Авторы

  • Charos Babajonova
    Urganch Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha) taʻlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.78402

Ключевые слова:

Mesopotamiya Bobil Armaniston Eron Suriya Iroq Nineviya Frot Dajla Oshshurbanipal Xammurapi shummerlar akkadlar kassitlar eduba arxiv zikkurat mixxat sopol taxtacha.

Аннотация

Ushbu maqolada jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk oʻchoqlaridan biri boʻlgan Qadimgi Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti, aholisi va xoʻjaligi, Qadimgi Mesopotamiya tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi, shuningdek Mesopotamiya sivilizatsiyasining yutuqlari haqidagi maʻlumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

115

MESOPOTAMIYA SIVILIZATSIYASINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

HAMDA MADANIY YUTUQLARI

Babajonova Charos

Urganch Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti

tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha) taʻlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

babajonovacharos5@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15194669

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk

oʻchoqlaridan biri boʻlgan Qadimgi Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti, aholisi va xoʻjaligi, Qadimgi
Mesopotamiya tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi, shuningdek Mesopotamiya
sivilizatsiyasining yutuqlari haqidagi maʻlumotlar keltirilgan.

Abstract.

This article provides information about the natural environment, population and

economy of Ancient Mesopotamia, one of the first centers of world civilization and ancient urban
culture, source studies and historiography of the history of Ancient Mesopotamia, as well as the
achievements of the Mesopotamian civilization.

Аннотация.

В статье представлены сведения о природной среде, населении и экономике

Древней Месопотамии, одного из первых центров мировой цивилизации и древней городской
культуры, источниковедение и историография истории Древней Месопотамии, а также
достижения месопотамской цивилизации.

Kalit soʻzlar.

Mesopotamiya, Bobil, Armaniston, Eron, Suriya, Iroq, Nineviya, Frot, Dajla,

Oshshurbanipal, Xammurapi, shummerlar, akkadlar, kassitlar, eduba, arxiv, zikkurat, mixxat, sopol
taxtacha.

Key words.

Mesopotamia, Babylon, Armenia, Iran, Syria, Iraq, Nineveh, Froth, Tigris,

Ashshurbanipal, Hammurabi, Sumerian, Akkadian, Kassite, eduba, archive, ziggurat, cuneiform,
ceramic tablet.

Ключевые слова.

Месопотамия, Вавилон, Армения, Иран, Сирия, Ирак, Ниневия, Пена,

Тигр, Ашшурбанипал, Хаммурапи, шумерская, аккадская, касситская, Эдуба, архив, зиккурат,
клинопись, керамическая табличка.

Kirish.

Shimolda Armaniston togʻlaridan janubda Fors qoʻltigʻigacha, sharqda Eronning togʻli

viloyatlaridan gʻarbda Suriya-Mesopotamiya choʻllarigacha choʻzilib ketgan hudud qadimda yunon
geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oraligʻi) deb atalgan. Hozirda bu sivilizatsiya Iroq
Respublikasi hududidir.

Mesopotamiyaning oʻrta va janubiy qismi tekislik boʻlib, u vaqti-vaqti bilan toshib yerlarni

sugʻoruvchi va oʻgʻitlovchi Dajla va Frot daryolari keltirgan yotqiziq-allyuvallardan iborat boʻlgan.
Dajla daryosi Van koʻlining janubi, Armaniston togʻlari, Frot esa Arzirumning sharqida dengiz sathidan
2 ming metr balandlikdan boshlanadi. Frot daryosining uzunligi 2600 km. Dajlaning uzunligi esa 1850
km. Dajla juda tezoqar boʻlib, vohaga Frotga nisbatan ikki barobar ortiq suv keltiradi. Bu daryolar
mamlakatning asosiy suv manbasi boʻlib, qadimda ulardan juda koʻp kanallarga suv bogʻlaganlar. Bu
daryolar sugʻorish manbayi boʻlishi bilan birga daryo kemasozligi uchun ham katta ahamiyatga ega
boʻlgan. Bu ikkala daryo orqali mesopotamiyaliklar qoʻshni mamlakatlar Urartu, Eron, Kichik Osiyo,
Suriya, shuningdek, Ikki daryo oraligʻidagi shahar-davlatlar bilan doimo aloqada boʻlganlar.

Asosiy qism.

Dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri Dajla va Frot oraligida joylashgan

Mesopotamiyada vujudga kelgan. Ushbu sivilizatsiyaning shakllanishi qulay geografik sharoitlarda
kechdi. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini
yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga
kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-

davlatlari paydo boʻldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III
ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-
XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga qochib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi
va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli Akkad
posholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigiga oʻtadi.

