Авторы

  • Nishona Murotova
    Samarqand davlat universiteti Katta qo‘rg‘on filiali pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti sport faoliyati kurash yo‘nalishi 21_15 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87272

Ключевые слова:

Murabbiy kurashchi sport psixologik pedagogik musobaqa faoliyat tayyorgarlik.

Аннотация

Ushbu maqola kurashda kurashchi o‘qituvchi murabbiyning pedagogik va psixologik xususiyatlari xaqida .


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

KURASHCHI O‘QITUVCHI MURABBIYNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Murotova Nishona

Samarqand davlat universiteti

Katta qo‘rg‘on filiali pedagogika va tillarni

o‘qitish fakulteti sport faoliyati kurash

yo‘nalishi 21_15 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11191050

Annotatsiya:

Ushbu maqola kurashda kurashchi o‘qituvchi murabbiyning pedagogik va

psixologik xususiyatlari xaqida .

Kalit so‘zlar:

Murabbiy, kurashchi, sport psixologik, pedagogik,musobaqa, faoliyat,

tayyorgarlik.

Bugungi kunda dunyoning 5 qit’asidagi 70 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Kanada,
Boliviya, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Turkiya, Hindiston,
Shri-Lanka, Eron, YAponiyada Kurashning minglab ixlosmandlari bor. Hatto O‘zbekiston
uchun “g‘aroyib” sanalgan Dominikan Respublikasi, Paragvay, Ekvador, Zambiya, Nigeriya,
Mavrikiya kabi davlatlar zo‘r qiziqish va ishtiyoq bilan kurash usullarini o‘rganishga harakat
qilishmoqda.
Sport kurashi murabbiyining kasb-pedagogik faoliyati ko‘p qirralidir. U bir qator
majburiyatlarning bajarilishini o‘z ichiga oladi. Ular orasida quyidagilarni ajratish lozim:
o‘quv-tabiyaviy ishlar, kurashchilarning trenirovka va musobaqa faoliyatini boshqarish,
sportga layokatli va iqtidorli bolalar orasidan saralash, ilmiy-usuliy ishda qatnashish,
musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish, trenirovkalar hamda musobaqalarni moddiy-texnik
ta’minlash, shaxsiy kasb mahoratini oshirish.
Murabbiyning o‘quv-tarbiyaviy vazifasi eng muhimlardan biri hisoblanadi. U
shug‘ullanuvchilarni sport kurashining texnik-taktik harakatlariga o‘rgatish, jismoniy va
ahloqiy-iroda sifatlarini rivojlantirish, har tomonlama rivojlangan insonni shakllantirish
malakasidan iborat.
O‘qitish vazifasi murabbiyning texnik harakatlarni namunadek ko‘rsatib berish, mashqni
qisqa va oson tushuntirish, texnikadagi xatolar hamda uning yuzaga kelish sabablarini
aniqlash, kuzatish uchun to‘g‘ri joy tanlash, bajarilayotgan mashq texnikasini o‘quvchi bilan
tahlil qilish, usul uchun tayyorgarlik harakatlarini, usul va yakunlovchi harakatni bajarishda
mumkin bo‘lgan ushlashlarni tanlash malakasini o‘z ichiga oladi.
Murabbiy jismoniy va ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalashda usuliy yondashishlarni
tabaqalash, Murabbiyiovka nagruzka-larini me’yorlash, shug‘ullanuvchilarning alohida
xususiyatlariga qarab, tegishli vositalar hamda usullarni tanlashni bilishi zarur.
Murabbiy sportchilar tayyorgarligini maqsadli boshqarish uchun quyidagilarni bilishi lozim:
sportchilar, shuningdek ular yashaydigan, trenirovka qiladigan va musobaqalashadigan muhit
to‘g‘risida axborot to‘plash hamda uni tahlil qilish; sportchilar tayyorgarligi strategiyasi
to‘g‘risida qaror chiqarish; ularning tayyorgarlik rejalari va dasturlarini tuzish; sportchilar
tayyorgarligi dasturi hamda rejasini amalda ro‘yobga chiqarish; buning uchun tuzilgan dastur
va rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish; zarur hollarda trenirovka jarayoniga
o‘zgartirishlar kiritish.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

