Авторы

  • Begoyim Madaliyeva
    Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87281

Ключевые слова:

kredit taʼlim kredit oʻqitish texnologiya modul muassasa qonun islohot.

Аннотация

Ushbu maqolada kredit modul tizimini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, matematika fanlarini o’qitishda qo’llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kredit – modul sistemasining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va respublikamiz OTM larini bu tizimga o’tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko’rsatilgan.Andijon Davlat Universitetida kredit modul va amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

47

OLIY TAʼLIMDA KREDIT MODUL TIZIMI

Madaliyeva Begoyim

Andijon Davlat Universiteti

Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

orifjonovadilshoda4@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11190024

Annotatsiya

Ushbu maqolada kredit modul tizimini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, matematika
fanlarini o’qitishda qo’llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kredit
– modul sistemasining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va respublikamiz OTM larini
bu tizimga o’tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari
ilmiy asoslab ko’rsatilgan.Andijon Davlat Universitetida kredit modul va amalga
oshirilayotgan ishlar yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

kredit, taʼlim, kredit oʻqitish, texnologiya, modul, muassasa, qonun, islohot.


O'zbekiston OTM o'qitish amaliyotida kredit modul tizimini joriy etish va aynan, matematika
sohalarini o'qitishga bu tizimni tadbiq etish masalalarini yoritishga qaratilgan. Birinchi
navbatda, biz muhokama qilinadigan tushunchalarni ochib berishimiz lozim. Zero, o'rta
asrlarda yashab o'tgan ingiliz faylasufi Frensis Bekon shunday degan edi: kuchli nizolarni
bartaraf etishning asosiy kaliti, muammodagi har bir terminologiyani mantiqan to'g'ri tahlil
etishdir. Ularni qolganlarga to'laligicha tushuntirib bera olish esa, muammoni oldindan hal
etadiKredit-modul tizimi, bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul
texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayon hisoblanadi. Kredit-modul
tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini
taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;bitta fan, kurs
(kredit)ning qiymatini aniqlash;
talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib
chiqib oʻzgartirish mumkinligi
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, oʻquv
jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish
maqsadida yaratilgan.1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli
arbobi Charlz Uilyam Eliot „kredit soati“ tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib,
1870 – 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan
oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda
rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun
imkoniyat yaratib berdi.Kredit toʻplash oʻlchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish
bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishishi
uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chogʻda,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

48

baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.Bolonya
deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan mustaqil taʼlimga urgʻu
qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat qiladi:birinchisi, talabalar va
oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz,
erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi;ikkinchisi, talabaning
tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun
akademik yuklama – kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan
dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi„Oliy taʼlim
muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori asosida „Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-
modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida“ NIZOM tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-
modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan. Unga koʻra:GPA (Grade Point Average)
– taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi
formula yordamida hisoblanadi:
GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir.
Bunda:
K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan
oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda
ifodalanishi mumkin;Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga
erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;Talabaning shaxsiy taʼlim
trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va
xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish
(marshrut).Oʻqish yuklamasi – talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari – maʼruza,
amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni
amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan
«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga
ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul
tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 o‘quv yilining o‘zida
mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur
OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.Kredit-modul tizimi
avvalambor mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal
o‘lchov birligini olib kiradi.Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi
o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki
7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda
kreditlar to‘plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi
beriladi.ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi. Bir o‘quv
yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit
to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu
darajani qo‘lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120
kredit to‘plashi talab etiladi.Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

