YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA
UNING AHAMIYATI
Yusupova Sanobar Odil qizi
Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
sanobaryusupova262@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15447698
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bola ta’lim-tarbiyasiga, dunyoqarashining kengayishiga
va shaxsi rivojlanishiga oid fikrlar, bola shaxsini rivojlantirish, dunyoqarashini o‘stirishda
o’qish savodxonligi darsidan “
Vatanimizni sevamiz”
mavzusida dars ishlanmasi ko’rinishida
ilmiy hamda tahliliy ma’lumotlar aks etgan.
Kalit so‘zlar:
pedagog, ta’lim, komillik, tahlil, oliy ta’lim, xalq ta’limi, muomala
madaniyati, muomala madaniyati, dunyoqarash, psixologik xususiyatlar, bola shaxsini
rivojlantirish, dunyoqarashini o‘stirish, xalqaro, natija.
Boshlang‘ich sinfda o‘qish darslarini samarali tashkil etishga tayyorlash maqsadida
o‘qish darslarida mashg‘ulotlar mustaqil ish va izlanish metodlarida, aqliy hujum usulida
tashkil etish mumkin. Mavzu va darsning maqsadi – o‘quvchilarga maktabda o‘qitiladigan
hikoya, ertak, she’r, masal kabi adabiy janrlarga xos badiiy xususiyatlarini o‘qib o‘rganishga
yo‘llash, asarni mustaqil tahlil qila olish, uning mazmuni va g‘oyasini o‘zlashtirish, o‘qish
malakasi, nutq madaniyatini egallash ekanligi aytiladi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi
ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat:
- har bir adabiy janrga xos badiiy xususiyatlarni aniqlash;
- “O‘qish kitobi” dagi asarlarni janrga ko‘ra guruhlash;
- boshlang‘ich sinflarda badiiy asarlarni o‘rganish metod va usullari, ish turlari xaqida
muayyan darajada tasavvurga ega bo‘lish.
Darsdan oldin uni tashkil etish shakli, topshiriqlar tizimi va turi ishlab chiqiladi.
O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linadi. Tashkil etilgan ekspertlar guruhi bilimlarni baholab boradi.
Topshiriqlar quyidagicha tuzildi:
1-guruh: Hikoya janri qanday badiiy xususiyatlarga ega? Uning bola hayotidagi
ahamiyatini ayting .
2-guruh: Ertak janri va unga xos belgilarni yoriting. Ertaklarning bolalar hissiyotiga
ta’siri xaqida so‘zlang.
3-gurux: Masal janriga xos xususiyatlarni aniqlang.
4-guruh: SHe’r nima? Unga xos asosiy belgilarni izohlang.
O‘quvchilarning mazkur topshiriqlarni bajarishlari natijasida quyidagi jadval yuzaga
keladi.
Hikoya:
Hikoya bir-ikkita qahramonning hayoti bilan bogliq bo‘lgan biror voqea tafsiloti;
Hikoyada hayotiy voqealar tasvirlanadi;
Hikoya kichik hajmdagi asar.
Hikoyadagi muhim bir real voqea bilan birga to‘qimalar ham kiritilgan bo‘ladi. YA’ni:
Badiiy syujetga ega bo‘ladi;
Kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘ladi.
Hikoya qahramonlari
:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
Ijobiy timsol;
Salbiy timsol.
Badiiy til vositalari:
Erkalash;
Kichraytirish;
O‘xshatish;
Jonlantirish;
Mubolag‘a;
Sifatlash;
Ko‘chim.
Hikoyaga xos xususiyatlar o‘quvchilar tomonidan og‘zaki izohlanadi.
SHundan so‘ng tayyorgarliksiz javob berishlari uchun quyidagi savollar o‘rtaga
tashlanadi:
4-sinf “O‘qish kitobi”dagi qaysi asarning syujeti sizga ma’qul? Kaysi asarning
kompozitsion qurilishi sizni hayratga soldi? Qaysi yozuvchi asarlarining tili ta’sirchan va boy
ekan?
