Авторы

  • Farrux Fattullayev
    Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87285

Аннотация

Inson farzandi umri davomida uchraydigan turli voqea - hodisalarning ildizini izlashda va bir kun bahs, munozara, tahlil asosida shu voqea - hodisalarning xulosasini chiqarishda o‘tmish tadqiqotchisi sanalmish tarixiy fanlarning o‘rni beqiyosdir. Zero, o‘tmishimizda yuz bergan har bir hodisa ma’lum ma’naviy - ruhiy, tabiiy -ijtimoiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar solganda, asrlar silsilasini varaqlash kerakki, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat qo‘yingki, har bir davrning o‘ziga xos shukuhi-yu, tashvishlari, sevinchu iztiroblari ko‘zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Ana shunda har bir hodisa kishini fikrlashga, aql yo‘rig‘i bilan belgilashga yordam beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

31

XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORONING ESKI SHAHAR QISMINI

SAQLAB QOLISHGA QARATILGAN ISHLAR

Fattullayev Farrux Fazliddin o‘g‘li

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11185143

Inson farzandi umri davomida uchraydigan turli voqea - hodisalarning ildizini izlashda va bir
kun bahs, munozara, tahlil asosida shu voqea - hodisalarning xulosasini chiqarishda o‘tmish
tadqiqotchisi sanalmish tarixiy fanlarning o‘rni beqiyosdir. Zero, o‘tmishimizda yuz bergan
har bir hodisa ma’lum ma’naviy - ruhiy, tabiiy -ijtimoiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar
solganda, asrlar silsilasini varaqlash kerakki, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat,
siyosat qo‘yingki, har bir davrning o‘ziga xos shukuhi-yu, tashvishlari, sevinchu iztiroblari
ko‘zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Ana shunda har bir hodisa kishini fikrlashga, aql yo‘rig‘i
bilan belgilashga yordam beradi.

1

O‘zbekiston zaminining qaysi hududiga murojaat qilmaylik, ming - ming yillik yer qa’ridagi ilk
hayot nishonalarini, eng qadimiy madaniyat va san’at namunalarini har qadamda topish va
shu orqali bu yerlarda qanday buyuk sivilizatsiya mavjud bo‘lganligini ko‘rishimiz muqarrar.
Mana shu mo‘tabar yurtimizdagi yerosti xazinalaridan, asrlar davomida sukutga cho‘mib
yotgan shahristonlardan topilgan arxeologik ashyolar, noyob tasvirlar va hali ochilmagan, o‘z
sirlarini pinhon saqlab kelayotgan cho‘lu biyobonlar, hech shubhasiz, bugun biz yashayotgan
tuproqda qadim - qadim zamonlardan boshlab buyuk madaniyat va san’at rivojlanganligini
tasdiqlaydi.
Shu ma’noda, ulug‘ ajdodlarimizning umumjahon va umumbashariyat taraqqiyotiga qo‘shgan
ulkan hissasini hozirgi kunda dunyoda hech kim inkor qilolmaydi. Bunday xulosani yuzlab
bebaho topilmalar, osori atiqalar va buyumlar isbotlab beradi

2

.

