Авторы

  • Shodiyona Davlatova
    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.90335

Ключевые слова:

Insonparvarlik ezgulik komillik axloqiy qadriyatlar gumanizm so‘z san’ati tasavvuf axloq falsafa adabiyot Navoiy falsafasi she’riyat ezgu amallar ijtimoiy qarashlar ma’naviy tarbiya g‘azal doston komil inson hayot falsafasi

Аннотация

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodidagi insonparvarlik, ezgulik va komillik g‘oyalari tahlil etiladi. Muallif Navoiy asarlarining zamonaviy talqini va undagi axloqiy-falsafiy qarashlarni yoritib, shoirning inson, so‘z, tafakkur, sahovat va iymon kabi tushunchalarga bo‘lgan yondashuvini ochib beradi. Navoiy asarlarida ifodalangan gumanizm, mehr-oqibat, haqiqatparastlik, ezgu niyat, halollik va adolat kabi qadriyatlarning doimiy dolzarbligi alohida ta`kidlab o`tiladi. Maqolada shoirning g‘azal, ruboiy va dostonlaridagi obrazlar misolida inson qalbi va ruhiy olami chuqur tahlil qilinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

75

NAVOIY NIGOHIDA SO`Z QUDRATI VA EZGULIK FALSAFASI

Davlatova Shodiyona Zohid qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

“Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 2-kurs talabasi

E-mail-davlatovashodiyona@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15469030

Annotatsiya:

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy

ijodidagi insonparvarlik, ezgulik va komillik g‘oyalari tahlil etiladi. Muallif Navoiy asarlarining
zamonaviy talqini va undagi axloqiy-falsafiy qarashlarni yoritib, shoirning inson, so‘z,
tafakkur, sahovat va iymon kabi tushunchalarga bo‘lgan yondashuvini ochib beradi. Navoiy
asarlarida ifodalangan gumanizm, mehr-oqibat, haqiqatparastlik, ezgu niyat, halollik va adolat
kabi qadriyatlarning doimiy dolzarbligi alohida ta`kidlab o`tiladi. Maqolada shoirning g‘azal,
ruboiy va dostonlaridagi obrazlar misolida inson qalbi va ruhiy olami chuqur tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Insonparvarlik, ezgulik, komillik, axloqiy qadriyatlar, gumanizm, so‘z

san’ati, tasavvuf, axloq, falsafa, adabiyot, Navoiy falsafasi, she’riyat, ezgu amallar, ijtimoiy
qarashlar, ma’naviy tarbiya, g‘azal, doston, komil inson, hayot falsafasi

Abstract:

This article analyzes the ideas of humanity, goodness and perfection in the

work of the great thinker, poet and statesman Alisher Navoi. The author, highlighting the
modern interpretation of Navoi's works and the moral and philosophical views contained in
them, reveals the poet's approach to such concepts as man, word, thought, generosity and
faith. The constant relevance of values such as humanism, kindness, truthfulness, good
intentions, honesty and justice expressed in Navoi's works is emphasized. The article deeply
analyzes the human soul and spiritual world using the images of the poet's ghazals, rubaiyats
and epics.

Keywords

: humanity, goodness, perfection, moral values, humanism, art of speech,

mysticism, ethics, philosophy, literature, Navoi's philosophy, poetry, good deeds, social views,
spiritual education, ghazal, epic, perfect person, philosophy of life.

