Авторы

  • Zulfiya Otepbergenova
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.90327

Ключевые слова:

ona tili o‘qib tushunish ko‘nikmasi infografika metod.

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili ta’limida infografikalardan foydalanish orqali ma’lumotlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mustahkamlash imkoniyatlari tahlil qilindi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

100

O‘QIB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA

INFOGRAFIKALARNING O‘RNI

Otepbergenova Zulfiya

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi

otepbergenovazulfiya05@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478173

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ona tili ta’limida infografikalardan foydalanish orqali

ma’lumotlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mustahkamlash
imkoniyatlari tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

ona tili, o‘qib tushunish ko‘nikmasi, infografika, metod.


Zamonaviy jamiyat hayotida o‘qib tushunish bilish va muloqot vositasi sifatida

ahamiyatga ega. Shunigdek, eshitish kanallariga qaraganda ko‘rish kanallarining o‘tkazish
layoqati birmuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois, bosma matn ko‘rinishida tavsiya etilgan axborot
eshitilgan axborotdan ko‘ra ishonchli va samarali deb qabul qilinadi. Bu ona tili ta’limida
o‘qitishga o‘rgatish vazifasining muhimligini ko‘rsatadi. [Asilova G. 2024]

Tabiiy muloqot sharoitida nutq faoliyatining barcha turlari uzviy bog‘liqligini hamda

o‘qish ko‘nikmasining yaxshi rivojlanganligi ushbu faoliyatning boshqa turlariga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.

O‘qib tushunish – bu matnning grafika yordamida ifodalangan mazmunini muloqot

vazifasiga muvofiq qabul qilish va qayta ishlab, mazmunan anglashga doir ko‘nikma. O‘qitish
obyekti sifatida faqat yozma matn tushunilmaydi. Rasmlar, chizmalar, grafiklarda aks etgan
axborotni tushunish, shunigdek, ovozlashtirilmagan videomateriallarni ko‘rib, ularda berilgan
axborotni tushunish ham o‘qib tushunish jarayoniga kiradi.

Ona tilining asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarda matn ustida ishlash, uni tahlil qilish,

va xulosa chiqarish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. So‘nggi yillarda
o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish va ularning idrokini faollashtirish maqsadida vizual
ta’lim vositalari, xususan infografikalardan foydalanish keng tarqalmoqda.

Zamonaviy ta’lim jarayonida vizual materiallardan foydalanish tobora muhim ahamiyat

kasb etmoqda. Infografikalar ya’ni ma’lumotlarni vizual tarzda taqdim etish usuli, ta’limda
o‘quvchilarning diqqatini tortish va ularning tushunish ko‘nikmasini oshirish uchun keng
qo‘llanilmoqda.

Infografikalar, ma’lumotlarni vizuallashtirishning tobora ommalashib borayotgan

vositalaridan biri sifatida, foydalanuvchilarga deyarli har qanday mavzu haqida tezkor
ma’lumot berishga va murakkab g‘oya yoki kontentning umumiy manzarasini vizual tarzda
tasavvur qilishga imkon beradi. Ushbu vositalar murakkab ma’lumotlarni taqdim etish va
xulosalarni vizual tarzda yetkazishning muhim usullaridir. “Infografiya” atamasi dastlab
ommaviy axborot vositalari kontekstida axborot grafiklari uchun ishlatilgan, ammo hozirda
ma’lumotni taqdim etish uchun ishlatiladigan kengroq vizual xabar almashish vositalarini
anglatadi. [Nuhoğlu-Kibar & Akkoyunlu, 2014]. Bundan tashqari, hozirgi kunda “infografika”
so‘zining qo‘llanilishi ma’lumotlarni vizuallashtirish, chizmalar, matn va tasvirlarni hikoya
qiluvchi formatda birlashtiradigan yangi ta’rifni o‘z ichiga olgan holda rivojlandi [Krum, 2014].
Ushbu ta’rifga asoslanib, infografikalar uch bosqichga ega deb aytish mumkin: vizualizatsiya
qilingan ma’lumot yoki ma’lumotlar bosqichi; illyustratsiyalar, matn va tasvirlarni o‘z ichiga


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

101

olgan dizayn bosqichi; va oldingi elementlarni bitta fonda birlashtirish orqali hikoya qilish
bosqichi.

