Авторы

  • Munavvar Dostqobilova
    O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87697

Аннотация

Bugungi kunda O‘zbekistonda musiqa sanʼati va madaniyatini yanada rivojlantirishda uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Musiqa madaniyatining turli yO‘nalishlari bO‘yicha yosh isteʼdodlarni izlab topish, ularning ijodiy faoliyatini yuksaltirish yuzasidan gʼamxO‘rlik qilish muhim ahamiyatga molik vazifalardan biriga aylandi. “...Xalqimizning maʼnaviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy gʼoyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa sanʼatining O‘rni va ahamiyati beqiyosdir” . Zero, O‘tmishdagi musiqiy ijrochilik anʼanalarini tiklash, zamonaviy sharoitlarda saqlab qolish, O‘zbek milliy musiqiy asarlari va sozlarini xorijiy mamlakatlarda namoyish etish, musiqa taʼlimida yangi anʼanalarni tarkib toptirish, xalq maʼnaviy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish, jamiyat hayotida musiqa madaniyatining tutgan O‘rnini tahlil etish dolzarb vazifa hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

157

O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI VOSITASIDA BO‘LAJAK MUSIQA

O‘QITUVCHILARINING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN

MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISH

Dostqobilova Munavvar Qochqorovna

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

“Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15400528

Kirish.

Bugungi kunda O‘zbekistonda musiqa sanʼati va madaniyatini yanada rivojlantirishda

uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Musiqa madaniyatining turli yO‘nalishlari bO‘yicha yosh
isteʼdodlarni izlab topish, ularning ijodiy faoliyatini yuksaltirish yuzasidan gʼamxO‘rlik qilish
muhim ahamiyatga molik vazifalardan biriga aylandi. “...Xalqimizning maʼnaviy saviyasini
oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy gʼoyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida
tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa sanʼatining
O‘rni va ahamiyati beqiyosdir” . Zero, O‘tmishdagi musiqiy ijrochilik anʼanalarini tiklash,
zamonaviy sharoitlarda saqlab qolish, O‘zbek milliy musiqiy asarlari va sozlarini xorijiy
mamlakatlarda namoyish etish, musiqa taʼlimida yangi anʼanalarni tarkib toptirish, xalq
maʼnaviy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish, jamiyat hayotida musiqa
madaniyatining tutgan O‘rnini tahlil etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Mumtoz musiqa
namunalari asosan yetuk hofiz, sozanda va bastakorlar tomonidan yaratilib, O‘zining janrlari va
ijro anʼanalari murakkabligi tufayli maqomchilik sanʼati va dostonchilik ijro uslublari,
maktablari bilan ajralib turadi. Shu sababli bo‘lajak yosh o‘qtuvchilar o‘zbek xalqi musiqa
sanʼati namoyandalari faoliyati bilan yahshilab o ‘rganishlari kozda tutiladi. Mumtoz musiqa
namunalari asosan yetuk hofiz, sozanda va bastakorlar tomonidan yaratilib, o‘zining janrlari va
ijro anʼanalari murakkabligi tufayli maqomchilik sanʼati va dostonchilik ijro uslublari,
maktablari bilan ajralib turadi bu masalarni targ ‘ib qilish ana‘nalari milliy madaniyatimizninh
qanday barkamol topganini ifodalab beradi. Mustaqillik sharofati bilan milliy-ma'naviy
qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an’analarimizga bo‘lgan
e’tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo‘nalish kasb etdi.

1

Shu boisdan biz, musiqa madaniyati o‘qituvchilar oldimizda turgan vazifalarni amalda

joriy etishda quyidagilarga o‘z e’tiborimizni qaratishimiz lozim:

O‘tmish tariximizda yoshlar taolim-tarbiyasiga bo‘lgan buyuk siymolar hamda ota-

onalarimizdan qolgan qonunqoidalarga amal qilish;

O‘rta maktablarda olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaga va madaniyat ravnaqi rivojlanishiga

hissa qoshilyotgan o‘ziga xos bo‘lgan tadbir hamda mashg‘ulot turlarini o‘rganish;

Mutaxassis o‘qituchilar bilan ta’lim-tarbiyaga xos bo‘lgan tadbir hamda mashg‘ulotlarga

xos bo‘lgan mavzularda suhbat o‘tkazish;

Estеtik ta’lim-tarbiya haqida o‘quvchi yoshlar bilan so‘roqjavoblar tashkil qilish;
Milliy musiqa ijodiyoti namunalaridan «Musiqa madaniyati» darslari hamda sinfdan

tashqari to‘garaklarda foydalanish;

