YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
MAXSUS EHTIYOJLI BOLALAR UCHUN ONA TILI O‘QITISH METODIKASI
(NUTQ NUQSONI VA ESHITISHIDA MUAMMO BOR BOLALAR MISOLIDA)
Haydarova Xolida Baxtiyor qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478435
Annotatsiya:
Ushbu maqolada nutq nuqsoni va eshitishida muammolari bor bo‘lgan
maxsus ehtiyojli bolalarga ona tilini o‘qitishning zamonaviy metodikasi tahlil qilinadi.
Maqolada bu toifadagi bolalar uchun o‘quv materiallarini tanlash, dars mazmunini
moslashtirish va kommunikativ yondashuvlar asosida ta’lim samaradorligini oshirish
masalalari yoritiladi. Shuningdek, logopedik va surdotarjimonlik yondashuvlari, individual
yondashuv, differensial ta’lim metodlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
maxsus ehtiyojli bolalar, ona tili, nutq nuqsoni, eshitish muammosi,
metodika, logoped, surdotarjimon, differensial ta’lim.
Kirish
Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida ta’lim muhim o‘rin tutadi. Inson tajribasining
tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish
esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson
madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik
jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi
bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning
turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda
muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala
shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda
nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu
jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
[D.R. Babayeva: 2018: 12]. Ta’lim tizimining har bir bosqichi, ayniqsa, umumta’lim
maktablarida ta’lim oluvchi maxsus ehtiyojli bolalar uchun barobar va sifatli ta’lim berilishi
dolzarb masala hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nutq nuqsoni yoki eshitish
qobiliyatida muammosi bor bolalarga ona tili o‘rgatish metodikasi chuqur o‘rganilishi lozim.
Ushbu maqolada aynan shu turdagi bolalarga ona tili o‘qitishning yondashuvlari, metodlari va
amaliy tajribalari tahlil qilinadi. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga jalb qilish, ularning
ehtiyojlariga mos darslik va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, pedagoglarning
tayyorgarligini oshirish bugungi kunda dolzarb ilmiy-metodik vazifalardan biridir.
Asosiy qism
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish
jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida
ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir,
zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari,
tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»[ Леонтьев А.Н.
Проблем– 1972: 95–108]
1. Maxsus ehtiyojli bolalar tushunchasi va ularning tilni o‘zlashtirishdagi
xususiyatlari
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
110
Maxsus ehtiyojli bolalar deganda, rivojlanishida turli jismoniy, psixologik yoki hissiy
cheklovlarga ega, ta’lim olishda maxsus yondashuv talab qiladigan shaxslar tushuniladi. Ular
orasida eshitishida muammo bo‘lgan (kar yoki zaif eshituvchi), shuningdek, nutq buzilishlari
(dislaliya, dizartriya, afaziya, keksaqlik va boshqalar) bilan yashovchi bolalar mavjud. Ushbu
bolalarning ona tilini o‘zlashtirish jarayoni sezilarli farqlarga ega. Jumladan, eshitishida
muammosi bor bola uchun so‘z va tovushlarning ohangini anglash, fonematik eshituvni
rivojlantirish o‘ta murakkab kechadi. Nutq nuqsoni bor bolalar esa fonetik, grammatik va
leksik jihatdan og‘zaki nutqni to‘liq shakllantirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Ularning
til o‘zlashtirishiga nafaqat dars jarayoni, balki oilaviy muhit, logopedik mashg‘ulotlar, shaxsiy
e’tibor va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash omillari ham ta’sir qiladi.Umumta’lim tizimida ta’lim va
tarbiya dasturi talablarini bajarishda nutqi buzilgan bolalarning psixologik xususiyatlarini
o’rganish katta ahamiyatga ega. Nutq buzilishi bo'lgan bolani individual o'qitish rejasi
majburiy ravishda mashqlarni o'z ichiga oladi, ularni amalga oshirish nutq buzilishining
sabablari bo'lgan hissiy, intellektual sohadagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan. Shu
bilan birga, o'qituvchining vazifasi saqlanib qolgan analizatorlar ishini rivojlantirish va
takomillashtirishga butun kuchini yo'n altirishdir. [ Miguel Ramacey. 2025]
2. Ona tilini o‘rgatishda metodik yondashuvlar
Ona tili fanini o‘rgatishda quyidagi metodik yondashuvlar samarali hisoblanadi:
1. Vizual metod – Rasmlar, sxemalar, piktogrammalar yordamida til o‘rgatish. Bu
ayniqsa, eshitmaydigan yoki zaif eshitadigan bolalar uchun foydalidir.
2. Logopedik yondashuv – Nutq nuqsonlarini bartaraf etish uchun maxsus mashqlar
orqali fonetik va fonematik malakalarni rivojlantirish. Masalan, tovush ajratish, artikulyatsiya
mashqlari, og‘zaki nutqni takrorlash va to‘g‘rilash mashqlari.
3. Integrativ yondashuv – Ona tili darslarini boshqa fanlar yoki faoliyat turlari bilan
uyg‘unlashtirish. Masalan, teatr elementlari, ijodiy hikoya tuzish, pantomima va mimikalar
orqali ifoda qilish.
4. Individual yondashuv – Har bir bolaning nutqiy rivojlanish darajasini inobatga olib,
unga mos dars rejasi tuzish.
5. Didaktik o‘yinlar – Nutqni rivojlantiruvchi til o‘yinlari, so‘z topish, rasmga qarab
hikoya tuzish, dramatizatsiya va boshqalar.