49

kerak bo‘lgan ma'lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1
kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan
bo‘lsa, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun
semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150;
30*6=180).Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan
uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali boshlanmasdanoq har bir fanni
o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilib oladilar. Bu ham ta'limda
shaffoflikning bir ko‘rinishidir. 1 kredit o‘qish yuklamasi (25-30 soat oralig‘ida) aynan necha
soat bo‘lishini odatda har bir OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi.Shuni ta'kidlash
kerakki, 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni o‘rganish uchun
sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning
fanni o‘rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qo‘yingki talaba
ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab
oladi.Shunda talabada ushbu umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi darsga,
auditoriya soatlariga to‘g‘ri keladi degan savol tug‘ilishi mumkin. Kredit-modul tizimi
amaliyotida auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati o‘rtacha 40/60 foizni tashkil etadi.
Bu nisbat, boshqacha qilib aytganda, 1/1.5ga to‘g‘ri keladi, ya'ni talaba muayyan fan bo‘yicha
belgilangan har bir soat dars uchun darsdan tashqari bir yarim soat mustaqil o‘qishi,
tayyorlanishi kerak bo‘ladi.Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish yuklamasi belgilagan
bo‘lsa, undan 12 soati (30*40%=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60%=18) esa talabaning
mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan o‘qish
yuklamasini aniqlaydigan bo‘lsak, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan kreditlarni qo‘lga
kiritish uchun semestr davomida 72 soat ((30*6)*40%=72)) auditoriya darslarini, 108 soat
((30*6)*60%=108)) uyda va kutubxonada mustaqil o‘qish yuklamasini bajarishi kerak
bo‘ladi.Yuqoridagi qoidalardan shuni tushunish mumkinki, ECTS kredit-modul tizimida
talabaning bilim olish vaqti tushunchasi dars vaqti tushunchasi bilan cheklanib qolmasdan,
talaba o‘qish uchun sarflagan umumiy vaqt bilan o‘lchanadi. Unda bilimning manbayi faqat
o‘qituvchi yoki auditoriya emasligiga ishora qilinadi. Qisqacha aytganda, kredit-modul
tizimida o‘qish vaqti tushunchasiga o‘qituvchi nuqtayi nazaridan emas, balki talaba nuqtayi
nazaridan yondashiladi.Talabaning o‘qish yuklamasining bu tarzda taqsimlanishi talaba ta'lim
olish jarayonida mas'uliyatni ma'lum darajada o‘z elkasiga olishi, fan bo‘yicha darsda va
darsdan tashqarida muntazam ravishda o‘qib borishi kerakligini ham bildiradi.Eslatib o‘tamiz,
1 soat auditoriya vaqti uchun talaba 1,5 soat uyda va kutubxonada o‘qishi zarur. Lekin bu
jarayon ko‘p jihatdan o‘qituvchining mas'uliyatiga ham bog‘liq. Chunki talabalar o‘z
vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun ularga darsdan tashqarida o‘qish uchun qiziqarli
materiallar va topshiriqlar berib borish o‘qituvchining vazifasidir.Shuning uchun kredit-
modul tizimiga o‘tish o‘qituvchilarning ish yuklamalarini ham qayta ko‘rib chiqishni, ularning
ish yuklamalari ular o‘qitadigan fan kreditlaridan kelib chiqqan holda belgilanishini taqozo
etadi. Amaldagi tizimda esa o‘qituvchilar ish yuklamasi faqat auditoriya soatlariga bog‘lab
qo‘yilgan. Talabaning o‘qish yuklamasi bu tarzda — auditoriya va mustaqil o‘qish soatlariga
ajratilishi OTMlar kutubxonalarida sharoitlarni yaxshilash, sifatli o‘quv qo‘llanmalari
ko‘lamini yanada kengaytirishni ham taqozo etadi. Andijon Davlat Universitetida ham kredit
modul tizimi joriy etildi. Andijon davlat universitetining (keyingi о'riпlаrdа - "universitet")
"Talabalarning kredit-modul tizimi bo'yicha ta'lim natijalarini batrolash va пшоrаt qilish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

