Авторы

  • Xasan Xoljigitov
    Buxoro Innovatsiyalar universitetining Psixologiya faoliyat turlari bo‘yicha 2-bosqich talabasi, Fakultet yoshlar yetakchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87266

Ключевые слова:

Chet tili o‘quvchi qiziqish psixologik yondashish o‘rganish zamonaviy ta’lim.

Аннотация

Maqolada chet tillarini o‘rganishda kichik maktab yoshi davridagi bolalarda uchraydigan psixologik muammolar, ularni bartaraf qilish va chet tilini oson o‘rgatish usullari hamda kichik maktab yoshidagi bolalarni chet tillariga qiziqtirish to‘g‘risida bir qator foydali tavsiyalar berib o‘tilgan. Hozirgi kunning dolzarb mavzusi bo‘lishga ulgurgan zamonaviy va ta’lim va uning sohalari bo‘yicha ham qisqacha bayonot qilingan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

107

CHET TILLARINI O‘RGANISH JARAYONIDA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI

O‘QUVCHILARINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING

AHAMIYATI

Xoljigitov Xasan Baxodirovich

Buxoro Innovatsiyalar universitetining

Psixologiya faoliyat turlari bo‘yicha

2-bosqich talabasi, Fakultet yoshlar yetakchisi.

+99894 729 5995

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198539

Annotatsiya:

Maqolada chet tillarini o‘rganishda kichik maktab yoshi davridagi bolalarda

uchraydigan psixologik muammolar, ularni bartaraf qilish va chet tilini oson o‘rgatish usullari
hamda kichik maktab yoshidagi bolalarni chet tillariga qiziqtirish to‘g‘risida bir qator foydali
tavsiyalar berib o‘tilgan. Hozirgi kunning dolzarb mavzusi bo‘lishga ulgurgan zamonaviy va
ta’lim va uning sohalari bo‘yicha ham qisqacha bayonot qilingan.

Kalit so‘zlar:

Chet tili, o‘quvchi, qiziqish, psixologik yondashish, o‘rganish, zamonaviy ta’lim.


Hozirda kichik maktab yoshidagi o‘quchilarga sifatli ta’lim olishi uchun katta e’tibor
qaratilmoqda. Ayniqsa chet tillarni o‘rganish bo‘yicha bir qancha imkoniyatlar yaratildi.
Muhtaram Prezidentimiz

Sh.M.Mirziyoyev

bunga katta e’tibor qaratmoqda va

“PQ 1875 Chet

tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

qaror

ham tasdiqlandi.
Bundan tashqari, til o’rganish uchun

“Ibrat farzandlari”

loyihasi amalga oshirilgan bu bizga

bepul chet tillarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Shunday imkoniyatlar yaratilsa ham lekin, til
o‘rganish va o‘rgatish mobaynida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bir qancha
muammolarga duch kelmoqdamiz. Ayniqsa, psixologik individual xususiyatlarini aytishimiz
mumkin, mening fikrimcha kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish
davomida asosan psixologik xususiyatlarga ham e’tibor berishimiz kerak.

Kichik maktab yoshidagi bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib ular
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Bu vaqt oralig’ida bolaning hayoti va faoliyatida
muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Har qanday bola alohida shaxs individ hisoblanadi, tabiiyki
ulardagi rivojlanish bosqichlari ham bir biridan keskin farq qiladi. Psixologlarning fikricha
bolani erta yoshdan gapirishga majbur qilish yoki uni tengdoshlariga qiyoslab rivojlantirishga
harakat qilish ko‘p hollarda aks ta’sirini beradi va yaxshi bo‘lmagan natijalarga olib keladi.
Bundan tashqari, bolalar uzoq muddat davomida o‘z diqqatlarini bir turdagi faoliyatga qarata
olmasliklarini yodda tutish zarur. Barchamizga tanish bir yod g‘oya bor bu ham bo‘lsa, ota-ona
o‘z farzandini har tomonlama yetuk bo‘lishini istashidir va o‘z farzandlariga psixologik hamda
fiziologik tayyorligini hisobga olmasdan unga bir qancha fanlardan yuklamalar berishga yoki
sport mashg’ulotlariga jalb qilishga harakat qiladi. Bundan kichik maktab yoshidagi bolalar
charchashi yoki shug‘ullanayotgan mashg‘ulotidan samaradorlik bo‘lmasligi mumkin. Negaki,
ularning tabiati bu paytlarda o‘yinqaroq va shaddod bo‘ladi.
Ingliz tilini o‘rganishda psixik jarayonlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bulardan

birinchisi

, bu

idrok tevarak-atrofdagi olam hodisalarini sezgilar yordamida bilish jarayoni. Idrok etish
jarayoni axborotni tahlil qilish va qayta ishlashni ta’minlaydi. Tadqiqotlar mobaynida 1 va 2-


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

108

sinf o‘quvchilarining chet tilini o‘rganish davomida idrok etish jarayoni boshqa sinflarga
qaraganda kuchsizroqligini ko’rsatdi.