3. Dars jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar
Zamonaviy texnologiyalar yordamida maxsus ehtiyojli bolalarga ona tilini o‘rgatish
yanada samarali bo‘ladi. Quyidagi vositalar foydalidir:
- Interaktiv doskalar yordamida so‘zlar va matnlarni vizual ko‘rinishda namoyish qilish.
- Subtitrli videodarsliklar.
-Ovoz kuchaytiruvchi qurilmalar.
- Raqamli lug‘atlar va matnni ovozli o‘qib beruvchi ilovalar.
- Surdotarjimon ishtirokidagi darslar (eshitmaydigan bolalar uchun).
- Mobil ilovalar yordamida mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil qilish.
4. Amaliy tajribalar va kuzatuvlar
1930-40 yilda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyatini o‘rganuvchi qator
tadqiqotlar o‘tkazildi, xususan K.I. Veresotskaya eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni
predmetlarni idrok etish, L.V.Zonkov va D.R. Mayns ko‘rgazmali materialni eslab qolish
malakasini, M.M.Nudelman kar bolalar tassavurlarini, Z.S. Beyn ko‘ruv idrokini konstantligini,
N.I.Shif eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ranglarni idrok etish xususiyatlari, M.E. Votsev
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
111
kar bolalarni yozma nutqi va o‘qish malakalarini tadqiq etganlar. D.Plapinger va
R.Kretchmerlar o‘z ilmiy ishlarida yoritib,eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bilan
onalarning muloqot shakli ,muloqot uchun shart –sharoitlar o‘rganiladi. [Turg‘unboyeva.Z
2023: 135]
O‘zbekistonning turli maxsus maktab-internatlarida olib borilgan kuzatuvlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, ona tili darslarida individual yondashuv, ko‘rgazmali vositalar, vizual
metodlar qo‘llanilganda nutqiy rivojlanishda ijobiy siljishlar kuzatiladi. Nutq nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish, grammatik to‘g‘rilikni mustahkamlash uchun logopedlar
bilan hamkorlikda ish olib borish muhimdir. Eshitishda muammosi bo‘lgan bolalarda esa
dactyl alifbosi va imo-ishora tilini biladigan o‘qituvchilar katta ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ularga yozma nutqni rivojlantirish orqali og‘zaki nutq kamchiliklarini to‘ldirish
mumkin.
Xulosa
Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda o‘qituvchining didaktik mahorati, psixologik
yondashuvi va metodik tayyorgarligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular uchun tuzilgan ona tili
darslari shunchaki bilim berish emas, balki nutqni shakllantirish, ijtimoiylashtirish va o‘z
fikrini erkin ifodalashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Har bir bola o‘z imkoniyati darajasida
tilni o‘zlashtiradi. Shuning uchun darslar differensial va individual tashkil qilinishi zarur.
Davlat siyosatida bu yo‘nalishga e’tibor kuchaytirilayotgani, ta’limda inklyuzivlikni ta’minlash
bo‘yicha qonun va dasturlar qabul qilinayotgani ijobiy holatdir Intellekti saqlangan zaif
eshituvchi bolalar tomonidan ularga qaratilgan nutqning tushunish leksik materialning va
ko'rsatmaning grammatik jihatdan tuzilishi va 271 ularga murojaat qilinayotgan savollarni
bo'lishiga bogiiq. Eshitishda nuqsoni boigan bolalar tomonidan matnni tushunishdagi
qiyinchiliklar ko'p hollarda nutqning rivojlanmaganligi bilan (lug’at boyligining kamligi,
aggramatizxnlar) bogliqdir. So'zlami va iboratlami noto'g'ri tushunish ba’zan matnning
mazmunini tushunmaslikka olib keladi. Intellekti meyorida boigan, ammo nutqida nuqsoni
boigan bolalar tomonidan topshiriqlaming bajarilishi nutqiy nuqsonning namoyon bolish
darajasiga bogiiq. Gapirmaydigan yoki g‘udirlaydigan bolalar ularga qaratilgan nutqni
vaziyatga qarab tushunadilar. Xayotda ko'p qoilaniladigan so'z ko'rsatmalarini ular to'g'ri
bajaradi lar. Agarda topshiriq sal boshqa tarzda boisa, masalan, «kitobni qalamni tagiga qo'y»,
noto‘g‘ri harakatlami kuzatish mumkin. Bunday bolalar uchun leksika katta rol o'ynaydi,
grammatik shakllaming ahamiyatini esa tushunmaydilar. Jumlali nutq darajasida
tushunishdagi xatolar kamroq uchraydi. Ona tili — har qanday bola uchun o‘zini anglash,
jamiyatda munosabat o‘rnatish va fikr bildirish vositasidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. –
1972. -№ 9. С.95–108.
2.
D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: «Barkamol fayz
media», 2018, – 432-12 b.
3.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
112
4.
Turgʻunboyeva Zulxumor. 2023. Zaif eshituvchi o ‘quvchilarni nutqiy sifatlarini
https://www.sciencepromotion.uz
5.
Sofiyanur, M. (2022). Necessity of Euphemisms in Various Spheres and Ways of Creating
Them.
American Journal of Social and Humanitarian Research
,
3
(6), 94-98.
6.
Tursunovna, Z. Z., Nurmatovna, K. S., & Kodirovna, O. S. (2019). Actual problems
encountered in teaching foreign languages.
Вестник науки и образования
, (19-3 (73)), 37-
39.
7.
D.A.NurkeIdiyeva, M.U.Hamidova. Rivojlanishida nuqsoni bo ‘lgan diagnostikasi. -
Toshkent-2016, 5111900- Defektologiya