Авторы

  • Dilnoza Inoyatillayeva
    Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87280

Ключевые слова:

muzey fond muzey ishi qonunlar ma'daniyat ekspozitsiya eksponat Oʻzbekmuzey.

Аннотация

Ushbu maqola Oʻzbekistonda Mustaqillik davrida muzeylar va muzey ishi mavzusini qamrab oladi. Mustaqillik yillarida qandimgi muzeylar va sanʼat muzeylari rivojlantirildi, rekonstruksiya qilindi, yangi muzeylar ochildi. Bunday muzeylar orqali Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va sanʼat turizmi rivojlandi. Muzeylarga eʼtibor ortdi. Uy muzeylari tashkil qilindi va eksponatlar soni ortdi. Muzey fondlari tashkil qilindi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

52

MUSTAQILLIK DAVRIDA O`ZBEKISTONDA MUZEYLAR VA MUZEY ISHI

Inoyatillayeva Dilnoza Inoyotillo qizi

Andijon Davlat Universiteti

Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

ssssamsung970@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11190051

Annotatsiya

Ushbu maqola Oʻzbekistonda Mustaqillik davrida muzeylar va muzey ishi mavzusini qamrab
oladi. Mustaqillik yillarida qandimgi muzeylar va sanʼat muzeylari rivojlantirildi,
rekonstruksiya qilindi, yangi muzeylar ochildi. Bunday muzeylar orqali Oʻzbekistonning
tarixiy, madaniy va sanʼat turizmi rivojlandi. Muzeylarga eʼtibor ortdi. Uy muzeylari tashkil
qilindi va eksponatlar soni ortdi. Muzey fondlari tashkil qilindi.

Kalit soʻzlar:

muzey, fond, muzey ishi, qonunlar, ma'daniyat, ekspozitsiya, eksponat,

Oʻzbekmuzey.

Mustaqil vatanimizda milliy o`zlikni tiklashga alohida e`tibor berilmoqda. Zero bizning yurt
ajdodlarining tarixda ko`rsatgan buyuk xizmatlarini xolis o`rganish va targ`ib etish alohida
ahamiyat kasb etadi. Sovet davrida faqat «Qizil imperiya» mafkurasiga xizmat qilgan muzeylar
endilikda milliy o`zlikni anglashga xizmat qilishi lozim. Mustaqillik davrida muzeylar ishiga
alohida e`tibor berilmoqda. Buning bir qancha omillari bor:
Birinchidan, mustamlakachilik yillarida ongimizdan o`chirib tashlangan milliy tuyg`ularni
qayta tiklash;
Ikkinchidan, milliy g`urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unutilgan tariximizni qayta tiklash;
Uchinchidan, ajdodlar hurmatini joyiga qo`yish, yosh avlodni ajdodlar nomi va merosi bilan
faxrlanishga o`rgatish, milliy g`ururini yuksaltirish, buyuk an`analarning davomchisi etib
tarbiyalash;
To`rtinchidan, milliy qadriyatlarimiz bizga demokratik, xuquqiy, qudratli O`zbekiston
davlatini barpo etish uchun «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat» g`oyasini ro`yobga chiqarish
uchun kerak
Beshinchidan, milliy qadriyatlarimiz mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin
egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun kerak.
Ushbu yo`nalishlarga Prezidentimiz asarlarida qayta-qayta to`xtalib o`tmilmoqda.Ana shu
maqsadlar hukumat siyosiy tadbirlarida o`z ifodasini topmoqda. 1998 yil 12 yanvarda
«Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida» O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. Farmonda asosan O`zbekiston hududida
qadimdan shakllangan muzeylar tizimining shakllangan muzeylar tizimini yanada
takomillashtirish, ularning xalqning ma`naviy-ahloqiy kamolotida tutgan o`rnini oshirish,
muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini mustaqilligimizning
odimlarini aks ettiruvchi, noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o`rganish, boyitib
borish, dunyoga olib chiqish va targ`ib qilish, ulardan xalqimizning ongida milliy g`urur va
iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish yo`lida keng foydalanish,
muzeylarning zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo`llashga zarur
sharoitlar chora tadbirlar- madaniyat ishlari vazirligi qoshida muzeylarni qo`llab quvvatlovchi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

