YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
126
O‘QUVCHILARNING LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH UCHUN METODIK
TAVSIYALAR
Tolipova Zeboxon Ulug‘bek qizi
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15543877
Annotatsiya:
Mazkur maqola o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan
metodik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Unda so‘z boyligini kengaytirish uchun samarali
usullari interaktiv o‘yinlar, visual materiallardan foydalanish orqali lug‘at boyligini oshirish
yo‘llari tavsiya etilgan. Tavsiyalar o‘qtuvchilarga amaliy dars jarayonida yangi so‘zlarni
samarali o‘rgatish va ularni nutqiy faoliyatga tatbiq etishda metodik ko‘mak beradi. Ushbu
material til o‘rganish samaradorligini oshirishda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar
: lug‘at, metodika, interaktiv o‘yinlar, visual materiallar, nutq, til.
Annotation
: This article covers methodological approaches aimed at increasing
students’ vocabulary. It presents effective strategies for vocabulary enrichment. Such as the
use of interactive games and visual materials. The recommendations provide methodological
support for teachers in effectively teaching new words and incorporating them into students’
speech activities. This material serves as an important theoretical and practical foundation for
enhancing language learning efficiency.
Keywords
: vocabulary, methodology, interactive games, visual materials, speech,
language.
Аннотация
: Данная статья охватывает методические подходы, направленные на
расширение словарного запаса учащихся. В ней предлагаются эффективные способы
обогащения лексика, такие как использование интерактивных игр и визуальных
материалов. Рекомендации оказывают методическую поддержку учительям в процессе
обучения новым словам и их применении в речевой деятельности. Этот материал
служит важной теоретической и практической основой для повышения
эффективности изучения языка.
Ключевое слово
: словарный запас, методика, интерактивные игры, наглядные
материалы, речь, язык.
Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevichning tadqiqotida o‘zlashma so‘zlarning o‘zbek
tilidagi izohli lug’atlarga kiritilishi faqatgina mexanik jarayon emasligi, balki bu jarayon
semantikk akkumulatsiya hodisasi bilan bog’liqligi ta’kidlanadi. Ya’ni, o‘zlashmaso‘zlar tilga
kirib kelgach, ularning semantic mazmuni boyib, turli kontekslarda qollanilishi orqali tilning
leksik qatlamida mustahkam o‘rin egallaydi.
Maqolada akkumulatsiya hodisasi quyidagi asosiy tushunchalar orqali izohlanadi:
-
Donor til: so‘zning leksik kelib chiqqan tili.
-
Akkumulyativ birlik: tilga o‘zlashgan va semantik jihatdan boyigan so‘z.
-
Variant va valentlilik: So‘zning turli kontekslarda turlicha ma’no va vazifalarda
qo‘llanishi.
Shuningdek, maqolada fitonimlar(o‘simlik nomlari), metaforalar, onomastik
birlilar(shaxs, joy nomlar)va muqobillik masalalari ham tahlil qilinadi, bu esa o‘zlashma
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
127
so‘zlarning tilimizda qanday semantik va leksikografik o‘zgarishlarga uchrashi haqida
chuqurroq tasavvur beradi.
Normamatovning tadqiqotlarida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida faoliyat yuritgan
jaded ma’rifatparvarlarining o‘zbek lug’atchiligi rivojiga qo‘shgan hissasi chuqur tahlil
qilingan. Ular tomonidan yaratilgan lug’atlar, tilshunoslikka oid tarjimalar va asarlar o‘zbek
tilining leksik boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, Is’hoqxon
Ibratning “Lug’oti sitta alsina” (“Olti tilli lug’at”) asari Sharq va G’arb lug’atchilik an’analari
sintezini aks ettiradi. Normamatovning izlanishlarida jadidlar tomonidan yaratilgan lug’atlar
nafaqat til boyligini ashirish, balki ma’rifiy va madaniy taraqqiyotga xizmat qilganligi
ta’kidlanadi. Ularning lug’atchilik faoliyati orqali o‘zbek tilining zamonaviy fan va texnika
sohalarida qo‘llanish imkoniyatini kengaytirgan.
Butayevning tadqiqotlarida leksik kompetensiya tushunchasi chuqur tahlil qilinib, u
quyidagi asosiy komponentlarga ajratiladi.:
-
Leksik bilimlar: So‘zlarning ma’nosi, sinonimlar, antonimlar va boshqa leksik
munosabatlar haqida bilim.
-
Leksik ko‘nikmalar: So‘zlarni to‘g’ri va samarali qo‘llash, ularni turli kontekslarda ishlata
olish qobiliyati.
-
Leksik strategiyalar: Yngi so‘zlarni o‘rganish, ularni eslab qolish va kerakli vaziyatlarda
qo‘llash uchun zarur bo‘lgan strategiyalar.