Maktab va maktabdan tashqari olib boriladigan musiqiy chiqishlarda iqtidorga bo‘lgan,

qobiliyatli o‘quvchilarni jalb etish;

1

Ботирова Хилола (znanio.ru)


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

158

Shuni ta’kidlash joizki, talab va g‘oya ta’lim-tarbiya tizimining markaziy masalalaridan

hisoblanadi. Shunday ekan, rеjamizda o‘z aksini topgan barcha masalalar o‘z mohiyatiga ko‘ra
musiqa ta’limi-tarbiyasida ishtirok etayotgan barcha mutaxassislar uchun namunaviydir. Biz
imkon qadar har bir masalani yoritish jarayonida o‘tmish tarixrimizga va hozirgi kunda amalga
oshirilgan ta’lim-tarbiyaga xos bo‘lgan tariximizda va hozirgi kunda amalga oshirilgan ta’lim-
tarbiyaga xos bo‘lgan omillarni tadbiq etib chiqishga harakat qildik. Zеro, bu tavsiya hamda
takliflar kеlgusida o‘quvchi yoshlarimizning ta’limtarbiyaisga estеtik munosabatlarni
shakllantirishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Barkamol avlod tarbiyasida, ayniqsa, ijtimoiy hayotda yoshlarimizning estеtik

munosabatlarini shakllantirishda musiqaning o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri tahlil qilib, uning
ta’sirchanlik kuchiga imkon qadar еtarlicha baho bеrishda murabbiy ustozlarning ilmiy
tadqiqotlarga tayangan holda faoliyat ko‘rsatishlari, shu bilan bir vaqtning o‘zida, xalqimizning
insoniyat madaniy taraqqiyoti tarixida tutgan o‘rnini, jahon ma’naviy xazinasiga qo‘shgan
hissasini, ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan madaniyat va sanoat boyliklarini, musiqiy madaniyatning
kеlajak avlodga o‘z holicha еtkazish. Bugungi kunda ushbu ma’naviy boyliklarini istiqlol
mafkurasi manfaatlari yo‘lida shu ruhda tarbiyalash, barchamizning burchimizga aylanib
kеlmoqda. Barchamizga ma’lumki, o‘zbеk xalqining musiqa madaniyati uzoq tarixiy jaaryonni
an’anaviy ijroda o‘z talqinini tarannum etgan kasbiy musiqa, xalqimizning bеtakror bastakorlik
maktabi, shuningdеk an’anaviy, folpklor-badiiy havaskorlik musiqiy, turlari hisoblanadi.

Biz imkon qadar har bir masalani yoritish jarayonida o‘tmish tarixrimizga va hozirgi

kunda amalga oshirilgan ta’lim-tarbiyaga xos bo‘lgan tariximizda va hozirgi kunda amalga
oshirilgan ta’lim-tarbiyaga xos bo‘lgan omillarni tadbiq etib chiqishga harakat qildik. Zеro, bu
tavsiya hamda takliflar kеlgusida o‘quvchi yoshlarimizning ta’limtarbiyaisga estеtik
munosabatlarni shakllantirish va tarkib topishida imkon qadar qo‘l kеladi, dеb ishonch bildirib
qolamiz Yoshlar estеtik ta’lim-tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lishi musiqa ijodiyotining ilmiy-
tarixiy asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etgan holda, har bir musiqa madaniyati
o‘qituvchimurabbiylar oldiga mas’uliyatli vazifalar qo‘yilganligini e’tirof etishimiz zarurat
ekan.

2

O‘zbek milliy musiqa san’ati asosan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining milliy madaniyatni

targ‘ib qilishga qaratiladi qachonki yosh mutahasislarimiz ustoz-shogird an‘analarini
rivojlantirsagina ulgayib borayotgan avlod milliy madaniyatga bo‘lgan qarashi o ‘zgaradi.

