Авторы

  • Bobur Tojiyev
    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.90328

Ключевые слова:

Samarqand Registon Ark Amir Qushbegi o‘zbeklar turkmanlar.

Аннотация

Ushbu maqolada Aleksandr Byornsning 1832-yilda Buxoro amirligiga tashrifi va Amirlikning ijtimoiy, siyosiy hayoti haqida bergan ma’lumotlari va uning “Travels into Bokhara” asari tahlil qilingan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

96

1832-YILDA ALEKSANDR BYORNSNING BUXORO AMIRLIGIDAGI FAOLIYATI

Tojiyev Bobur Toshpoyonovich

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

3-bosqich tayanch doktoranti

Tel: +998919583532

E.mail: tojiyevbobur1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478147

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Aleksandr Byornsning 1832-yilda Buxoro amirligiga

tashrifi va Amirlikning ijtimoiy, siyosiy hayoti haqida bergan ma’lumotlari va uning “Travels
into Bokhara” asari tahlil qilingan.

Tayanch so‘zlar:

Samarqand, Registon, Ark, Amir, Qushbegi, o‘zbeklar, turkmanlar.


Aleksandr Byorns (1805-1841) yashab o’tgan ingliz sayyohi va josusi. U fors, arab va hind

tillarida ravon gapira olgan. U “Travels into Bokhara” ya’ni “Buxoroga sayohat” nomli asar
yozgan. U kitobida yo‘lda uchragan qiyinchiliklarni, turli xalqlarga taalluqli ijtimoiy, siyosiy,
diniy va etnik voqea hodisalarni bayon qilgan. Bu kitob Aleksandr Byornsga Buyuk Britaniyada
katta shon-shuhrat keltirdi. Unda Buxoro amirligi haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan
edi.

U 1832-yil 27-iyun kuni hamrohlari bilan birga Buxoroga yetib keladi. U Buxoro hududiga

kirishdan oldin Buxoro Qushbegisiga xushomadli maktub yozadi. Maktubda mashhur Buxoro
shahrining chiroyiga guvoh bo‘lmoqchi ekanini bildirib, Qushbegini “Islom ustuni” va “Din
gavhari” deb ulug‘laydi”. …[2:146].

Xushomadga to‘la maktub Buxoro Qushbegisiga yoqib tushadi va ularga chopar yuborib,

shaharga taklif qiladi. Shu kunning o‘zida ularni Buxoro arkiga taklif qilishadi. Hamrohlari kasal
bo‘lgani uchun Aleksandr Byorns Arkga o‘zi borishga majbur bo‘ladi. Qushbegi bilan Aleksandr
Byorns suhbati ikki soatcha davom etadi. Qushbegi undan Buxoroga kelishi sababi va olib
kelgan narsalari haqida so‘raganida, u Hindistondan ona yurti Buyuk Britaniyaga ketayotgani
va Buxoroning Sharq xalqlari orasidagi mashhurligi uni borib ko‘rishga undagani haqidagi
yolg‘on hikoyasi bilan javob beradi. Shuningdek, u Hindiston general-gubernatoridan olgan
maktubini Qushbegiga ko‘rsatadi. Suhbatdan ikki kun o‘tgach, vazir uni yana chaqirtiradi,
chunki u shubhadan to‘la xalos bo‘lmagan edi. Vazir unga hazilomuz ohangda, menimcha siz
Buxoro haqida yozgansiz deydi. U o‘zining Buxoro mo‘jizalarini ko‘rgani kelganini, vazirning
ruxsati bilan shaharni tomosha qilganini va shahar devorlari tashqarisidagi bog‘larni ko‘rganini
aytadi. Vazir uning samimiyligidan xursand bo‘ladi. Aleksandr Byorns Buxoro amirligi aholisi
va unga chegaradosh xalqlar haqida ham qimmatli ma’lumot berib o‘tgan. Jumladan, u “Travels
into Bukhara” asarida Buxorodagi turli millat va xalqlar haqida quyidagilarni aytib o‘tgan:
“Xivaliklarning o‘ziga xos qattiqqo‘llik xusuiyati bor va ular boshqa xalqlardan bir fut