Er. avv. II ming yillikning boshlarida ikki daryo oraligʻida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil

boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: Qadimgi Bobil
yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, oʻrta Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, Bobilning
siyosiy tushkunlik davri (er. avv.XII-VII asrlar), yangi Bobil qisqa qayta uygʻonish (er. avv. VII-VI
asrlar) davri va Eron tomonidan mamlakatni bosib olinishi.

Mesopotamiya jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk oʻchoqlaridan biri. Bu

madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar boʻlib, ularning yutuqlarini bobilliklar va
Ossuriyaliklar oʻzlashtirib, davom ettirdilar. Ma. IV ming yillikda shumer yozuvi paydo boʻldi.
Taxminlarga koʻra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar nomaʻlum xalq tomonidan
kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizatsiya xizmatiga qoʻydilar. İlk yozuv namunalari Uruk IV
qatlamidan topilgan. Dastlab 1500 ga yaqin belgidan iborat shumer yozuvi juda sodda piktografik
shaklida bo'lib, alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shuningdek, janubiy Mesopotamiyada
m.avv III-ming yillikning ikkinchi yarmida akkad tili paydo boʻldi. Shumer va akkad tillari bir-biridan
koʻpgina soʻzlarni oʻzlashtirib oldi. M.a. III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer-akkad lugʻatlari
tuzilgan. Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Mil.avv VII asrdan boshlab oromiy tili
va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari muomaladan chiqa bordi.

Mesopotamiya sivilizatsiyasi maʻlumotli kishilarni tayyorlash boʻyicha ilk tajribalarni amalga

oshirdi. Yirik ibodatxonalar, hukmdorlar saroylari, maktablar, shuningdek xususiy shaxslar qoʻlida
sopol taxtachalardan iborat kitoblar toʻplangan. Mil.avv II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur
shaharlarida adabiy va ilmiy matnlardan iborat ilk kutubxonalar paydo boʻladi, Qadimgi Sharqning eng
mashhur kutubxonasi Oshshurbanipalning (mil.avv 669-635 yillar hukmronlik qilgan) Nineviya
shahrida toʻplangan 30.000 taxtachadan iborat kutubxonasi boʻlgan.

Savodli va maʻlumotli kishilar Ikkidaryo oraligʻida juda qadrlangan. Yozuvning murakkab

xususiyatiga qaramasdan jamiyatda savodxonlik darajasi ancha yuqori bolgan, ayniqsa Bobilda.
Mil.avv III mingyillik o'rtalarida alohida taʻlim maskani sifatida shakllangan. Shumer maktablari
edubalar bunda katta rol oʻynagan. Dastlab ulardagi taʻlim amaliy maqsadnigina koʻzlagan.
Maktablarda asosan davlat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Biroq, bora-bora edubalar
Mesopotamiyaning ilm va madaniyat markazlariga aylandi. Maktablarda asosan shumer til adabiyoti,
arifmetika elementlari oʻqitilgan. Yuqori sinf oʻquvchilari kelajakda mutaxassislashuvga qarab
astronomiya, geometriya, matematika, huquq, tibbiyot va meditsinadan bilim olganlar.

Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi huquqiy yodgorlik podsho Shul-ga qonunlaridir (mil.avv III

ming yillikning oxiri). Mil.avv XX asrga oid Eshnunna qonunlari, mil.avv II ming yillik boshlariga
tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir
qismi va 40 ga ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.

Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni boʻlgan. Eng qadimgi arxivlar mil.avv III ming yillikning

birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv maʻlumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash
uchun mumlangan savatlarda saqlangan. Mil.avv XIX asrga oid oid Ur shahri arxivi, mil.avv XVIII asrga
oid arxiv asrlarga oid arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan mil.avv VIII-VI asrlarga oid 2500
xoʻjalik hujjatlari arxivi topilgan.

Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston, ertak va maqollar toʻplami

bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini qoʻshni qabilalar hujumlari natijasida halokati toʻgʻrisida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

maʻlumot beradigan asarlar alohida oʻrin tutadi. “Ur shahri aholisining falokati motam yigʻisi” (mil.avv.
XX asr oxin) asarida ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi, yongʻindan qolgan uylarda
halok boʻlganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan Shumer adabiyotining eng mashhur namunasi
afsonaviy qahramon Gilgamesh toʻgʻrisidagi epik afsonalar toʻplamidir. Bu asar akkad tilida qayta
ishlangan nusxada toʻlaroq koʻrinishda Oshshurbanipal kutubxonasidan topilgan.