Kurashchilar tayyorgarligi dasturlari va rejalarining mu-vaffaqiyatli amalga oshirilishi
Murabbiyning trenirovka mashg‘uloti, ish kuni, mikro-, mezo- va makrosikllar davomida
trenirovka jarayonini oqilona tuzishni amalga oshira olgandagina, shuningdek pedagogik,
tibbiy-biologik va psixologik vositalar hamda uslublardan iborat tiklanish tadbirlar to‘g‘ri
foydalanilgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.
Musobaqa faoliyatini boshqarish oldinda turgan musobaqa bellashuvlari rejasini ishlab
chiqish hamda uni amalga oshirishni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Murabbiy oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqishda o‘quvchisining raqib ustidan
g‘alaba qozonishi uchun eng samarali taktik harakatlarni aniqlash maqsadida raqib to‘g‘risida
axborotga ega bo‘lishi lozim. Musobaqa faoliyatini nazorat qilish va uni keyinchalik tahlil etish
u yoki bu sportchi tayyorgarligidagi kuchli hamda bo‘sh tomonlarni aniqlashga yordam
beradi.
Bellashuv davomida kurashchilar musobaqa faoliyatini boshqarish malakasi turli texnik-
taktik vaziyatlarni kuzatish hamda tahlil qilish, shuningdek muayyan ko‘rsatmalar shaklida
zarur qarorlarni chiqarish malakasidan hosil bo‘ladi.
Kurashchilar tayyorgarligining ko‘p qirrali tizimida saralash vazifasi muhim ahamiyatga ega.
U Murabbiyning bilimlari va pedagogik tajribasi asosida yosh hamda yuqori malakali
sportchilar uchun turli holdagi saralash mezonlaridan foydalanib, eng iqtidorli sportchilarni
aniqlash malakasi bilan ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassis o‘z kasb darajasini
muntazam oshirib borishi lozim. Buning uchun u ilmiy-usuliy ish olib borish malakasiga ega
bo‘lishi, tadqiqot vazifalarini oldinga qo‘yishni bilishi, tegishli tadqiqot-usullari hamda
uslublarini tanlay olishi, olingan ma’lumotlarni tahlil qila olishi lozim.
Murabbiy o‘z amaliy faoliyatida turli musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazishni bilishi zarur.
Buning uchun u kurash turi qoidalarini bilishi, hakamlik vazifalarini bajara olishi va
musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlay olishi lozim.
Trenirovka jarayonini yuqori darajada tuzish uchun Murabbiyning sport zalini moddiy-texnik
jihozlash, kurash zallari va tiklanish markazini asbob-anjomlar bilan jihoz-lash malakasi katta
ahamiyatga ega.
Murabbiyning ko‘p qirrali kasb faoliyati jarayonida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning samarali
amalga oshirilishi uning o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati va sadoqati, o‘z mutaxassisligini
mukammal darajada bilishi, pedagogik qobiliyatlar hamda yuksak shaxs sifatlari darajasi bilan
aniqlanadi.
Psixologik tayyorgarlik deganda psixologik-pedagogik tadbirlar va sportchilar faoliyati hamda
hayotiga muvofiq sharoitlar yig‘indisi tushuniladi.
Ular kurashchilarda trenirovka va musobaqada qatnashish vazifalarini muvaffaqiyatli hal
etishni ta’minlaydigan psixologik funksiyalar, jarayonlar, holatlar va shaxs xususiyatlarini
shakllantirishga qaratilgan.
Kurashchining “psixologik tayyorgarligi” tushunchasi ikkita tushunchani o‘z ichiga oladi:
umumiy psixologik tayyorgarlik va muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlik.
Umumiy psixologik tvyyorgarlik butun sport takomillashuvi jarayoni davomida jismoniy,
texnik va taktik tayyorgarlik bilan olib boriladi. Uning yordamida quyidagi o‘ziga xos vazifalar
hal etiladi:
1. Kurashchining ahloqiy sifatlarini tarbiyalash.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

