YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
16
QANDAY BELGILAR TOVAR BELGISI VA XIZMAT KO‘RSATISH BELGISI
SIFATIDA RO‘YXATDAN O‘TKAZILMAYDI?
Razzoqova Flora Shamsiddin qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
4-kurs talabasi
Saidov Shoxruxxon Muzaffarovich
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.15167053
Annotatsiya:
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilmaydigan belgilar, shuningdek, ularning qonuniy asoslari, cheklovlari va xorijiy tajriba
haqida so‘z yuritilgan ushbu maqolada, davlatlar tomonidan qo‘llaniladigan, umumiy va
standartlashtirilgan ramzlar, shuningdek, axloqiy va ijtimoiy tartibga zid bo‘lgan belgilar
haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari o‘ziga xos
funksionallikka ega bo‘lib, ular o‘z egalarini mahsulot yoki xizmatlar bozorida ajratib
ko‘rsatishga imkon beradi.
Аннотация.
В статье рассматриваются обозначения, которые не могут быть
зарегистрированы в качестве товарных знаков и знаков обслуживания, а также их
правовые основания, ограничения и зарубежный опыт. Он также содержит подробную
информацию об общих и стандартизированных символах, используемых
государствами, а также о символах, противоречащих морали и общественному порядку.
Товарные знаки и знаки обслуживания обладают особой функциональностью, которая
позволяет их владельцам выделяться на рынке товаров или услуг.
Annotation.
The article examines signs that cannot be registered as trademarks and
service marks, as well as their legal basis, limitations and foreign experience. It also contains
detailed information on common and standardized signs used by states, as well as signs that
are contrary to morality and public order. Trademarks and service marks have a special
functionality that allows their owners to stand out in the market for goods or services.
Kalit so‘zlar:
Tovar belgisi, yuridik himoya, xizmat ko‘rsatish belgisi, grafik tasvir,
chiziqlar, ramzlar, ilmiy asarlar, rasmiy nomlar, umumfoydalanishda bo‘lgan belgilar.
Ключевые слова:
Товарный знак, юридическая защита, знак обслуживания,
графическое изображение, линии, символы, научные работы, официальные
наименования, знаки общего пользования.
Keywords:
Trademark, legal protection, service mark, graphic design, lines, symbols,
scientific works, official names, signs of common use.
Kirish
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra
1
, quyidagilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilmaydi:
a) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
b) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning
qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
1
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
17
v) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
g) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash
belgilari tasvirlari;
d) farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar, xususan: o‘ziga xos grafik tasvirga ega
bo‘lmagan alohida harflar, raqamlardan iborat bo‘lgan belgilar (raqamlarning so‘zli ifodasi
bundan mustasno), so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lmagan harflar birikmalari:
faqat familiyadan iborat bo‘lgan belgilar;
chiziqlar, oddiy geometrik shakllar va ularning tarkibiga kirgan alohida elementlardan
farqli, sifat jihatdan boshqa qabul qilish darajasini beradigan kompozitsiyalar hosil
qilmaydigan birikmalar;
tovar belgisi sifatida tovar va xizmatlarni belgilash uchun ularning haqiqiy yoki sxematik
tasvirlari;
shakli faqat funksional vazifasidan kelib chiqadigan uch o‘lchamli obyektlar;
tovarlarning shu tovarlarni belgilash uchun umume’tirof etilgan nomlari ushbu
tovarlarni belgilash uchun;
tashkilot va sohalarning umumqabul qilingan qisqartirilgan nomlari va abbreviaturalari;
e) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umumfoydalanishda bo‘lgan belgilar.
Bunday belgilar deb ma’lum bir tovar yoki turli ishlab chiqaruvchilarning shunga o‘xshash
tovarlari uchun uzoq vaqt ishlatilganligi tufayli tushuncha bo‘lib qolgan belgilar tushuniladi;
j) umume’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar, bunda: umume’tirof
etilgan ramzlarga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar ro‘yxatidagi
tovarlarga oid bo‘lgan xo‘jalik yoki faoliyat sohasini aks ettiruvchi belgilar, shuningdek, fan va
texnikada qo‘llaniladigan shartli belgilar kiradi:
umume’tirof etilgan atamalarga fan va texnikaning aniq bir sohasiga xos bo‘lgan so‘z
birliklari kiradi;
z) tovarlarni, shu jumladan, ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga
mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek, ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan
joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar. Bunga, jumladan, quyidagilar kiradi:
tovarlarning nomlari;
tovarlar sifat toifasining belgisi;
tovarlarning xususiyatini ko‘rsatuvchi (shu jumladan, maqtov tavsifiga ega bo‘lgan)
belgilar;
xom ashyo materialini va tarkibini ko‘rsatuvchi belgilar;
tovarlarning og‘irligi, hajmi, narxi, ishlab chiqarilgan sanasini ko‘rsatuvchi belgilar;
umumiy nomlar;
ishlab chiqarishni yaratish tarixidan ma’lumotlar;
korxonalarning nomlari;
tovar tayyorlovchilarning va vositachilarning manzillari;
qisman yoki to‘liq geografik nomdan iborat bo‘lib, tovar tayyorlovchining joylashgan joyi
sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan belgilar;
i) tovar yoki uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi
mumkin bo‘lgan belgilar (xususan, iste’molchining ongida tovarning haqiqatga to‘g‘ri
kelmagan ma’lum bir sifati, uning tayyorlovchisi yoki kelib chiqqan joyi haqida yanglish
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
18
tasavvur hosil qiladigan belgilar), bunda belgining kamida bitta elementi yolg‘on yoki
iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lsa, belgi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin
deb e’tirof etiladi;
k) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda
chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
l) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi
geografik nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, ushbu joyda
chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek, ular tarjima qilib
yoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan
holda qo‘llanilganda;
m) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar, ularga
xususan, diniy atama, nishon va ramzlar, axloqsiz mazmundagi so‘z va tasvirlar, inson qadrini,
diniy hissiyotlarni haqorat qiladigan insonparvarlikka zid tavsifdagi shiorlar va boshqalar.
