlari ichakdan yoki ipakdan bo‘lgan. Tori ikkita pardalari esa yettita bo‘lgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
Dutor asbobining yaratilishiga oid rivoyatlar ham mavjud. Bir kuni bir usta kechqurun so‘rida
o‘tirgan ekan, katta tut daraxtining soyasida oy shuolasi yerda hozirgi kundagi dutorimizning
shakliga o‘xshab tushib turgan ekan. Usta darrov shaklni chizib oladi. Ertasi kuni esa shu
shakldan dutor asbobini yasaydi. Unga tut daraxti ipaklaridan tor ulaydi va ushbu asbobni
chalib ko‘radi. Biroq dutordan sado chiqmaydi. So‘ngra, usta hayolga to‘lib turganda, ko‘chada
bir gala yigitlar qo‘shiq aytib o‘tayotganini eshitadi. Ularning ovozlari baralla jaranglab
eshitiladi. Bir ozdan so‘ng, o‘sha yigitlar yana qo‘shiq kuylashib qaytishadi, ammo ovozlari
bo‘g‘iq eshitiladi. Usta yigitlarni to‘xtatib so‘raydi: "Yigitlar, hozir o‘tib ketayotganingizda
ovozlaringiz juda ham jaranglab eshitildi. Qaytayotganingizda esa ovozlaringiz past va bo‘g‘iq
eshitilmoqda. Sababi nima?" Yigitlar javob beradi: "E ota, birinchi marta oldizdan o‘tib
ketganimizda qornimiz och edi. Hozir to‘yib ovqatlandik, qornimiz to‘q, shuning uchun
ovozimiz shunday bo‘ldi." Bu gaplarni eshitib, usta tezda dutor kosasini o‘yib, qopqoq bilan
yopadi. Endi esa dutorning ovozi jaranglab sado beradi. Shu tariqa dutor asbobi yaratilgan.
Jamiyatning turli vakillari orasida xalq cholg‘u sozlari turlicha tarqalgan. Cho‘ponlar nayni
yoqtirgan, sozandalar esa tanbur, sato kabi sozlarni, baxshilar do‘mbirani, dutor esa uy
sharoitida keng tarqalgan. Dutor ayollar orasida o‘zining yumshoq, nozik, past tovushga ega
bo‘lgani uchun mashhur bo‘lgan. Yurtimizda dutor asbobining bir necha turlari mavjud. Ular
torlarining xilma-xilligi, umumiy ko‘rinishi, pardalari, uzunligi, diapozoni, tovush qatori,
yog‘ochlarining turlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Turkiston va Xorazmda dutor kosasining
o‘yma turi ham uchraydi. Qolgan viloyatlarda esa dutorning kosasi yelimlangan turlar ham
uchraydi. Dutor kosasi ikki bo‘lakdan iborat bo‘lganlari – Buxoro va Qoraqalpog‘istonda
uchraydi. Samarqandda to‘rt, Farg‘ona va Toshkentda o‘n, o‘n ikki qovurg‘ali dutor kosalari ham
uchraydi. Cholg‘ularning bunday ko‘rinishi, pardasiz, o‘yma kosali, ikki torli, chertib
chalinadigan do‘mbira cholg‘usidan sekin-asta, ikki torli va pardali dutor cholg‘usi paydo
bo‘lgan. Dutorning texnik va tovush qatordagi o‘zgarishlarini aytib o‘tish o‘rinlidir.
Dutor bizgacha tovush qatori to‘liq bo‘lmagan yarim qatorlik (xromatik), ravon suratlarda
bo‘linmagan (temperatsiyasiz) tarzda yetib kelgan. Pardalarning qo‘shilishi tufayli pastki
oktavadan diapazon kengayib boradi. Yuqori oktavadagi bosqichli diatonik gamma to‘liq
bo‘lmagan xromatik tovush qatoriga o‘tadi. Bu o‘zgarishlar evolyutsion xarakterga ega bo‘lib
boradi. Milliy dutor katta nok shakldagi kosaga ega bo‘lgan. Kosa bilan dasta oralig‘i bo‘g‘iz
orqali ulangan. Dutorning kosasi, tekis yupqa yog‘och-deka bilan qoplangan. Dekada kichik
tovushxonalar (rezonatorlar) bilan joylashgan.
O‘rta Osiyo xalqlarining 30-yillar ikkinchi yarmiga kelib, musiqa madaniyati katta
o‘zgarishlarga yuz tutdi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda
ko‘p ovozli, milliy cholg‘ular milliy orkestri tashkil qilina boshladi. O‘zbekistonda A. S.
Petrosiyansning sozanda va cholg‘u ustalari, rus cholg‘u shumosi V. V. Andreevning bu borada
yaratgan ishlaridan andoza qilib, o‘zbek xalq cholg‘ulari ustida ilmiy ishlar olib borildi.