Haqiqiy badiiy asar zamonlar osha yashaydi, talqinlar yangilanib boradi. Sababi

talqinning iste’molchisi bo‘lgan kitobxon asardan o‘z davriga tutash, uyg‘un ma’nolarni izlaydi.
Axloqiy mezonlarning yuqori cho‘qqisidan turib, dunyoni yuksak tafakkur, oliy ong orqali his
qilgan, qalb kechinmalarini qalamga ko‘chirgan Alisher Navoiyning asarlarini idrok etishda
asarning bosh g‘oyasini anglab yetish muhim vazifa hisoblanadi. Butun dunyo xalqlari
adabiyotida badiiy asar va kitobxon orasida bo‘ladigan, asar zamirida yotuvchi yetakchi
g‘oyani, matn ortida ufurib turgan shoir olamining anglam qatlamlari, tafakkur kengliklari sari
yo‘naltiradigan jarayonlar borki, bular talqin, tabdil, sharh, izoh, nasriy bayon kabi qo‘shimcha
vositalardir. Ular kitobxon ojizlik qilib turgan lahzalarda asar mohiyatiga olib kiradi.[1] Dunyo
adabiyoti tarixiga nazar solinsa, badiiy adabiyot barcha zamonlarda ham kishilik jamiyati
hayotidagi katta o‘zgarish va evrilishlarning aks-sadosi bo‘lishi barobarida insonni ma’naviy-
axloqiy kamolotga yetkazishning eng ta’sirchan vositasi bo‘lib kelgan. Hazrat Alisher Navoiy
siymosi va adabiy merosi buning yorqin dalilidir. Ulug‘ mutafakkir shaxs sifatida ham, ijodkor
va davlat arbobi sifatida ham komillikning timsolidir [4]

Shuningdek , biz quyida bu adiblarning mazkur masalaga oid mulohazalari aks etgan

she’riy baytlarini tahlil qilishni lozim topdik. Avvalo, Xusrav Dehlaviy va Alisher Navoiy
qarashlaridagi mushtaraklikka e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Har ikki shoir ham So‘z –


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

birinchi qudrat turtkisini, olamning yaratilishiga nido – asos bo‘lgan, degan falsafiy
tushunchaga e’tiqod qiladilar. Go‘yo Mutlaq iloh moddiy olamni yaratish maqsadida «kun»,
«fakona» – «yaral», «bo‘l», deb xitob etgan va dunyo yaralgan ekan. Ya’ni, so‘z birlamchi
(azaldan), amal ikkilamchi, degan tushuncha ham shunday kelib chiqqan. Mutlaq iloh olamni
yaratgandan keyin So‘zni insonga bag‘ishladi. Xusrav Dehlaviyning fikricha, olam ham, odam
ham so‘z uchun qolip – iloh ruh manzilgohi. Insonning tirikligi, joni, hayoti so‘z tufayli, zero
Odamiydan o‘zga so‘zlovchi tirik vujud yo‘q. Hayvonlar ham tirik, yuradi, ammo nutq nuqtayi
nazaridan ular ham tirik emas.

Pas chu chunin ast, suxan joni most,
V-on ki bad-u zinda buvad, z-oni most [Dehlaviy, 1975: 112].

(Shunday bo‘lgach, so‘z bizning jonimizdir va nimaiki bizni tiriltirsa, u biznikidir).
Alisher Navoiyning fikricha ham: «So‘z gavharning sharafi» balandligiga sabab uning

butun olam qudrati tarafidan tuhfa etilganidir [2]. Ulug‘ shoir g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit’a va
dostonlarida o‘zini tahlil etish vositasida insonning turli ruhiy holati, kechinmalarini
ko`rsatadi. Navoiy barcha asarlarida inson qalbiga teran nazar tashlab, undagi o`zgarishlar
jarayonini yuksak poetik mahorat bilan chizadi. Shoirning dostonlarida emas, g‘azal,
ruboiylarida ham kishining turlicha holatlari gavdalantiriladi. Ular aksariyat hollarda g‘amgin
kayfiyat ifodasi bilan boshlanadi. Asar davomida esa bu holat bir necha bor o‘zgaradi. Y’ni
g‘amgin kayfiyat shodlik hislari bilan, nozik kechinmalar alam va umidsizlik bilan ko‘z
ilg‘amas darajada shu qadar tez va oson almashinadiki, shoir qalami bilan bitilgan har bir so‘z
nozik tafsil (detalь)ga, kutilmagan psixologik lavhaga aylanib, tasavvurda ranglarga boy
yorqin manzara hosil qiladi. Hayratlanarlisi shundaki, Navoiy bunday manzaralarni nihoyatda
osonlik bilan yaratadi U insonning holat, kechinma, kayfiyatini haroratli so‘zlar vositasida
benihoya aniq va ixcham tarzda chizadi. Shoir tilining ravshan va ranginligi, majoziy
vositalarining ajib go‘zalliklari, she’r vaznlarining qat’iy va ravonligi ko`ngilga ajib hislar olib
kiradi. [3].

