YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
65
BOSHLANGʻICH SINF FANLARINI OʻQITISH JARAYONIDA HAMKORLIK
PEDAGOGIKASI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Nurulloyeva Guli Tohir qizi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15464089
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlangʻich taʼlim jarayonida hamkorlik
pedagogikasining o‘rni, uni qo‘llashning samarali usullari hamda bu yondashuv orqali
o‘quvchilarning taʼlimga bo‘lgan munosabati va ijtimoiy ko‘nikmalari qanday shakllanishi
haqida fikr yuritiladi. Hamkorlikda o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi
va natijadorligi tahlil qilinadi.
Annotation:
This article explores the role of cooperative pedagogy in primary education,
effective methods of its implementation, and how this approach influences students' attitudes
toward learning and the development of social skills. The theoretical foundations, practical
applications, and effectiveness of cooperative learning strategies are analyzed in the context of
primary school subjects.
Аннотация:
В данной статье рассматривается роль педагогики сотрудничества в
начальном образовании, эффективные методы её применения, а также влияние данного
подхода на отношение учащихся к обучению и развитие их социальных навыков.
Анализируются теоретические основы, практическое применение и результативность
методов обучения на основе сотрудничества в контексте преподавания предметов
начальной школы.
Kalit so‘zlar:
hamkorlik pedagogikasi, boshlangʻich taʼlim, interfaol metodlar, guruhlarda
ishlash, ijtimoiylashuv, kompetensiya yondashuvi.
Zamonaviy ta’lim tizimi har bir o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishini ta’minlovchi
pedagogik yondashuvlarni izlashni talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, hamkorlik
pedagogikasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, ijtimoiy munosabatlarga
kirishish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vositaga aylanmoqda. Ayniqsa,
boshlangʻich sinfda taʼlim jarayoniga ana shu yondashuvni tatbiq etish o‘quvchilar ongini
shakllantirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
XXI asr – bu innovatsiyalar, tezkor axborot almashinuvi va uzluksiz o‘rganish zamonidir.
Ushbu davr insoniyatdan faqat bilim emas, balki ijodiy fikrlash, tanqidiy yondashuv, jamoaviy
ishlash kabi zamonaviy kompetensiyalarni ham talab qilmoqda. Aynan shu omillar ta’lim
tizimining barcha bosqichlariga, xususan, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga yangicha
yondashuvlarni tatbiq etishni taqozo qilmoqda. Bunday zamonaviy yondashuvlardan biri –
hamkorlik pedagogikasidir. Mazkur kurs ishida boshlangʻich sinf fanlarini oʻqitishda hamkorlik
pedagogikasi imkoniyatlaridan qanday foydalanish mumkinligi, bu yondashuvning afzalliklari,
amaliy jihatlari va natijalari tahlil etiladi.
Boshlang‘ich sinf — bu bolaning shaxsiyati shakllanishi, ijtimoiy-psixologik muhitga
moslashuvi va asosiy bilim-ko‘nikmalarni egallashi jarayonidagi muhim bosqichdir. Shu sababli
bu davrda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish
uyg‘otish, ularning mustaqil va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Hamkorlik pedagogikasi esa o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashish, muammoni birgalikda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
hal qilish, bir-birini eshitish va qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatadi. Bu usul orqali o‘quvchilar
nafaqat bilim oladi, balki shaxsiy rivojlanish sari katta qadam tashlaydi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta’lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan yangi
ta’lim tizimining shakllanish jarayoni kechmoqda. Ushbu davr o‘quvtarbiya jarayonining
pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan kechmoqda: o‘qitishning mazmuni
o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar
va o‘zini tutish tamoyillari shakllanyapti. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr –
yangi texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar asri taqozo etmoqda.
Darhaqiqat Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz uchun o‘z dolzarbligi va
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan yana bir masala, bu - farzandlarimizni mustaqqil
fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan mustahkam hayotiy pozistiyaga ega,
chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir”
1
Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida darslarni hamkorlikda o‘tish jarayoni o‘ziga nafaqat murakkab bilimlar tizimini
o‘zlashtirishni, ko‘pgina o‘quv va intellektual ko‘nikmalarni shakllantirishni, balki bilib olish
jarayonlarini: e’tibor, xotira, fikrlash va qobiliyatni rivojlantirishni ham kiritadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish darslarida hamkorlikda ishlashning texnologik
jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:
-
bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;
-
maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;
-
didaktik materialni tarqatish;
-
guruhdagi ishni rejalashtirish;
-
topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;
-
guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e’tirozlar, qo‘shimchalar,
aniqlashtirishlar);
-
guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish;
-
guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish.