84

2. Sport jamoasi va jamoadagi psixologik muhitni shakllantirish.
3. Iroda sifatlarini tarbiyalash.
4. Ilg‘ab olish jarayonlarini rivojlantirish, xususan, “raqibni his qilish”, “vaqt va makonni his
qilish” kabi ilg‘ashning maxsus turlarini takomillashtirish va h.k.
5. Diqqatni, uning mustahkamligi, jamlanishi, taqsimlanishi hamda biridan ikkinchisiga
o‘tishini rivojlantirish.
6. Taktik fikrlashni rivojlantirish.
7. O‘z hayajonlarini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish.
Kurashchini tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va texnik-taktik harakatlarni
takomillashtirish bilan yonma-yon shaxs xususiyatlari hamda shaxsiy sifatlarning
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish juda muhimdir. Sportchini o‘z ustida ishlashga, madaniyati va
tafakkurini oshirishga muntazam yo‘naltirib turishi lozim. Trenirovka jarayoni davomida va
musobakalarda shaxsiy sifatlarni shakllantirishga izchil ta’sir ko‘rsatib, jamoa yordamida
salbiy holatlarni to‘g‘ri bartaraf etib borish zarur.
Sport jamoasini shakllantirish. Jamoa orasida yashash yuksak hissiyoti, do‘stona
munosabatlar, kurashchilarning birdamligi - trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalardagi
yaxshi psixologik iqlim uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi.
Iroda sifatlarini tarbiyalash. Sportchining iroda sifatlari quyidagi paytlarda, ya’ni iroda
harakatlarining maksad va sabablari sportchining dunyoqarashi, qat’iy e’tiqodlari hamda
ahloqiy ko‘rsatmalari bilan aniklanganida namoyon bo‘ladi. Katta iroda talab qilinadigan o‘ta
og‘ir mashqlar iroda sifatlarini maqsadli tarbiyalashga yordam beradi. Bunda mashklarni
bajarishga bir maqsadni ko‘zlab yo‘naltirish muhimdir.
Jasurlik va qat’iyatlilikni tarbiyalash uchun mashqlarni bajarish paytida ma’lum darajadagi
tavakkalchilik va qo‘rquv hissini yengib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan mashklardan foydalanish
zarur.
Maqsadga yo‘nalganlik va qat’iyatlilik kurashchilarda trenirovka jarayoni, kurash texnikasi va
taktikasini egallash muhimligi, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga ongli munosabatda
bo‘lishni shakllantirish orqali tarbiyalanadi.
O‘z sport faoliyatiga qiziqish uyg‘otish maqsadida, trenirovka jarayonida yuqori darajada
murakkab bo‘lgan emosional mashqlarni qo‘llash hamda ularni nazorat qilish foydalidir.
Chmdash va o‘zini tuta bilish – kurashchining o‘ta muhim sifati hisoblanib, bellashuvdan oldin
va, ayniqsa, bellashuv jarayonida salbiy emosional holatlarni (o‘ta qo‘zg‘oluvchanlik va
jahldorlik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, tushkunlikni) yengib o‘tishda namoyon bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda bu sifatlarni tarbiyalash uchun kuchli toliqishni yuzaga keltiruvchi va og‘riq
beruvchi mashklar kiritiladi. Trenirovkalarda vaziyat to‘satdan o‘zgaradigan murakaab
holatlar modellashtiriladi va ularda shunga erishish lozimki, kurashchi shunday sharoitlarda
o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, salbiy hayajonlarini jilovlab o‘z harakatlarini boshqara bilishi
kerak.
Tashabbuskorlik va intizomlilik trenirovka hamda musobaqa faoliyatidagi ijodiy ishda va
faollikda namoyon bo‘ladi. Tashabbuskorlik o‘quv-trenirovka bellashuvlarida murakkab
texnik-taktik harakatlarni amalga oshirish yo‘li orqali tarbiyalanadi. Bunda kurashchilarga
maqsadga erishish uchun andozadan holi hamda kutilmagan harakatlarni qo‘llagan holda
mustaqil qaror chiqarish taklif etiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

