YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
96
IJTIMOIY TARMOQALARNING INSON ONGIGA TA’SIRI
Egamova Samira
Shonazarova Fotima
Mirzayeva Marjona
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15393425
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning inson ongiga ko‘rsatadigan ta’siri
tahlil qilingan. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda,
ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar, ayniqsa o‘smirlar ongiga ta’siri dolzarb masalaga aylanmoqda.
Maqolada ijobiy va salbiy ta’sir jihatlari, psixologik va ijtimoiy oqibatlar hamda bu
muammoning oldini olish choralari haqida fikr yuritiladi.
Abstract:
This article analyzes the impact of social networks on the human mind. Today,
along with the rapid development of information technologies, the impact of social networks
on the minds of young people, especially adolescents, is becoming a pressing issue. The article
discusses the positive and negative aspects of the impact, psychological and social
consequences, and measures to prevent this problem.
Абстрактный:
В статье анализируется влияние социальных сетей на разум
человека. Сегодня, в связи со стремительным развитием информационных технологий,
актуальной становится проблема влияния социальных сетей на сознание молодежи,
особенно подростков. В статье рассматриваются положительные и отрицательные
стороны воздействия, психологические и социальные последствия, а также меры по
предотвращению этой проблемы.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy tarmoq, ong, psixologik ta’sir, yoshlar, media, axborot xavfsizligi,
muloqot, komyuter, internet
Keywords:
social network, consciousness, psychological impact, youth, media,
information security, communication, computers, internet
Ключевые слова:
социальная сеть, сознание, психологическое воздействие,
молодежь, СМИ, информационная безопасность, коммуникация, компьютер, интернет
Kirish:
Bugungi raqamli asrda ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan.
Facebook, Instagram, Telegram, TikTok kabi platformalar orqali odamlar muloqot qiladi,
yangiliklardan xabardor bo‘ladi va o‘z fikrlarini bildiradi. Ammo bu qulayliklar bilan birga,
ijtimoiy tarmoqlarning inson ruhiyati, xatti-harakati va dunyoqarashiga ta’siri tobora ko‘proq
o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, o'zaro muloqot almashish yoki biror voqeaga munosabat
bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay
vositadir. Bunday tarmoqlar ilk bor odamlar o'rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy
tarmoqning elektron pochta ko'rinishida paydo bo'ldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali
bog'lanishning ilk ko'rinishi edi.
Asosiy qism
"Ijtimoiy tarmoq" tushunchasi 1954-yilda paydo bo'lganini va albatta, internetga hech
qanday aloqasi yo'qligini hamma ham bilmaydi va ular bu hodisani o'tgan asrning 30-yillarida
o'rganishni boshladilar. Konsepsiyani sotsiolog Jeyms Barns kiritgan: "ijtimoiy tarmoq" - bu
ijtimoiy obyektlar (odamlar va tashkilotlar) va ular o'rtasidagi aloqalar (ijtimoiy
munosabatlar) bo'lgan tugunlar guruhidan iborat ijtimoiy tuzilmadir - deb ta'kidlaydi" va shu
tariqa ijtimoiy tarmoq tushunchasipaydo bo'ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar haqida
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
97
ilk bora o'z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va Rapoport o'tgan asr
o'rtalarida muloqotning virtual ko'rinishi haqida o'z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik
mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi
tasavvurlarini aytib o'tishgan. Internet tarmog'ida insonlar o'rtasidagi muloqotning avj olishi,
rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilan bog'lashadi. Kun sayin
jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan
foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning iloji yo'q. Chunki, inson
dunyoqarashining shakllanishida, ma'naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa
kompyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini o'ynaydi.Hozirgi kun nuqtai nazari bilan
qaraydigan bo'lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o'zining tezkorligi
chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib
ulgurdi.Ijtimoiy tarmoqlarning inson ongiga ta’siri ko‘plab tadqiqotlarga mavzu bo‘lmoqda.
