YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
121
O'ZBEK MILLIY MADANIYATINING MASHXUR VAKILI
Xurramova Sevinch Abdusalim qizi
Nizomiy Nomidagi TDPU
Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti talabasi
e-pоchta: xurramovasevinch715@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11202177
Annоtatsiya:
Ushbu maqоlada Abdulla Avloniyning hayot yo’li va qilgan ijodlari haqida
ma’lumotlar yoritiladi.
Kalit sо‘zlar
: Tarjumon, birinchi muallim, ikkinchi muallim, feleton, Mulla Nasriddion.
Abdulla Avloniy (12-iyul, 1878-yil, Toshkent — 25-avgust, 1934-yil, Toshkent) — XIX asr oxiri
XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir,
dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.Avloniy 1878-yil 12-iyulida Toshkentda
Mergancha mahallsida toʻquvchilar oilasida tugʻilgan. Oilasidagi moddiy yetishmovchiliklar
sababli bolaligidan suvoqchilik, gʻisht quyish, pechkachilik, binokorlik, duradgorlik kabi
kasblar bilan shugʻullangan. Bularning ortidan „Imoratchi usta“ degan nom oladi. U tarjimai
holida bu haqida shunday yozgan: "12 yoshimdan Oʻqchi mahallasidagi madrasada dars oʻqiy
boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor boʻlib ishlab, oilamga yordam qilib,
qish kunlari oʻqir edim. 14 yoshimdan boshlab, oʻsha zamonga muvofiq har xil sheʼrlar yoza
boshladim. Bu zamonlarda „Tarjumon“ gazetasini oʻqib, zamondan xabardor boʻldim".
Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqigan (1885—1895). Madrasani bitirib,
maktabdorlik bilan shugʻullandi[3]. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni
kuzatib borgan.
Avloniy XX asr boshida jadidchilik harakatiga qoʻshildi. Toshkentdagi jadidlarning faol
ishtirokchilaridan biri sifatida tanildi. 1906-yildan sheʼrlari bilan matbuotda qatnasha
boshlagan. Arab, fors, rus tillarini oʻrganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini
oʻqigan, baʼzilari (masalan, Lev Tolstoy, Konstantin Ushinskiy asarlari) ni oʻzbek tiliga tarjima
qilgan. 1906-yilda. „Taraqqiy“, 1907-yilda oʻz uyida „Shuhrat“ gazetalarini chiqargan. Bu
gazetalar yopib qoʻyilgach, 1908-yilda yashirin ravishda „Osiyo“ gazetasini nashr etdi. 6-
sonidan soʻng hukumat bu gazetani ham taqiqlab qoʻygan. Avloniy birinchi boʻlib kimyo,
geografiya, fizika va astronomiya fanlarini maktabda oʻqitish taklifini beradi[4]. Ilgʻor
gʻoyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent shahrining Mirobod
mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), oʻzi ona tili va
adabiyotdan dars berdi. 1909-yilda „Jamiyati xayriya“ tuzib, yetim bolalarni oʻqitgan. Shu yili
„Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar“ nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi
juzʼini nashr ettirgan. 1912-yilda Avloniy Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab
ochgan. Bu maktabda dunyoviy fanlar oʻqitilishi bilan maktabxonalardan farq qilgan.
Avloniy yangi maktablar uchun qoʻllanma va oʻqish kitoblar yozib, nashr qildirgan (masalan,
„Birinchi muallim“, 1911; „Ikkinchi muallim“, 1912; „Turkiy guliston yoxud axloq“, 1913; 4
juzd (qism) li „Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar“ toʻplami, 1909—1915; „Maktab gulistoni“,
1915; „Mardikorlar ashuvlasi“, 1917 va boshqalar). Munavvarqori, Muhammadjon
Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy
kabi taraqqiychilar bilan birgalikda „Nashriyot“ (1914), „Maktab“ (1916) shirkatlarini tashkil
etgan. Avloniy xalq ongini oshirish uchun teatr sanʼatidan ham foydalangan. U 1913-yilda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
122
„Turkiston“ nomli teatr truppasini tashkil etishda[3] va uning ishida faol qatnashgan. 1910—
1916-yillarda bir qancha sahna asarlarini tarjima qildi va oʻzi sahnalashtirdi. Avloniyning
sahna asarlari Toshkent, Fargʻona, Andijon, Qoʻqon, Xoʻjand kabi shaharlarda qoʻyilgan. Bu
asarlarda XX asr boshlaridagi Turkiston hayotining keng manzaralari oʻz ifodasini topgan.
