Авторы

  • Bekjon Ravshanbekov
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87283

Ключевые слова:

kiberhujum kiberxavfsizlik kibermakon elektron dalillar kiberfiribgarlik kiberterror.

Аннотация

Sir emaski, hozirgi globallashuv jarayonida jamiyat va davlatning har bir sohasi innavotsion inqilobiy davrni boshdan o‘tkizmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, robot-texnika, kompyuter vositalari, mobil qurilmalar, shuningdek, suniy intellekt kabilar davlat boshqaruvining deyarli har bir sohasida inson omilini  qisqartirib, shaffof va aniq ishlaydigan tizimga bosqichma-bosqich o‘tishga katta xissa qo‘shmoqda. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, zamonaviy texnologiyalardan o‘zining g‘arazli maqsadlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida foydalanib kelayotgan kimsalar yo‘q emas. Bundan ko‘rinadiki, texnika sohasidagi ilm-fan yutuqlari har doim ham yaxshilikka xizmat qilib kelmoqda deb aytib bo‘lmaydi. Shu qatorda dunyo hamjamiyati yangi turdagi texnologiyalarning insonlarning hayotiga va erkinliklariga salbiy va ijobiy ta’sirini baholab bormoqda. Axborotlashtirish sohasi va  global texno olamning jadal suratlarda rivojlanishi esa jinoyat huquqi tendensiyasida yangi turdagi jinoyat – kiberjinoyatlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ushbu tezisda zamonaviy axborot vositalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalalarining ayrim jihatlarini yoritib o‘tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39

KIBERJINOYATCHILIKDA JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISHNING O‘ZIGA

XOS JIHATLARI

Ravshanbekov Bekjon Ziyodbek o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti

magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti

ravshanbekovbekjon7073@gmail.com

+998993090722

https://doi.org/10.5281/zenodo.11189922

ANNOTATSIYA

Sir emaski, hozirgi globallashuv jarayonida jamiyat va davlatning har bir sohasi innavotsion
inqilobiy davrni boshdan o‘tkizmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, robot-texnika,
kompyuter vositalari, mobil qurilmalar, shuningdek, suniy intellekt kabilar davlat
boshqaruvining deyarli har bir sohasida inson omilini qisqartirib, shaffof va aniq ishlaydigan
tizimga bosqichma-bosqich o‘tishga katta xissa qo‘shmoqda. Biroq shuni nazarda tutish
lozimki, zamonaviy texnologiyalardan o‘zining g‘arazli maqsadlarini ro‘yobga chiqarish
yo‘lida foydalanib kelayotgan kimsalar yo‘q emas. Bundan ko‘rinadiki, texnika sohasidagi ilm-
fan yutuqlari har doim ham yaxshilikka xizmat qilib kelmoqda deb aytib bo‘lmaydi. Shu
qatorda dunyo hamjamiyati yangi turdagi texnologiyalarning insonlarning hayotiga va
erkinliklariga salbiy va ijobiy ta’sirini baholab bormoqda. Axborotlashtirish sohasi va global
texno olamning jadal suratlarda rivojlanishi esa jinoyat huquqi tendensiyasida yangi turdagi
jinoyat – kiberjinoyatlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ushbu tezisda zamonaviy
axborot vositalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik
masalalarining ayrim jihatlarini yoritib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

kiberhujum, kiberxavfsizlik, kibermakon, elektron dalillar, kiberfiribgarlik,

kiberterror.

ANNOTATION

It is no secret that in the current process of globalization, every sphere of society and the state
is going through an innovative revolutionary period. Modern information technologies,
robotics, computer tools, mobile devices, as well as artificial intelligence reduce the human
factor in almost every area of public administration and make a great contribution to the
gradual transition to a transparent and clearly functioning system. However, it should be
noted that there are people who are using modern technologies to achieve their malicious
goals. It can be seen from this that it cannot be said that scientific achievements in the field of
technology always serve good. In addition, the world community is assessing the negative and
positive impact of new technologies on people's lives and freedoms. The rapid development of
the information industry and the global techno-world created the basis for the emergence of a
new type of crime in the trend of criminal law - cybercrimes. In this thesis, some aspects of the
issues of criminal liability for crimes committed using modern information media are
highlighted.

Key words:

cyber attack, cyber security, cyber space, electronic evidence, cyber fraud, cyber

terror.