50

tartibi (keyingi о'rinlаrdа - "Tartib") o'quv rеjаlаrgа muvofiq ta'limning kredit modul tizimida
o'qiyotgan talabalar uсhuп universitetda ta'lim jarayonini tashkil etish, ulаrпiпg ta'lim
natijalarini baholash nazorat qilish tartibini belgilaydi.Tartib O'zbekiston Respublikasining
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-otyabrdagi
")Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini
tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli, 202a-yil 6-noyabridagi "O'zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta'lim- tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari
to'g'risida"gi PF-6lO8-sonli farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 -yil 2O-iyundagi 393-sonli qаrоri bilan tasdiqlangan."Oliy ta'lim muassasalari talabalari
o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risida"gi, 2020-yil 31-
yanvardagi 59-sonli qаrоri bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalari talabalariga
stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida"gi, 2020-yi1 З-dekabrdagi 824-sonli qаrоri
bilantasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit modul tizimini joriy
etish tartibi to'g'risida"gi, 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan
"O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalariga akademik ta'til berish
to'g'risida"gi nizomlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy о'rtа maxsus ta'lim vazirining 2012-yil
28-dekabrdagi 508-son buyrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy vа о'rtа maxsus, kasb-xunar ta'limi
muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shakli vа undаn tushgаn mablag'larni taqsimlash
tartibi to'g'risida"gi, 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy
ta'lim muassasalarida talabalar bllimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risida"gi
nizomlar, 2021-yil 1O-iyuldagi 311-sonli buуrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy ta'limning davlat
ta'lim standаrti. Asosiy qoidalar"ga hamda Andijon davlat universiteti Ustaviga zýost}ll ishlab
chiqildi.Talabalarning kredit-modul tizimi bo'yicha ta'liln natijalarini baholash va nаzоrаt
qilishning maqsadi,- yuqоri malakali, raqobatbardosh, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar talablariga hamda zamonaviy xalqaro standartlarga javob bеrа oladigan kаdrlаrni
tayyorlash, shuningdek, talabalarda mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, ta'lim sifati
shaffofligini ta'minlagan holda o'quv jarayonlarini tizimli tahlil qilish, umumkasbiy va
ixtisoslik kompetentsiyalarini rivojlantirish, talabalar bilimini baholashning shaffof ob'yektiv
vа adolatli tizimini joriy etishdan iborat. Talabalarning kredit modul tizimi bo'yicha ta'lim
natijalarini baholash va nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidаgilаr hisoblanadi:
davlat ta'lim standartlari vа malaka talablariga muvofiq talabalarda tegishli bilim, ko'nikma vа
mаlаkаlаr shakllanganligi darajasini паzоrаt qilish hamda tahlilqilib borish;
talabalar bilimi, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
davlat ta'lim standartlari vа malaka talablariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik,ishonchlilik,
bilimlarni baholashda shaffoflikni taminlash o'quv materialining talabalar tomonidan tizimli
ravishda va belgilangan muddatlarda o'zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish. axborot-resurs manbalaridan
samarali foydalanishni tashkil etish;
talabalar bilimini ob'yektiv va adolatli baholash handa uning natijalarini o'z vaqtida e'lon
qilish;
talabalarning o'quv rejasi doirasida kompleks lramda uluksiz tayyorgarligini ta'minlash va
boshqalar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

51

References:

1.

Sherzod Mustafoqulov, Mansur Sultonov. „Kredit-modul tizimiga oʻtish nima uchun

kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik“. Xalq so‘zi (05 avgust 2020). 2023-yil 18-mayda asl
nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
2.

“Kredit-modul tizimi haqida asosiy tushunchalar” (3 aprel , 2023). 2023-yil 4-aprelda asl

nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
3.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5349-son
Farmoni.
4.

Karimbekov S. O‘zbekiston XXI asrda: foydalanib o‘rganish. kredit tizimlari. Oliy ta’limni

rivojlantirish istiqbollari No3. Toshkent 2015. 115-b.
5.

Tojiyev M. Mamadaliyev K. Xurramov A. Rivojlangan xorijiy mamalakatlar oliy ta'lim

tizimi rivojlanishida kredit sisitemasining o'rniva ahamiyati. Oliy ta'lim taraqqiyoti
istiqbollari: to'plam №3. Toshkent 2015. 52-b.

Библиографические ссылки

Sherzod Mustafoqulov, Mansur Sultonov. „Kredit-modul tizimiga oʻtish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik“. Xalq so‘zi (05 avgust 2020). 2023-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.

“Kredit-modul tizimi haqida asosiy tushunchalar” (3 aprel , 2023). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5349-son Farmoni.

Karimbekov S. O‘zbekiston XXI asrda: foydalanib o‘rganish. kredit tizimlari. Oliy ta’limni rivojlantirish istiqbollari No3. Toshkent 2015. 115-b.

Tojiyev M. Mamadaliyev K. Xurramov A. Rivojlangan xorijiy mamalakatlar oliy ta'lim tizimi rivojlanishida kredit sisitemasining o'rniva ahamiyati. Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari: to'plam №3. Toshkent 2015. 52-b.