Avloniy truppasida Mannon Uygʻur tarbiya topgan; truppa bilan Hamza, Ozarbayjon
dramaturglari Uzayr Hojibekov, Ruhullo hamkorlikda boʻlgan. Oktyabr inqilobidan keyin
xalqqa vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida tushkunlikning paydo
boʻlishiga olib keldi („Xafalik soatda“ sheʼri, 1919).
Avloniy 1917-yilda „Turon“ gazetasini nashr qildi. Gazetasida siyosiy va ijtimoiy voqealar
yoritilgan. 1918-yilda Avloniy „Ishtirokiyun“ gazetasini tashkil etishda qatnashdi va uning
muharriri boʻldi. 1919—1920-yillarda Shoʻro hukumatining Afgʻonistondagi siyosiy vakili va
konsuli. Afgʻoniston xalq taʼlimi vaziri. „Kasabachilik harakati“ jurnali bosh muharriri (1921).
1921-yildan Avloniy maktablar ochish, xalqni savodxon qilish, oʻzbek xotin-qizlarini oʻqitish,
oʻqituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash ishlari bilan shugʻullandi. U 1923—1924-yillarda
Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar) da mudir, 1924—1929-
yillarda Toshkent harbiy maktabida oʻqituvchi, 1930—1934-yillarda Oʻrta Osiyo davlat
universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) da til va adabiyot kafedrasi mudiri,
professori. Shu davrda u oʻzbek maktablarining 7-sinfi uchun „Adabiyot xrestomatiyasi“ tuzib,
nashr ettirdi (1933). .Avloniy 1895-yildan Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli,
Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chigʻaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola,
4000 misradan ortiq sheʼr ijod qilgan. 1927-yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor
boʻlgan. 2020-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi. Avloniy Toshkentda
1934-yil 25-avgustda 56 yoshida vafot etgan va Botkin koʻchasidagi qabristoniga dafn
qilingan. Avloniy qatagʻon qilinmagan, xalq dushmani sifatida qoralanmagan boʻlsa-da, lekin
1966-yilgacha uning ijodi oʻrganilmagan. Oʻlimidan soʻng asarlari chop etilmagan. Uning
ijodini Begali Qosimov tadqiq etgan va „Abdulla Avloniy“ asarini yozgan. 1968-yilda Avloniy
yodgorlik uy-muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Avloniy nomidagi koʻcha, 2 ta mahalla,
madaniyat uyi, miliy-tadqiqot intituti mavjud. 2019-yilda Avloniyning Afgʻonistondagi
missiyalari togʻrisida hikoya qiluvchi „Avloniy“ filmi premyerasi boʻlib oʻtgan. Shoir
Muhammad Ali oʻzining „Boqiy dunyo“ (1979) sheʼriy romanida Abdulla Avloniyni asar
qahramonlaridan biri sifatida tasvirlagan[8]. Toshkentdagi Adiblar xiyobonida Avloniy
haykali oʻrnatilgan.
References:
1.
https://tafakkur.net/
2.
https://jadidlar.uz/
3.
https://uzpedia.uz/
4.
https://arboblar.uz/
5.Avloniy. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
5.
N. Toʻxliyev va boshqalar. Toshkent ensiklopediyasi. Toshkent: „Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti, 2009 — 784 bet.
6.
Oltinbek Olim. Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Avloniy. „Zabarjad media“, 2022
— 432 bet.