YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
123
MILLIY XALQ O’YINLARINING TA’LIM - TARBIYADAGI AHAMIYATI
Rustamova Kamolaxon Rustamovna
Nizomiy nomidagi TDPU Jismoniy madaniyat yo`nalishi 2-OTM 2 kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11202867
Annоtatsiya:
Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy tarbiya
darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda milliy xalq o’yinlaridan foydalanish hamda uning
ta’lim - tarbiyadagi ahamiyati yuzasidan ko’rsatma va takliflar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
milliy xalq o’yinlari, jismoniy tarbiya, o’quvchi, ѐsh, sport, rivojlanish,
mashg’ulot, natija, sifat.
Abstract.
The article provides guidance and suggestions for secondary school students on the
use of national folk games in physical education classes and extracurricular activities, as well
as its importance in education.
Keywords:
national folk games, physical education, student, age, sports, development,
occupation, result, quality.
Hozirgi kungacha Respublikamizda aksariyat mutaxassislar o’zbek xalq o’yinlariga alohida
tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko’zda tutmaganlar, ѐki yetarli
darajada ahamiyat bermaganlar.
Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va umuman
harakatli o’yinlar ancha yutuqqa ega bo’lar yedi. CHunki har bir o’yinni tasnifini va tavsifini
bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to’g’ri belgilanadi.
Ma’lumki o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatdan har xil jismoniy sifatlarni
rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan. Ayniqsa, xalq o’yinlari Forish
tumanining chekka tog’li joylarida yaxshi saqlanib qolgan edi.
Xalq milliy o’yinlari, jumladan o’zbek milliy o’yinlari barcha xalqelatlar kashfiѐtlari kabi
(musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs, ertak va h.k.) insoniyat tarixining
turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga xos etno- va filoontogenetik
xususiyatlar asosida “ixtiro” qilingan va shakllanib kelgan.
Respublikamizning turli mintaqalarida xalq harakatli o’yinlari aholining turli yosh va
qatlamlari o’rtasida azaldan rivojlanib kelgan
bo’lsada, “oq” va “qizil” imperiyalar davrida ushbu o’yinlarning ommalashuvi nihoyatda
chegaralangan edi.
O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach xalq milliy harakatli o’yinlari millatimiz qadriyatlari
sifatida qayta tiklana boshladi va hozirgi kunda nafaqat xalqimizning eng sevimli
mashg’ulotiga aylandi, balki barcha ta’lim muassasalari o’quv rejalariga to’laqonli fan sifatida
kiritilgan. Ammo, shuni ham ta’kidlash zarurki, xalq milliy harakatli o’yinlarining ilmiyuslubiy
asoslari, ularning psixofunksional mohiyati, jismoniy sifatlar va sport mahoratini
shakllantirishdagi ahamiyati hamda qiymati xali deyarli o’rganilmagan.
Ayni kunda yuqorida muhokama etilgan milliy harakatli o’yinlarning ochilmagan qirralari,
ushbu yo’nalishga oid muammolarni o’rganish va haѐtga tadbiq etish mamlakatimiz jismoniy
tarbiya tizimidagi dolzarb masalalardan biridir.
O’zbek xalq o’yinlari xalqning o’ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi,
tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha jinsiga, ѐshiga,
salomatligiga ko’ra qo’llanilgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
124
O’zbek xalq o’yinlarida kasalliklarni davolash uchun va o’rgatish jaraѐnida keng ko’lamda
foydalanish mumkin. Kasallikni oldini olish uchun qo’llaniladigan o’yinlarni o’yinlar bilan
kasaldan chiqqan odamda qo’llaniladigan o’yinlarni farqini bilish juda zarur. CHunki ularni
jismoniy yuklanishi (nagruzkasi) bir-biridan ajralib turishi darkor. O’rgatish jarayonida esa
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga muvofiq o’yinlar tanlab beriladi.
Yuqoridagilarni nazarda tutib o’zbek xalq o’yinlarini quyidagi toifalarga ajratish mumkin:
harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o’yinlar;
darsni ayrim qismlarida qo’llaniladigan o’yinlar;
turli ѐshdagi bolalar faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar;
bolalar jinsiga qarab qo’llaniladigan o’yinlar;
ruhiy hissiѐtlarni rivojlantiruvchi o’yinlar;
yorug’ va qorong’u sharoitlarda qo’llaniladigan o’yinlar;
haѐtiy zarur malakalarni egallashda ѐrdam beruvchi va takomillashtiruvchi o’yinlar;
sport faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar.
