YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
79
O’SMIRLAR ORASIDA SUITSID XAVFI VA PSIXIK BUZILISHLAR
Mehriddinova Sevara Muhiddin qizi
O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
amaliy psixologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15469062
Annotatsiya:
Bugungi kunda o’smirlar orasida suitsid holatlarining ortib borishi global
va ijtimoiy muammo sifatida ko’rilmoqda.Maqolada ushbu xavfli tendensiyaning sabablari-
depressiya, stress, oilaviy nizolar, virtual olam va psixik kasalliklar ta’siri haqida tahlil
qilinadi. Shuningdek, o’smirlarning ruhiy salomatligini saqlashda oila, maktab va jamiyatning
hamkorligi va psixologik yordam haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Mental salomatlik, izolyatsiya, virtual makon, modda qaramligi,
shizofreniya, bulimiya, biologik, ijtimoiy va psixik omillar.
Barchamizga ma’lumki, so’nggi yillarda o’smirlar orasida keng tarqalib borayotgan
suitsid psixologlar, psixiatr va pedagoglarni o’ylantirib kelayotgan dolzarb muammo
hisoblanadi. Suitsid- o’z joniga qasd qilish, o’z hayotiga o’z ixtiyori bilan chek
qo’yishdir.Bularning deyarli ko’pchiligi ruhan nosog’lomlik, jismoniy yoki ruhiy zo’ravonlikka
uchrash va shaxsiy hayotidagi turli muammolar sababli depressiyaga tushib qolishi asosiy
sabab bo’lmoqda.Shaxsda o’z joniga qasd qilish o’ziga nisbatan e’tibor qaratish maqsadida
bo’ladi va bu 14-19 yoshlilar orasida ko’p kuzatiladi. O’smirlik davri inson hayotining eng
nozik va emotsional jihatdan beqaror bo’lgan davri hisoblanadi.A.V.Petrovskiy va
Yu.V.Ginzburglarning “O’smirlik psixologiyasi” asarida:” O’smirlik davri ikkinchi tug’ilish
davri hisoblanadi. Chunki o’smir o’zini mustaqil shaxs sifatida anglay boshlaydi. Shaxsiy
identited shakllanishi, o’zini jamiyatda qaysi o’ringa qo’yishini aniqlash jarayoni boshlanadi”.
Afsuski, o’smirlik davrining inqirozli paytlarida to’g’ri yo’l ko’rsatishlar yoki psixologik
yordam berilmasligi oqibatida siutsid va yana bir necha xil psixik buzilishlar yuzaga kelishi
mumkin.Sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, suitsid 15-19 yoshdagi
o’smirlar orasida o’limning ikkinchi yetakchi sababidir.O’smirlar muammosiga e’tiborni
kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: Ommaviy axborot tizimining kengayshi oqibatida
shart-sharoitning ham o’zgarayotganligi, ularda akseleratsiya jarayoni o’tmishdagiga nisbatan
tezlashganligi hisoblanadi. Ayniqsa bugungi kunda raqamli texnologiyalar, ijtimiy tarmoq va
sun’iy intellektga nisbatan yoshlardagi hissiy qaramlikning ortishi ham ijtimoiy hayotdan
chekinish va virtual bosimga tushib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Suitsidga olib keluvchi omillar ko’p qirrali bo’lib, ularning asosiy qismini psixologik,
ijtimoiy, biologik omillar tashkil etadi.