Vizuallashtirish ma’lumotlar to‘plamlarini diagrammalar, grafiklar, xaritalar va boshqa

grafik shakllarda taqdim etish usuli bilan bog‘liq. Dizayn bosqichi esa yaxlitlikning bir qismi
sifatida matn, illyustratsiyalar va tasvirlarni, shuningdek, rang, shrift va oraliq kabi bog‘lovchi
sifatlar ko‘rsatkichlari bo‘lgan ba’zi grafik dizayn variantlarini o‘z ichiga oladi [Abilock &
Williams, 2014]. Hikoya qilish bosqichi vizual elementlar orqali uzatiladigan xulosalar yoki
xabarlarni metaforalar kabi ritorik usullar yordamida ifodalashni o‘z ichiga oladi [Islamoglu va
boshqalar, 2015; Krum, 2014]. Murakkab ma’lumotlarni soddalashtirish va tushunarli tarzda
jamlash vositasi bo‘lish bilan birga, infografikalarning asosiy maqsadi o‘quvchiga berilgan
ma’lumotlarning aniq va tushunish oson bo‘lgan izohini taqdim etishdir. Ular matn, grafik,
diagramma, jadval va boshqa vizual elementlarni birlashtirib, o‘quvchilarga ma’lumotlarni
tezroq va samaraliroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Infografikalar murakkab ma’lumotlarni
ixcham shaklda tasvirlashi tufayli ta’limda muhim o‘rin tutadi. Infografikalarning ushbu
xususiyati tufayli ular o‘qituvchilarga turli xil o‘quv faoliyatlarini tayyorlash, bo‘limni
umumlashtirish, va darsni yanada interaktiv va samaraliroq o‘tish imkonini beradi
[Vanichvasin, 2013]. Bundan tashqari, infografikalar ta’limda turli xil raqamli kanallarda
ma’lumotni yaxshilash va baham ko‘rish, o‘quvchilarning vizual bilim yaratish va taqdim etish
kabi kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish va mavzuni talqin qilish va tushunish uchun
muqobil vosita sifatida ishlatilishi mumkin [Smiciklas, 2012].

Infografikalarning asosiy xususiyatlari:
1. Vizual ustunlik: Infografikalarda matndan koʻra koʻproq vizual elementlar (rasmlar,

diagrammalar, grafiklar, ranglar va shriftlar) ishlatiladi.

2. Axborotning qisqaligi va aniqligi: Ular katta hajmdagi maʼlumotni ixcham va tushunarli

tarzda taqdim etishga qaratilgan. Keraksiz detallardan voz kechiladi.

3. Hikoya qilish: Toʻgʻri tuzilgan infografika maʼlumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda

joylashtirib, oʻziga xos hikoya yaratadi va shu orqali auditoriyaga taʼsir oʻtkazadi.

4. Diqqatni jalb qilish: Yaxshi dizayn va vizual elementlar infografikaning diqqatni jalb

qilish qobiliyatini oshiradi.

5. Tushunarlilik: Murakkab maʼlumotlar vizualizatsiya orqali soddalashtiriladi va keng

auditoriya uchun tushunarli boʻladi.

6. Xotirada yaxshi qolish: Vizual axborot matnga nisbatan xotirada uzoqroq saqlanib

qoladi.

Infografikalar taqdim etilayotgan maʼlumotning xususiyatiga koʻra turli xillarga boʻlinishi

mumkin:

1. Statistik infografikalar: Maʼlumotlar, raqamlar va statistikani vizual tarzda taqdim etadi

(masalan, diagrammalar, grafiklar).

2. Xronologik infografikalar: Voqealar yoki hodisalarning vaqt boʻyicha ketma-ketligini

koʻrsatadi.

3. Geografik infografikalar: Geografik maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish uchun ishlatiladi

(masalan, xaritalar, demografik maʼlumotlar).

4. Iyerarxik infografikalar: Maʼlumotlarning ierarxik tuzilishini koʻrsatadi (masalan,

tashkilot tuzilmasi).

Infografikalar fikrlash va tushunishni oshirishi va ma’lumotni turli xil raqamli usullar

orqali baham ko‘rish imkoniyatini oshirishi sababli, ular o‘quvchilarga o‘zlarining og‘zaki va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

102

vizual-tasviriy kanallarini faollashtirishga va ularning mazmunli o‘rganish hamda
rivojlanishiga hissa qo‘shishga imkon beradi [Krum, 2014; Schrock, 2014; Smiciklas, 2012].