Natijada umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari
mashg’ulotlarda milliy xalq o’yinlaridan foydalanish orqali bolani jismoniy va ma’naviy-
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar:
osilish va osilib chiqish:
“Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, yugurish: “Quvlashmachoq”, “Mokki”; o’tirish, turish:
“Baqa”, “Tovuq va tulkilar”; to’xtash sakrash: “Qarmoqcha”.
Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch: “Tortishmachoq”; tezkorlik: “Kun va tun”;
yepchillik: “To’p uchun kurash”, “Lapta”, “Qirq tosh”; chidamkorlik: “Quvib yet”;
yegiluvchanlik: “Ko’prik va mushuk”.
Darsning yakuniy qismida qo’llaniladigan o’yinlar:
“Kim keldi”, “Kimni ovozi”, “Durra
soldi”, “Daqiqa”, “Momojon ѐrdam bering”.
Sport turiga xos harakat malakalarini shakllantirishda qo’llaniladigan o’yinlar: “Qal’a
himoyasi”, “To’pni qaytar”, “Uzatdingmi o’tir”, “Quvib yet”, “Kun va tun”, “O’ylab top”,
“G’ovvoslar”.
Sog’lomlashtirish maskanlarida o’tkaziladigan o’yinlar:
“Semir pufagim”, “Besh tosh”,
“Keglini urib yiqit”, “Insiz quѐn”.
Qo’shiqlar bilan ijro etiladigan o’yinlar: “Lapkar”, “Tez aytish”, “Guldurgup”, “Oq terakmi, ko’k
terak”.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy tarbiya darslari
va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda milliy xalq o’yinlaridan foydalanish bilan bolaga jismoniy
va ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, organizmni sog’lom va ma’naviy dunѐqarashi
yuksak darajada rivojlanadi.
References:
1.
Raximqulov, K. D. (2012). Milliy harakatli o ‘yinlari.
O ‘quv qo ‘llanma T
.
2.
Xo‘jaev, P., Raximqulov, K. D., & Nigmanov, B. B. (2008). Sport va harakatli o‘yinlar va uni
o ‘qitish metodikasi.
Harakatli o’yinlari) O'quv qo'llanma TDPU T
.
3.
Xo‘jaev, F., Raximqulov, K., & Nigmanov, B. (2010). Harakatli o ‘yinlar va uni o ‘qitish
metodikasi.
O ‘quv qo ‘llanma
.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
125
4.
Рахимкулов, К. Д., & Раджапов, У. Р. (2014). Физическая культура в системе
воспитательной деятельности.
Педагогика и современность
,
1
(1-1), 144-148.
5.
Datkaevich, R. K. (2023). Influence of physical culture on the formation of personal
characteristics and qualities.
American Journal of Technology and Applied Sciences
,
9
, 12-15.
6.
Рустамов, Л. Х. (2013). Источники и этапы развития теории и методики
физического воспитания.
Педагогика и современность
, (3), 69-76.
7.
Maxkamdjanov, K. M., Nurmatov, F. A., Inozemseva, L. A., & Rustamov, L. (2008). Sport
bayramlarini tashkil qilish va o ‘tkazish metodikasi.
Darslik T
.
8.
Рустамов, Л. Х., Утанов, Т. А., & Нигманов, Б. Б. (2015). Назначение и задачи
профессионально-прикладной физической подготовки будущих учителей.
Молодой
ученый
, (11), 1476-1478.
9.
Рустамов, Л. Х. (2013). Физическая культура и ее влияние на организм человека.
In
Актуальные вопросы современной науки
(pp. 99-103).
10.
Рустамов, Л. Х., & Зайниддинов, Т. Б. (2013). Основные средства физической
культуры и классификация упражнений.
Педагогика и современность
, (5), 137-140.
11.
Рустамов, Л. Х. (2021). ЗНАЧЕНИЕ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ АНИМАЦИИ В
ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 200.
12.
Рустамов, Л. Х. (2022). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЕ ГИБКОСТИ У УЧАЩИХСЯ
МЛАДШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ ПО ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЕ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
,
194.
13.
Рустамов, Л. Х. (2022). ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В
МЛАДШИХ КЛАССАХ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 191.
14.
Рустамов, Л. Х., & Набижанов, Ш. М. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ФИЗИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
,
441.