Kirish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

Kiberjinoyatlarga oid statistika ko‘rsatkichlari hozirgi vaqtda kundan kunga oshib
borayotgani xavotirlidir. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ushbu sohada
yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi ushbu turdagi jinoyatlarni tergovini amalga
oshirishni yanada qiyinlashtiradi. Bu esa haqiqatni aniqlashni va dalillarga baho berishdagi
bir qator muammolarni keltirib chiqarishi turgan holdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har
kuni 4000 ta yangi kiberhujum sodir bo‘ladi. Har 14 soniyada kamida bitta kompaniya katta
moliyaviy yuqotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan tovlamachi-dastur hujumi qurboni
bo‘lmoqda, har kuni 560 000 ta yangi zararli dasturlar qasddan tarqatilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, yana bir hayratlanarli statistika shuki, kuniga taxminan 2.4 million kishi
kiberjinoyatlardan jabr ko‘rmoqda. Yuqoridagi ma’lumotlar ushbu sohani tubdan yangilash,
tergov metodining yagona va samarali usulini ishlan chiqishni taqozo etmoqda. Bundan
tashqari kiberhujumlarning aksariyatlarida, gumonlanuvchi yoxud ayblanuvchilarning,
jinoyat huquqi nuqtai nazari bilan aytganda, jinoyat subyektining jinoyat sodir etgan vaqtda
qayerda bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni aniqlash bir muncha qiyinchiliklarni yuzaga
keltirmoqda. Bu esa hudud bo‘yicha tergovga taaluqlilik jihatidan kiberkamonda sodir etilgan
jinoyatlar qaysi tergov organiga tegishli ekanligi muammosini keltirib chiqarmoqda. Buning
ustiga jinoyatchi chet davlat hududidan turib boshqa mamlakatlarga kiberhujumlarni
uyishtirishi va uni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish birmuncha vaqt talab
etayotgani ekstradiksiya, ushlab berish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalarini
mustahkamlash kerakligini taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta’minlash va tartibga solishga doir bir qancha
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2022-yilning 15-aprelida O‘zbekiston
Respublikasining “kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun

1

i qabul qilindi. Mazkur qonunning 3-

moddasiga asosan, kiberjinoyatchilik tushunchasiga quyidagicha

ta’rif berildi:

“kiberjinoyatchilik - axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va
resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik
vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisidir.” Bundan
tashqari ushbu sohada vakolatli organ va uning vakolatlari belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzurida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etildi.

ASOSIY QISM

Jamiyat a’zolarining huquqiy onggi va huquqiy madaniyati qay darajada ekanligi bevosita
ularning huquqqa bo‘lgan qarashlarining negizini tashkil etadi. Eng avvalo huquqiy ong
ehtiyotkorlik garovidir. Shu monosabat bilan ayni hozirgi zamon axborot olamida ma’lumotlar
tobora shiddat bilan sizdirilmoqda. Kiberolam ham axborot maydoni deb tan olinmoqda. Bu
esa ushbu sohada ayrim muammolarni yuzaga keltirishi tayin. Masalan ayrim kiberjinoyatlar
ustamon tarzda tergov organini chalg‘itish maqsadida boshqa davlat hududidan turib sodir
etiladi. Bunday hollarda jinoyatni fosh etish ikki karra murakkablashadi, ekstraditsiya
masalalari juda ko‘p vaqt oladi. Ushbu masalada М.А.Zubova AQSH, Kanada, Fransiya,
Germaniya, Angliya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Gretsiya,
Irlandiya, Luksemburg, Gollandiya, Portugaliya, Avstraliya, Shvetsiya, Polsha kabi
davlatlarning qonunchiligini tadqiq qilgan holda, dunyodagi barcha mamlakatlarning

1

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son.

https://lex.uz/uz/docs/-5960604


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

kiberjinoyatga aloqador qonunchiligini bir-biri bilan unifikatsiya qilish zarurligini ta’kidlaydi.

2

Biroq bir qancha urinishlar bo‘lishiga qaramay, xalqaro miqyosda davlatlarning ushbu
jinoyatga qarshi kurashishdagi hamkorliklari unchalik ham samarali yakunlangan emas.
Birgina “Budapesht Konvensiyasi” eng yirik xalqaro hamkorlik forumi bo‘lib, ushbu
konvensiyadan maqsad – global olamdagi yangi jinoyat turi hisoblangan kiberjinoyatchilikka
qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Yana bir muammolardan birini olim
М.А.Prostoserdovning fikrlari bilan aytib o‘tadigan bo‘lsak, “kiberjinoyatlarning yanada
ko‘payishiga sabab sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining ushbu sohada
yetarlicha bilimga ega emasligi natijasida latent jinoyatchilik kundan-kunga ko‘payib
borayotganligini ta’kidlaydi, bu borada alohida kadrlar tayyorlashga e’tibor berish kerakligini,
ayniqsa, iqtisodiy jinoyatlarga oid kiberjinoyatlarni kvalifikatsiya qilishni va ushbu
jinoyatlarni ochishni bemalol uddalay oladigan kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish
zarurligini, shuningdek, ushbu jinoyatlar haqida tushuntirish beradigan Oliy sudning yuqori
organi bo‘lgan, misol uchun Plenum qarorlari qabul qilinishi zarurligini aytib o‘tadi.”