"Xalq cholg‘u sozlari" XX asrgacha saqlanib, bizgacha yetib kelgan milliy musiqa
asarlarimizni ijro etishga mo‘ljallangan edi. "O‘zbek xalq cholg‘u sozlarini xalq sozandalari
cholg‘uchilik borasida dolzarb vazifa bo‘layotganini tushunib yetdilar. Bu borada xalq
cholg‘ularini takomillashtirish bilan shug‘ullanib boruvchi ustaxonalar ochildi.
30-yillarning o‘rtalariga kelib, o‘zbek xalq cholg‘ularini qayta ishlash davom etgan.
Musiqashunoslarning mehnati natijasida musiqani o‘qitish yanada chuqurlashtirildi. Dutor
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
asbobi – qayta ishlovga yuz tutgan birinchi xalq cholg‘ularidandir. Dutor birinchi
takomillashtirish obyekti bo‘lishi tasodifiy emas. Birinchidan, dutor asbobi xalq orasida keng
tarqalgan cholg‘ulardandir. Ikkinchidan, dutorning tovush qatori boshqa cholg‘ulardan o‘n ikki
bosqichli tovush qatoriga yaqin. Har bir xalqning o‘z milliy qadriyatlariga xos milliy musiqa
cholg‘ulari yaratilgan. Dutor o‘zbek xalqining barcha qadriyatlari, udum, milliy an’ana va
musiqasini aks ettiruvchi cholg‘usidir. Dutorning behisob ijrochilik namunalari shakllangan va
xalq orasida keng tarqalgan.
Tut daraxti bo‘lmaganda dutor bo‘lmas edi. Usta bo‘lmaganda undan ohangli musiqa
asbobi yasash bo‘lmas edi. Dutor yasash oddiy kasb bo‘lganida usta bo‘lmas edi. Dutor – chertib
chalinadigan ikki torli asbob bo‘lib, Sharq mamlakatlari va O‘zbekistonda yashayotgan o‘zbek,
tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Dutor atamasi forscha "du"
– ikki, "tor" esa tor ma’nosini anglatadi. Turli xalqlarda bo‘lgani kabi, o‘zbeklarda ham turli
hududlarning mahalliy sheva guruhlari dutorning tarkibiy qismlari maxsus ma’nolarga egadir.
Dutor ikki torli cholg‘u degan ma’noni bildiradi va bu cholg‘u so‘zi haqidagi ilk
ma’lumotlar R. L. Sadokovning kitobida, Zaynulobiddin Husayniyning (XV asr) musiqaga oid
risolasida va boshqa adabiyotlarda uchraydi.
Xulosa qilib aytganda: Milliy musiqiy cholg'u asboblaridan biri – o‘zbek xalqining musiqiy
madaniyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, qadimdan kelib chiqqan asboblar orasida juda
muhim o‘ringa ega. Bu asboblar haqida arxeologik topilmalar va tasvirlar shundan dalolat
beradi. O‘zbek xalqining ajdodlari orasida musiqiy sozlar taomilda bo‘lganligi haqida
ma’lumotlar mavjud. XV asrda bu asboblar haqida ilk marta adabiy manbalarda so‘z yuritilgan.
Asbobning shakli va tuzilishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, turli viloyatlarda va xalqlarda o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan. Bu asbob nafaqat musiqa vositasi, balki o‘zbek xalqining
qadriyatlarini, udumlarini va madaniy an’analarini aks ettiruvchi muhim bir vositadir.
Shuningdek, asbobning rivojlanishi va uning tovush tizimining kengayishi musiqaning
o‘zgarishlarini, xalq cholg‘u an’analarining takomillashishini ko‘rsatadi. 30-yillarda o‘zbek xalq
cholg‘ularining takomillashtirilishi davom etgan va bu asboblarning yangi shakllari yuzaga
kelgan. Har bir xalqning o‘ziga xos milliy musiqiy cholg‘u asboblari yaratilgan va ular xalq
orasida keng tarqalgan. Bu asboblarning rivojlanishi o‘zbek xalqining musiqiy merosini
boyitgan va uni yangi avlodlarga yetkazgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
Toshkent “O‘zbekiston” – 2017 y.
2.
Mirziyoev Sh.M. Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2016y.
3.
Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va
xalq faravonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2016 y.
4.
O.A. Shodiyeva “To’garaklarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. SamDU., 2023.
5.
Raimov Sh “ Dutor ” Toshkent 2004-y.
6.
Azizboev S. An’anaviy g’ijjak ijrochiligi.-T., 2005
7.
Raimov Sh “ Dutor ” Toshkent 2004-y.
8.
Rahimjonov B. “ Dutorchilar ansambli ” T. 2002-y 39-bet
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
9.
Saipova D “Musiqiy va musiqiy nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini
takomillashtirish”, metodik qo‘llanma Т.2009 y. 84-bet
10.
Rahimjonov B. “ Dutorchilar ansambli ” T. 2002-y 39-bet