Navoiy asarlarida xalqimiz ongiga azaldan singib ketgan ezgu qadriyatlar va

tushunchalar yorqin aks etgan. Shoir ijodida o‘zgalarga beminnat yaxshilik qilish, mehr-
oqibat ko‘rsatish kabi oqilona fazilatlar taqin qilingan, bu kabi ezgu amallar targ‘ibi
nasihatomuz tarzda tasvirlangan. Shoirning falsafiy mushohada yuritish qobiliyati uning
pand-nasixat tarzida yozilgan hikmatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Qil yaxshiligu, demakni dohil qilma,
Minnat bila yaxshlikni botil qilma.

Baytda ifodalangani kabi inson yaxshilik qilishni maqsad qilar ekan, uni elga oshkor

qilmasligi lozim. Agar bu ezgu amalni boshqalarga ko‘z-ko‘zlamoqchi bo‘lsa, yoki minnat
qilsa bu yaxshilik o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqadi. Chin ko‘ngildan kimgadir himmat ko‘rsatish
uchun sahovatni yashirin yo‘l bilan amalga oshirish darkor. Navoiy bu qisqagina baytda
butun bashariyat uchun dars bo‘ladigan ulkan ma’noni mujassamlashtira olgan daho
shoirdir. Uning ijodiga xos falsafiylik va badiiy mahorat uyg‘unligi shoir she’riyatining asl
mohiyatini ochishga xizmat qiladi.

Desangki, taomim zoe bo‘lmag‘ay, yedur,
Va tilasangki, libosim eskirmagay kiydur.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

Yuqorida keltirilgan satrlarda Navoiy asl insonning qay tartibda yashamog‘i lozim

ekanligini ifodalaydi. Agar kishi o‘zgalarga qancha sahovat qilsa, bu sahovat Tangri taolo
tomonidan uning o‘ziga ming barobar ortiq bo‘lib qaytadi. Kimgadir o‘z rizqidan berish,
o‘zining rizqi yanada ortishiga sabab bo‘ladi. Kim bilandir borini baham ko‘rish, uning o‘z
nasibasining bundan-da ziyoda bo‘lishiga yo‘l ochadi. “Navoiyning nuqtayi nazariga ko‘ra,
mol-u dunyoni yig‘ish emas, balki hayrli ishlarga, xalq farovonligi yo‘lida sarflash kerak.
Uning o‘zi shunday yo‘l tutadi va boshqalarni ham shunga da’vat qiladi”[5]. Alisher Navoiy
soxta dindorlik, dindan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanish, botiniy olamga qaramay,
zohiriy rasm–rusumlarni bajarish bilan kerilish, riyokorlik, shavqatsizlikni qoralaydi. Inson
avvalo yaxshi axloqi, niyatining (himmatining) ulug‘vorligi, ilohiyligi bilan inson. Agar bunday
bo‘lmasa, yani kishi qalbida ezgulikka, hayrga muhabbat bo‘lmasa, uning iymoniga ishonish
qiyin. Iymon botiniy olamning tozaligi va butunligi, haqqa yaqinligini namoyon etib turishi
kerak. Shuni aytish o‘rinliki, hazrat Navoiy "Xayratul–abror" dostonida tasavvuf falsafasidagi
axloq, xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsni tiyish, adolat va marifat, tabiat
va insonni sevish, ularni e’zozlash, talim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalardan unumli foydalandi.
Bu g‘oyalar mutafakkirning boshqa g‘azal va ruboiylari, dostonlari, nasriy asarlariga ham
singib ketgan . Navoiyning umuminsoniy mazmunga ega bo‘lgan gumanistik qarashlari islom
dini falsafasidan oziqlangan bo‘lib, mutafakkir o‘zining asarlarida insonning diniy va dunyoviy
jihatlari, zohiriy va botiniy tomonlarini har tomonlamayoritib berishga harakat qilgan. Navoiy
insonni aqlsiz tasavvur qilmaydi. Inson qanday ish bilan shug‘ullanmasin aqlga, tafakkurga,
uning kuchiga ishonishi kerak, degan fikr mutafakkir asarlarining muhim jihatini tashkil
qiladi. Mutafakkirning yana bir muhim xususiyati, bizning fikrimizcha, shundan iboratki, ul
zot o‘zining g‘azal, ruboiy va dostonlarida insonparvarlikka oid qarashlarni bayon qilish bilan
cheklanib qolmasdan, balki o‘zi buyuk insonparvar shoir degan nom qozondi, odamiylikda
boshqalarga o‘rnak bo‘ldi. U doimo oddiy xalq g‘am-tashvishiga sherik bo‘ldi, ularga homiylik
qildi.