Ijobiy tomonlari sifatida tezkor axborot almashish, muloqot doirasini kengaytirish, ta’limiy va
madaniy resurslarga erkin kirish kabi jihatlarni sanab o‘tish mumkin.Salbiy jihatlar esa
yanada xavfliroqdir. O‘zbekiston Respublikasi yoshlarorasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar
natijasiga ko‘ra, ularning 60 foizi ijtimoiy tarmoqlarda kuniga 4 soatdan ko‘proq vaqt
sarflaydi. Bu esa e’tiborning pasayishi, ruhiy charchoq, yolg‘izlanish, o‘zini boshqalar bilan
solishtirish sindromlariga olib keladi.Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan
noto‘g‘ri ma’lumotlar, yolg‘on yangiliklar, ommaviy axborot vositalarining manipulyativ
uslublari ham inson ongini boshqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkinligini
ko‘rsatmoqda.Inson ongining shakllanishida axborot oqimining sifati muhim o‘rin tutadi. Agar
bu axborot filtrlanmagan, yolg‘on yoki tahdidli bo‘lsa, insonning real voqelikni anglashiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Axborot hajmining borgan sari ko'payishi XX asrning ikkinchi yarmida
yaqqol namoyon bo'la bordi.O'tgan asrning 70-yillarida axborot hajmi har 5-7yilda ikki
barobarga ortgan bo'lsa, 80-yillarga kelib bunday o'sishlar har 20 oyda, 90yillarda esa har yili
kuzatilgan.Axborot hajmi juda oshib ketdi.Shuningdek, yosh avlod dunyoqarashini
kengaytirish vabilimini oshirishda mazkur axborot manbalari muhim ahamiyatgaega.
Zamonaviy dunyoda o'z hayotimizni internet foydalanmasdan tasavvur qilish qiyin.Internet
yordamida biz juda ko'p foydali ma'lumotlarni olishimiz, qiziqarli va ko'ngilochar narsalarni
topishimiz, sevimli yoki o'tkazib yuborilgan filmlarni, dasturlarni tomoshaqilishimiz va biz
uchun kerakli bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishimiz, turli xil ta'lim o'yinlarini
topishimiz mumkin. Shu bilan birga internet uzoq masofada aloqa qilish imkoniyatini berdi.
Bugun biz istalgan joyimizga kunning istalgan vaqtida qo'ng'iroq qilishimiz va hatto
suhbatdoshimizni ko'rishimiz mumkin. Qisqa qilib aytganda dunyoning istalgan nuqtasida
odamlar bilan aloqa o'rnatishga imkon berdi. Bundan tashqari, biz kutubxonalarga borishimiz,
u yerda bo'lmasligi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirishimiz yoki kimdir undan
foydalanishini kutishimiz shart emas, shunchaki biz internet orqali istalgan ma'lumotni
topishimiz mumkin.Keyingi 15-20 yil davomida dunyo mamlakatlari aholisi, shu jumladan
O'zbekistonlik, yoshlar hayotida mobil aloqa urf tusini olgan bo'lsa,hozirgi davrga kelib mobil
uskunalardagi WhatsApp, ICQ, MSN Messengerva Telegram orqali matnli muloqot (ing. text
messaging ommaviylik kasb etmoqda. Qayd etish kerak, bugungi kunda dunyo aholisining
qariyb yarmi – ya'ni 3 mlrd.gayaqin kishi turli ijtimoiytarmoqlardan foydalanmoqda.