1

baland

telpagi bilan ajralib turadi. Rus qullari qizil soqol, kulrang ko‘zlar va oq terisi bilan ajralib turadi.
Hindlar kichkina to‘rtburchak qalpoq va kamar o‘rniga taqilgan arqon bilan musulmonlardan
ajralib turadi. Yahudiylar biroz boshqacha ko‘ylak va konus shaklidagi qalpoq kiyadi. Biroq
yahudiylarni ajratib turadigan eng yaxshi belgi – ularning chiroyli ekanidir. Har xil kiyimdagi
sarson-sargardon adashgan armanlar Buxoroda juda kamchilikni tashkil etadi. Bundan
tashqari, bozorlarda chiroyli va yaxshi kiyingan Turkiston musulmonlari ko‘pchilikni tashkil

1

Fut

(inglizcha

:

foot

— tovon) — britan, amerikan va qadimiy rus masofa oʻlchov birligi, 30,48

santimetrga

teng.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

97

etadi. Katta oq salla va to‘q rangli chogha va yana shunday tasvirlangan uchta yoki to‘rtda libos
umumiy kiyim hisoblanadi. Aytishlaricha, Buxoro aholisining to‘rtdan uch qismining kelib
chiqishi quldir. Chunki Erondan olib kelingan asirlarning juda ozchiligiga uyiga qaytib ketishiga
ruxsat berilgan. Umuman olganda, qaytib ketishni xohlamaganlar ko‘p bo‘lgan....[3:173,174].

Aleksandr Byorns Buxoro bozorlarini shunday ta’riflaydi: “Maydonning o‘rtasida

mavsumiy mevalar bitta ustunga o‘rnatilgan to‘rtburchak mato soyasi ostida

(

Bu yerda

savdogarlar mahsulotini quyoshdan himoya qiladigan bir ustunli katta soyobon nazarda
tutilmoqda –B.T.

)