53

«O`zbekmuzey» jamg`armasi tashkil etildi. Bu jamg`arma muzeylar fondlarida yillar davomida
saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixidan guvohlik beruvchi noyob nodir eksponatlarni
avaylab asrash, ularni ilmiy tomonlarini o`rganish, ta`mirlash, yangi eksponatlar bilan muzey
zallarini boyitish bilan shug`ullanmoqdalar.Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli
muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo`jaliklari qoshida,
shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta`limi tizimida 1200 dan ortiq muzeylar bo`lib,
ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, o`nlab yozuvchilar, shoirlar,
rassomlar, olimlar va mashhur san`at arboblari uy muzeylari mavjud.Bu muzeylar
xalqimizning uzoq tarixidan xikoya qiluvchi, moziydan sado beruvchi ma`naviyat maskanlari
bo`lib, milliy mafkura va tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g`urur va iftixorni
yuksaltirishda ulug` qadamjolar bo`lib qolmoqda.O`zbekiston Vazirlar Maxkamasining
«Muzeylar faoliyatini tubdan qo`llab quvvatlash masalalari to`g`risi» dagi 5 mart 1998 yil 98
sonli qarori «O`zbekmuzey» jamg`armasiga, O`zbekiston muzeylar jamoatchilik kengashining
xalqaro muzeylar kengashi-IKOMga a`zo bo`lganligini hisobga olib, O`zbekiston muzeylariga
har tomonlama yordam ko`rsatish vazifasi topshirildi. Ushbu qarorda mamlakat muzeylarini
ta`mirlash, zarur texnik vositalar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda
mablag` bilan ta`minlash vazifalari yuklatilgan.Mazkur qarordan ilhomlangan «O`zbekmuzey»
hodimlari qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Mavjud barcha o`zbek muzeylari fondidagi
eksponatlarni yagona ro`yxatini tuzish, eksponatlarni doimiy himoya qilish sharoitlarini
yaxshilash, saqlanayotgan eksponatlarning qat`iy nazoratini ta`minlash, ilmiy konsepsiyalar
ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlardagi muzeylarda saqlanayotgan tariximizga va ma`naviy
boyligimizga oid osoriatiqalarni, shuningdek, qadimiy qo`lyozmalarni ro`yxatga olish, ularni
halqimizga tanishtirish, shuningdek, muzeylardagi nodir eksponatlarni dunyoga olib chiqish,
jahon xalqlariga tanishtirish sohasida tegishli tashkilotlar bilan hujjatlar ishlab chiqish
shartnomalar tuzish ishlarini olib bormoqdalar. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining «Ijtimoiy va ma`naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish to`g`risida» gi hamda
«Ma`naviy va ma`rifiy islohotlarni samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari
to`g`risi»dagi qarorlariga javoban qator tadbirlar ishlab chiqdik. Shunga ko`ra, mamlakatdagi
barcha muzeylarda har oyning bir kuni «Ochiq eshikular kuni» deb e`lon qilindi. Shu kuni
muzeylarga o`quvchilar, talabalar va boshqa tomoshabinlarga muzey xodimlari bepul hizmat
ko`rsatmoqda. Shuningdek, tariximizning yorqin iz qoldirgan allomalarga bag`ishlab,
muzeylarda «Barhayot siymolar» mavzusida adabiy kechalar, «Istiqlol, ma`naviyat va muzey»
mavzusida tadbirlar o`tkazilib kelmoqda. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Ahmad al-Farg`oniy,
Kamoliddin Bexzod, Jaloliddin Manguberdi, Ogahiy va boshqa allomalarga bag`ishlab
muzeylarimizda o`tkazilayotgan tadbirlar yoshlarni ajdodlar me`rosiga sadoqat ruhida
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Tarixizdan ma`lumki, Turon Movaraunnaxr,
Turkiston deya atab kelingan, «Buyuk ipak yo`li»da joylashgan O`zbekiston Sharq bilan
G`arbni bog`lovchi, ularni iqtisodini, madaniyatini, san`atini, taraqqiyotini bog`lab turadigan
bir makon bo`lgan.«Buyuk ipak yo`li»ning vorisi sifatida O`zbekistonga ko`plab mamlakatlar
AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlar juda katta qiziqish bilan
qaramoqda. Ular ajdodlarimiz me`ros qilib qoldirgan muzeylarimizada saqlanayotgan noyob
osori-atiqalarni ko`rish, qadimiy-tariximiz, boy madaniyatimiz bilan tanishish istaklarini
bildirmoqdalar.«Amerika Qo`shma Shtatlarida qadimiy «Buyuk ipak yo`li» da joylashgan,
uyg`onish davrida ham, o`rta asrlarda ham jahon taraqqiyotining, ilm-fan rivojining o`chog`i,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

