Авторы

  • Oysha Baxtiyorova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.90329

Ключевые слова:

oytoʻldi kuntugʻmish uzgʻurmish davlat vazir ofiyat ramzi adolatli hukmdor foniy va chin dunyo Xos Hojib Kusamish.

Аннотация

Mazkur maqolada yusuf xos hojibning Qutadgʻu bilig (saodatga eltuvchi bilim) asaridagi obrazlarga tasviri haqida to‘xtalib o‘tadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

93

YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARIDAGI OBRAZLAR TASVIRI

Baxtiyorova Oysha Bahodir qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1- bosqich talabasi

Tel:(99)-375-11-15

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478133

Annotatsiya:

Mazkur maqolada yusuf xos hojibning Qutadgʻu bilig (saodatga eltuvchi

bilim) asaridagi obrazlarga tasviri haqida to‘xtalib o‘tadi.

Kalit soʻzlar:

oytoʻldi, kuntugʻmish, uzgʻurmish, davlat, vazir, ofiyat ramzi, adolatli

hukmdor, foniy va chin dunyo, Xos Hojib, Kusamish.


“Qutadg‘u bilig” – Qut ( Saodat,baxt) ga eltuvchi bilim demak. Bu asarning maydonga

kelishi kuchli hayotiy zarurat ehtiyoj bilan aloqador. Aslini olib qaraydigan bo‘lsak, bu asarni
Vatan, el-yurt madhiyasi deb atash ham mumkin. Chunki asar to‘laligicha turkiy xalqlarning
davlat tuzilishi, el-yurt va xalqning farovonligini ta’minlashga qaratilgan omillarning badiiy
tahlilidir.

“Qutadg‘ili bilig” axloqiy-ta’limiy yo‘nalishga ega doston bo‘lib, unda kishilar o‘rtasidagi

muomala-munosabat madaniyatining eng oddiy ko‘rinishidan eng yuqori insoniy fazilatlari
haqida fikr yuritiladi. Dostonning bir necha bobi odob va axloq masalalariga bag‘ishlangan. «Til
ardami» (Til odobi) nomli 7-bob ham shular jumlasidandir. Unda shoir tilining, ya’ni
so‘zlashuvning fazilatlari va qusurlari haqida fikr yuritadi. Ijodkor o‘z asarida tilni o‘qish, bilim
olish vositasi sifatida sharhlaydi. Til bilan inson ro‘shnolikga chiqadi. Ko‘p va behuda so‘zlash
esa inson uchun ziynat emas. Ilohiy ne’mat bo‘lgan so‘zni har bir inson qadrlamog‘i kerak.
“Qutadg‘u bilig”da yaxshi xislat va fazilatlarni ezgulik, salbiy illatlarni esa esizlik (yomonlik) deb
atagan muallif jamiyat taraqqiyoti uchun komil inson, barkamol shaxs nihoyatda muhimligini
teran idrok etadi. Shu bois shoir o‘z asarida uyilanish, bola tarbiyasi kabi mavzularga ham jiddiy
e’tibor qaratadi. Asarda O‘gdulmish bilan O‘zg‘urmish obrazlarida insonning aql-zakovatli,
dono va sog‘lom (inson) turmush tarzining afzalliklari, farovonlik sharti. Zero, bu o‘z navbatida
jamiyat farovonligini ham belgilaydi. Har ikki obraz turli omillarga tayanadi. O‘gdulmish aql,
tadbir va ilmga, O‘zg‘urmish esa johillik, bid’at va xurofotga. Har ikki obrazning fikrlarida o‘zaro
zid jihatlar uchrasa-da, ular bir masalaga turlicha yondashadi.O‘gdulmish O‘zg‘urmishga inson
yashashi uchun eng muhim omil aql-zakovat desa, O‘zg‘urmish esa, bunday fikrga qarshi
chiqadi, ya’ni aql-zakovat emas, imon-e’tiqod afzal, deydi. U O‘gdulmishga, bunday ziddiyatli
fikrlar kitobxonni mulohazaga chorlaydi. Doston xotimasida O‘zg‘urmish o‘lim bilan
olishaturib, uni ko‘rishga kelgan qarindoshi O‘gdulmishni tezda saroyga aytishi, u o‘sha yerda
bo‘lsa, xalqqa nafi ko‘p tegishini aytishi kitobxonning bu qahramonga bo‘lgan fikrini charxlaydi.
Yusuf Xos Hojib bola tug‘ilishi tildanoq uning tarbiyasi bilan shug‘ullanilsa, farzandning odobi,
axloqi, ta’lim-tarbiyasi risoladagidek bo‘ladi, degan xulosaga keladi.