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan qadimiy Buxoro savdo-sotiq markazi sifatida
jahonga dong taratgan. O‘rta asrlardayoq o‘zining timu-toqlari, o‘ziga xos savdo rastalari
bilan xorijlik savdogarlar e’tiborini tortgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “... Azaldan savdo yo‘llari, madaniyat va sivilizatsiyalar
chorrahasida joylashgan boqiy Buxoro, uning ko‘pni ko‘rgan, ilm-ma’rifat, dinu diyonat,
bunyodkorlik borasida nom qozongan xalqi har qanday hurmat va e’tiborga munosibdir”.
Dunyoda alohida bir elga, alohida bir yurtga bag‘ishlab barpo qilingan yodgorliklar majmuasi
kamdan-kam uchraydi. Buxoroi Sharif ayni shunday o‘lkalar qatoriga kiradi. Shahrimizda
shunaqa tarixiy obidalar borki, ularga o‘xshashini hech qaysi musulmon davlatida
uchratmaysiz.
XX asrning ikkinchi yarmida sovet mustabid tuzumi davrida ham O‘zbekistondagi tarixiy-
madaniy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash-tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Masalan, KPSS Markaziy Qo‘mitasi tomonidan 1980-yil 12-avgustda “SSSR xalqlari tarixiy va
madaniy yodgorliklari to‘plamini nashr qilish to‘g‘risida” qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror
asosida 1980-yilning 8-sentabrida O‘zbekiston KP Markaziy Qo‘mitasi va Ministrlar
Sovetining yodgorliklar to‘plamini nashr qilish to‘g‘risidagi 604-sonli qarori chiqadi. Ushbu
qaror shartlarini bajarish yuzasidan, O‘zbekiston KP MK va Ministrlar Sovetining 1980-yil 17-

1

Жўраев Н. Ўзбекистон тарихию Т.: 1998, -Б.3

2

Жайхун соҳилидаги боқий шахар. Маърифат, 2002,3 апрел, -Б.5.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

32

sentabrdagi 164“P”-sonli buyrug‘iga asosan, 1983-yilda Buxoro viloyati va shahri tarixiy-
madaniy yodgorliklarini to‘plam nashriga tayyorlash to‘g‘risida tadbirlar belgilanadi.
1980-yil 19-sentabrda YUNESKOning qarori bilan Toshkentda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino
tavalludining 1000 yillik yubileyi nishonlandi. Mazkur yubileyga tayyorgarlik munosabati
bilan Buxorodagi 40 ta me’morchilik yodgorliklari ta’mirlandi, Toshkent va Afshonada
allomaga haykal o‘rnatildi. O‘zSSR Madaniyat vazirligining 1980-yil 25-avgustdagi 417-sonli
buyrug‘i asosida tuzilgan hukumat komissiyasi tomonidan 20 ta yodgorlik “a’lo”ga, 20 tasi esa
“yaxshi” ta’mirlangan, deb qabul qilib olindi.
O‘zSSR Madaniyat vazirligi kollegiyasining 25-mart 1982-yildagi 413-sonli qarorida Buxoro
viloyati madaniyat boshqarmasining O‘zSSR “Tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash va
ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning bajarilishi borasidagi ishlar haqida quyidagi
ma’lumotlar keltiriladi. Viloyatda jami 714 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo‘lib,
ulardan 329 ma’muriy, 259 monumental san’at, 126 tasi arxeologik yodgorliklar bo‘lgan. Yana
20 ta yodgorlikni ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan yodgorliklar ro‘yxatiga kiritish tavsiya
qilingan. 274 yodgorlik esa respublika ahamiyatiga ega bo‘lib, davlat muhofazasiga olingan.
Buxoro shahri va viloyatdagi tuman markazlarida 379 ta yodgorlikning hisob varaqasi
tuzilgan. 143 yodgorlik fotofiksatsiya qilindi.
1987-yilda esa 603 ta yodgorlik davlat muhofazasi va hisobiga olingan bo‘lib, ulardan 293 tasi
me’moriy, 100 tasi arxeologik, 210 tasi monumental san’at asarlari bo‘lgan. 24 ta yodgorlik
ittifoq, 244 tasi respublika va 335 tasi mahalliy ahamiyatiga ega yodgorliklar toifasiga kiritildi.
2 ta me’moriy obida, ya’ni Ismoil Somoniy maqbarasi va Minorayi Kalon YUNESKO tomonidan
ro‘yxatga olingan.

References:

1.

Жўраев Н. Ўзбекистон тарихию Т.: 1998, -Б.3

2.

Жайхун соҳилидаги боқий шахар. Маърифат, 2002,3 апрел, -Б.5.

Библиографические ссылки

Жўраев Н. Ўзбекистон тарихию Т.: 1998, -Б.3

Жайхун соҳилидаги боқий шахар. Маърифат, 2002,3 апрел, -Б.5.