54

buyuk allomalar makon topgan, boy tarixi, madaniyatga ega bo`lgan bugun ham katta ilmiy-
iqtisodiy taraqqiyot imkoniyatlariga ega bo`lgan sizning O`zbekiston Respublikangizga
hurmat, qiziqish juda kattadir»,-deb yozibdi Islom Karimovga yo`llagan xatida AQShdagi
Markaziy Osiyo muzeyi direktori, Pensilvaniya universitetining professori, doktor Fredrik T.
Xiberg. Shu mazmundagi xatlar Yaponiyadan, Fransiyadan, Germaniyadan, YUNESKOdan,
Xalqaro muzeylardan tashkiloti IKOMdan tez-tez kelib turibdi. Gap shundaki, hammasi ham
o`z mamlakatlarida muzeylarimizdagi eksponatlarni ko`chma ko`rgazmasini tashkil etishni
taklif tmoqdalar. Mustaqillik davrida yurtimizda buyuk tarixiy siymolarga atalgan haykal va
muzeylar soni ko`payib bormoqda.
Mustaqillik davrida buyuk tarixiy siymolarga atalgan haykal va muzeylar qurildi.1993 yilda
Amir Temur Xiyoboni o`rtasida Sohibqiron Amir Temurga Suvoriy haykal o`rnatildi.1996
yilning 18 oktabr kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda buyuk sarkarda va davlat arbobi
Amir Temurga atab Sharq Milliy me`morchiligining noyob va mo`jizaviy namunasi sifatida
bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Prezident I.Karimov muzey ochilish marosimida so`zlab «Bugun zo`r shodiyona- bilan
ochilayotgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi sohibqiron shahsiyatiga nisbatan yurtimizdagi
tarixiy adolat tantana qilganing yana bir amaliy isbotidir.Aytish mumkinki. Amir Temur
hiyoboni go`zal bir uzuk bo`lsa, bu muzey shu uzukning yoqut ko`zidir. Muzeyni ziyorat qilgan
har bir inson mening bu so`zlarim shoirona tashbeh yoki mubolag`a emasligiga ishonch xosil
qiladi. Bu muzeyda bizning o`tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham
bamisoli ko`zguda aks etgandek namoyon bo`ladi. Kimki O`zbek nomini, o`zbek millatini kuch
qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga
qo`shgan xissasini, shu asosda kelajakka ishonchini eslash kerak. Amir Temurning bashariyat
oldidagi o`lmas hizmatlarini ma`rifatli jahon munosib baholamoqda. Sohibqiron yubileyining
YUNESKO tomonidan xalqaro miqiyosida keng nishonlanganligi ana shu e`tirofning yorqin
dalilidir.Shunday quvonchli va hayajonli damlarda Amir Temurdek buyuk zot mansub bo`lgan
millat farzandlari ekanimizni, tomirlarimizda Amir Temur shijoati jo`sh urayotganini o`ylasak,
anglasak, qalbimizni chinakam iftixor tuyg`ulari qamrab oladi.Amir Temur hayotining
mazmuni, betakror faoliyatining asosiy ma`nosi-Vatan ozodligi, vatanga muhabbat degan oliy
qadriyatlardan iboratdir.Chuqurroq o`ylab qarasak, bu vasiyat aynan biz uchun- buyuk
sohibqironning bugungi avlodlari uchun aytilgan.Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz,
O`zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!» Umumiy maydoni besh ming
kvadrat metrni tashkil etgan bu muzey 6 oy davomida qurilib bitkazildi. Muzey qurilishida
butun mamlakat mutaxassislari ishtirok etdilar. Toshkentlik qo`li gul quruvchilar,
chinnisozlik va keramika, «Mikond» korxonalarining mohir hunarmandlari, «Usta»
birlashmasi, Yugoslaviyaning «Torevik» firmasi va boshqa o`nlab mehnat jamoalari bu ishga
munosib hissa qo`shdilar.1996 yil 1 sentabrda davlatimiz mustaqilligining 5 yillik to`yida
Toshkentda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov va Xalqaro Olimpiya
Qo`mitasi (XOQ) raisi X. A. Samaranch Olimpiya Shon-shuhratmuzeyining tantanali ravishda
ochdilar. Muzeyni ochish marosimida sportchilar, murabbiylar, Jismoniy tarbiya va sport
davlat qo`mitasi, O`zbekiston Olimpiya qo`mitasi, sport klublari, va jamiyatlari vakillari
ishtirok etishdi.
Muzeyni bezash ishlarida eng iqtidorli rassomlar va haykaltarshlar, O`zbekiston xalq ustalari
qatnashdilar. Muzeydagi eng asosiy mavzu-hozirgi zamon Olimpiya o`inlari. Eksponatlardagi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