Psixologik: Depressiya-suitsidning eng keng tarqalgan sababi.O’zini qadrsiz his etish,
hayotda ijtimoiy ahamiyatini yo’qotish yoki oilaviy munosabalarda muvaffaqiyatsizlikka
uchrash. Haddan tashqari qo’rquv va xavotir, ijtimoiy bosimdan qo’rquv suitsidal fikrlar
paydo bo’lishiga olib keladi.Bolalikdagi zo’ravonlik yoki pedofillar tomonidan yetkazilgan
aziyat insonning ruhida chuqur iz qoldiradi .Modda qaramligi (alkogol yoki narkotik)
impulslar nazoratini qiyinlashtiradi. Gallustinatsiya (yo’q narsani bor deb idrok etish) yoki
paranormal fikrlar (ovozlar o’z joniga qasd qilishga buyurilishi) suitsidga undashi
mumkin.Bundan tashqari, mental jihatdan nosog’lom insonlarda ,jumladan, anoreksiya,
bulimiya , shizofreniyada odam real va noreal narsani ajrata olmaydi. Ayniqsa, shizofreniyaga
chalingan bemorlar orasida suitsid holati o’ta yuqori bo’ladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
80
Biologik: Genetik moyillik-agar oilada suitsid qilgan yoki ruhiy kasallikka chalingan
odam bo’lsa, boshqa a’zolarda ham suitsidal xatti-harakatlar yuqori bo’ladi.Garmonal
nomutanosibliklar-kortizol (stress garmoni) darajasining uzoq muddat yuqori bo’lishi yoki
serotonin darajasining pastligi ya’ni neyromediatorlar yetishmasligi impuls nazorati va
hissiyotlarni boshqara olmaslikka olib keladi va suitsidual fikrlar kuchayadi.
Ijtimoiy: Travmatik hodisalar, kamsitilish va tahqirlash holatlari-ayniqsa, o’smirlar va
yoshlar orasida suitsid xavfini oshiradi.Bunday holatlarda oila, maktab va psixologik yordam
roli beqiyosdir. Oila-bu bolaning birinchi ijtimoiy makoni, uning ruhiy va emotsional
salomatligini aynan oilada shakllanadi. Shu sababdan ota-onalar farzandlariga emotsional
qo’llab-quvvatlash, muloqot, mehr va ishonch muhitini yaratishlari, bolaning holatini diqqat
bilan kuzatish va salbiy belgi va odatlarini ertaroq payqab mutaxassisga murojaat qilishlari
kerak. Maktabning roliga kelsak bunda maktab psixologlarining faolligi muhim hisoblanadi.
Ular o’quvchilarga stressni boshqarish va hissiy savodxonlik bo’yicha metodika va treninglar
olib borishlari samarali hisoblanadi. Bundan tashqari ijtimoiy izolyatsiyaga qarshi chora
tadbirlar olib borishlari va ruhida og’uvchanlik bo’lgan o’quvchilar bilan individual
shug’ullanishlari lozim.
Eng xavotirli tarafi, Janubi-sharqiy Osiyoda o’smir yoshida vafot etgan har oltita qizdan
bittasi o’z joniga qasd qilib o’ladi. Yana psixologik bir nechta tadqiqotlar shuni
ko’rsatmoqdaki, suitsid ko’pincha tashlandiqlik hissidan kelib chiqadi.Masalan, amerikalik
olimlar tomonidan o’tkazilgan 10 yillik longitudal tadqiqot natijalariga ko’ra, erta aniqlangan
depressiya va unga o’z vaqtida ko’rsatilgan psixologik yordam suitsid xavfini 60% gacha
kamaytirishi mumkin.Shu sababdan dastlab psixik buzilishlar boshlanganda psixolog bilan
ishlash ko’plab salbiy oqibatlarning oldini olish mumkin.Shuningdek, suitsidga qarshi
kurashda biopsixosotsial yondashuvlar, sog’lomlikka bag’ishlangan muntazam haftalik
mashg’ulotlar tashkil qilish va ,avvalambor, ota-onalar uchun psixik salomatlikka oid
seminarlar olib borish ushbu xavfning kamayishiga yordam beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.V.Petrovskiy va Yu.V.Giznburg “O’smirlik psixologiyasi”
2.
Ergash G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2020
3.
Orziqulova Nafisa Axtamovna, Mirzoqulova Ma’zuna Ravshanovna “O’smirlarda
kuzatiladigan suitsid sabablari va uni bartaraf etish yo’llari” https://in-academy.uz
4.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. Toshkent-2013
5.
“O’smirlar orasida o’z joniga qasd qilish” bbc.com