Авторы

  • Gulnur Kakisheva
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti Turkman tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-D guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.91959

Ключевые слова:

Abdulla Qodiriy o'zbek adabiyoti realistik roman

Аннотация

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Qodiriyning hayoti, ijodi va asarlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Asosan, uning adabiyotdagi o'rni, yozgan romanlari, ularning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, tarixiy voqealarga munosabati va o'zbek xalqining ma'naviy hayotini aks ettirishdagi xizmatlari yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

123

ABDULLA QODIRIY: O'ZBEK REALISTIK ADABIYOTINING ASOSCHISI

Kakisheva Gulnur Annadurdiyevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

instituti Turkiy tillar fakulteti Turkman tili va

adabiyoti yo‘nalishi 3-D guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478892

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla

Qodiriyning hayoti, ijodi va asarlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Asosan, uning
adabiyotdagi o'rni, yozgan romanlari, ularning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, tarixiy
voqealarga munosabati va o'zbek xalqining ma'naviy hayotini aks ettirishdagi xizmatlari
yoritilgan.

Kalit so'zlar:

Abdulla Qodiriy, o'zbek adabiyoti, realistik roman, "O'tkan kunlar",

"Mehrobdan chayon", jadidchilik, tarixiy roman.


O'zbek adabiyotining XX asr boshlaridagi taraqqiyotida yangi bosqich ochgan

ijodkorlardan biri bu – Abdulla Qodiriydir. U o'zining yirik tarixiy romanlari, badiiy uslubi va
ma'naviy yetuk asarlari bilan milliy adabiyotimizda chuqur iz qoldirgan. Jadidchilik
harakatining faol ishtirokchisi sifatida Qodiriy nafaqat adib, balki ma'rifatparvar, tanqidchi va
jurnalist sifatida ham tanilgan.

Abdulla Qodiriy asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy. XX-asr yangi oʻzbek

adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim
ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo
(1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent
mudofaasida
qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning
qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla
Qodiriy musulmon maktabida (1904–1906), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim
shayx madrasasida
(1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925-26) oʻqidi.
Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus
tillarini
oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Abdulla Qodiriyning ulkan
merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda.

Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli

kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-
yil Oktabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq
ishlari“
gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“
jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri

keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan
„Yangi

masjid

va

maktab“

sarlavhali

xabar

bosiladi.

Bu

boʻlajak

adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“,
„Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop
etiladi (1914—1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar
millatparvarlik, maʼrifatparvarlik

ruhida

yozilgan

boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan

sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga
daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

124

asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX-asr tongidagi
oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.

Hikoyalari-Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan

matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919—1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300
atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati,
zamonasining solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira
daftaridan“,
„Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi
„xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan
salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh
etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan
koʻrsatishga jazm etadi.

„Oʻtkan kunlar“ romani-

Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida

qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan
kunlar“ni yaratdi (1919—1920). Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi.
1924—1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“
yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi oʻrni
masalasi

hayot-mamot

ahamiyatiga

molik

edi.

Abdulla

Qodiriy

mintaqamiz

taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi,
oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib
bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan
oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-
mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu
qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon
muxtoriyatining
tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini
larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi,
„tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon
zamonlari“ – XIX-asr oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli
haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.

„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi-„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno

mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-
axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning
taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi
masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek
hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi
kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan
tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi
keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq
dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda
katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi,
Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi.
Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni –
Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi.
Qodiriy ishqiy sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi
jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi. Garchi
romanda adib shaxs harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

125

chambarchas aloqadorlikda tasvir va tahlil etsa-da, inson shaxsining muhit va sharoitga
bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan
bir oila, bir xil sharoitda tugʻilib voyaga yetgan saviya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki
olam – egachi -singil Zaynab va Xushroʻybibi obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri mute,
itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz baxti va taqdiri
uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tugʻma xususiyatlarni
sharhlash bilangina cheklanmaydi, bunday xislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa, oʻzgalar
taqdiriga koʻrsatgan taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga
topshirib qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana oʻsha
ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi – Kumushga zahar
beradi. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab
taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq
har qancha gunohkor boʻlmasin, oʻta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima
boʻlganda ham, Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy, realist yozuvchi onaning pala-
partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz yumib oʻtolmaydi.
Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham
kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“
romani toʻqima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uygʻunligi
jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti
xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida ilk
roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy
tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida
yetuk realizmga asos soluvchilik rolini oʻynadi.

Abdulla Qodiriy tarixiy romanlarining 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri-

Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan
murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning
tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga
koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida
yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik,
turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov, X. Deryayev, Chingiz
Aytmatov
singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari
N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika
olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi
chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli
voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning
ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga
mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni
koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek
aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning
tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek
adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy
avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini
mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan
oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir
qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

126

soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi
uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan
taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“.

Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin

kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib shoʻro davri haqidagi badiiy asarlarida,
publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis
turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi.
1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun
„aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi.
Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro
mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va
xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy
romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs
erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron
mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat
kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli
kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga
chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla
Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq,
xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga
olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish
taʼqiqlandi.

Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

mukofoti (1991) , „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti
taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat
institutiga,
Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari
koʻchalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan.
2019-yilda Toshkentda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashkil etildi.„Oʻtkan kunlar“
va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali
telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari
nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor
haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.

Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-iyundagi qaroriga asosan 1994-yilda Abdulla
Qodiriyning 100-yillik yubileyi nishonlangan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qodiriy, A. (1990). O‘tkan kunlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti.
2.

Qodiriy, A. (1991). Mehrobdan chayon. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti.
3.

SAYTLAR:

4.

„„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1991-yil 4-oktyabr kungi soni O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining Farmoni “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Alisher


Библиографические ссылки

Qodiriy, A. (1990). O‘tkan kunlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Qodiriy, A. (1991). Mehrobdan chayon. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

SAYTLAR:

„„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1991-yil 4-oktyabr kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotini berish to‘g‘risi”da "gi Farmoni Qaralgan sana=17.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).

„„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganining uch yilligi munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni Qaralgan sana=17.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).

„Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Qodiriy (Abdulla Qodiriy) nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofotlari to‘g‘risida nizom Qaralgan sana=17.10.2024“ (nrm.uz/).