55

Olimpiya harakati qachon paydo bo`lgani, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining barpo
etilganligi, mamlakatimizda olimpiya g`oyalarining taraqqiy etganligi, Olimpiya O`yinlarining
o`tkazilishi va shu O`yinlarda g`olib sovrindor bo`lib chiqqan O`zbekiston sportchilarining
ishtirok etayotganligi haqida hikoya qilinadi. Muzeyga tashrif buyurganlar XX asr Olimpiya
O`yinlarining shonli tarixida o`z nomlarini qoldirgan bir qator sportchilar bilan tanishadilar.
G. Shamray (gimnastika), S. Babanina, N. Ustinova (suzish), V. Duyunova, L. Pavlova
(valeybol), R. Kazakov, A. Fadzayev, aka-uka Xadarsevlar (kurash), R. Risqiyev (boks), S.
Ro`ziyev (qilichbozlik), R Gataulin (langarcho`p bilan sakrash), L. Axmedov, A. Xan (chim
ustida xokkey), R. Yambulatov(miltiqdan otish), N. Muxammadiyorov (og`ir atletika), O.
Chusovita, R. G`aliyev (gimnastika), L. Cheryazova (fristayl) shular qatorida o`rin olgan.
Ekspozitsiyalarda mustaqil O`zbekiston terma jamoasining 1996 yili Atlanta shahrida (AQSH)
Olimpiya O`yinlarida ishtirok etgani to`g`risidagi qiziqarli ma`lumotlar alohida o`rin tutadi.
Horijiy mutahassislarning e`tirof etishlariga ko`ramamlakatimizning sportchilarining
musobaqalarda birinchi marta ishtirok etganliklari muvaffaqiyatli chiqqan; A. Bagdasarov
(dzyudo) kumush medaliga, K. To`laganov (Boks) bronza medaliga sazovor bo`lishdi, O.
Chusovitina (gimnastika), R. Galiyev (yengil atletika), R. Islamov, A. Ochilov (kurash) o`z
yuksak mahoratlarini ko`rsatishdi.
Har qanday muzeyda bo`lgani kabi, katta qiziqish uyg`otgan eksponatlar bu yerda ham
mavjud. Bu avvalo, O`zbekiston Prezidenti I. A. Karimov taqdirlangan Olimpiya oltin nishoni
va Osiyo Olimpiya Kengashi nishoni, shuningdek, turli hil boshqa mukofotlar, sovrinlar,
medallar, fristayl bo`yicha jahon chempioni L. Cheryazovaning shaxsiy sport jihozlari, Xalqaro
Olimpiya Qo`mitasi Prezidanti X. A. Samaranchning muzey ochlishida topshirgan esdalik
sovg`alari, rang-barang nishonlar, ayniqsa, diqqatga sazovardir.Olimpiya shon-shuhrat
muzeyi faqatgina o`z faoliyati bilan cheklanib qolmasdan, balki O`zbekiston Jismoniy Tarbiya
va sport davlat qo`mitasi, hamda O`zbekiston Olimpiya Qo`mitasi bilan ham yaqindan
hamkorlik qiladi: matbuot konferensiyalari, anjumanlar o`tkazish, sportchilarni
musobaqalarga kuzatish, har xil turnirlar va musobaqalarning g`oliblari bilan uchrashuvlar
uyushtirish kabi tadbirlarni amalga oshiradi. Ko`pincha, aynan ana shu uchrashuvlardan keyin
sportchilar o`zlari qo`lga kiritgan sovrin va kuboklarni mukofot tariqasida muzeyga topshirib