3

Ikkinchidan, jinoiy-huquqiy qonunchiligimizga nazar soladigan bo‘lsak, masalan O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksida kiberjinoyatlar tarqoq holda joylashgan. Bundan tashqari
ushbu turdagi jinoyatlar uchun ham javobgarlikning o‘girlik darajali xar xil ekanligini
kuzatishimiz mumkin. Jumladan, kiberjinoyat JK 167-moddasining (o‘zlashtirish yoki rastata
yo‘li bilan talon-taroj qilish) uchinchi qismi g bandida nazarda tutilgan bo‘lsa, kiberfiribgarlik
esa JK 168-moddasining ikkinchi qismi v bandida joylashgan. Ikkinchi va uchinchi qismlarda
joylashganligi ushbu qismlarda nazarda tutilgan sanksiyalarning ham turlicha ekanligini
anglatadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, aholining aksar qismida huquqiy savodxonlik, media madaniyati va
gadjetlar, telefon va planshetlardan foydalanish madaniyati yetishmaydi. Bu esa ularni juda
osonlik bilan kiberfiribgarlik qurboniga aylanib qolishlariga sabab bo‘lmoqda. Kiberfiribgarlik
ham tobora rivojlanib, huquq tendensiyalaridan ortda qolayotgani yo‘q. Masalan fishing nomli
firibgarlik ayni damda eng ko‘p tarqalgan jinoyatdir. Davlat har bir illat bilan alohida
kurashish mexanizmiga ega. Kiberfiribgarlik tobora zamon muammosiga aylanib borayotgach,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi axborot texnologiyalaridan foydalanib
sodir etilgan firibgarlik jinoyati bilan boyitildi va u hatto og‘irlashtiruvchi holatlarda
firibgarlik toifasiga kiritildi. Darvoqe aytish mumkinki, agar muayyan bir illat jamiyat
a’zolariga tobora muttasil ravishda ziyon yetkazayotgan bo‘lsa, davlat uni jilovlash choralarini
ko‘radi va kiberfiribgarlik ham shular jumlasidandir.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jamiyatda yangi turdagi jinoyat ko‘lami tobora ortib
borayotgani, ushbu jinoyatni sodir etilishiga zamin yaratib kelayotgan omillarni bartaraf etish
va turli xil profilaktik choralarni ko‘rish lozimligidan dalolatdir. Kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishiga qaramay aholi orasida beparvolik,

2

Зубова М.А. Компьютерная информация как объект уголовно-правовой охраны. Специальность: 12.00.08 –

уголовное право и криминология; уголовно-исполнительное право. Автореферат диссертации на соискание
ученой степени кандидата юридических наук. – Казань. 2008. –25 с.

3

Простосердов М.А. Экономические преступления, совершаемые в киберпространстве, и меры

противодействия им Специальность 12.00.08 - уголовное право и криминология; уголовноисполнительное
право Диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – М.: 2016. – С 190-191.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

42

e’tiborsizlik sababli bu illat tobora ildiz otib bormoqda. Shu bilan birga Jinoyat kodeksining
167,169,278prim1-278prim7-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni vositasi yoki predmeti
bo‘lgan kompyuter tizimlari yoki kompyuter texnikasi tushunchasi bugungi kunda o‘zining
texnik imkoniyatlari tufayli to‘liq kiberjinoyatlarni qamrab ololmaydi, xususan, mobil ilova
orqali amalga oshirilgan firibgarlik jinoyatlarida mobil ilova o‘zining texnik imkoniyatidan
kelib chiqib, kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga kirmasligi sababli jinoyat qonunchiligimizni
qayta ko‘rib chiqishimiz zarurligini keltirib chiqarmoqda.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni. 15.04.2022 yildagi

O‘RQ-764-son.
2.

Зубова М.А. Компьютерная информация как объект уголовно-правовой охраны.

Специальность: 12.00.08 – уголовное право и криминология; уголовно-исполнительное
право. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических
наук. – Казань. 2008.
3.

Простосердов

М.А.

Экономические

преступления,

совершаемые

в

киберпространстве, и меры противодействия им Специальность 12.00.08 - уголовное
право и криминология; уголовноисполнительное право Диссертация на соискание
ученой степени кандидата юридических наук. – М.: 2016.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni. 15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son.

Зубова М.А. Компьютерная информация как объект уголовно-правовой охраны. Специальность: 12.00.08 – уголовное право и криминология; уголовно-исполнительное право. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – Казань. 2008.

Простосердов М.А. Экономические преступления, совершаемые в киберпространстве, и меры противодействия им Специальность 12.00.08 - уголовное право и криминология; уголовноисполнительное право Диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – М.: 2016.