O‘zbek milliy musiqa san’ati vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining milliy

madaniyatga nisbatan munosabatlarini rivojlantirishda bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar va
tarixiy-an’anaviy jihatlar mavjud. Quyida bu jarayonning asosiy xususiyatlari va an’analariga
kengroq to‘xtalamiz:

Milliy musiqa san’ati – madaniy o‘zlikni shakllantirish vositasi sifatida milliy musiqa

asarlari (maqomlar, xalq qo‘shiqlari, doira, dutor, rubob kabi cholg‘ular) xalqning tarixiy,
ijtimoiy va madaniy hayotining aksidir. Ular:

xalqning qadimiy dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi;

milliy identitetni shakllantirishga xizmat qiladi;

yosh avlodda o‘z madaniyatiga hurmat hissini uyg‘otadi.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi ushbu musiqiy merosni chuqur o‘rganish orqali:

2

2. O’zbеk xalq musiqasi T., 1959 y. O’quvchilarni musiqa merosiga muhabbat ruhida tarbiyalashda musiqa madaniyati

fanining o’rni (metodik tavsiya)


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

159

o‘zining madaniy ildizlariga chuqur bog‘lanadi,

uni keyingi avlodlarga yetkazish maqsadida mas’uliyatni his etadi.
An’anaviy musiqa shakllari va ularning tarbiyaviy ta’siri O‘zbek xalqining musiqa

san’atida quyidagi shakllar muhim o‘rin tutadi:

Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari – bu nafaqat

musiqiy tizim, balki estetik-tarbiyaviy maktabdir.

Maqomlarning tarbiyaviy vazifasi:

ruhiy poklanish;

sabr-toqat, nazokat, ma’naviy yuksaklikni o‘rgatadi.
Xalq og‘zaki ijodining mahsuli bo‘lgan qo‘shiqlar (aytimlar, laparlar, yallalar):

xalq hayotining turli jabhalarini yoritadi;

urf-odat va marosimlarning ajralmas qismidir;

bo‘lajak o‘qituvchiga folklor asosida milliy qadriyatlarni tushunishga yordam beradi.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining milliy madaniyatga munosabatini shakllantirishda

quyidagi yondashuvlar samarali:

A) Amaliy-tajriba mashg‘ulotlari

Milliy cholg‘ularni chalish o‘rgatiladi;

Maqom va xalq qo‘shiqlari jonli ijro etiladi;

Marosim musiqalari (to‘y, bayram, yas) o‘rganiladi.
B) Madaniy merosni o‘rganish darslari

Musiqa tarixi va etnomuzikologiya bo‘yicha bilim beriladi;

Milliy bastakorlar (Yunus Rajabiy, Turg‘un Alimatov) ijodi tahlil qilinadi;

Tarixiy madaniy kontekstda musiqa san’atining ahamiyati ochib beriladi.
C) Integratsiyalashgan yondashuv
Musiqa darslarini adabiyot, tarix, san’atshunoslik fanlari bilan uyg‘un holda olib borish:

madaniyatlararo tafakkurni shakllantiradi;

o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtiradi.
4. Tarixiy va hududiy an’analar
O‘zbekiston hududlarida milliy musiqa san’atining o‘ziga xos maktablari mavjud:

Buxoro va Samarqand – maqomlar makoni;

Xorazm – jo‘shqin raqs va cholg‘ular an’anasi;

Farg‘ona vodiysi – lirizmga boy xalq qo‘shiqlari.
Bu hududiy xususiyatlar bo‘lajak o‘qituvchilarga boy va xilma-xil musiqiy tajribani

o‘rgatadi.

Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari uchun milliy musiqa san’ati nafaqat o‘quv materiali, balki

madaniy, axloqiy va estetik tarbiya vositasidir. U orqali o‘qituvchi o‘z xalqining ruhiy-ma’naviy
boyliklarini anglaydi va uni yosh avlodga yetkazadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абдуллаев Ш. Ш. Национальное самосознание и проблемы культуры. – Ташкент:

Фан, 2004. – 215 с.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

160

2.

Бабаева З.М. Воспитание культуры личности учащихся в процессе обучения

музыке. – Москва: Академия, 2005. – 156 с.
3.

Каримова Д.К. Мусиқий таълимда миллий қадриятларнинг ўрни. // Педагогика ва

психология. – 2019. – №2. – Б. 58–61.
4.

Левитан А.Г. Музыкальная культура и воспитание. – Санкт-Петербург: Лань, 2008.

– 172 с.

Библиографические ссылки

Абдуллаев Ш. Ш. Национальное самосознание и проблемы культуры. – Ташкент: Фан, 2004. – 215 с.

Бабаева З.М. Воспитание культуры личности учащихся в процессе обучения музыке. – Москва: Академия, 2005. – 156 с.

Каримова Д.К. Мусиқий таълимда миллий қадриятларнинг ўрни. // Педагогика ва психология. – 2019. – №2. – Б. 58–61.

Левитан А.Г. Музыкальная культура и воспитание. – Санкт-Петербург: Лань, 2008. – 172 с.