Biri to‘g‘rilik tayanch-Adolat
Biri Davlat erur, u quti g‘oyat
Uchinchi-urug‘lik Aql ham Zako
To‘rtinchi-Qanoat erur bebaho
Qutadgʻu bilig“ markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan:

birinchisi — adolat boʻlib, u pod-shoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

94

Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli Ugdilmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning
qarindoshi Oʻzgʻur-mish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar
voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahsmunozarasi, savol-javoblari,
pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm,
insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu
hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz
mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi
mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari
ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lozim, deb uqtiradi.

O‘gdulmish – asardagi eng faol qahramon. o‘gidulmish soʻzining maʼnosi “o‘g” bilan

bog‘liq. U “aql”, “aql-idrok” ma’nosiga ega. O‘gdulmish “aql bilan ziynatlangan” demakdir. Uning
asarda vazir martabasiga koʻtarilishi bejiz emas.Elig bilan savol-javoblarda u turli tuman kasb-
hunar, amal -martaba egalarining fazilatlari haqida gapiradi. Uning bek, vazir, elchi, kotib,
xazinachi va boshqalar haqidagi fikrlari hayotiyligi bilan ajralib turadi.Yusuf Xos Hojib aslida
Davlat Adolat va aql koʻzi bilan qarashdir. Uning yoshligidanoq ilm va hunarlarga rag‘bati bejiz
emas.Xuddi shu xislat uni vazir darajasiga ko‘taradi. Undagi aql, mantiqning izchilligi
O‘zgʻurmishday tarki dunyo qilgan zohidga ham o‘z ta'sirini oʻtkaza oladi. U bilimdon,
donishmand kishi, O‘gdulmish hayotning hamma sohalaridan xabardor. Shuning uchun ham
faqat Elig Kuntugʻdiga emas, balki donishmand Oʻzgʻurmishga ham yo‘l -yoriq ko‘rsata oladi.
Uning poyonsiz savollariga javob beradi. O‘z javoblari bilan uni qoyil ham qoldiradi .O‘gdulmish
va O‘zgʻurmishning savol-javoblari ba'zan keskin munozara darajasiga yetadi . O‘gdulmish
shunda ham bosiqlik qiladi, aql bilan fikr yuritadi, natijada O‘zgʻurmishni o‘z g‘oyalariga
ishontiradi, ayrim hollarda esa o‘zi tomonga rag‘batini oshiradi. Oʻzgʻurmishning, bu hayot -
foniy, inson chin dunyoga tayyorgarlik ko‘rishi, dunyo havaslaridan oʻzini tiyishi kerak,
deganlariga qarshi mantiqli javoblar beradi.

Yusuf axloqiy-ta’limiy g‘oyalari bilan birga, falsafiy qarashlarini asardagi O‘g‘zurmish