Shulardan eng kattaqismi – 2 mlrd. odam “Facebook”da O'zbekistonda “Facebook” tarmog'ida
foydalanuvchilar 1millionga yaqinlashib qolgan. Ular o'rtacha 25-34 yoshda bo'lib, 65,5 foizini
erkaklar, 34,5 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etar ekan. Ayni paytda dunyoda 1mlrd.lik
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
auditoriyaga ega Instagram O'zbekistonda 1.586.500 nafarfoydalanuvchiga ega. 2.476.590lik
Facebook esa mamlakatimizda686.400kishini birlashtirgan. 200 mln.lik Telegram –
O'zbekistonda 18 mln.kishiga xizmat ko'rsatmoqda.Bundan ko’rinib turibdiki ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishyoki internetdan foydalish ko’rsatkichi keskin tarizda o’smoqda. Bu
holatning ham ijobiy ham salbiy taraflari mavjud har bir shaxs uchun. Internetning ikkita
asosiy vazifasi bo`lib, buning birinchisi axborot makoni bo`lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion
vositasidir. Internetning axborot funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga
talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo`lsa, ikkinchidan u
axborotlarni keng ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur'atda e'lon qilish (nashr qilish)
imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi
ommaviy axborot aoliyatida va nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet
yordamida Nyu-Yorkdagi yoki Fransiyadagi eng so`nggi xabarlarni Toshkentga yetkazib
berish, gazeta va o`quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o`quvchilar
ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon, tez va
samaraliroq bo`ladi. Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda 240 sahifali tayyor o`quv qo`llanmani
tipografik usulda 100 00 nusxada chop etish va uni tarqatish 9-10 million so`m mablag` talab
qilsa, uning elektron nusxasini tayyorlash va internet sahifasiga joylashtirish uchun esa 7-8
yuz ming so`m mablag` zarur bo`ladi, binobarin undan foydalanuvchilar sonining chegarasi
bo`lmaydiXulosa:Ijtimoiy tarmoqlarning inson ongiga ta’siri murakkab va ko‘p
qirralijarayondir. Bu platformalarning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, axborotni tahlil
qilish, axborot madaniyatini shakllantirish orqali salbiyoqibatlarning oldi olinishi mumkin.
Ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyat bu borada birgalikda harakat qilishi lozim.Bundan
tashqari, yoshlаrbo‘sh vаqtini fаqаt ijtimoiy tаrmoqlаrdа o‘tirish bilаn o‘tkаzishlаri noto‘g‘ri.
Chunki jonli, hаqiqiy vа reаl muloqot o‘rnini hech nаrsа bosа olmаydi. Yoshlаr ko‘proq kitob
o‘qishlаri, o‘z ustilаridа ishlаshlаri hаmdа ijtimoiy fаollikni oshirishlаri lozim. Tаrmoqdаgi
fаollik hech nаrsаni belgilаmаydi vа inson to‘g‘risidа hаqqoniy bo‘lmаgаn mа’lumotlаrni
sаqlаshi mumkin. Biz ijtimoiy tаrmoqlаrning hаyotimizgа bo‘lgаn tа’sirini rаd etolmаymiz. Biz
ongli rаvishdа ijtimoiy tаrmoq а’zosi bo‘lа turib, reаl hаyot vа virtuаl hаyotni fаrqlаy olishimiz
lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G'. Axmedov. Axborot texnologiyalari va jamiyat. Toshkent, 2020.
2.
SH.O Rahmatov, G.R Berdiyeva, S.S Jurayev. "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
"Toshkent 2024 B-55
3.
Ziyodullaeva M. Media va yoshlar: o‘zaro ta’sir mexanizmlari. Samarqand, 2022.
4.
Class and Committees in a Norwegian Island Parish. Human Relations Barnes, J. A.
(1954).
5.
https://napoleoncat.com/stats/instagram-users-in-uzbekistan/2025/03/
6.
Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the
globalization system of processes."
Journal of Survey in Fisheries Sciences
10.1S (2023): 5000-
5006.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
99
7.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED
FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social
Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.
8.
Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora Ayonovna
Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN
UZBEKISTAN."
World of Scientific news in Science
1.3 (2023): 15-28.
9.
Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education
and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization."
Global
Scientific Review
13 (2023): 7-10.
10.
Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK
MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘."
TADQIQOTLAR.
UZ
40.4 (2024): 135-139..
11.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED
FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social
Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..
12.
Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS
IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE
CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research
Conferences. – 2024. – С. 94-97.
13.
Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin
va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
14.
Azamova S. A. PROBLEMS OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN THE CONTEXT
OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE,
RESEARCH AND DEVELOPMENT. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 743-749.