Alisher Navoiyning “Xamsa”ga kirgan dostonlarining har birida insonparvarlik g‘oyalari

yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy” va
boshqa dostonlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Iskandar, Suqrot, Aflotun timsollarida
vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlar, oliyjanob qadriyatlar jamlangan.
Bu obrazlar allomaning ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va gumanistik qarashlariga mos holda bayon
qilinadi. Hazrat Navoiy odamiylik, vafodorlik, mehr-oqibat, xalq g‘amida yashash, uning
farovonligi, baxt-saodati yo‘lida hatto jonini fido qilish, xayr-ehson, o‘zgalarga saxiylik qilish
kabi fazilatlarni hamma narsadan yuqori qo‘yadi. Mutafakkir bu bilan insonni, uning
xislatlarini ulug‘laydi, uni boshqa jonzotlardan a’lo ekanligini ishonarli tarzda isbotlab
beradi.[6].

Navoiy asarlarida, chinakam komil inson uchun Haqning oddiy bandasi bo‘lib

yaralishning o‘zi bir saodat. Boshqa narsalardan ta’ma qilmoq o‘rinsizdir. Inson neki ishga qo‘l
urmasin, uni Tangri taolodan madad olgan holda qilmog‘i lozim. Bu yo‘lda o‘zgalardan yordam
olmoqqa hojat bo‘lmas. Alisher Navoiy asarlarida ta’magirlik eng yaramas illatlardan biri
sifatida qaraladi. Shoirning o‘zi esa insonlarni bu illatdan uzoq yurishga chorlaydi.Komillik
darajasiga yetgan shoirning pandnomasi butun bashariyatning nigohida jonlanmoqda.
U yaratgan asarlarning mazmunida insoniyat uchun hanuz jumboq bo‘lib kelayotgan
savollarning javobi va hayot mohiyatiga oid purma’no fikrlar majmuyi o‘z ifodasini topgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish komillikka yetishishni maqsad qilgan insonlar
uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ma’rifat nurlariga intilish kabidir. Bu hikmatlar ziyosidan
bahramand bo‘lgan qalb shoir asarlaridan zavq tuyadi, undagi umuminsoniy g‘oyalariga
ergashadi, yaxshilikka yor bo‘ladi, o‘z umri davomida ezgulikni bosh mezon qilib oladi.
Bunday darajaga yetmoqlik uchun hazrat Navoiyni anglamoq kerak, bu barhayot
siymoning bitiklarini dilga jo qilmoq lozim. Zero, komillikning asl belgisi ezgulikka esh
bo‘lmoqlikdir. Alisher Navoiy asarlari esa butun insoniyatga ezgulik taratayotgan badiiyat
yodgorliklaridir.