85

Intizom o‘z majburiyatlarini bajarishga bo‘lgan vijdonan munosabatda, tartiblilik hamda
ijrochilik sifatlarida aks etadi.
Ilg‘ash jarayonlarini rivojlantirish. Kurash bellashuvining har qanday vaziyatlarida harakat
qila olish malakasi kurashchining eng muhim sifati hisoblanadi. U ko‘p jihatdan raqib
harakatlarini vaqt va makonda to‘g‘ri ilg‘ab olishga bog‘liq. Buning asosida nozik mushak-
harakat sezgilari va harakat koordinasiyasi yotadi.
Diqqatni rivojlantirish. Kurashchining texnik-taktik harakatlari samaradorligi ko‘p jihatdan
diqqatning rivojlanganligi: uning hajmi, shiddati, mustahkamligi, taqsimlanishi va biridan
ikkinchisiga o‘tishi bilan belgilanadi. Kurashchi raqibning murakkab va tez o‘zgaruvchan
harakatlarida ko‘p sonli turli texnik-taktik harakatlarni ilg‘ab oladi. Diqqatning bu xususiyati
uning xajmi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga kurashchi eng asosiy qismlarga diqqatni
jamlashni o‘rganishi lozim. Bu diqqatning shiddatiga taalluqlidir, har xil chalg‘itishlar va
aldamchi omillar ta’siriga qarshi turish malakasi diqqatning mustahkamligidan dalolat beradi.
Biroq, kurashda diqqatning eng muhim xususiyatlaridan biri uning taqsimlanishi va biridan
ikkinchisiga o‘tishi, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta obyektlarni (qo‘llar, oyoqlar, gavda
harakatlari, raqibning joy o‘zgartirish tezligi va h.k.) nazorat qilish hamda diqqatni tez biridan
ikkinchisiga o‘zgartirish qobiliyati hisoblanadi.
Taktik fikrlashni rivojlantirish. Taktik fikrlash – bu kurashchining raqib bilan oqilona
kurashish yo‘lini topishga qaratilgan fikrlash jarayonlarining tez maksadga ko‘chishidir.
Taktik fikrlash musobaqa faoliyatining ijodiy xususiyatini belgilaydi va turli murakkab
holatlarni modellashtiruvchi musobaka mashqlari yordamida, shuningdek o‘quv-trenirovka
bellashuvlarida rivojlantiriladi. Bunda raqibning taktik o‘ylanmalarini topish, uning
ehtimoldagi harakatlarini oldindan ko‘zlay bilish malakasiga murakkab vaziyatda o‘zini
o‘nglash, asosiy vaziyatlarni ajratib, ularni tez va to‘g‘ri baholash malakasiga kurashchining
diqqati qaratiladi. Yuqori malakali kurashchi tez sur’atda oqilona yechimlarni topishi va
muayyan musobaqa vaziyati uchun eng samarali texnik-taktik harakatlarni qo‘llashni bilishi
lozim.
O‘z hayajonlirini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish. Sportchilarning o‘z hayajonli
holatlarini boshqara olish malakasi ko‘p jihatdan ular sport mahoratining oshishishga yordam
beradi. Trenirovka yoki musobaqaning ayrim vaziyatlari, lahzalariga pozitiv va salbiy
munosabatda bo‘lish hayajonlar bilan birga kechadi. Ular sportchining subyektiv va obyektiv
qiyinchiliklarni yengib o‘tishini yengillashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Hayajonli holatlar
shiddati musobakalar ahamiyatiga va mas’uliyatiga bog‘liq.
Oldinda turgan musobaqaga psixologik tayyorgarlik umumiy psixologik tayyorgarlik asosida
tashkil qilinadi va u quyidagi aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan:
1) kurashchilarning oldinda turgan musobaqalar ahamiyatini anglashi;
2) oldinda turgan musobaqalar sharoitlari (o‘tkazish vaqti, joyi) xususiyatlarini o‘rganish;
3) raqibning kuchli va bo‘sh tomonlarini o‘rganish, ularni xamda o‘zining hozirgi paytdagi
imkoniyatlarini hisobga olgan holda musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish;
4) oldinda turgan musobaqalarda g‘alabaga erishish uchun o‘z kuchi va imkoniyatlariga qattiq
ishonishni shakllantirish;
5) oldinda turgan musobaqalar tufayli yuzaga kelgan salbiy hayajonlarni yengib o‘tish va tetik
emosional holatni yaratish.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