Ta’limda hamkorlik pedagogikasi — bu o‘quvchilarning o‘zaro faol hamkorlik asosida
bilim olishlarini ta’minlaydigan, o‘qituvchi esa bu jarayonda yo‘lboshchi, tashkilotchi va
muvofiqlashtiruvchi sifatida ishtirok etadigan zamonaviy pedagogik yondashuvdir. Bu
metodika o‘qitishning faqatgina bilish emas, balki ijtimoiy jarayon ekanini e’tiborga oladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va hamkorlikka mosligi 6-10 yoshli
o‘quvchilar psixologik va fiziologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular yangi
bilimni harakat orqali, amaliy faoliyat bilan o‘zlashtirishga moyil. Ular do‘stlikka intiluvchan,
o‘zaro ta’sirga ochiq va jamoada ishlash istagiga ega bo‘ladilar. Bu yoshdagi bolalarda shaxsiy
fikrni bildirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari endigina shakllana boshlaydi.
Hamkorlik pedagogikasi esa aynan shu ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Guruhli
ishlarda har bir bola o‘z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, jamoaviy qaror qabul qilishga
o‘rganadi, boshqalar bilan fikr almashishga kirishadi. Shu sababli boshlang‘ich ta’limda
hamkorlik metodlarini tatbiq etish nafaqat imkon, balki zaruratdir.
Hamkorlik pedagogikasi va an’anaviy ta’limni solishtirish. An’anaviy ta’limda asosiy
e’tibor o‘qituvchining tushuntirishiga, o‘quvchilarning esa eslab qolishiga va qayta aytib
berishiga qaratiladi. Bu yondashuvda o‘quvchi passiv tinglovchiga aylanib qoladi. Hamkorlik
1
(M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz.-T.: O‘zbekiston, 2017, 103-bet)
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
pedagogikasida esa: o‘quvchilar o‘z ustida mustaqil ishlashadi; dars muhokama, muloqot va fikr
almashishga asoslanadi; o‘quvchi faoliyat markaziga qo‘yiladi.
Guruhda ishlash orqali bilimlar chuqurlashadi va mustahkamlanadi. Bu metodik
yondashuv o‘quvchilarni faol o‘rgatuvchi, o‘z bilimini izlaydigan va ijtimoiy jihatdan yetuk
shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, hamkorlik pedagogikasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni
demokratlashtiradi, o‘quv jarayonida subektiv yondashuvni kuchaytiradi va shaxsga
yo‘naltirilgan taʼlim tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqaradi. Ayniqsa, boshlangʻich sinf
o‘quvchilari uchun bu yondashuv o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiylashuv va mustaqil fikrlash
jarayonlarini tezlashtiradi.
Boshlangʻich sinf fanlarini o‘qitishda hamkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish orqali nafaqat ta’lim sifati oshadi, balki farzandlarimiz kelajakda jamoada ishlay
oladigan, muloqotga ochiq, erkin fikrlovchi va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida kamol topadi.
Shuning uchun bu yondashuvni amaliyotga keng tatbiq etish, metodik qoʻllanmalarni ishlab
chiqish va pedagog kadrlarni shu yo‘nalishda tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini hamkorlikda o‘qitish
texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga
asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta’lim
sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi.
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi
harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi
faoliyatning mahsuli o‘quvchilar ilgari surgan yangi g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning
mohiyatiga bog‘liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining
yuzaga kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining
birgalikdagi xatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat
o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi, o‘quvchilarning faolligi asta-
sekin o‘sib borib, butunlay ularning o‘zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi,
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosbatda esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega
bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Shavkat Mirziyoev. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat
bilan harakat qilaylik. – T.: O‘zbekiston, 2017- B 21
2.
Xamidova M. Boshlangʻich ta’limda innovatsion yondashuvlar. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2021.
3.
Karimov A. Interfaol metodlar asosida dars tashkil etish. – Samarqand, 2019.
4.
Murodova Z. Boshlangʻich sinfda fanlarni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU
nashriyoti, 2022.
5.
Axmetjanov M.M., Olimov Sh.Sh. “Umumiy pedagogika” Toshkent “Muharrir nashriyoti”
2018 y.
6.
Meliboev A. Barcha fanlar hamkorligida. // Boshlang‘ich ta’lim, 2008
7.
(M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz.-T.: O‘zbekiston,
2017, 103-bet.