Xulosa o’rnida ta’kidlash joiz

Alisher Navoiy asarlari o‘z mazmun-mohiyati bilan nafaqat

o‘z davrining, balki butun insoniyat tarixining bebaho ma’naviy-ma’rifiy xazinasidir. Uning
ijodidagi insonparvarlik, ezgulik, komillikka intilish, adolat, mehr-muruvvat, sabr-qanoat kabi
g‘oyalar o‘z ahamiyatini bugungi kunda ham yo‘qotmagan, balki jamiyat taraqqiyoti uchun
dolzarb bo‘lib qolmoqda. Navoiy insonni yaratuvchi Zotning eng oliy mo‘jizasi sifatida
ulug‘lagan, uni aql, tafakkur, ma’naviy poklik, ezgu fazilatlar bilan kamol topishga chorlagan.
Bu g‘oyalar orqali u insoniyatni yuksak axloqiy qadriyatlarga yo‘naltirgan, jamiyatda tinchlik,
barqarorlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini qaror toptirishga xizmat qilgan.
Zamonaviy davrda yosh avlodni komil inson etib tarbiyalash, ularning ma’naviy-axloqiy
kamolotini ta’minlashda Alisher Navoiy merosi beqiyos o‘ringa ega. Shu boisdan ham, bugungi
ta’lim-tarbiya jarayonida Navoiy asarlarini chuqur o‘rganish, undagi g‘oyalarning zamonaviy
talqinini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biridir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Tojiboyeva, O. (2020). Matn, mohiyat va talqin.

Alisher Navoiy va XXI asr

mavzusidagi

xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, B. 34–36.
2.

Muhiddinov, M. (2020). “Xamsa”larning birinchi dostonlarida so‘z talqini.

Alisher Navoiy

va XXI asr

mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, B. 40–46.
3.

Ulug‘ov, A. (2020). Navoiy – insoniyat uchun ma’naviy mayoq.

Alisher Navoiy va XXI asr

mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
4.

Ashurova, G. (2020). Navoiy obrazi – adabiy-estetik ideal timsoli.

Alisher Navoiy va XXI

asr

mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, B. 133–136.
5.

Qosimova, Z. O‘. (2025). G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodida umuminsoniy

g‘oyalar tarannumi.

Tadqiqotlar: Jahon ilmiy-metodik jurnal

, 1-to‘plam, Fevral soni.

6.

Alisher Navoiy ijodida gumanizm g‘oyalari. (n.d.). Andijon davlat universiteti rasmiy

sayti. Olingan:

https://adu.uz/uz/news/article/2310

Библиографические ссылки

Tojiboyeva, O. (2020). Matn, mohiyat va talqin. Alisher Navoiy va XXI asr mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, B. 34–36.

Muhiddinov, M. (2020). “Xamsa”larning birinchi dostonlarida so‘z talqini. Alisher Navoiy va XXI asr mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, B. 40–46.

Ulug‘ov, A. (2020). Navoiy – insoniyat uchun ma’naviy mayoq. Alisher Navoiy va XXI asr mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Ashurova, G. (2020). Navoiy obrazi – adabiy-estetik ideal timsoli. Alisher Navoiy va XXI asr mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, B. 133–136.

Qosimova, Z. O‘. (2025). G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodida umuminsoniy g‘oyalar tarannumi. Tadqiqotlar: Jahon ilmiy-metodik jurnal, 1-to‘plam, Fevral soni.

Alisher Navoiy ijodida gumanizm g‘oyalari. (n.d.). Andijon davlat universiteti rasmiy sayti. Olingan: https://adu.uz/uz/news/article/2310