timsoli orqali yetkazadi. Kuntug‘di eligning O‘zg‘urmishga uch marta maktub yozgani va
O‘zg‘urmishning javoblaridan, O‘gdulmish bilan O‘zg‘urmish o‘rtasidagi suhbat va munozarada,
Yusuf o‘rtaga chiqqan bu dunyoning afzalliklari va ayblari, taxt, boylik, odamiylik kabi axloqiy-
ta’limiy masalalar, ayniqsa, falsafiy aqidalar jamiyatning, dav- latning barqaror yashashi uchun
muhim omil ekanini u biron o‘rinda ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Jamiyatning turli
tabaqalariga bo‘lgan munosabat, o‘sha tabaqalarning jamiyatda tutgan o‘rni kabi moddiy,
siyosiy va ma’naviy masalalar to‘g‘risida o‘g‘it beradi. Ammo uylanish, bekitilgan xizmat qilmoq,
saroydagi obro‘dan foydalanish, javoblarda, axloqiy mezonlar birinchi o‘ringa chiqadi. O‘sha
suhbatlar jarayonida bolalarni qanday munosabatda bo‘lish, uylanish, bola tarbiyasi,
xizmatkorlarga ezgu munosabat, mehmonga borish va mehmon kutish qoidalari to‘g‘risidagi
o‘gitlarni yetkazishni Yusuf zarurat deb biladi. Bu suhbatlarda falsafiy masalalar bilan axloqiy-
ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar uyg‘unlashtiriladi.

O‘zg‘urmish – zohid, bu dunyodan yuz o‘girgan. U zohidlik davri so‘fiylariga mansub

(xuddi Ibrohim Adham, Hasan Basriy singari). O‘zg‘urmish “ko‘ngil sevgani” a’moli bilan
yashaydi. U O‘gdulmishga, dunyo senga o‘zini sevdirib qo‘yibdi, hamma ayblari senga fazilat
bo‘lib ko‘rinibdi, deya ta’na qilib, dunyoning va bu dunyoda boylikka mukkasi- dan ketgan
odamlarning quyidagi ayblarini birma-bir ko‘rsatadi: – dunyo qutli Xudodan uzoqlashtiradi, qut
– din otasidir; – bu bevafо olam – o‘tkinchi, boylik birov-haq orttirishga olib keladi, bu dunyo
nima bersa ham losa, tezda qaytib oladi; – boylik insonga la’nat, iztirob bag‘ishlaydi, gunohga,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

95

ochko‘zlik, isrofga undaydi; – bu dunyoning qilig‘lari – jafo, qilmishlari – bevafolik, begi bilan–
uch oy ham turmaydi.

Yusuf Xos Hojib asarda goh olam sirlaridan xabardor mutafakkir, goh qadim moziy

sarhadlariga nazari yetgan muarrix, goh zamonasining turli sohalariga oid fanlardan puxta
xabardor bo‘lgan zukko olim, inson qobiliyatining turli-tuman manzaralarini inkishof etuvchi
hassos shoirdir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Adabiyot. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.Boqijon Tóxliyev

Toshkent ,, Òqituvchi " nashriyoti 2003.
2.

Nasimxon Rahmonov «O‘zbek adabiyoti tarixi « O'quv qo'llanma ,,Sano-standart"

nashriyoti Toshkent 2017.
3.

Rahim Eshonqulov, Husniddin Eshonqulov «O‘zbek mumtoz adabiyoti « Toshkent 2019

4.

Уринов, Р. Ё. Специфика англоязычной технический документации в сфере

информационных технологий.

Science and innovation. International scientific

,

1

(7).

5.

H.D.Abdullayev «O‘zbek adabiyoti tarixi» Òquv-uslubiy qo'llanma Cho'lpon nomidagi

nashriyot matbuot ijodiy uyi Toshkent 2019
6.

www.ziyouz.com

Библиографические ссылки

Adabiyot. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.Boqijon Tóxliyev Toshkent ,, Òqituvchi " nashriyoti 2003.

Nasimxon Rahmonov «O‘zbek adabiyoti tarixi « O'quv qo'llanma ,,Sano-standart" nashriyoti Toshkent 2017.

Rahim Eshonqulov, Husniddin Eshonqulov «O‘zbek mumtoz adabiyoti « Toshkent 2019

Уринов, Р. Ё. Специфика англоязычной технический документации в сфере информационных технологий. Science and innovation. International scientific, 1(7).

H.D.Abdullayev «O‘zbek adabiyoti tarixi» Òquv-uslubiy qo'llanma Cho'lpon nomidagi nashriyot matbuot ijodiy uyi Toshkent 2019

www.ziyouz.com