Bularga ma’lum bir tovar nomlari hamda uning sifatlarini ifodalovchi lug‘atda mavjud
so‘zlarni qasddan imlo xatosi bilan ifodalash ham kiradi;
n) quyidagi belgilar bilan aynan bir xil yoki ularga adashtirib yuborish darajasida
o‘xshash bo‘lgan belgilar
2
:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki
ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma topshirilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu
turdagi tovarlarga nisbatan ancha oldinroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan
aynan bir xil yoki ularga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umume’tirof
etilgan tovar belgilari bilan aynan bir xil yoki ularga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash
bo‘lgan belgilar; qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkich va tovar kelib
chiqqan joy nomi bo‘lgan belgilar bilan aynan bir xil yoki ularga adashtirib yuborish
darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday
nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tovar
belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari;
o) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma
nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni
belgilash uchun talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi
belgilar;
sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston
Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at
asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki
ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari
(merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
2
https://lex.uz/docs/-24925
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
19
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so‘zlarni,
bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, bular O‘zbekiston Respublikasining
tarixiy va madaniy boyligi bo‘lganda, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki
davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Ro‘yxatga olishni rad etish uchun mutlaq asoslar Germaniya misolida.
Germaniyada
tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar xuddi Rossiyadagi kabi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri deklaratsiyalangan tovarlar yoki xizmatlarga tegishli tavsiflovchi belgilar
ro‘yxatga olinmaydi, masalan, turistik xizmatlar uchun ”turizm” yoki meva uchun “tarvuzlar”
3
.
Demak, belgini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarga quyidagilar kiradi: o‘ziga xoslikning
yo‘qligi; belgining tavsiflovchi xususiyati va umumiy foydalanishga kirishi; iste'molchini
chalg‘itish xavfi; davlat ramzlaridan ruxsatsiz foydalanish; jamoat manfaatlariga, odob va
axloq qoidalariga zidligi
4
.
Xulosa
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazilmaslikning asosiy sabablari -
jamiyatda huquqiy tartibni ta'minlash, iste'molchilarni himoya qilish, bozorning barqaror va
adolatli rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir. Bularning barchasi tovar belgilari tizimini ishlab
chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini samarali va ishonchli tarzda reklama qilish imkonini
yaratib, shuningdek, iste'molchilarga sifatli, aniq va ishonchli mahsulotlar olishda yordam
beradi. Shuningdek, davlat va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish orqali bozorni
adolatli boshqarish va huquqiy nizolarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu belgilarni ro‘yxatdan
o‘tkazmaslik talablarining bir qismi intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan. Bu
talablar, ayniqsa, noyob yoki o‘ziga xos belgilarni boshqa kompaniyalar tomonidan noqonuniy
ishlatishga qarshi himoya qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu talablar bizneslarning o‘z
mahsulotlari va xizmatlarini himoya qilish imkonini beradi. Qonun chiqaruvchi ushbu
talablari bilan biznes vakillariga bir qancha muhim imtiyozlar va afzalliklarni taqdim etadi.
Tovar belgilari ro‘yxatga o‘tkazilmaslik bo‘yicha qo‘yilgan talablar, asosan, bozor
ishtirokchilariga adolatli, shaffof va xavfsiz ishbilarmonlik sharoitlarini yaratishga,
intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va raqobatni mustahkamlashga, shuningdek,
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
2.
https://patentus.ru/media/statyi/tz/tm-germany/
3.
https://4b.ua/ru/blog/tm-registration-in-germany/
4.
Jo‘rabek, I., & Akmaljon, R. (2023). History and stage of development of patent law in
russia and uzbekistan.
ethiopian international journal of multidisciplinary research
,
10
(09),
107-111.
5.
Bekzod, I., & Akhmaljon, R. (2023). The concept and differences of intellectual property
rights in russia and uzbekistan. ethiopian international journal of multidisciplinary research,
10(09), 112-115.
3
https://patentus.ru/media/statyi/tz/tm-germany/
4
https://4b.ua/ru/blog/tm-registration-in-germany/