Ikkinchisi

va eng asosiysi bu diqqatdir. Diqqatning 3 ta turi mavjud bo‘lib ixtiyoriy, ixtiyorsiz

va ixtiyordan keyingi diqqatdir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz
diqqat bo‘lib, ularda ixtiyoriy diqqat juda zaif b o‘lishini tadqiqotlar mobaynida yaqqol guvohi
bo‘ldik. Til o‘rganish jarayonida diqqatning o‘rni katta. Chunki, o‘quvchilar o‘qituvchining
tushuntirishiga e’tibor qaratmasa mavzu haqida tushunishida muammolarga duch kelishi
mumkin, bundan tashqari chet tillarini o‘rganish vaqtida ko’proq diqqat talab etiladi.

Uchinchisi

bu xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish

va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayondir. Maktab davrdagi o‘quvchilarda
ko‘rgazmali-obrazli xotira rivojlangan bo‘lib chet tillarni o‘rganish jarayonida bu xotira
muhimligiga amin bo‘ldik.
O‘qituvchilar chet tillarini o‘rgatish davomida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning
psixologik xususiyatlariga katta e’tibor berilishi kerak. Negaki, har bir o’quvchining psixologik
xususiyati turlicha bo‘ladi va bunga alohida vaqt ajratishi kerakligini ham ko‘rib chiqdildi.
O‘qituvchilarning chet tilini o‘rgatish jarayonida ba’zi o‘quvchilar tez tushunadi chet tili
mavzularini lekin ba’zilarida esa bu vaziyatning teskarisi bo‘lishi mumkin. Bunday kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarga alohida e’tibor va vaqt ajratish kerak. Yana bir muhim
muammo bor,bu ham bo‘lsa chet tilini o‘rgatishda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni
diqqatini darsga jalb qilish judayam qiyin. O‘rta sinf o‘quvchilari uchun ba’zi mavzular juda
murakkablik qiladi.bunday yishdagi o‘quvchilarni qiyinchilik va murajjablik bilan o‘qitish
ularga nisbatan bo‘lgan psixologik bosim bo‘lib qolishi ham ajab emas. Darslar qiziqarli va oson
bo‘lishi uchun ko‘plab metodlar va ko‘rgazmali o‘yinlar ham mavjud.Biroq,darsdan so‘ng
berilaigan uyga vazifalar ham biroz qiyinlik qilishi tabiiy hol.Chunki,o‘quvchining uyida ota-
onasi ingliz tilini bilmasligi ham bizga qorong’u emas.
Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra ingliz tili fanini
o‘zlashtirish bolaning psixologik individual xususiyatlariga jambarchast bog’liq ekan. Ingliz
tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har bir
o‘quvchi uchun individual mashg’ulot tayyorlashimiz kerak. Chunki bolalarning o’zlashtirish
jarayoni bolaning individual psixologik xususiyatlariga bog’liq ekanligini tepada bir qancha
misollar bilan keltirib o‘tdik. Masalan: xolerik tipidagi bolalarning qabul qilishi tez bo‘lganligi
uchun unga beriladigan ma’lumotlarning interaktivligi va tezkorligi bilan melanxolik tipidagi
boladan keskin farq qiladi. Melanxolik tipidagi bolalarning qabul qilishi sust bo‘lganligi uchun
ularga ingliz tilini o‘rgatish jarayonida ularning nerv sistemasi bo‘sh bo‘lganligi uchun
berilayotgan ma’lumotlarni qayta takrorlash har bir ingliz tilidagi so‘zlarimizga urg’u berish va
uning tushunganligini bilish uchun bunday bolalarga individual yondashib, ular uchun ingliz
tilidan maxsus dars tizimini yaratish kerak.

References:

1.

E.G‘oziyev “Umumiy psixologiya”

2.

SH.A.Do‘stmuhammedova, Z.T.Nishonova,S.X.Jalilova, SH.K.Karimova ,SH.T.Alimbaeva

Toshkent-2013
3.

Djuraeva, S. N. (2018). Specifity and Features of Application Modern Innovative

Technologies Training to Higher Education. Eastern European Scientific Journal, 4, 136-139


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

4.

Rashidov, A. A., & Jo‘raeva, S. N. (2021). Chet TILIDA NUTQNI TINGLAB Tushunishdagi

qiyinchiklar. HARBIY YETAKCHINING SHAKLLANISHIDA XORIJIY TILLARNI BILISHNING ROLI”
mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 10-12
5.

D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). - T.: «Barkamol fayz

media», 2018,
6.

K.Risqulova “Chet tillarini o’rgatish mobaynida psixologik omillar” dessertatsiyasi.

Библиографические ссылки

E.G‘oziyev “Umumiy psixologiya”

SH.A.Do‘stmuhammedova, Z.T.Nishonova,S.X.Jalilova, SH.K.Karimova ,SH.T.Alimbaeva Toshkent-2013

Djuraeva, S. N. (2018). Specifity and Features of Application Modern Innovative Technologies Training to Higher Education. Eastern European Scientific Journal, 4, 136-139

Rashidov, A. A., & Jo‘raeva, S. N. (2021). Chet TILIDA NUTQNI TINGLAB Tushunishdagi qiyinchiklar. HARBIY YETAKCHINING SHAKLLANISHIDA XORIJIY TILLARNI BILISHNING ROLI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 10-12

D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). - T.: «Barkamol fayz media», 2018,

K.Risqulova “Chet tillarini o’rgatish mobaynida psixologik omillar” dessertatsiyasi.