Авторы

  • Gulasal Nabijonova
    ADPI Biologiya yo'nalishi (kechki) 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.89522

Ключевые слова:

Структура цветка лепесток пыльца семяпочка актиноморфа зигоморфа чашечка чашелистик тычинка положение цветка.

Аннотация

Основными частями цветка являются: чашелистики, пестики, чашелистики, лепестки, тычинки и пестики. Основные части цветка играют важную роль в размножении растения. Каждая часть имеет определенную функцию и помогает эффективному процессу опыления и оплодотворения цветов. Понятие формулы цветка, правила ее выражения через символы. Формула цветка кратко описывает строение растения. Он описывает растение, показывая части цветка с помощью символов. Цветочная диаграмма: порядок рисования и расположение основных элементов. Схема цветка наглядно показывает морфологическую структуру цветка и помогает понять расположение и расположение цветков.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

GULNING TUZILISHI FORMULASI VA DIAGRAMMASI

Nabijonova Gulasal Ne'matjon qizi

ADPI Biologiya yo'nalishi (kechki) 101-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15433822

Аннотация:

Основными частями цветка являются: чашелистики, пестики,

чашелистики, лепестки, тычинки и пестики. Основные части цветка играют важную
роль в размножении растения. Каждая часть имеет определенную функцию и помогает
эффективному процессу опыления и оплодотворения цветов. Понятие формулы цветка,
правила ее выражения через символы. Формула цветка кратко описывает строение
растения. Он описывает растение, показывая части цветка с помощью символов.
Цветочная диаграмма: порядок рисования и расположение основных элементов. Схема
цветка наглядно показывает морфологическую структуру цветка и помогает понять
расположение и расположение цветков.

Abstract:

The main parts of a flower are: the stigma, the pistil, the calyx, the petals, the

stamens, and the pistil. The main parts of a flower play an important role in the reproduction
of the plant. Each part has a specific function and they help in the effective pollination and
fertilization process of the flower. The concept of a flower formula, rules for expressing it
through symbols. A flower formula briefly describes the structure of a plant. It describes the
plant by showing the parts of a flower through symbols. Flower diagram: drawing procedure
and arrangement of main elements. A flower diagram visually shows the morphological
structure of a flower and helps to understand the location and arrangement of flowers.

Ключевые слова:

Структура цветка, лепесток, пыльца, семяпочка, актиноморфа,

зигоморфа, чашечка, чашелистик, тычинка, положение цветка.

Keywords:

Flower structure, petal, pollen, ovule, actinomorph, zygomorph, calyx, sepal,

stamen, flower position.


Gulli o'simliklar uchun xos bo'lgan generativ organ hisoblanib, o'sishi cheklangan, shakli

o'zgargan novdadir hamda maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan. Ushbu o'simliklar jinsiy
ko'payishi jihatidan boshqa o'simliklargaqaraganda yuqori bosqichda turadi. Gulda juda
murakkab va muhim rivojlanish: mikro va makrosporogenez, changlanish, urug'lanish,
murtakning shakllanishi va mevaning hosil bo'lish jarayonlari o'tadi. Gulning a‘zolari yoki
organlari shakli o'zgargan barglardir. Ularning bir qismi spora hosil qilishga moslashgan,
qolganlari esa o'rama barglar sifatida xizmat qiladi. Spora hosil qiluvchi barglar mikro- va
megasporofillar hisoblanadi. Gulda ularning biri changchilar va ikkinchisi urug'chilar deb
ataladi Gulda gul bandi, gulo'rni, gulqo'rg'on barglari, changchilar va urug'chilar bo'ladi.
Gulbandi gulni poyaga biriktiradi. Bir xil o'simliklarning gullarida gulbandi bo'lmaydi. Bunday
gullarga gulbandsiz gul yoki o'toq gul deyiladi. Issiqsevar o'simliklarda gulbandi uzun bo'ladi.
Gulbandining yuqori qismi kengayib gul o'rnini hosil qilgan. Gul o'rnii yassi, bo'rtgan, tekis yoki
botiq bo'lishi mumkin. Gul o'rniiga gulkosa, gultoj, changchi va urug'chilar joylashgan. Gullar
uchki yoki vegetativ barglardan shakl jihatidan farqlanuvchi gulyonbarglar qo'ltiqdan chiqadi.
Gulqo'gon oddiy (perigonium) yoki murakkab bo'ladi. Gulqo'rg'oni hosil qiluvchi bir xil rangli
barglarning necha qator bo'lib joylashishidan qatiy nazar oddiy gulqo'rg'oni deyiladi. Oddiy
gulqo'ronli gullar gultojisimon yoki gulkosasimon bo'ladi. Oddiy gulqo'g'onning gul barglari
yashil rangda bo'lsa, bunday gullar gulkosasimon deyiladi va bunga lavlagi (Beta vulgaris),
otquloq (Rumux), izen (Kochia prostrata) va boshqa o'simlik gullarini misol qilish mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