Qadimgi Bobil sivilizatsiya tarixida ilk bor huquqiy tizimni yaratdi. XX asrda Suzada fransuz

arxeologilari tomonida topilgan va bugungi kunda Luvrda saqlanayotgan. Xammurapi qonunlari ikki
metrli bazalt ustunga oʻyib yozilgan. Ushbu qonunlar insoniyat tarixida ilk bor xususiy mulk
himoyasiga qaratildi. Begona mulkiga koʻz olaytirish, patriarxal oila negizlariga daxl qilingandagi kabi
qattiqqoʻllik bilan jazolangan. Jazoni belgilashda koʻpincha aybdorning ijtimoiy holo holati hisobga
olingan. Qullar ayniqsa shafqatsizlik bilan jazolangan. Xammurapi qonunlari qadimgi Sharq
sivilizatsiyalari qonunchiligi taraqqiyotiga katta taʻsir koʻrsatdi.

Qadimgi Mesopotamiyada dunyoni ilmiy bilishda maʻlum yutuqlarga erishildi. Bobilda ayniqsa,

matematika fanlari amaliy maqsadlar uchun yuzaga kelib, yuqori darajada rivojlanadi. Qadimdayoq
bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Ana shu
koʻp asrlik kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga keldi. Bobilda koʻp sonli astronomik
jadvallar vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur astronomlar Naburian va Kiden Kiden
yashaganlar. Naburian oy fazolarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 kun, 5 soat
41 minut va 41,6 sekund hisobladi. U yil hisobi davomiyligida bor yoʻgʻi 7 minut, 17 sekundga xato
qilgan.

Qadimgi Mesopotamiya tibbiyoti ham qadimgi diniy eʻtiqodlar bilan chambarchas bogʻliq

boʻlgan. Mabuda Ninxursag tibbiyot homiysi hisoblanib, ogʻizda boʻladigan kasalliklar, tish ogʻrigʻi,
qovurgʻadagi kasalliklar va boshqa har xil kasalliklarni davolovchi deb deb hiso hisoblangan sakkizta
quyi darajadi xudolami yaratgan.

Mil.avv III ming yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yoʻlni, mil.avv I ming

yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yoʻlni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan xaritalar
bobilliklarning oʻz geografik bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini koʻrsatadi.

Ikkidaryo oraligʻidagi tabiiy sharoit va qurilish xomashyosining kamligi meʻmorchilik

taraqqiyotiga oʻz taʻsirini koʻrsatgan. Mil.avv IV mingyillik oʻrtalarida gidroizolyatsiya maqsadida
baland tagkursi ustida barpo etilgan ibodatxona tipi shakllandi. U shumer turar joylarining
namunasida yuzaga keldi. Ushbu ibodatxonalar Mesopotamiya aholisining tasavvurida xudolar uyi
boʻlgan. Zinopoyasimon ibodatxonalar zikkuratlar Mesopotamiya meʻmorchiligining timsoliga aylandi.
Qurilishda asosan xom gʻishtdan foydalanilganligi shumer ibodatxonasi konstruksiyasining
rivojlanishida kata roʻl oʻynadi. Yogʻoch tanqisligi sharoitida gumbazli tizim shakllangan. Aynan mana
shu gumbazli arkali qurilish uslubi keyinchalik mashhur Rim meʻmorchiligiga asos boʻldi.

Mil.avv I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunarmandchilik madaniyat markazlari

boʻlgan katta shaharlar paydo boʻladi. Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, sanʻati meʻmorchiligi, dini,
yozuvi va adabiyoti, qadimda koʻpgina Sharq xalqlari madaniyati ravnaqining oʻlchov mezoni boʻlib
xizmat qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Qadimgi dunyo tarixi (Sharq, Yunoniston, Rim) - Rajabov R. R - Toshkent - “Fan va

texnologiya” - 2009.
2.

“Qadimgi Sharq tarixi’’- Abdujabbor Kabirov - Toshkent - “Tafakkur” - 2016.

3.

“Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fanidan o'quv-uslubiy majmua – “Guliston” – 2018.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

4.

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. “Слово”, “Эксмо”.

М.: 2004.
5.

Флетчер Н.Д. Культура и искусства двуречя и соседних стран. М.Л.1958.

6.

Клочков С. Духовная культура Вавилона. Человек, судба время М.: 1983.

7.

Мелларт Ж. Древнейшие сивилизасии Ближнего Востока. Μ.: 1982.

Библиографические ссылки

Qadimgi dunyo tarixi (Sharq, Yunoniston, Rim) - Rajabov R. R - Toshkent - “Fan va texnologiya” - 2009.

“Qadimgi Sharq tarixi’’- Abdujabbor Kabirov - Toshkent - “Tafakkur” - 2016.

“Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fanidan o'quv-uslubiy majmua – “Guliston” – 2018.

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. “Слово”, “Эксмо”. М.: 2004.

Флетчер Н.Д. Культура и искусства двуречя и соседних стран. М.Л.1958.

Клочков С. Духовная культура Вавилона. Человек, судба время М.: 1983.

Мелларт Ж. Древнейшие сивилизасии Ближнего Востока. Μ.: 1982.