YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
119
IKKI TILLILIK SHAROITIDA ONA TILINING SAQLANISH MUAMMOLARI
Qaimjonova Mohidil Dilmurod qizi
Bakalavr, Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478501
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ikki tillilik sharoitida ona tilining saqlanishi bilan bog‘liq
dolzarb muammolar yoritilgan. Tadqiqotda ikki tillilikning ijobiy va salbiy jihatlari, til siyosati
va til o‘zgarishi jarayonida ona tilining barqarorligini ta’minlashdagi omillar ko‘rib chiqilgan.
Asosan, oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalarining ta’siri tahlil qilinadi.
So‘rovnoma va statistik ma’lumotlarga tayangan holda muammolarning asosiy sabablari tahlil
qilinadi va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi.
Kalit so‘zlar:
Ikki tillilik, ona tili, til siyosati, O‘zbekiston tajribasi, ta’lim, madaniyat,
ommaviy axborot vositalari.
Аннотатция:
В данной статье рассматриваются актуальные проблемы
сохранения родного языка в условиях билингвизма. В исследовании анализируются
как положительные, так и отрицательные стороны билингвизма, роль языковой
политики и факторы, обеспечивающие устойчивость родного языка в условиях
языковых изменений. Особое внимание уделено влиянию семейного воспитания,
системы образования и средств массовой информации. На основе опросов и
статистических данных выявлены основные причины проблем и предложены пути их
решения.
Ключевые слова:
Двуязычие, родной язык, языковая политика, узбекский опыт,
образование, культура, СМИ.
Annotation:
This article explores the pressing issues of preserving the mother tongue in
the context of bilingualism. The study analyzes both the advantages and disadvantages of
bilingualism, the impact of language policy, and the factors ensuring the sustainability of the
native language amid language shifts. Particular attention is given to the role of family
upbringing, the education system, and mass media. Based on surveys and statistical data, the
main causes of the problem are identified and possible solutions are proposed.
Keywords:
Bilingualism, mother tongue, language policy, Uzbek experience, education,
culture, media.
Sharq xalqlarida azaldan ko‘p tillarni bilish, boshqa millat vakillari bilan o‘sha millat
tilida muloqotga kirishish ajdodlardan meros bo‘lib qolgan. O‘z ona tili imkoniyatlarini chuqur
o‘rganish boshqa chet tillarini o‘zlashtirishda yuqori samara beradi. Chunki qiyoslash,
chog‘ishtirish asosida egallangan bilim mustahkam bo‘ladi.Globalizatsiya va zamonaviy
axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ikki tillilik hodisasini kundalik hayotimizda keng
tarqalishiga olib keldi. Bu jarayon, ayniqsa, kichik millatlar va ularning milliy tillarining
mavjudligi va rivojlanishida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ona tilining saqlanishi
bugungi kunda nafaqat tilshunoslar, balki butun jamiyat uchun dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.
Ikki tillilik (bilingvizm) – bu bir shaxs yoki jamiyat tomonidan ikki tilning faol qo‘llanishi
holatidir. Bilingvizm tabiiy yoki ijtimoiy omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin. U shaxsiy
(individual), hududiy, institutsional yoki davlat miqyosida namoyon bo‘ladi. Har bir holatda
uning ona tiliga ta’siri turlicha bo‘lishi mumkin. Uning tabiiy vujudga kelishiga bir davlat
hududida ikki va undan ortiq xalq vakillarining jips yashashi ham sabab bo‘ladi. Bilingvist
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
120
odam miyasi bir nechta sezilarli afzalliklarga ega bo‘ladi. Ikki tillilik hodisasi ma’lum bir
ehtiyojlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Tanganing ikki tomoni bo‘lganidek ikki tillilik
hodisasining ham ijobiy va salbiy jihatlari mavjuddir Jumladan,psixolog Ellen Bialistok
bilingvizmning kognitiv afzalliklari , uning alsgeymer kassaligi oqibatiga ta’siri , kattalar va
bolalarning bilim darajasini zamonaviy tadqiq qilish haqida fikr yuritgan.Oilmlar
anchadan buyon bolalarning bilim darajalarini ularning til bilish qobilyatlari va
savodxonlik bilan til o‘rganishiga asosiy e’tiborini qaratib tadqiqot olib bormoqda.Biroq 2004
–yilda ilk bor kattalar bilim jarayonlari tadqiq etildi.Ammo bolalar bo‘yicha olib boriladigan
tadqiqotlar to‘liq olib borilmagan.1930-1950-yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra ,
bilingv (ikki tilni biluvchi shaxs) bolalar,monlingv(bir tilni buluvchi shaxs)bolalar bilan
taqqoslanganda salbiy sharoitda bo‘lgan.Ular maktabda yomon o‘qigan , testlarni past bahoda
topshirgan va hokazo.Tadqiqotlar xulosalaridan kelib chiqdigan bo‘lsak , bilingvizm aqliy
rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bolani tillar muloqtida chalkashtiradi.
