YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
118
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING TASHKILIY-
HUQUQIY ASOSLARI
G‘aniyev Ruslanbek Rustambek o‘g‘li
Andijon mashinasozlik inistituti Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11202148
Annotatsiya:
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bo’lgan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etib
kelmoqda. Ushbu maqolada
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-
huquqiy asoslari hamda malakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar
: kichik biznes, tadbirkorlik, kichik korxona, daromad, talab, taklif.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlarni
yaratish jamiyatda samarali bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkdorlar sinfini qo’llab-
quvvatlash va fuqarolik jamiyatining yangi demokratik institutlarini barpo etishning muhim
shartidir. Bu muhim vazifa bo’lib, uni hal etishning butun murakkabligi har bir davlatning
o’ziga xosligidan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va
rivojlantirishga noan’anaviy, nostandart yondashuvni taqozo etadi. Kichik biznes faoliyati
bilan shu g’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital
mablaglarsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud
tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-
yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekiston Respublikasining O‘RQ-821-son «Mulk
to’g’risida», O‘RQ-328-son «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi
qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti sharoitida
sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib
bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot
texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta’minlovchi tizimning asosiy bog’lovchilik
sifatini namoyon etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bolgan mulkdorlar sinfini, ya’ni
o’rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik resurslardan foyda olish maqsadida yanada samarali
foydalanishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatning muhim turi hisoblanadi. Bu jarayon
quyidagicha izohlanadi:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik deganda shaxslarning tavakkalchilikka oid javobgarlik
bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati tushuniladi;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik resurslardan yanada oqilona foydalanishga
yo‘naltiriladi, bu esa cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladi;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qo‘shimcha daromad va foyda keltirsagina oqlanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni barpo etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining
ahamiyati katta bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish turli subyektlar yordamida amalga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
119
oshiriladi. Subyektlarni tashkil etish aholining talab va taklifiga asosan, har xil tadbirkorlik
shakllarida amalga oshiriladi. Tarbirkorlik faoliyatini yuritishning muhim 4 asosi mavjud:
1. Tadbirkorning ijtimoiy ishlab chiqarish asosi - insoniyatning mavjud bo’lishi uchun eng
oddiy va eng asosiy hayotiy ne’matlar yaratib berishdir.
2. Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari - korxonani tashkil etish, korxonaning tashkiliy
tuzilmasi, bo’lim, bo’g’in, guruhlaming tizimli bog’lanishi, faoliyatni bir ishlab chiqarish
obyekti sifatida tuzilishidir.
3.Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari - tadbirkor o’z faoliyatini yuritish, korxonalar
ochish, mahsulotni yetishtirib iste’molchiga yetkazib berish jarayonida qo’llaniladigan va
qonunchilik idoralari tomonidan ishlab chiqilgan qonuniy hujjatlardan foydalanish
tushuniladi.
4. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy asoslariga - tadbirkor tomonidan yaratiladigan moddiy
boyliklarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan moddiy, moliyaviy, mehnat va ijtimoiy
resurslardan samarali foydalanish tushuniladi.
Yangi O’zbekistonda jadallik bilan o’sayotgan iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk
ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur.
O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi
ish o’rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo’lgan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda
ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ularni muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu
jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro’yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga
qisqartirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish
mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashuvini keskin
kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli
ravishda kengaytirish bo’yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar
va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga
uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’layotgan, shuningdek, ishlab
chiqarishning barqaror o’sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik
subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o’tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa,
ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi
takomillashtirildi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Mamlakatimizda aholi bandligi muammosini hal etish, bozor
to’kinligini ta’minlash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini hisobga
olgan holda kichik biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha sohalar
qatori ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash, sanoatni
modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash zarur.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
120
References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil
etish to’g’risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarori.
2.
Бахром.Х. БИЗНЕСНИ РЕЖАЛАШТИРИШ ТАРТИБЛАРИ //PEDAGOGS jurnali. –2022. –
Т. 12. –No. 2. –С. 139-142.
3.
Baltaboyeva G.R, Ergashev E.I va boshqalar. O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni
shakllantirish muammolari va yechimlari. –T:“Iqtisod –moliya” nashriyoti,2015-
yil6.www.ziyonet.uz,