36

Oddiy gulqo'rg'onning gulbargi har xil ranglarda (sariq, qizil, binafsha, pushti, ko'kva hokazo)
bo'lsa, ular gultojsimon deyiladi. Bu guruhga lola (Tulipa), boychechak (Gagea), chuchmoma
(Ixiolirion), gulsafsar (Iris), shirach (Eremurus) kabi o'simliklarning gullari misol bo'la oladi.

Gulkosa. U kosachabarglarga ega. Gulkosa barglari gulni g'uncha vaqtida tashqi tomondan

o'rab turadi. Gulkosa bargchalarida xlorofill donachalari bo'lganligi sababli qo'shimcha
fotosintez organi hisoblanadi.

Gultoj. tojibarglarining yig'indisiga gultoj deyiladi. Gultojbarglar qizil, pushti, oq, havo

rang va boshqa ranglarga bo'yalgan bo'lib, hasharotlarni o'zga jalb qiladi. Gulkosa va gultoj
barglari o'zaro qo'shilgan yoki qo'shilmagan, erkin bo'ladi. Erkin gulkosa va gultojli gullar juda
kam uchraydi. Masalan, karamning gulida gulkosa hamda gultoj barglari erkin o'sgan. Pechakda
esa ular birikib o'sib qo'ng'iroqsimon gultojlarni hosil qilgan. Gulqo'rg'onining bo'lishi yoki
bo'lmasligi va uni tuzilishiga qarab gullar quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Agar gulqo'rg'on bir xil oddiy kosachasimon yoki tojsimon bo'lib, gul o'rnida spiral

joylashsa (magnoliya, nilufar, liliya) – gomoxlamid gul deb ataladi.

2. Gulqo'rg'oni murakkab (qo'shaloq) kosacha bilan tojga ajralgan (chinnigul, no'xat, o'rik,

olma va boshqalar) bo'lsa, geteroxlamid deb ataladi

3. Gulqo'g'on bir qator bo'lib, faqat kosachasimon (gazanda, qayrag'och, olabuta) bo'lsa –

gaploxlamid yoki monoxlamid gul deb ataladi.

4. Gulqo'rg'on bo'lmagan va faqat sporofillar (changchilar, urug'chi) lardan yuzaga kelgan

gullar – apoxlamid yoki ochiq (qoplagichsiz) gullar deb ataladi (tol, shumtol va boshqalar).

Changchilar.
Bular morfologik tabiati va funksiyasiga ko'ra mikrosporafillardan hosil bo'lgan. Har bir

changchi chang ipiga, ikkita chang xaltachalariga va bog'lag'ichga ega. Chang xaltachalarida
ikkita mikrosporangiy bo'ladi va ba‘zan ular chang uyalari ham deyiladi. Demak, har qaysi
changchi 4 ta mikrosporangiyga ega. Changchisi rivojlanmay qolgan ba‘zi gullarga staminodiy
deyiladi. Masalan, zig'ir gulida ko'rish mumkin. Guldagi changchilarning to'plami androtsey deb
ataladi. Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o'sadi. Urug'chi yoki mevabargcha
(karpella)lar. Gulning o'rtasida mevabargchalar o'rnashgan bo'lib, ular megasporabargchalar
hisoblanadi yoki urug'chi deyiladi. Urug'chilarning to'plami genetsiy deb ataladi. Urug'chining
tumshuqchasi, ustunchasi va tugunchasi mavjud. Urug'chi tumshuqchasi bir, ikki, uch va undan
ortiq bo'laklarga bo'linishi mumkin, bu bo'laklar urug'chining nechta meva bargchadan hosil
bo'lganligini bildiradi. Urug'chining tumshuqchasi chang hujayralarini qabul qilib oladi, ya‘ni
urug'chining tumshuqchasida changlanish jarayoni o'tadi.Urug'chi ustunchasi tuguncha bilan
tumshuqchani biriktiradi. Bir xil urug'chilarda ustuncha bo'lmaydi. Urug'chining ustunchasi
juda uzun bo'lishi mumkin, bunday uzun ustunchani esa makkajo'xorining urg'ochi gulida
ko'ramiz.