86

Birinchi to‘rtta vazifalar raqib to‘g‘risida turli, mumkin qadar to‘liq ma’lumotni to‘plash
hamda ishlab chiqish asosida Murabbiy tomonidan hal etiladi.
Raqib to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlarni o‘rganib chiqib va uning imkoniyatlarini o‘z
sportchisi imkoniyatlari bilan solishtirib, Murabbiy oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab
chiqadi. Uni amalga oshirish o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarida modellashtiriladi hamda
batafsil aniqlanadi.
Beshinchi vazifani hal etish uchun quyidagi uslubiy usullardan foydalanish mumkin:
– o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini ma’qullash yordamida sportchi tomonidan salbiy
hayajonlarni ongli ravishda bostirish ;
– kurashchilarning alohida xususiyatlari va ularning emosional xolatiga qarab, badan
qizdirish mashqlari vositalari hamda uslublaridan maqsadli foydalanish;
– autogen va psixologik boshqarish trenirovkasi vositlari hamda uslublaridan foydalanish;
Texnik-tatitk mahoratni takomillashtirish psixologik tayyorgarlik bilan ajralmasdir.
Kurashchining taktik harakati ishonchliligi uning emosional qobig‘i va bilish jarayonlari
darajasi bilan ta’minlanadi.Texnik-taktik harakatlarga o‘rgatish taktik fikrlash, koordinasiya,
tezkorlik, proprioseptiv sezuvchanlikni rivojlantiradi.
Taktik qaror - bu kurashchining fikrlash faoliyati mahsulidir. Kurashchi taktik holat
obrazlarini ishlatadi hamda “kelishilgan” va “kelishilmagan” tamoyili bo‘yicha qaror qabul
qiladi. Psixologik tayyorgarlik umumiy tayyorgarlik tizimida asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jismoniy tayyorgarlik o‘z navbatida takomillashuvning o‘ziga xos poydevori, texnik-taktik
tayyorgarlik sportchining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini amalga oshirish vositasi
hisoblanadi.
Tanlashni bilish hamda qabul qilingan qarorni bajarish tezligi kurashchi psixologik
tayyorgarligining eng muhim tomoni hisoblanadi.
Psixologik tayyorgarlikda sport bellashuvining turli vaziyatlarida kurashchining to‘g‘ri bir
qarorga kela olish qobiliyatini hisobga olish lozim.
Bunday harakatlarni to‘rt xil varianti mavjud va ular bir-biridan farqlanadi.
Birinchi tip – hatti-harakatning qat’iy dasturi bo‘yicha harakatlar: bunda sportchi o‘z raqibini
u muayyan bir usulni bajarayotgan vaqtida “qo‘lga tushirish”ni oldindan mo‘ljallab qo‘yadi.
Buning uchun u xuddi o‘sha paytning kelishini poylab turadi hamda hujumga o‘tish uchun
tug‘ilgan imkoniyatlarning boshqa variantlarini tan olmay turadi.
Ikkinchi tipdagi sportchilarda dastlabki “model” sifatida bir nechta “oldindan tayyorlangan”
taktik harakatlar mavjud bo‘ladi. Hujumga o‘tish, odatda, “yoki-yoki” tamoyiliga asosan
amalga oshiriladi.
Uchinchi tipdagi sportchilarning hatti-harakatlari ancha mulohazali bo‘ladi: ular hal qiluvchi
yo‘lni oldindan o‘ylab qo‘ymaydilar va yuzaga kelgan vaziyatga, raqib harakatlariga qarab ish
tutadilar.
To‘rtinchi tipdagi kurashchilarni raqib harakatlariga bog‘lanib qolmaslik hamda uning hal
etuvchi hujum harakatlari uchun tayyorlangan paytdan tanaffussiz, darhol foydalanib qolish
maqsadida o‘sha dinamik vaziyatni tayyorlaydigan, ya’ni hujum qilish uchun qulay vaziyatni
oldindan amalga oshiradigan harakatlarga o‘rgatish zarur bo‘ladi.
Shunday qilib, kurashchilarda harakatlarni faollashtirishga qaratilgan psixologik yo‘nalishni
tarbiyalash zarur. Bu ish hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yuzaga keltirish hamda
bu vaziyatdan ustunlikka va g‘alabaga erishish uchun foydalanish maqsadida amalga