sotiladi. Dehqonlarning uzum, qovun, o‘rik, olma, shaftoli va olxo‘ri kabi

mevalariga xaridorlarning ko‘pligidan hayratda qolasiz. Ko‘chadan o‘tish qiyin, chunki gavjum
odamlar orasida yurgan paytingizda, ot yoki eshak mingan odam sizga to‘qnashib ketishi xavfi
bor. Eshaklar juda chidamli, ustidagi yuklari bilan tez harakatlanadi. Ko‘chalarda yengil
aravalar qatnaydi. Chunki ko‘chalar g‘ildirakli arava yurishi uchun qulaydir. Bozorning har bir
joyida yevropacha uslubda tayyorlangan temir somovarda issiq choy qaynatiladi. Somovarnig
ichidan o‘tgan teshik truba choyni issiq saqlaydi. Buxoroliklar choy ichishni yaxshi ko‘radi, ular
choyni shakarli va shakarsiz, sutli va sutsiz, yog‘ va tuz bilan ham istemol qilishadi. Choy
sotuvchilari yonidan “rahuti jon” yoki hayot lazzati - uzum murabbosi yoki maydalangan muz
bilan aralashtirilgan sirop sotiladi. Muzning bu qadar ko‘pligi Buxoroning eng katta
ne’matlaridan biri bo‘lib, qishgacha uni topish mumkin. Muz qishda g‘amlanadi va eng
kambag‘al odamlar ham xarid qila oladigan narxda sotiladi. Buxoroda hech kim suvni
muzlatmasdan ichishni xayoli ham keltirmaydi. Hatto tilanchilarning muz sotib olayotganini
ko‘rish mumkin. Registonda deyarli hamma narsani Yevropaning zargarlik buyumlari va
idishlari, sifatsiz Xitoy choyi, Hindiston shakari, Manilla ziravorlarini sotib olish mumkin. Shom
vaqti kirishi bilan bu gavjum shahar yopiladi, podshoning nog‘orasi chalinadi. Bu harakat
shaharning har bir burchagida boshqalar tomonidan takrorlanadi va aniq bir soatda hech
kimga chiroqsiz ko‘chaga chiqishga ruxsat berilmaydi. Har bir rastada katta mato to‘plamlari
do‘konlarda qoldiriladi. Ushbu tartib-qoidalar shahar mirshablar tomonidan yaxshi nazorat
qilinadi.” ...[3:175,176] U o‘zbeklarni tasvirlab, “O‘zbeklar sodda xalq, garchi ular sizni yomon
ko‘rgandek yoki g‘azablangandek ohangda gaplashsa ham. Ular bilan til topishish oson, Ular biz
bilan ko‘rishganda odatiy salomda emas balki boshqa iboralardan faydalanar edi. Ulardan keng
tarqalgani “Molingiz koʻpaysin” yoki “umringiz uzoq boʻlsin” kabi iboralardir. Shunga qaramay,
ular biz bilan o‘tirishdan oldin qo‘llarini cho‘zib, soqolini silab, Qur’ondan “fatha” o‘qirdilar.”
...[3:177] U qul bozorini tasvirlab shunday dedi. “Men har shanba kuni ertalab bo‘ladigan qul
bozoriga bordim. Oʻzbeklarning ishlarini asosan qullar bajaradi. Bu qullar asosan turkmanlar
tomonidan Erondan olib kelinib, Buxoroda sotiladi. Bu yerda qullar 30, 40 ta rastada sotiladi.
Men bozorga borgan kunim 6 ta sotilayotgan qulni ko‘rdim. Avvalo, ularning kelib chiqishi va
qanday ushlangani haqida so‘raladi, keyin esa sunniy yoki shia ekani tekshiriladi. O‘zbeklar shia
musulmonlarini haqiqiy mo‘min deb hisoblamaydi. Ular uchun shialar boshqa din vakillaridan
ham jirkanchliroqdir. Xaridor qulning kofir ekaniga ishonch hosil qilgach, uning moxov kasalligi
bor yoki yo‘qligini tekshiradi. Undan keyin esa, qulning narxini savdolashadi. Uchta fors yigiti
o‘ttiz tillaga sotildi. Men ulardan birining, Mashhadning janubida qo‘ylarini boqib yurganida
qanday qo‘lga olinganini aytib berganini eshitdim. Lekin men mamlakatning har tarafida
qullarga mehr bilan munosabatda bo‘lishiga ishondim. Ularning ko‘pchiligi ozod qilinganidan
keyin bu mamlakatda qolishi buning haqiqatligini tasdiqlaydi. O‘zbeklar forslarni sotib olish
orqali, ularning mazhabidan voz kechishiga sababchi bo‘lib, yaxshilik qilayotganiga ishonadi.
Buxoro bozorlarini asosan Urganch ta’minlaydi. Rossiyalik va xitoylik kamdan-kam


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

98

sotiladi”...[3:177,178]. U dinga qarshi jinoyat qilganlar haqida ham ma’lumot berib o‘tadi.
“O‘sha kuni ertalab men qul bozoridan katta bozorga bordim va mening e’tiborim dinga qarshi
jinoyat qilganlarga tushdi. Ularning to‘rttasi o‘tgan juma namozi vaqtida uxlab qolgan va yana
bir o‘spirin jamoat joyida chekkan edi. Ularning hammasi bir-biriga bog‘langan edi. Chekishda
ayblangan yigit oldinda qo‘lida trubka ushlab ketayotgan edi. Qo‘llarida qalin qamchi tutgan
mirshablar ularning orqasidan: “Ey musulmonlar qonunni buzganning jazosi shunday bo‘ladi”
deb baqirardi. Buxoroda diniy nazariy va amaliy qonunlarning zidligi shu yerda ko‘rinadi. Bu
yerda siz tamaki mahsulotlarini ochiq sotib olishingiz mumkin, ammo jamoat joyida cheksangiz
darhol jazolanasiz yoki boshqalarga namuna sifatida eshakka mindirilib, xalq orasida sazoyi
qilinasiz. Agar biror kishi juma kuni uchayotgan kaptarni tutsa, uning bo‘yniga o‘lik qush osib,
tuyaga o‘tqazilgan holda sazoyi qilinadi. Agar kimdir namoz vaqtida ko‘chada yursa, unga
jarima yoki qamoq jazosi tayinlanadi...[3:178].