O‘quvchilar bunga javoban N.Norqobilning “Xarita”, SH.Sa’dullaning “Qovun sayli”,
M.Osimning “Kitobi ixlos”, H.Homidovning “Pahlavon va shoir”, Oybekning “Alisherning
yoshligi”, G‘.G‘ulomning “SHum bola”, Oybekning” “Bolalik”, U.Sattorovning “CHol va qarg‘a”,
A.Isroilovning “Musicha”, H.Nazirning “Qodir bilan Sobir”, X.To‘xtaboevning “Xatosini
tushungan bola” kabi hikoyalarini sanab o‘tadilar.
Bu hikoyalarni o‘tishda tanlangan metodlar o‘kuvchilarining badiiy asarni chuqur
o‘zlashtirishlari asarni tahlil qila olishlarini ta’minlash kerakligi, o‘quvchilarning yoshi, bilim
darajasiga mos bo‘lish talablari eslatiladi. O‘quvchilar shularni hisobga olgan holda quyidagi
metodlarni taklif etdilar: Jihozli o‘qish, ijodiy o‘qish, yarim izlanish, reproduktiv usullar.
Izohli o‘qish usuli hozir maktablarda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, tarixiy asarlarni yoki
tarixiy mavzudagi asarlarni o‘rganishda izohli o‘qish metodi ongli o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
O‘quvchilar asar syujeti va g‘oyasini tushunish uchun undagi so‘z, ibora va hatto gaplarni,
badiiy ifoda vositalari, ularga yuklatilgan ma’noni anglab etishlari, voqeaning yuz berishi o‘sha
davr taqozosi ekanligini his etishlari lozim. Bularni izohli o‘qish metodi orqali hal etish
mumkin. Bu metodlarni amaliy matnda muayyan hikoyani o‘tish darsiga tatbiq etishlari,
namuna ko‘rsatishlari aytiladi.
SHundan so‘ng “Hikoya shaklida qaysi ish turlaridan foydalanish ma’qul deb o‘ylaysiz?”
savoli beriladi. O‘quvchilar 4-sinf “O‘qish kitobi” da berilgan hikoyalar asosida savolni
yoritadi. Hikoya matni ustida ishlash, tanlab o‘qish malakalarini takomillashtirish bilan birga
o‘quvchining ijodiy taravvurini, zehnini o‘stiradi. Masalan, 4-sinfda “Pahlavon va shoir”
hikoyasini o‘rganayotganda Mahmudni fil tufayli sodir bo‘ladigan halokatdan qutqargandan
so‘ng sultonning Mahmudga aytgan gapini topib o‘qing. Nima uchun sulton bunday savol bilan
murojaat qildi? “SHum bola” hikoyasida bolani domlaning topshirig‘ini bajargan o‘rnini topib
o‘qing. SHu lavhada sizda juda qattiq ta’sir kilgan jumlani qayta o‘qib bering. (Devkor
sallohlarday bo‘g‘iziga pichoq tortib yubordim).
“Musicha” hikoyasida otasining onasiga aytgan gaplarini topib o‘qing. Bolaning otasi
haqidagi o‘ylarini topib o‘qing. Siz bu lavhadan nimani bilib oldingiz? CHalajon musichaning
holati tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing. SHu holat ro‘y bersa, siz nima qilasiz? kabi savol-
topshiriqlar berish mumkin.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
51
Hikoya tahlilida o‘quvchilarga beriladigan savollar muhim rol o‘ynaydigan “Siz buni
qanday
tushunasiz?”,
“Darslikda
asar
yuzasidan
berilgan
savol-topshiriqlarga
munosabatingizni bildiring” kabi savol-topshiriq ham kizg‘in munozaraga sabab buldi.
O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan savol-javoblar yakunida quyidagi kabi ilmiy-metodik mavzu
asosini tashkil etuvchi jadval vujudga keladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida” [1]
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston
respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
4.
Umarova M. O‘qish kitobi. (3-sinflar uchun darslik). -T.: «O‘qituvchi». 2001.
5.
YUsupova SH. O‘qituvchi kitobi. -T.: «O‘qituvchi». 2003.
6.
Ma’qulova B. va boshqalar. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari.-T.:«O‘qituvchi». 1986.