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

87

oshiriladi. Bellashuv davomida yuzaga keladigan qulay dinamik vaziyatlarni bilish va texnik
harakatlarni hamda hujumlarni o‘z vaqtida bajarishga tayyor turish psixologik yo‘nalishning
faqat bir tomonini aks ettiradi, xolos. Yuqori malakali zamonaviy kurashchini tarbiyalash
uchun qulay dinamik vaziyatni tayyorlashga va undan foydalanishga psixologik yo‘naltirish
yaxshi jismoniy hamda texnik tayyorgarlikka tayanish lozim, ya’ni kurashchi butun bellashuv
mobaynida to‘xtovsiz faol harakatlarga tayyor turishi zarur.
Sportchining oldinda turgan bellashuvni yuqori darajada emosional kayfiyatda, raqibining
kuchli va zaif tomonlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ruhlana olish
qobiliyati g‘alaba qozonish uchun katta ahamiyatga ega. Katta ko‘tarinki ruh yordamidagina
kuchni maksimal ravishda rivojlantirish mumkin.
Sport musobaqalaridagi kuchayib borayotgan raqobatlashish sportchilarning nafaqat
jismoniy va texnik tayyorgarligiga, balki mas’uliyatli musobaqalar sharoitlarida o‘zlarining
emosional holatini boshqara olishiga ham katta talablar qo‘yadi.
Chempionatdagi keskin vaziyat salbiy hayajonlar, musobaqa davomida vujudga keladigan
ko‘pgina obyektiv va subyektiv to‘siqlar ba’zi yosh kurashchilar uchun texnik-taktik
mahoratni muhim darajada pasaytiruvchi kuchli omilga aylanishi mumkin.
Maxsus tadqiqotlar kurashchilarning musobaqa arafasida va kunidagi emosional
hayajonlanish darajasi, musobaqalardagi emosional zo‘riqishining (qur’a tashlash natijasi,
raqib bilan bo‘ladigan birinchi bellashuvni kutish va boshq.) o‘zgarishini kuzatishga imkon
berdi.
Hayajonlanishning ancha oshib borishi kurashchilarda qur’a tashlash natijalarini kutish
paytida, uning ancha pasayishi-natijalar e’lon qilingandan so‘ng kuzatiladi.
Bu, ayniqsa, musobaqalarning birinchi davrasida kuchsizroq raqib bilan bellashishga to‘gri
kelgan kurashchilarda yaqqol ko‘zga tashlangan.
Birinchi davrada asosiy raqiblar bilan uchrashish lozim bo‘lgan sportchilarda ham
hayajonlanish oshib borgan. Hayajonlanish darajasi psixolog-mutaxassislar tomonidan
pulsometriya hamda harakatlanayotgan obyektga reaksiya (HOR) ko‘rsatkichlari uslublaridan
foydalangan holda nazorat qilindi.
Kurashchilarning musobaqalarda qatnashish paytida o‘z emosional holatini boshqara olishi
salbiy hayajonlarning jangovar ruhga ko‘rsatadigan ta’sirini kamaytiradi va yuqori sport
natijalariga erishishga imkon yaratadi.
Ko‘pgina kuchli kurashchilar o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini ishontirish va ideomotor
qarashlardan foydalanib, bellashuvga o‘zlarini tayyorlaydilar. Bellashuv oldidan harakat va
funksional imkoniyatlarni yaxshilaydigan, hayajonlanish darajasini tartibga soladigan eng
muhim vositalardan biri badan qizdirish mashqlaridir.
Bizning yetakchi kurashchilarimiz bir necha juftlikning gilamga chiqishidan oldin o‘zi
yoqtirgan usullarni ishora orqali bajarishi, o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘ziga buyruq
berishdan iborat bo‘lgan qisqa vaqtli badan qizdirih mashqlarini o‘tkazadi. Oldinda turgan
bellashuvlarga shu tariqa tayyorlanib, ular hayajonlanish hissini oshiradilar. Jadal, hayajonli,
texnik harakatlarni ishora orqali bajarishdan iborat bo‘lgan badan qizdirish mashqlari
kurashchining emosional hayajonlari darajasini ko‘taradi.
Uzoq vaqt davom etadigan, lekin kam shiddatli bo‘lgan badan qizdirish mashklari o‘z-o‘zini
ishontirish uslubini qo‘llash bilan birgalikda kurashchilarni tinchlantiradi va ularning asab
energiyasini saqlaydi. So‘z sportchining asab-psixologik holatini yuqori darajada boshqarib