Bosh vazir Aleksandr Byorns bilan Buxoro va Britaniya o‘rtasidagi savdo masalalari

haqida uzoq suhbatlashadi. U mamlakatlar o‘rtasidagi aloqani kuchaytirish kerakligini
bildiradi. Vazir Aaleksandr Byornsdan savdo elchisi sifatida Buxoroga qaytishini iltimos qiladi
va qaytishida bitta yaxshi ko‘zoynak olib kelishini so‘raydi.

Aleksandr Byorns Buxoroning suv ta’minoti haqida ham tuxtalib, shunday deydi:

“Yigirmaga yaqin karvonsaroyda turli xalqlarning savdogarlari joylashgan bo‘lib, to‘rtburchak
toshdan qurilgan yuzga yaqin hovuz va favvoralar uning ko‘p sonli aholisini suv bilan
ta’minlaydi. Shaharga Samarqand (hozirgi Zarafshon – B.T) daryosidan suv olib kelinadi.
Buxoroning suv ta’minoti yaxshi emas. Daryo shahardan 6 mil (1 mil 1,609 kmga teng)
uzoqlikda, kanal esa har 15 kunda bir marta ochiladi. Yozda ba’zida oylab suv bo‘lmaydi. Biz
Buxoroda bo‘lganimizda kanallarda oltmish kundan beri suv yo‘q edi. Mahalliy aholining
aytishicha, aynigan suv gvineya qurti kasalligining sababchisidir. Bu qurtlar Ayyub
payg‘ambarning tanasidagi qurtlar bilan bir xil deb qo‘shib qo‘yishadi”...[3:187,188]. Bu ichak
qurti haqida 1825-yilda Buxoro amirligiga ot savdogari sifatida kelgan yana bir ingliz sayyohi
U.Murkfort ham ma’lumot bergan. “Ichak qurti kasalligi Buxoroda azaldan mavjud. Uning
fikricha, bu kasallikning asosiy sababchisi suv omborlari va kanallar edi. Shahar ko‘chalarining
ozodaligi, otxona va aynigan suvning hidi o‘rtasidagi qarama-qarshilik uni hayratga soladi. Agar
Qushbegi Murkfortning gigenik tavsiyalariga quloq solganida edi, Buxoro aholisini bir asrdan
ziyod qiynab kelgan ichak qurti kasalligidan xalos bo‘lardi. U.Murkfort veterinariya doktori
bo‘lgani uchun bu holatga befarq bo‘la olmaydi. U Buxoroda “qurt o‘ldiruvchi” nomi bilan
mashhur bo‘lgan sartarosh-jarroh Mirzo Umarning davolash ishini kuzatadi va unga o‘z
maslahatini beradi. Shuningdek, u bemorlardan chiqqan 1 metrgacha bo‘lgan qurtlarni
o‘rganadi”...[1:351]. Bundan tashqari, 1832-yilda Aleksandr Byorns bilan birga Buxoroga
sayohat qilgan Mohan Lal ham o‘z asarida bu vaziyat haqida ma’lumot bergan: “Buxoroliklarni
qurt ko‘p bezovta qiladi. U ipga o‘xshaydi, ba’zan u tananing hamma qismiga tarqalib ketadi.
Bemor 4, 5 oygacha davolanishga majbur bo‘ladi. Qurtdan kasallangan odamlar dahshatli
og‘riqni boshidan kechiradi. Qush, mushuk, it va boshqa hayvonlar bu kasallikdan aziyat
chekadi”…[4:131].

