YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
8
BOLALAR VA O'SMIRLARDA O'ZIGA BO'LGAN ISHONCHNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Xayrullayev Qodir Zarfulla oʻgʻli
Qozon Federal Universiteti
Umumiy psixologiya kafedrasi
2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11174716
Annotatsiya:
Ushbu maqola bolalar va o'smirlarda o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirishda
psixologik usullarni qo'llashni o'rganadi. Umumiy farovonlik va muvaffaqiyat uchun muhim
bo'lgan o'ziga ishonch, shakllanish davrida turli xil psixologik omillar bilan shakllanadi. Xulosa
ijobiy mustahkamlash, kognitiv-xulq-atvor usullari, rol modellashtirish va qo'llab-quvvatlovchi
muloqotni o'z ichiga olgan samarali strategiyalar haqida umumiy ma'lumot beradi. Bundan
tashqari, u ushbu usullarni amalga oshirishda individual farqlar va rivojlanish bosqichlarining
ahamiyatini ko'rib chiqadi. Ushbu psixologik yondashuvlarni tushunish va qo'llash orqali ota-
onalar, o'qituvchilar va tarbiyachilar bolalar va o'smirlarda mustahkam o'ziga bo'lgan
ishonchni rivojlantirishga hissa qo'shishlari mumkin, bu ularning ishonchli, bardoshli shaxslar
bo'lib o'sishiga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
Psixologik usullar, o'ziga ishonch, bolalar, o'smirlar, ijobiy mustahkamlash,
kognitiv-xulq-atvor usullari, namuna olish, qo'llab-quvvatlovchi muloqot, individual farqlar,
chidamlilik.
O‘z-o‘zini hurmat qilish va qadrlash bolalar uchun kelajakda jamiyatda qulaylikka erishishi
uchun juda muhim. Qadr-qimmatni rivojlantirish barcha bolalarda ahamiyatli bo‘lib, u ishonch,
qobiliyat va iste’dod bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zini hamisha past baholaydigan bolalar
ko‘pincha qiyinchiliklarga, ijtimoiy muammolarga duch keladi. Bu borada bolada o‘zi to‘g‘ri
baholashni qanday shakllantirish haqida psixolog Olga Romaniv quyidagilarni tavsiya etadi.
Farzand bilan nafaqat o‘quv yoki qandaydir topshiriq yuzasidan, balki muhim sanalgan
masalalar to‘g‘risida ham suhbatlashish va ularning fikrini ham hurmat qilish hamda inobatga
olish zarur. Kuchsiz tomonlarni tan olgan holda yutuqlarni qadrlash haqida gaplashish farzand
uchun juda foydali. Masalan, xarid qilish ro‘yxati onaning yodidan chiqqudek bo‘lsa, uni
farzandlarga eslatib qo‘yish mumkin: “Men xaridlar ro‘yxatidagi narsalarni eslay olmayman,
sen yordam bera olasanmi?”. Bu kabi kichik muammolarni farzand bilan birgalikda hal etish
undagi harakatchanlik va mas’uliyat hissini oshiradi. Ba’zan bolalarni yaxshi bo‘lishi uchun
kerakli masala haqida gaplashish ancha qiyin boladi. Ammo bu kabi mavzular aniq va lo‘nda
bo‘lsa, to‘g‘ri baholash jarayonining rivojlanishiga yordam beradi. Asosiysi, muammolarni
ochiqlashda ularni hech narsaga loyiq emasligini ta’kidlamaslik zarur. Aksincha, avvalgidan
ham ko‘ra yaxshi bo‘lishiga undash tarzida suhbatlashish tavsiya etiladi.
Odatda, o‘zini ijobiy baholash ma’lum maqsadga intilishdan kelib chiqadi. Shuning uchun tanqid
o‘rniga, yosh va qiziqishiga mos bo‘lgan maqsadlarni taklif qilish mumkin. Masalan, “Nega
kiyimlaringni hamma joyga yoyding?” emas, balki “Hamma kiyimlarni shkafga vaqtida
qo‘ysang, ko‘proq o‘yin o‘ynashga imkon bo‘ladi” kabi. Ikkisini solishtirib ko‘rish mumkin, bola
ikkinchi jumlaga ko‘proq e’tibor qaratishi tabiiy.