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

turuvchi hisoblanadi. Har bir Murabbiy yetarli darajada sportchi holatini boshqarish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim: raqib bilan bellashishdan oldin sportchi o‘ta hayajonlanib
ketmaslik maqsadida vaqtidan oldin hayajonlanish yuzaga kelganda uni tinchlantirishi zarur.
So‘z yordamida ta’sir ko‘rsatishning turli uslublari - ishontirish, tushuntirish, uqtirishni
qo‘llayotib, kurashchining oliy asab faoliyati tipini hisobga olish lozim.
Fikrlovchi tipdagi sportchilarga mantiqiy tushuntirish ko‘proq qo‘l keladi, badiiy tipdagi
sportchilarga uqtirish (his qo‘zg‘atish) katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘z-o‘zini boshqarishning psixologik uslublari orasida sport amaliyotida autogen
trenirovkaning (AT) turli variantlari hamda yangilangan shakllari - psixologik boshqarish
trenirovkasi (RBT), psixologik mushak trnenirovkasi (RMT) keng tarqalgan.
Psixologik mushak trenirovkasining o‘ziga xos xususiyatlari uni o‘tkazish osonligi hamda
yuqori natija berishidan iborat. Bundan tashqari, u ko‘p vaqt talab qilmaydi. Amaliyotning
ko‘rsatishicha, 10 kun (bitta trenirovka yig‘ini) davomida sportchilar RTBning
tinchlantiruvchi qismini muvaffaqiyatli egallaydilar. Uning asosiy maqsadi - sportchining
sezgirligi darajasini pasaytirish, relaksasiya (bo‘shashish), tiklanish va sportchining jismoniy
hamda ma’naviy kuchini saklab qolishdir. RTB ni faollashtiruvchi (safarbar etuvchi) qismining
maksadi - zarur paytda kurashchining optimal jangovar holatni (gilamga chiqishdan oldin)
egallashi va tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan uyqudan oldin tashkil qilinadigan jamoa
bilan alohida suhbatlar, ayniqsa, ular musobakalar boshlanishidan oldin so‘nggi kunlarda
o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi. Agar musobaqalarga bevosita tayyorgarlik bosqichida vaktdan
avval ortiqcha hayajonlanishning yuzaga kelishini oldini olishga erishilsa va trenirovkani
osoyishta o‘tkazishga sharoit yaratilsa, psixologik jihatdan sportchilarga g‘alaba kafolatlanishi
mumkin.
Kurashchilarning psixologik zo‘riqishini qoldirish va psixologik yumshatishda sportchilar
kuchi bilan tayyorlangan badiiy havaskorlar konsertlari katta ahamiyat kasb etadi.
Emosional zo‘riqishni qoldirish va dam olish uchun qarmoq bilan balik ovlash (2-3 kishilik
guruhlar bo‘lib) yaxshi tinchlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan hamma uslublar yaxshi dam olishga va mas’uliyatli musobaqalar
oldidan kurashchining shiddatli ishlashi uchun osoyishta sharoit yaratishga yordam beradi.
Kurashchiga emosional holatni oshirish faqat bellashuv oldidangina kerak.

References:

1.

Fil S.N., Peshkov V.P. Professionalnaya podgotovka studentov v institute fizicheskoy

kultur. Kiyev, 1985.
2.

Igumenov V.M. Psixologo-pedagogicheskaya xarakteristika deyatelnosti prepodavatelya-

Murabbiya po borbe. -M., 1986.
3.

Malkov O.B. Delovye igr v podgotovke Murabbiya po sportivnoy borbe. -M., 1986.

4.

Mixeyev A.I. Formirovaniye pedagogicheskogo masterstva Murabbiya. -M., 1986.

5.

Vyatkin B.A. Upravleniye psixicheskim stressom v sportivnx sorevnovaniyax. - M., 1998.

6.

Kretti B.D. Psixologiya v sovremennom sporte. -M., 1978.

7.

Naydiffer R.M. Psixologiya sorevnuyuщyegosya sportsmena. - M., 1979.

8.

Rodionov A.V. Psixodiagnostika sportivnx sposobnostey. - M., 1973.

9.

Rodionov A.V. Psixofizicheskaya trenirovka. -M., 1995.

10.

Ueynberg R.S., Gould D. Osnovi psixologii sporta i fizicheskoy kultur. Kiyev, 1998.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

11.

Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2001.

12.

Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2005.

13.

Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности

//Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.
14.

Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies

Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С.
192-198.
15.

Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons

//Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.
16.

Шавдиров

С.

А.

Ўқувчиларда

тасвирий

саводхонликка

оид

ўқув

компетенцияларини

шакллантиришнинг

педагогик-психологик

жиҳатлари

//Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.
17.