1832-yil 21-iyulda ular Buxoro vaziri bilan xayrlashar chog‘ida Vazir ulardan “savdo

elchilari” bo‘lib, Buxoroga qaytishini, Buxoro bilan kengroq savdo aloqalarini o‘rnatishini
so‘raydi. Bosh vazir yevropalik sayyohlar xavsizligini karvonboshi va karvon himoyachisi
turkmanlarning boshlig‘iga topshiradi. Vazir sayyohlarga podsho farmonini topshirib, bo‘sh


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

99

qo‘l bilan ketmang, deb ularga kuylak sovg‘a qiladi. So‘ngra Vazir qo‘llarini ochib, ularga fotiha
beradi. Sayohatchilar Vazirga minnatdorchilik bildirib, yo‘lida davom etadi

Xulosa

qilib shuni aytish mumkunki, Aleksandr Byornsning Buxoroga qilgan sayohati

muvaffaqqiyatli bo‘ldi. Qushbegi himoyasida ularning xavfsizligi ta’minlandi. Ular o‘ziga kerakli
ma’lumotni yig‘a oldi. Bu sayohat Aleksandr Byornsga o‘z vatanida mashhurlik olib keldi.
Bundan tashqari, Aleksandr Byorns asarda o‘zbeklarning mehmondo‘stligiga alohida to‘xtalib:
“O‘zbeklarda juda g‘ayritabiiy urf-odat bor. Mehmon kelsa, uy egasi xizmatkorga aylanib, har
bir taomni shaxsan o‘zi olib keladi. Shuningdek, u har bir mehmon yeb bo‘lmaguncha
dasturxonga qo‘l uzatmaydi. Ular mehribon odamlar va agar fanatizm ularning asosiy
kamchiligi bo‘lsa, bu ta’limning aybi”, degan...[3:198]. Aleksandr Byornsning “Travels into
Bukhara” asari Vatanimiz tarixi uchun qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarda Buxoroning
siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Beyond Bokhara The life of William Moorcroft Asian Explorer and Pioner Veterinary

Surgeon 1767-1825” by Garry Alder. Published by Low Price Publications Delhi-2012.
2.

Peter Hopkirk “The Great Game”.,- London. 1990.

3.

Travels into Bokhara Volume I by Alexander Burnes London, Published 1834, by John

Murray, Albemarle Street.

4.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). ПОИСК НАИБОЛЕЕ ОПТИМАЛЬНЫХ

СПОСОБОВ

ИНТЕНСИФИКАЦИИ

ОБУЧЕНИЯ

РУССКОМУ

ЯЗЫКУ

КАК

ИНОСТРАННОМУ.

Вопросы науки и образования

, (1 (157)), 8-14.

5.

“Travels in the Panjab, Afghanistan, & Turkistan, to Balkh, Bokhara, and Herat; and a visit

to Great Britain and Germany. By Mohan Lal, London-1846.

Библиографические ссылки

Beyond Bokhara The life of William Moorcroft Asian Explorer and Pioner Veterinary Surgeon 1767-1825” by Garry Alder. Published by Low Price Publications Delhi-2012.

Peter Hopkirk “The Great Game”.,- London. 1990.

Travels into Bokhara Volume I by Alexander Burnes London, Published 1834, by John Murray, Albemarle Street.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). ПОИСК НАИБОЛЕЕ ОПТИМАЛЬНЫХ СПОСОБОВ ИНТЕНСИФИКАЦИИ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ. Вопросы науки и образования, (1 (157)), 8-14.

“Travels in the Panjab, Afghanistan, & Turkistan, to Balkh, Bokhara, and Herat; and a visit to Great Britain and Germany. By Mohan Lal, London-1846.