Bolalarda paydo bo‘lgan salbiy fikrlar ustida ko‘proq ish olib borish kerak. Ya’ni salbiy fikrlarni
bartaraf etishiga onalar ko‘proq yordam berishi kerak. “Men buni o‘qishni bilmayman”,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
9
“Mashg‘ulotlarni bajarishga kuchim yetmaydi” kabi bolalarga xos bo‘lgan biroz qo‘rquv va
dangasalik aralashgan fikrlarni vaqt o‘tib yaxshilanishiga ishontirish kerak. Shundagina ular
barcha narsaning imkoni borligi va faqat buning uchun harakat qilish kerakligini anglab yetadi.
Fikrlashni o‘stirish – xatolarni o‘rganish va to‘g‘ri xulosa chiqarishdir. Bola
muvaffaqiyatsizlikka uchrash oddiy hol ekani va bu muammolarning yechimi borligini bilsa,
unda baholash tushunchasi shakllana boradi. Iloji boricha farzandlarga o‘z xatolaridan saboq
olishiga yordam berish kerak. Masalan “Bu safar sharbatni to‘kib yubording. Keyingi safar yana
takrorlanmasligi uchun stakanni idish yuvish joyida tutib, so‘ngra sharbat quy”. Farzandni
me’yorida maqtash juda foydali. Ammo qanday maqtash ham muhim. Ko‘pchilik bolasining
intilishi-yu qiziqishini bir chetga surib, yakuniy natijaga qarab baho beradi. Ammo muammoni
hal qilishda uning yondashuvi va to‘siqlarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidlash
lozim. Aniq va halol maqtovlar sog‘lom baholashni shakllantirishning kalitidir. Farzandni biror
ishga ilhomlantirish uchun ularni boshqa tengdoshlariga aslo solishtira ko‘rmaslik kerak.
Shunchaki ularning avvalgi ishidagi yutuqlarni misol qilish orqali ham bung erishish mumkin.
Yoki ilhomlantirishi mumkin bo‘lgan qandaydir yaxshi voqeani ham aytib berish ham
foydalidir. Bolalarda bu jarayon yuzaga kelganidan so‘ng o‘z-o‘zidan psixologik muammolar
ham bartaraf bo‘ladi.
O’smirlik davri 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi
o’smirlar o’tmishdoshlarida nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha
ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq
namoyon bo’lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinflardan
boshlanadi. ,,Endi o’smir bola emas biroq kata ham emas’’ ayni shu ta’rif o’smirlik davrining
muhim harakterini bildiradi.
O’smirlik - bolalikdan kattalikga o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga
xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik
taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi,
xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O’smirlik balog’atga
yetish bosqichi bo’lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taaluqli chigal vaziyatlarning
paydo bolishi bilan ham harakterlanadi. O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat
qiladilar. Ular o’zlarining layoqat, qobilyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va
o’qiyuvchilariga qiziqishga intiladilar. O’smirlik davri ,,o’tish davri’’, ,,krizis davr’’, “qiyin
davr’’ kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar bilan harakterlanadi. O’smirlik davrida
ko’pincha so ́zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik
kabi salbiy hususiyatlar xosdir. O’smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat -
voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo’lishi alohida ahamiyat kasb etadi. O’smirlik
yoshiga xos bo’lgan psixologik hususiyatlarini o’rgana turib, o’smirlar shaxsining
shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va
ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin.
Psixolog L.S.Vigotskiy o’smir yoshi psixologiyasini “psixik rivojlanishdagi inqiroz’’ deb
nomlagan. O’smirlik davridagi inqiroz-o’smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining
qat’iy o’zgarishi, buzilishidir. U 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan.
