YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
47
GIPERTONIYA KASALLIGI VA UNI OLDINI OLISH
Baxriddinov Akmaljon
Alfraganus Universiteti Tibbiyot kafedrasi, davolash ishi
yo’nalishi 4-kurs 404-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15377697
Annotatsiya
Ushbu maqolada gipertoniya kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, belgilari va
oqibatlari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
Gipertoniya kasalligi, yurakga va buyrakga aloqador kasallik.
Annotation:
this article provides information on the causes, symptoms and
consequences of hypertension, its origin.
Key word:
hypertension disease, disease related to the heart and kidney
.
Аннотация:
В этой статье представлена информация о гипертонии, ее причинах,
симптомах и последствиях.
Ключевое слово:
гипертония, заболевание, связанное с сердцем и почками.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26-yanvardagi “Aholiga
ko‘rsatilayotgan kardiologik va kardiojarrohlik xizmatlari sifatini yaxshilash, hududlarda
yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini
kengaytirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur dori vositalari bilan
uzluksiz ta’minlash hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot
markazi faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida”PQ-103 sonli qarori
1. Quyidagilar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy yo‘nalishlar etib
belgilansin:
Birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan davriy tibbiy ko‘riklarni yo‘lga qo‘yish
hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish;
Ehtiyojmand aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlash;
Hududlarda ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik, kaminvaziv kardiologik hamda
kardiojarrohlik tibbiy xizmatlar ko‘lamini oshirish;
Birlamchi bo‘g‘indagi mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va
salohiyatini oshirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish;
Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini
raqamlashtirish.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining fikri bo’yicha:
Gipertoniya kasalligini
quyidagi bosqichlarga bo’lishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaydi:
1) bosqich
yurak-tomirlar tizimida organik o’zgarish belgilari bo’lmagan yuqori arterial
bosim.
2) bosqich
boshqa organik zararlanish belgilari bo’lmagan yuqori arterial bosim yurak
gipertrofiyasi bilan.
3) bosqich
gipertenziya sababli ichki orginlarning organik zararlanish belgilari bo’lgan
yuqori arterial bosim.
Gipertoniya:
bu
arterial bosimni uzoq muddat ko’tarilib turishiga aytiladi, arterial
bosimni doim ko’tarilib turishi bir qancha xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Odamni
yoshi ulg’aygan sari gipertoniya kasalligiga moyiligi, ortib boradi ba`zan yoshlardayam
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
kuzatiladi. Ayollarda gipertoniya kasalligi bir muncha yoshlik davrida uchraydi, erkaklarda
50 yoshdan keyin kuzatiladi. Ko’p hollarda qon bosim doyim baland bo’lib yurishi, insonni
insult va miokart infarktiga olib keladi, bunda arterial bosim Sisto’lik QB(140) mm simob
ustundan yuqori Diastolik QB (90) mm simob ustunidan yuqori bo’lishi miokart infarktiga
olib keladi.
Etiologiyasi va patogenezi:
Arterial gipertenziyani etiologiyasi noma’lum bo’lsa xam
uni keltirib chiqaradigon sabablari semizlik, osh tuzi (NaCl), kalsiy magniy yetishmovchiligi,
ko’p miqdorda siprtli ichimliklar iste`mol qilish natijasida arterial gipertoniya, qon
tomirlarda stenoz dimlanish xisobiga kelib chiqadi.
Ular quydagilarga bo’linadi:
-Sistolik va diastolik bosim ko’rsatkichlari;
-Puls bosimi korsatqichlari;
-Bemorni yoshi ( ayollarda 65 yoshdan erkalarda 50 yoshdan katta);
- Atrof-muxit ta’siri;
-Ovqatlanish va chekish;
- Nasliy moyillik;
Ota-Onadan biri gipertoniya kasalik bilan og’rigan bo’lsa bolada paydo bo`lishi 25% agar
ikkisi xam shu kasallik bilan og’rigan bo’lsa 50% bolalarda kuzatiladi.
Gipertoniyani tashxislash
Bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun shifokor bir nechta laboratoriya tahlillari va
apparat tekshiruvlari o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Tashhisning maqsadi kasallikning bosqichi va
gipertoniya darajasini aniqlash hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlar bilan shifokor samarali
davolash usulini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kasallikning dastlabki bosqichlari yashirin
kechgani bois ko‘pchilik bemorlar shifokor oldiga kech kelishadi. Uy sharoitida har bir inson
o‘z qon bosimini muntazam o‘lchab turishi kerak, eng optimal ko‘rsatkich 120/80 mm sim.ust
(quyida birlik deb keltiriladi), yoshi kattalar uchun 130/90. Atrof-muhit ta'siri yoki jismoniy
faollik natijasida bosim 5-10 birlikka ortishi mumkin. Quyi va yuqori bosim o‘rtasidagi juda
katta farq ham havotir uchun belgi bo‘ladi — odatda bu ko‘rsatkich 50 birlikdan oshmasligi
kerak. Agar qon bosimining tez-tez o‘zgarishi kuzatilsa, shifokor bilan uchrashish tavsiya
etiladi.