Bilingvizmning ijobiy natijalari aks ettirilgan ilk tadqiqot 1962 -yilda chop etilgan.Elizabet Pill
va Uolles Lambert Monrealda ingliz va fransuz tilida so‘zlashadigan hamda faqatgina fransuz
tilida so‘zlashuvchi bolalarni taqqoslab tadqiqot o‘tkazgan .Tadqiqotga ko‘ra bilingv
bolalar og‘zaki bo‘lmagan vazifalarni monolingv bolalar kabi bajara olishini , og‘zaki
topshiriqlarni esa monolingv bolalarga qaraganda yomonroq bajarishini taxmin
qilishdi.Biroq dastlabki prognozlardan farqli bilingv bolalar barcha imtixonlardan yaxshi
o‘tdi.Ikki tillilikning bola rivojlanishi uchun foydasi va zarari hqida mutaxsislarning fikrlari
turlicha.Ikki tillilik tarafdorlarining ta’kidlashicha , muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan ikki tilli
bolalar erta yoshdan tengdoshlaridan ba’zilari orqada qolganidan so‘ng , maktab yoshi va
undan kattaroq davrda ularni ko‘p jihatdan ortda qoldirishni boshlaydilar.
Ikki tillilik sharoitida ona tilining zaiflashish sabablari
Tilshunos va sotsiolog
olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, ona tilining zaiflashishiga quyidagi asosiy omillar sabab
bo‘ladi:
-Dominant tilning ta’siri (rus tili, ingliz tili);
-Ta’limning boshqa tilda olib borilishi;
-Ommaviy axborot vositalarida ona tilidagi kontentning kamligi;
-Oila ichida ona tilida muloqotning kamayishi;
- Til siyosatining kuchsizligi.
O‘zbekiston ko‘p millatli davlat sifatida turli tillarda so‘zlashuvchilarni o‘z bag‘riga olgan.
Aholining ko‘pchiligi o‘zbek tilidan tashqari rus tilini ham faol qo‘llaydi. Bu holat sobiq Sovet
Ittifoqi davridagi tarixiy meros, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro aloqalarning kengayishi
bilan bog‘liq. Shu sabab, rus tilining ba’zi sohalarda ustunligi saqlanib qolmoqda. Hozirgi
kunda ingliz tili o‘rganishga talab ortganligi ham bunga yana bir misol bo‘la oladi.
Mamlakatimiz til siyosatini ona tilini ustuvorlikka qo‘ygan holda olib borishga intilmoqda,
biroq bu yo‘nalishda hali yechimini kutayotgan muammolar ko‘p.