Inqirozdan keyingi davrlar ota-onalar va o’qituvchilar tomonidan subektiv yanada qiyinroq
deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
10
O’smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o’zaro mos kelmasligi o’smirlar bilan ota-
onalar, o’qituvchilari va boshqa murabbiylari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib
chiqaradi. Vigotskiy psixik rivojlanishdagi inqiroz bilan cheklanib qolmasdan, o’smirlik
davridagi qiziqishlarning o’zgarishiga bog’liq ravishda ikki ya’ni salbiy va ijobiy fazani ajratib
ko’rsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so’nishi va yangi dastlabki jinsiy
qiziqishlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko’rinishlari namoyon bo’ladi; ish qobiliyatining,
o’zlashtirishning pasayishi, o’smirning qo’polligi va yuqori qo’zg’aluvchanligi, uning o’zidan
qoniqmasligi va xavotirlanish va boshqalar. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning
paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’smirda boshqalarning va o’zining psixologik
kechinmalariga qiziqish paydo bo’ladi. Vigotskiy izlanishlariga hamohang tarzda
M.G.Davlatshin, “5-7-sinf o’quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish” mavzusida o’z
tadqiqotlarini olib borgan. Professor M.G.Davlatshin mehnat ta’limi va kasbga yo’llash
muammolariga, texnik qiziqish va texnik qobilyatlarni shakllantirishning psixologik
xususiyatlariga alohida e’tibor qaratgan.
Xulosa o ́rnida shu narsaga alohida e ́tibor berish kerakki, yuqoridagi olimlarning
izlanishlanishlarini o ́rganib chiqib o’smirlik yosh davrining naqadar
muhim va dolzarb mavzu ekanligini hamda bu yosh davrining psixologik
xususiyatlariga va o ́zgarishlariga jamiyatning har bir a ́zosi bee ́tibor bo ́lmasligini
aytib o ́tish o ́rinlidir. O ́smir tarbiyasiga oilada ota-ona va yaqinlari, ta’lim muassasalarida esa
har bir pedagog ma’suldirlar.
Oilada ota-onalar quyidagi tavsiyalarga e’tibor berishlarini hohlardik:
- o’smir yoshidagi farzandlariga ko’proq e’tiborli bo’lish
- bolaga imkon qadar vaqt ajratish
- bo’sh vaqtining to’g’ri taqsimlanganligini nazorat qilib borish
- qiziqishlariga ijobiy fikr bildirilib, do’stona muloqotning yo’lga qo’yilishi
- oila a’zolariga nisbatan to’g’ri muomala ma’daniyatining yo’lga qo’yilganligini nazorat
qilib borish kabi tavsiyalarga e’tibor berishlarini ta’kidlagan bo’lar edik.
Ta’lim muassasalarida pedagoglar o’smirlarga ta’lim berishda quyidagilarga e’tibor
berishlari muhim:
- o’smirning darsdagi faoliyati
- maktab jamoasiga munosabati
- tengdoshlar bilan hamfikrlilikning yo’lga qo’yilganligi
- o’quv jarayonidagi o’quvchilarning qiziqish va e’htiyojlariga e’tiborli bo’lishi
- mustaqil fikrlashlari uchun o’zlarini qiziqtirgan soha bo’yicha faoliyat olib borishlari uchun
sharoit yaratilishiga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Ushbu tavsiyalar o’smirlarda o’tish davrining qiyinchilaklarsiz o’tishini ta’minlaydi deb
o’ylaymiz.
References:
1.
Taxoxov B.A. Zamonaviy “qiyin o’smirlar” ning psixologik va pedagogik xususiyatlari //
Togliatti davlat universitetining fan vektori. Seriya: Pedagogika, Psixologiya. – Piter: 2018. No
2.
G’oziyev E. Umumiy psixologiya’’.-T.;O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.2010.-548-b
3.
Davlatshin M.G.Yosh va pedagogik psixologiya’’.-T.,2004
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
11
4.
Nishanova Z.T. va boshqalar “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya’’.-
T.;O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.2018.332-b