Шавдиров С. А. ТАСВИРИЙ САНЪАТ ТАЪЛИМИДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ЎҚУВ

КОМПЕТЕНЦИЯЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ
ПЕДАГОГИК ТАЛАБЛАРИ: Шавдиров Суннат Аслонович. Навоий давлат педагогика
институти Санъатшунослик факулътети, Тасвирий санъат ва муҳандислик графукаси
кафедраси катта ўқитувчи //Научно-практическая конференция. – 2022.
18.

SAN’AT S. A. S. T., TA’LIMIDA O. Q. O. Q. U. V., TALABLARI K. S. T. T. P. SAI. 2023.№

Special Issue 13 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/tasviriy-san-at-ta-limida-o-
quvchilarning-o-quv-kompetensiyalarini-shakllantirish-tizimini-takomillashtirishning-
pedagogik (дата обращения: 03.12. 2023).
19.

S.A. Shovdirov TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING SOHAGA OID

O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI // Inter education & global
study. 2024. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tasviriy-san-atni-o-qitishda-o-
quvchilarning-sohaga-oid-o-quv-kompetensiyalarini-shakllantirish-omillari

(дата

обращения: 14.05.2024).
20.

Shovdirov, S. (2023). TASVIRIY SAVODXONLIKKA OID O‘QUV KOMPETENSIYALARNI

SHAKLLANTIRISHDA

O‘QUVCHILARNI

MANTIQIY

VA

ABSTRAKT

FIKRLASHGA

O‘RGATISH.

Евразийский журнал академических исследований

,

3

(12), 193–196. извлечено

от https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/24519

Библиографические ссылки

Fil S.N., Peshkov V.P. Professionalnaya podgotovka studentov v institute fizicheskoy kultur. Kiyev, 1985.

Igumenov V.M. Psixologo-pedagogicheskaya xarakteristika deyatelnosti prepodavatelya-Murabbiya po borbe. -M., 1986.

Malkov O.B. Delovye igr v podgotovke Murabbiya po sportivnoy borbe. -M., 1986.

Mixeyev A.I. Formirovaniye pedagogicheskogo masterstva Murabbiya. -M., 1986.

Vyatkin B.A. Upravleniye psixicheskim stressom v sportivnx sorevnovaniyax. - M., 1998.

Kretti B.D. Psixologiya v sovremennom sporte. -M., 1978.

Naydiffer R.M. Psixologiya sorevnuyuщyegosya sportsmena. - M., 1979.

Rodionov A.V. Psixodiagnostika sportivnx sposobnostey. - M., 1973.

Rodionov A.V. Psixofizicheskaya trenirovka. -M., 1995.

Ueynberg R.S., Gould D. Osnovi psixologii sporta i fizicheskoy kultur. Kiyev, 1998.

Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2001.

Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2005.

Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности //Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.

Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С. 192-198.

Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.

Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари //Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.

Шавдиров С. А. ТАСВИРИЙ САНЪАТ ТАЪЛИМИДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ЎҚУВ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК ТАЛАБЛАРИ: Шавдиров Суннат Аслонович. Навоий давлат педагогика институти Санъатшунослик факулътети, Тасвирий санъат ва муҳандислик графукаси кафедраси катта ўқитувчи //Научно-практическая конференция. – 2022.

SAN’AT S. A. S. T., TA’LIMIDA O. Q. O. Q. U. V., TALABLARI K. S. T. T. P. SAI. 2023.№ Special Issue 13 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/tasviriy-san-at-ta-limida-o-quvchilarning-o-quv-kompetensiyalarini-shakllantirish-tizimini-takomillashtirishning-pedagogik (дата обращения: 03.12. 2023).

S.A. Shovdirov TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING SOHAGA OID O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI // Inter education & global study. 2024. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tasviriy-san-atni-o-qitishda-o-quvchilarning-sohaga-oid-o-quv-kompetensiyalarini-shakllantirish-omillari (дата обращения: 14.05.2024).

Shovdirov, S. (2023). TASVIRIY SAVODXONLIKKA OID O‘QUV KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QUVCHILARNI MANTIQIY VA ABSTRAKT FIKRLASHGA O‘RGATISH. Евразийский журнал академических исследований, 3(12), 193–196. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/24519