Muammoning yechimiga oid takliflar
O‘zbek tilining texnologik platformalarda faol ishlatilishini rag‘batlantirish;
Hozirgi raqamli iqtisodiyot davrida ijtimoiy tarmoq platformalari eng keng tarqalgan visual
muloqot vazifasini o‘tamoqda.Shunday ekan foydalanayotgan barcha platformalarga o‘zbek
tilini mukammal darajada qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘ladi
Ta’lim jarayonida ona tilining ustuvorligini saqlash;
O‘zbekistonda ta’lim yettita
tilda (o‘zbek, rus, tojik, qirg,iz, qoraqolpoq, qozoq, turkman) olib boriladi. Bundan tashqari
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
121
hozirda mamlakatimizda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq juda kuchaygan.Ko‘p tillarda
ta’lim joriy qilinayotgan bo‘sa-da, bu tizim ham asosan o‘quvchining ona tilini yaxshi bilishiga
tayanadi. Chunki kuchli asoslangan ona tili bilimlari chet tillarini o‘zlashtirishga ham yordam
beradi. Shu o‘rinda pedagogika fanlari doktori, professor ustozimiz Qozoqboy Yo‘ldoshevning
ushbu fikrlarini keltirish joiz ta’limni Alisher Navoiydan emas,Lev Tolstoydan yoki
Pushkindan boshlagan bola dunyoni Pushkin ko‘zi bilan ko‘radi,Alisher Navoiyning ko‘zi bilan
ko‘ra olmaydi,hadisning ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi.Shunday ekan ta’limni ona tilida olib borish
nafaqat yosh avlodni ona tilimizni saqlab qolishga,balki uni qadrlashga qaratilgan bir yorug;
yo‘l deya olamiz.
Ommaviy axborot vositalarida sifatli ona tilidagi kontent yaratish;
Milliy
madaniyatni saqlash, til madaniyatini rivojlantirish va fuqarolarning ongini yuksaltirishda
muhim omillardan biridir. Ona tilida yaratilgan sifatli kontentlar tildagi so‘z boyligini
amaliyotda qo‘llanishini ta’minlaydi,yangi atamalarni ommalashtiradi va tilning zamonaviy
rivojlanishiga turtki beradi.
Oila va jamiyatda ona tilida muloqotni kengaytirish;
Milliy o‘zlikni saqlash, avlodlar
orasidagi ruhiy va madaniy bog‘liqlikni mustahkamlash,hamda til madaniyatini
rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Ona tilining uzviyligi oiladan boshlanadi.
Farzandlar ona tilini birinchi navbatda oilada o‘zlashtiradi.Ona tiliga hurmat, avvalo oilada,
so‘ng jamiyatda muloqot tili sifatida keng qo‘llanilganda mustahkamlanadi.
Til siyosatini qat’iy amalga oshirish;
Har bir davlatning milliy siyosatida asosiy o‘rin
tutadigan masalalardan biri. Bu siyosat davlat tilining nufuzini mustahkamlash ,uni barcha
sohalarda qo‘llash va fuqarolarning til madaniyatini oshirishga qaratilgan. Rasmiy hujjatlar,
ta’lim, ommaviy axborot vositalari, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tizimlarda davlat tilida faol
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Ikki tillilik sharoitida ona tilining saqlanishi va rivojlanishi
davlat siyosati, jamoatchilik faolligi hamda ta’lim tizimining uzviy hamkorligini talab qiladi. Bu
jarayonda ona tilining nufuzi va hayotiy ehtiyojlarda faol ishlatilishi asosiy omil bo‘lib
qolmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida ona tilining ustuvorligi nafaqat huquqiy va siyosiy
asosga, balki pedagogik va psixologik zaruratga ham egadir. Ta’lim jarayonida ona tiliga
ustuvorlik berish – bu nafaqat bilim, balki milliy ong, ma’naviyat va madaniyatni
rivojlantirishdir. Ona tilida muloqot qilish – bu oddiy aloqa emas, balki xalqning madaniy
hayotini, o‘zligini va ijtimoiy birdamligini mustahkamlovchi asosdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rahmonova, D. (2020). Ta’lim jarayonida tilning boyligini o‘rgatish usullari. O‘qituvchi
nashriyoti
2.
Barinova .I.A.Nesterova O.A. ikki tilli til shaxsining ba’zi xususiyatlari haqida //Filologiya
fanlari.Nazariya va amaliyotga oid savollar .T:Diplom , 2015.No 4 .1-qism
3.
Irina Makarova .Ikki tillilik nima
https://daryo.uz/2019/07/16/ikki-tilni -birdan -bilish -rostdan-foydalimi-bilingvizm-
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
122
5.
Yulduzkhon, M. (2024). Linguacognitive Study of Proverbs With a Human Component in
English and Uzbek Languages.
Miasto Przyszłości
,
55
, 184-186.
6.
Amaliy psixolog Vedmesh N.A.”PsychoMed” tibbiy-psixologik markazi spikeri