Gipertonik kriz
– qon bosimining birdan koʻtarilishi va qon bosimi koʻrsatkichlarining
kritik shkalalardan oʻtib ketishi koʻpincha quyidagi simptomlar bilan namoyon boʻladi:
Nafas olishning qiyinlashuvi;
Koʻkrak sohasidagi ogʻriq, taxikardiya;
Kuchli bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi;
Koʻrish bilan bogʻliq muammolar, koʻz ichi qizarishi, koʻz ichki bosimining ortishi;
Koʻngil aynishi va qayt qilish;
Teri qoplamalarining qizarishi va xaroratning biroz oshishi;
Tananing ayrim sohalari yoki qoʻl va oyoqlarning oqarishi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan belgilar boshqa kasalliklarda ham yuzaga chiqishi mumkin,
shu sababli simptomlar paydo boʻlishi bilanoq qon bosimini oʻlchash kerak, agar
koʻrsatkichlar kritik darajada boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur.
Diagnostika
Elektrokardiografiya (EKG)
Biokimyoviy qon tahlili
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
Umumiy siydik analizi
Umumiy qon tekshiruvi
Gipertoniya kasalligini davolashni tanlash uchun bir qator diagnostik tadqiqotlar
o‘tkazish kerak,
Shuningdek, tekshirish usullariga quyidagilar kiradi
Klinik ko‘rik
Anamnez yig‘ish
Tana vazni va bel aylanasini o‘lchash
Ikkala qo‘lda arterial bosimni o‘lchash
Ko‘z tubini tekshirish
Bakposev
Gipertoniya kasalligini davolash:
1-darajali gipertoniya:
Yashash tarzini to‘g‘rilash
Yordamchi usullar: massaj, fizioterapiya
Dori-darmonlar - kamdan kam xollarda
2-darajali gipertoniya:
Antigipertenziv preparatlarni doimiy qabul qilish
Diuretiklar
APF ingibitorlari
Kombinatsiyalangan terapiya
3-darajali gipertoniya:
Kompleks yondashuv: jismoniy faollik, parhez, dorilar
Sanatoriyalarda reabilitatsiya
Tiazidli diuretiklar
Beta blokatorlar
Kalsiy antagonistlari
Kombinatsiyalangan preparatlar, Gipertoniya krizi, Reabilitatsiya: fizioterapiya,
medikamentlar
Kasallik asoratlari:
O’tkir va surunkali yurak etishmovchiligi ( stenokardiya infarkt).
Kardioskleroz.
Aritmiyalar – yurak urishining buzilishi.
Miya insulti, psixozlar.
Buyrak etishmovchiligi – urimiya.
Ko’z to’r pardasini ko’chishi va ko’r bo’lib qolishi
Arterial gipertenziya bilan og’riganda kolaniladigon dori vositalar:
Bisoprolol, Furosemid, Enap- H, Amlodipin,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
Bu dori vositalari arterial gipertenziyasi bor bemorlarda qon bosimini pasaytiradi va
qon tomirlarini kengaytirishda va yurakdan otilib chiqayotgan qonni bir me`yorda ishlashiga
yordam beradi.
Gipertoniya kasalligida parxez ovqatlanish tartibi:
Gipertoniya kasaligida tafsiya etiladigan ovqatlar quyidagilar: Sut va sut mahsulotlari
suzma, smetana, qattiq, tuzi kam pishloqlar qaynatilgan, dimlangan bug’da pishirilgan
ovqatlar yog’siz mol, quyon, tovuq go’shtidan ovqatlar, yog’i kam bo’lgan baliq go’shti
mikroelementlari ko’p bo’lgan meva sabzavotlar iste`mol qilish qora bug`doy unidan
tayyorlangan quritilgan non iste`mol qilish kerak. Arterial gipertoniya bilan kasallanganlarga
shular tavsiya etiladi.
Gipertoniya kasaligida tafsiya etilmidigon ovqatlar;
Harxil sipirtlik ichimliklar ichish va chekish, qovurilgan, tuzlangan, dudlangan,
mahsulotlar tafsiya etilmaydi.
Oldini olish:
Gipertoniyaning birlamchi profilaktikasi:
Normal tana vaznini saqlab turish, tuzni cheklash, chekish va alkogolni istemol qilish,
jismoniy va asabiy zo‘riqishlardan qochish, gipodinamiyaning oldini olish, surunkali
kasalliklarni davolash kiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.01.2022 yildagi PQ-103-sonli qarori
2.
Michael Stimpel Arterielle Hypertonie (1990)
3.
M.S.Abdullxo`jayeva Patalogik anatomiya (2012)
4.
Abdig`affor Gadayev Ichki kasaliklar (2014)