Kognitiv darajadagi afzalliklaridan tashqari, infografikalar ham ba’zi qiyinchiliklarga ega.

O‘qituvchilar nuqtayi nazaridan ba’zi salbiy jihatlar qo‘shimcha ish, infografikani ishlab chiqish
bosqichlarini qanday bajarishni bilmaslik, an’anaviy ta’limdan ko‘ra qiyinroq bo‘lishi,
o‘qituvchilarning yangi narsalarni sinab ko‘rishga ochiq emasligi va texnologiya va tadqiqot
ko‘nikmalarining yetishmasligi sifatida tilga olindi. O‘qituvchining o‘qitish usulini
o‘zgartirishga qarshiligi va infografikalarni kiritish uchun talab qilinadigan qo‘shimcha vaqt va
ish ta’limda infografikalardan foydalanishda duch kelinadigan eng katta omillar sifatida
aniqlangan. Shunga ko‘ra, ta’lim beruvchilar talabalarga samarali o‘rgatish uchun avval o‘zlari
texnologiyalarni o‘rganishlari va tushunishlari kerak [Hitchcock & Battista, 2013]. Boshqa
tomondan, o‘qituvchilarning infografikalar va ularni ishlab chiqish bosqichlari bilan tanish
emasligi infografikalardan ta’lim vositasi sifatida foydalanishga ta’sir qilishi mumkin. Shu
nuqtai nazardan, 2019-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘qituvchilar o‘quvchilarga
infografik ma’lumotlarni o‘rgatishdan oldin infografikalardan foydalanishni to‘liq o‘rganishlari
muhimligini ta’kidlaydi.

O‘quvchilar nuqtayi nazaridan infografikalarning ba’zi salbiy jihatlari talabalarning

infografikalarni qanday ishlab chiqishni bilmasligi, infografikalar bilan tanish emasligi, katta
hajmdagi ma’lumotni tashkil qilishda qiyinchilik, vizual fikrlash va vizual o‘rganish
strategiyalarini o‘rganishga vaqt ketishi, tasavvurning yetishmasligi va o‘quv uslublaridan kelib
chiqadigan o‘quvchilarning potentsial qarshiligi sifatida tilga olindi. Stones va Gent 2015-yilda
o‘z ishlarida o‘qituvchilarning infografikalardan foydalanishda ma’lumotni qanday tashkil
qilish va vizuallashtirish bo’yicha sa’y-harakatlari talabalarni infografika tushunchasi bilan
tanishtirishga va o‘zlarining infografikalarini ishlab chiqishga yordam berishini ta’kidladilar.
O‘quvchilarga sinf taqdimotlarida infografikalardan foydalanish imkoniyatini berishga
qaramay, Silverman va Piedmont talabalarga o‘zlarining vizual o‘rganish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda berilgan yordam yetarli emasligini ta’kidladilar. Holbuki, ongda tushunchani
vizuallashtira olish infografikalarning asosiy tamoyilidir [Gover, 2017, 48-bet]. Bundan
tashqari, ushbu tadqiqot natijalari o‘quvchilarning o‘zlarining vizual ko‘nikmalarini
yaxshilashga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish natijalari bilan mos keladi.

O‘quvchilar yozma matn va infografikani qay darajada tushunishadi? Infografik

ma’lumotlar o‘quvchilarning tushunish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Ona tili ta’limida
infografikadan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradimi? Infografika va
yozma matnni birgalikda qo‘llash o‘quvchilarning tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarish
ko‘nikmalarini rivojlantiradimi?

gi yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yuzaga keladi. Ushbu savollarga

javob topish maqsadida tajriba-sinov o‘tkazdik.

Mazkur tadqiqotda umumiy oʻrta taʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchilarining ona tili darslarida

matnni va infografikadagi axborotlarni tushunish koʻnikmasini aniqladik. Tadqiqotning
maqsadi, birinchi navbatda, shu paytga qadar oʻqib tushunish koʻnikmasi ustida ishlanmagan
oʻquvchilarning bilimini aniqlash hamda ikkilamchi tadqiqot metodi boʻlgan test va boshqa
tajriba metodlaridan foydalangan holda uni rivojlantirish deb belgilandi.

