YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY, KRIMINALISTIK
VA KRIMINOLOGIK ASOSLARI
Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li
Farg’ona davlat universiteti yurisprudensiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15357237
Annotatsiya:
Kiberjinoyatchilik
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Ushbu
maqolada kiberjinoyatlarning eng xavfli jinoyat turlaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi,
ularning oldini olish, aniqlash va tergov qilishdagi asosiy muammolar, shuningdek, huquqni
muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Muallif
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda kriminologik, kriminalistik va jinoyat-huquqiy
yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikning dolzarbligini asoslab beradi. Maqolada
shuningdek, kompyuter xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, va raqamli
savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar:
Kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, kompyuter jinoyatlari, tergov,
profilaktika, xalqaro hamkorlik, shaxsiy ma’lumotlar, kriminologiya, kriminalistika, jinoyat-
huquqi.
ASOSIY QISM
Xalqaro miqyosda eng xavfli jinoyat turlaridan biri sifatida kiberjinoyatchilik tobora
katta xavf tug‘dirmoqda. Ushbu jinoyat turini aniqlash, oldini olish va tergov qilish jarayoni
o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab qilib, avvalo, kiberjinoyatchilikni sodir
etayotgan shaxsning jinoyat sodir etilgan joydan ancha uzoqda bo‘lishi, ushbu jinoyatning
ko‘p hollarda transmilliy xarakter kasb etishi va ijtimoiy xavfli oqibatlarning keng ko‘lamda
namoyon bo‘lishini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, turli davlatlar hududlarida ushbu
jinoyat turini tergov qilishda yagona yondashuvning mavjud emasligi, milliy qonunchiliklar va
tergov amaliyotidagi tafovutlar, shuningdek, axborot-kommunikasiya vositalari orqali
jinoyatga oid ma'lumotlarni almashish tartibining turlicha bo‘lishi ushbu masalani yanada
murakkablashtiradi. O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida maxfiylik va maxfiy
ma'lumotlarni himoya qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar izlanmoqda, va bu borada
xalqaro tajriba hamda zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish masalasi dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
So‘nggi yillarda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish muammosi yanada jiddiy tus
olgan. Bunga axborot-kommunikasiya muhitining jadal rivojlanishi, kompyuter texnikasi va
Internetdan foydalanishning keskin ortishi sabab bo‘lmoqda. Natijada, turli xil elektron
qurilmalar va tarmoqlarga ulangan tizimlar orqali shaxsiy ma'lumotlar, mulkiy huquqlar,
intellektual mulk hamda tijorat sirlari o‘z himoyasiz holatiga tushib qolmoqda. Bu esa o‘z
navbatida yangi xavf-xatarlar va jinoyat turlarining yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Ayni
vaqtda ushbu masalaning texnik bilimlar bilan bevosita bog‘liqligiga qaramay, mutaxassislar
tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda maqbul va samarali usullarni ishlab
chiqishga qaratilgan tadqiqotlar va amaliy sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Ayniqsa, axborot-
kommunikasiya muhitida sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish ustuvor vazifalardan biri
hisoblanmoqda.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish usullari jinoyat turiga qarab farqlanadi. Ular
xakerlik, kompyuter tizimlarini “burish”, tuhmat qilish, spam yuborish, fishing (yolg‘on
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
29
axborot orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritish), kiberhujum, kiberterrorizm kabi turlarda
namoyon bo‘ladi. Bunday jinoyatlarga qarshi samarali kurash faqatgina umumiy, maxsus,
yakka tartibdagi va viktemologik (jabrlanuvchiga yo‘naltirilgan) profilaktika choralari orqali
amalga oshirilishi mumkin. Kiberjinoyatchilikning xususiyatlaridan kelib chiqib, huquqni
muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik milliy hamda xalqaro darajada muhim
ahamiyat kasb etadi.
Kiberjinoyatlar ko‘pincha axborot va kompyuter tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bilvosita kirib, ma'lumotlarni o‘chirib tashlash, bloklash, nusxalash, o‘zgartirish yoki undan
foydalanish orqali sodir etiladi. Bu jarayonda profilaktik choralar jinoyat sabablari (masalan,
xudbinlik, qasos, firibgarlik, tijorat josusligi, shaxsiy manfaatlar yoki terroristlarga ko‘mak)
hamda zararli dasturlar orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishga qaratiladi.
Kiberjinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda duch kelinadigan asosiy muammolarga
quyidagilar kiradi: jinoyat sodir etilgan joy va ijtimoiy xavfli oqibat yuzaga kelgan joy
o‘rtasidagi geografik uzoqlik; jinoyatga oid ma’lumotlarning tezkor almashinuvini
ta’minlashdagi qiyinchiliklar; jinoyatchining shaxsini aniqlashda yuzaga keladigan texnik
to‘siqlar; jinoyatning virtual fazoda amalga oshirilishi va uning natijalarini
qonuniylashtirishdagi murakkabliklar. Bu omillar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish
jarayonida maxsus yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni taqozo
etadi.
Shuningdek, tashkilotlar ichida kiberjinoyatlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratadigan
muhim qoidabuzarliklar ham mavjud. Masalan, xodimlarning ruxsatsiz kompyuter
ma'lumotlariga kirishi, flesh-disklardan erkin foydalanishi, shaxsiy ma'lumotlarni o‘z ichiga
olgan kompyuterlarda nazoratning sustligi, himoyalanmagan va antivirussiz tizimlardan
foydalanish, parollarni saqlashdagi sustkashlik, maxfiylikni majburiy tekshirish amaliyotining
yo‘qligi, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomalarning mavjud
emasligi, shuningdek, kompyuter bilan ishlovchi xodimlarga axborot xavfsizligi protokollari
bo‘yicha yetarli ko‘rsatmalar berilmasligi ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga sabab
bo‘lmoqda.
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha kriminalistik chora-tadbirlarga esa
quyidagilar kiradi: tergov jarayonida zamonaviy ilmiy yutuqlardan foydalanish; dalillar
nazariyasini takomillashtirish va elektron dalillarni ishonchli sifatida tan olish imkoniyatlarini
yaratish; jinoyatchilarni aniqlash imkonini beruvchi yagona ma'lumotlar bazasini
shakllantirish. Jinoyatlarni tergov qilishda yagona amaliyot va ilmiy asoslangan uslublarni
joriy qilish orqali jinoyatchining shaxsini aniqlash va unga nisbatan jazoning muqarrarligini
ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, jinoyatlar sonining kamayishiga xizmat
qiladi va shaxsning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda muhim omil hisoblanadi.
Umuman olganda, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning uch asosiy yo‘nalishini
ajratish mumkin: kriminologik (kiberjinoyatlarning oldini olish), kriminalistik (jinoyatlarni
aniqlash va tergov qilish), va jinoyat-huquqiy (jinoyatchilarning javobgarligini belgilash va
jazoning muqarrarligini ta'minlash). Shu bilan birga, davlat ichkarisida ko‘p bosqichli
institusional kiberxavfsizlik tizimini barpo etish ham zarur. Bunday tizim raqamli
savodxonlikni oshirish, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish usullarini ishlab chiqish, axborot
tahdidlariga qarshi kurashish va profilaktika mexanizmlarini joriy etishni o‘z ichiga olishi
kerak.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
30
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning yagona tizimi quyidagi yo‘nalishlarga
asoslanishi lozim: kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish; kiberjinoyatlarga qarshi
kurashuvchi davlat organlari o‘rtasida qonunchilikni uyg‘unlashtirish; davlatlararo hamkorlik
va xalqaro shartnomalar tuzish; yangi texnologik tahdidlarni hisobga olgan holda milliy
qonunchilikni takomillashtirish; zamonaviy moddiy-texnik va kadrlar bazasini shakllantirish;
aholining texnik va huquqiy savodxonligini oshirish; ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda
profilaktik va tergov choralarini muvofiqlashtirish.
Xulosa qilib aytganda, kiberjinoyatchilik nafaqat milliy, balki xalqaro darajadagi dolzarb
muammo bo‘lib, unga qarshi samarali kurash faqatgina kompleks yondashuv, huquqiy
mexanizmlarning takomillashuvi va xalqaro hamkorlik orqali amalga oshirilishi mumkin.
Mavjud qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarga qaramay, huquqni muhofaza qilish
faoliyatining amaldagi samaradorligi hali ham yetarli darajada emas. Shu sababli, zamonaviy
moddiy-texnik va kadrlar bazasini shakllantirish, aholining huquqiy tarbiyasini kuchaytirish,
axborot siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va jinoyatchilarning jazosiz qolmasligini ta'minlash
ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kompyuter axborot Jinoyat Konvensiya ETS №. 185 (Budapesht, 2001 y 23 noyabr/
https://base.garant.ru/4089723/
2.
Oʻzbekiston
Respublikasining
2014-yil
14-maydagi
“Huquqbuzarliklar
profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-son qonun;
3.
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi Ma'muriy javobgarlik
toʻgʻrisidagi kodeksi;
4.
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi Jinoyat kodeksi.