ketadilar.Muzey zamonaviy video texnikasi bilan jihozlangani tufayli, bu yerda Toshkentda
bo`lib o`tadigan turli xil sport musobaqalari shuningdek, muzeyda o`tkaziladigan matbuot
konferensiyalari, anjumanlar, qutlovlarni tasvirga tushirish va keyin ommaga namoyish etish
imkoniyati yaratilgan. Bu lavhalardan sport mutahassislari, televideniye va ommaviy axborot
vositalaridan sport taxririyatlari foydalanadilar. Muzeydagi texnik jihozlar, eksponatlar va
jamg`armalar, video mahsulotlari, mahsus adabiyotlar har xil sport turlari mutahassislari,
O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti talabalari, malaka oshirish kurslari
tinglovchilarining ilmiy, uslubiy tadqiqotlar o`tkazishlariga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Muzey Lozannadagi XOQ MOK bosh qarorgoxi huzuridagi Olimpiya Shon-Shuhrati muzeyi
bilan aloqalar o`rnatish va hamkorlik qilish to`g`risidagi tamonlama shartnoma imzolagan,
ekspozitsiyalar va adabiyotlar soni shu yo`l bilan ahm ko`payib boradi.Olimpiya Shon-
Shuhrati muzeyi xalqaro Olimpiya Qo`mitasi Prezidenti X. A. Samaranch tomonidan yuksak
baholangan, u muzeyga «Muzey jahonda ikkinchi o`rinda turadi», baho bergan edi.
Mustaqillik yillarida muzeylar rivojlanib bormoqda. «O`zbekiston xalqlari tarixi» muzeyining


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56

yangicha asosda qurilishi, uning ekspozitsiyalarining qaytadan ko`rilib chiqishi shuningdek
shahidlar xotirasiga bag`ishlab alohida muzey tashkil etilishi fikrimizning isbotidir.

References:

1.

Karimov I. A. Amir Temur faxrimiz g‘ururimiz. Birlik 1996y. 26 oktabr.

2.

Karimov. I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent 1998.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va

takomillashtirish to‘g‘risida» gi Farmoyishi, 1998y. 12 yanvar, Moziydan sado, 1999 y. №1-2.
4.

O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat

muzeyining ochilishi marosimida so‘zlagan nutqi, 1996 yil, 18 oktabr.
5.

N. N. Xabibullayev. O‘zbek muzeylarining istiqboli. Moziydan sado. 1999 № 1-2.

Библиографические ссылки

Karimov I. A. Amir Temur faxrimiz g‘ururimiz. Birlik 1996y. 26 oktabr.

Karimov. I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent 1998.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida» gi Farmoyishi, 1998y. 12 yanvar, Moziydan sado, 1999 y. №1-2.

O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so‘zlagan nutqi, 1996 yil, 18 oktabr.

N. N. Xabibullayev. O‘zbek muzeylarining istiqboli. Moziydan sado. 1999 № 1-2.