Tajriba ishtirokchilari

. Tajriba-sinov ishlari Toshkent shahridagi Uchtepa joylashgan

114-maktabning 9-“G” sinf oʻquvchilari bilan olib borildi. Oʻquvchilar soni – 20 nafar. Bunday
sinov darslarida oʻquvchilardan 10 nafariga an’anaviy turdagi yozma matnlar, qolgan 10 ta


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

103

o‘quvchiga esa, shu matn asosida ishlangan infografika berildi. Ikki turdagi o‘qib tushunish
matnlarida ham bir xil tipdagi savollarni yechish berildi.

Tajriba materiali

. O‘quvchilarga O‘zbekiston respublikasining qishloq, o‘rmon va

baliqchilik xo‘jaliklari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari aks etgan matnlar berildi. Yozma
matn 421 so‘zdan iborat va 6 ta qism (abzas)ga bo‘lingan. Infografikada esa, xarita va 5 ta
diagramma aks etgan.

Tajriba jarayoni

. Oʻquvchilarga matn hamda uning ustida ishlanadigan topshiriqlar

varoqlari tarqatildi. Oʻquvchilar oldin matnni ikki-uch marta oʻqishlari, keyin esa topshiriqlarni
mustaqil holda bajarishlari kerakligi tushuntirildi. Matn ustida ishlash uchun 30 daqiqa vaqt
berildi. Savol turlari quyidagicha:
I.

Matn va infografika asosida ochiq qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldirishni talab etadigan test

topshiriqlari– 3 ta.
II.

Binar test topshiriqlari: berilgan hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri

yoki noto‘g‘ri deb belgilash– 2 ta.
III.

Bitta to‘g‘ri javobga ega muqobil javobli test topshirig‘i– 3 ta.

Tajriba natijalari va tahlili

.

Tajriba

ishtirokchilari

1-

savol

2-

savol

3-

savol

4-

savol

5-

savol

6-

savol

7-

savol

8-

savol

Foiz

%

A01

+

+

+

+

+

+

+

+

100

A02

+

+

+

-

+

+

+

+

87.5

A03

-

+

+

-

+

+

+

-

62.5

A04

+

+

-

-

+

+

+

+

62.5

A05

-

-

+

+

-

+

+

-

50

A06

+

+

-

-

+

+

-

-

50

A07

+

-

-

+

+

-

-

+

50

A08

+

+

-

-

+

-

+

-

50

A09

-

+

-

-

+

-

-

+

37.5

A10

+

-

+

-

-

-

+

-

37.5

Tajriba

ishtirokchilari

1-

savol

2-

savol

3-

savol

4-

savol

5-

savol

6-

savol

7-

savol

8-

savol

Foiz

%

B01

+

+

+

+

+

+

+

+

100

B02

+

+

+

+

+

+

+

+

100

B03

-

+

+

-

+

+

+

-

62.5

B04

+

+

-

-

+

+

+

+

62.5

B05

-

-

+

+

-

+

+

-

50

B06

+

+

-

-

+

+

-

-

50

B07

+

-

-

+

+

+

-

+

50

B08

+

+

-

-

+

-

-

-

37.5

B09

-

+

-

-

+

-

-

+

37.5

B10

+

-

+

-

-

-

+

-

37.5


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

104

Bu test turida har bir savolda faqat bitta to‘g‘ri javob bo‘lgan. Ishtirokchilarga 8 ta savol

berilgan. A guruhi yozma matn asosida, B guruhi esa infografika asosida testlarni bajargan.
Quyida har bir guruh natijalari tahlil qilinadi:

1. A guruhi – Yozma matn asosidagi testlar: bu guruhda ishtirokchilarga matn ko‘rinishida

ma’lumot berilgan, va ular bu matn asosida test savollariga javob berishgan. Eng yuqori natija:
A01 – 100%, A02 – 87.5%. Eng past natija: A09, A10 – 37.5% O‘rtacha: 53.75% Natija tahlili:
A01 va A02 ishtirokchilari yuqori darajada tushungan bo‘lsa-da, qolgan ishtirokchilarda
natijalar sust. A03–A05 62.5% atrofida bo‘lgan bo‘lsa, A06–A10 oralig‘ida esa 50% va undan
past. Bu esa matndan asosiy g‘oyani ajratib olish va tezda tahlil qilish ko‘nikmasi barcha
ishtirokchilarda yuqori emasligini ko‘rsatmoqda.