Urug'chi tugunchasi urug'chining muhim qismlaridan biri, uning gulda o'rnashishiga

qarab ustki yoki ostki tugunchali bo‗ladi. Urug'chini hosil qiladigan meva bargchalarining
soniga qarab tugunchalar bir, ikki yoki ko'p uyali bo'lishi mumkin. Urug'chi (ginetsey) bitta
meva bargchadan hosil bo'lsa, apokarp genetsiy deyiladi. Apokarp genetsiyni zirkdoshlar,
ranodoshlar, ayiqtovondoshlar va asosan burchoqdoshlar oilalarining vakillarida ko'ramiz.
Ikkita yoki bir nechta meva bargchalarning birikib o'sishidan hosil bo'lgan urug'chilarga
senokarp urug'chi deyiladi. Gullarda maxsus bezlar bo'ladi va ular nektar bezlari deb ataladi.
Bu bezlar nektar deb ataladigan shirani ishlab chiqaradilar. Nektar tarkibida: glyukoza
saxaroza, aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va boshqa organik hamda anorganik moddalar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

37

bo'lishi mumkin. Nektar bezlari asosan chetdan changlanishga moslashgan gullarda uchraydi.
Nektardonlar tojbarglar asosida, gul o'rnida, changchilarda joylashadi. Lekin ko'pchilik o'smlik
gullarida nektardonlar kuzatilmaydi. Gul qismlarining gul o'rinda joylashiga ko'ra gullar
aktinomorf (to'g'ri), zigomorf (qiyshiq) gul.

Xulosa:

Gul formulasi tushunchasi, belgilar orqali ifodalanish qoidalari. Gul formulasi

o‘simlikning tuzilishini qisqacha ifodalaydi. U gul qismlarini belgilar orqali ko‘rsatib, o‘simlikni
tasvirlaydi.Gul diagrammasi: chizish tartibi va asosiy elementlar joylashuvi. Gul diagrammasi
gulning morfologik tuzilishini vizual tarzda ko‘rsatib, gullarning joylashuvi va tartibini
tushunishga yordam beradi. O‘simliklar oilalari misolida formulalar va diagrammalar tahlili.
Turli o‘simliklar oilalari (masalan, lola, atirgul, dukkaklilar) misolida gul formulalari va
diagrammalari orqali o‘simliklarning morfologik xususiyatlarini tahlil qilish o‘simliklarni
yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gullarning tuzilishi va botanika asoslari: Smith, J. (2020). Botanical Structure and Flower

Anatomy. Oxford University Press.
2.

Gul tuzilishi va diagrammalar: Ivanov, A. (2018). Plant Morphology and Flower Structure.

Moscow: Nauka.
3.

Atirgul va lola gullari haqida ilmiy tadqiqotlar: Karimova, S. (2019). "Atirgul va Lola

Gullari: Tuzi-lishi va Turlari". O'zbekiston Botanika Jurnali, 12(3), 45–56.
4.

Botanika fanining asoslari: Makarov, P. (2017). Principles of Botany. St. Petersburg:

Scientific Publishing House.
5.

Botanika .B.S. ISLOMOV, M.A. HASANOV 2020 yil 8 iyul.

Библиографические ссылки

Gullarning tuzilishi va botanika asoslari: Smith, J. (2020). Botanical Structure and Flower Anatomy. Oxford University Press.

Gul tuzilishi va diagrammalar: Ivanov, A. (2018). Plant Morphology and Flower Structure. Moscow: Nauka.

Atirgul va lola gullari haqida ilmiy tadqiqotlar: Karimova, S. (2019). "Atirgul va Lola Gullari: Tuzi-lishi va Turlari". O'zbekiston Botanika Jurnali, 12(3), 45–56.

Botanika fanining asoslari: Makarov, P. (2017). Principles of Botany. St. Petersburg: Scientific Publishing House.

Botanika .B.S. ISLOMOV, M.A. HASANOV 2020 yil 8 iyul.