2. B guruhi – Infografika asosidagi testlar:
Bu guruh ishtirokchilari grafik, jadval, belgilar yoki boshqa vizual vositalar orqali berilgan

axborot asosida test topshiriqlarini bajargan. Eng yuqori natija: B01, B02 – 100%. Eng past
natija: B08, B09, B10 – 37.5%. O‘rtacha foiz ko ‘rsatkichlati 56.25%ni ko‘rsatkan.

Natija tahlili: Infografikaga asoslangan topshiriqlarda yuqori ko‘rsatkichga ega

o‘quvchilar ko‘proq bo‘lsa ham, matn asosidagi topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarning 60%i
50% va undan yuqoriroq natija ko‘rsatgan.

Har bir topshiriq oʻquvchining maʼlum bir til koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Masalan, birinchi topshiriq turi matnda ochiq ifodalangan (eksplitsit) maʼlumotni topa olish
koʻnikmasini; ikkinchi topshiriq – matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali
xulosa chiqarish koʻnikmasini; uchinchi topshiriq esa – matnda yashirin ifodalangan
maʼlumotni tushunish (implitsit) koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Berilgan topshiriqlar natijalariga koʻra, toʻgʻri javoblar – 58.7% ni, notoʻgʻri javoblar – 41.3 % ni
tashkil qilmoqda. Infografikalardan foydalanish o‘quvchilarning akademik yutuqlarini
oshirishda samarali vosita ekani aniqlandi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, infografikalar
yordamida o‘tilgan darslar o‘quvchilarning tushunish, eslab qolish va mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, infografikalarni ona tili
ta’limida ham keng joriy etish, ularni tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchilarga uslubiy tavsiyalar
berish va darsliklarda vizual materiallar ulushini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu esa
zamonaviy ta’limga mos yondashuvlarni shakllantirishda muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

O‘tkazilgan tajriba natijalari infografikalarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga

bo‘lgan ta’sirini chuqurroq tushunish imkonini berdi. Infografikalarning matndagi
ma’lumotlarni qisqacha, lekin aniq va tushunarli tarzda yetkazishda samarali vosita bo‘la
olishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ko‘p matn o‘qishdan charchaydigan yoki vizual axborotni tezroq
qabul qiluvchi o‘quvchilar uchun infografika qulay vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Shu
bilan birga, bu usul barcha o‘quvchilar uchun bir xil darajada samaradorlikka ega bo‘la
olmasligini ham ko‘rsatmoqda.

Xulosa qilib aytganda, infografikalar an’anaviy yozma matnlarga muqobil bo‘lishi mumkin

va ularni o‘quv jarayonida uyg‘unlashtirish dars samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘la
oladi. Kelgusida infografika asosida topshiriqlarni yaratish va ularning ko‘lamini kengaytirish
o‘quvchilarning fikrlash, analiz qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat
qiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

105

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abilock, D. & Williams, C. (2014). Recipe for an infographic. 46–55

2.

Smiciklas, M. (2012). The power of infographics: Using pictures to communicate and

connect with your audiences.
3.

Vanichvasin, P. (2013). Enhancing the quality of learning through the use of infographics

as a visual communication tool and learning tool. Cooperation or Competition (135–142)
4.

Kromrey, J. D. & Rendina-Gobioff, G. (2006). On knowing what we do not know: an

empirical comparison of methods to detect publication bias in meta-analysis.

Educational and

Psychological Measurement

,

66

(3), 357– 373

5.

Asilova G. Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari [Matn]: uslubiy qo‘llanma –T.:

“Publishing high future” OK nahriyoti, 2024.

Библиографические ссылки

Abilock, D. & Williams, C. (2014). Recipe for an infographic. 46–55

Smiciklas, M. (2012). The power of infographics: Using pictures to communicate and connect with your audiences.

Vanichvasin, P. (2013). Enhancing the quality of learning through the use of infographics as a visual communication tool and learning tool. Cooperation or Competition (135–142)

Kromrey, J. D. & Rendina-Gobioff, G. (2006). On knowing what we do not know: an empirical comparison of methods to detect publication bias in meta-analysis. Educational and Psychological Measurement, 66(3), 357– 373

Asilova G. Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari [Matn]: uslubiy qo‘llanma –T.: “Publishing high future” OK nahriyoti, 2024.