Tadqiqotda lingvistik lug’atlar, xususan, ikki tilli va izohli lug’atlardan foydalanish orqali
o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Bu
metodika quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Lug’at bilan tanishish: O‘quvchilarga lug’atning tuzilishi belgilar tizimi va foydalanish
qoidalari o‘rgatiladi.
2.
Lug’at asosida mashqlar bajarish: So‘zlarni toppish ularning ma’nosini aniqlash,
sinonim va antonimlarni aniqlash kabi mashqlar orqali lug’at bilan ishash ko‘nikmalari
shakllantiriladi.
3.
Yangi so‘zlarni kontekstda qo‘llash: O‘rganilgan so‘zlarni gap va matnlarda to‘g’ri
ishlatish orqali leksik ko‘nikmalar mustahkamlanadi.
4.
Mustaqil lug’at bilan ishlash: o‘quvchilar mustaqil ravishda lug’atdan foydalanib, yangi
so‘zlarni o‘rganish va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatiladi
Butayev Shavkatning tadqiqotlarida akademik litsey o‘quvchilarining leksik
kompetensiyasini rivojlantirishda lingvistik lug’atlardan samarali foydalanish metodikasini
ishlab chiqishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilarning lug‘at boyligini
oshirish uchun quyidagi metod va usullardan foydalanish tavsiya etiladi:
-
“Muqobilini top”
-
“Sinonimlar daraxti”
-
“Skarabey” metodi
O‘yin o‘quvchilarga e’lon qilingach qoidalar bilan tanishtirildi. Qoidaga ko‘ra, o‘quvchilar
o‘qituvchidan eshitgan istalgan so‘zini muqobil variantini ya’ni sinonimini yoki huddi shunday
ma’no ifodalaydigan boshqa bir so‘zni topisglari kerak. O‘yinning afzalligi shndaki yakka
tartibda ham guruh shaklida ham o‘ynasa bo‘ladi. Aytaylik, o‘qituvchi “yuz” so‘zini aytdi.
O‘quvchilar ham o‘zlari bilgan huddi shu ma’nodagi so‘zlarni aytadi. O‘quvchilardan aytilga
bet, bashara, aft, turq kabi so‘zlardan so‘ng ularda boshqa muqobil qolmaydi. Ana shunda
o‘qituvchi oraz, chehra, uzor, jamol, ruxsor kabi bir qanchamuqobil variantlarni ularga taqdim
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
128
etadi va ma’nosini izohlab beradi. Endi o‘quvchilarga bu so‘zlarni salbiyda ijobiyga qarata
joylashtirish topshirig‘i beriladi. O‘rtaga neytral bo‘lgan yuz so‘zi qo‘yiladi va undan chapga
qarab salbiy ma’no ifodolovchi muqobilso‘zlarimizni va ongga qarab ijobiy ma’no ifodolovchi
muqobil so‘zlar joylashtiramiz. Bu mashq o‘quvchilarning o‘rgangan so‘zini yaxshiroq yodda
saqlab qolishiga yordam beradi. Bu o‘yin 8-sinflar bilan o‘ynalgan quyidagi natijalarga
erishildi:
-
har bir o‘quvchi e’tiborini so‘zga qaratdi. Hammani fikri bir joyga jamlandi;
-
faollik ta’minlandi. O‘quvchilar bilish darajasini boshqa o‘quvchilardan oldin isbotlashga
harakat qilishdi, tezlik bilan ishlashdi;
-
o‘zlari bilgan so‘zlar tugagach yana qanday yangi so‘z borligiga qiziqishdi;
-
darsdan so‘ng yangi o‘rgangan so‘zlarini og‘zaki nutqlarida qo‘llab ko‘rishga harakat
holatlari kuzatildi.
“Sinonimlar daraxti” usuli 9-sinflarda sinab ko‘rildi. O‘yin e’lon qilingach o‘quvchilar
qoidalar bilan tanishtirildi. O‘qituvchi doskaga to‘rtta katta shoxdan iborat daraxt rasmini
chizdi va o‘quvchilarni to‘rt guruhga ajratdi. Gul shaklidagi qog‘ozlarni birinchi guruhga,
yashil bargni eslatuvchi qog‘ozlarni esa ikkichi guruhga, kuzgi barglarni eslatuvchi qog‘ozlarni
esa uchinchi guruhga va daraxtdagi qorni eslatuvchi oq rangdagi qo‘g‘oz bo‘laklarini to‘rtinchi
guruhga taqdim etdi. O‘qituvchi daraxtning birinchi shoxiga chiroyli so‘zi yozilgan gulni
yopishtirdi. Ikkinchi shoxga osmon so‘zini yashil bargni eslatuvchi qog‘ozga yozib yopishtirdi.
Kuzgi bargni eslatuvchi qog‘oz bo‘lagiga uy so‘zini yozib uchinchi shoxga yopishtirdi.
Daraxtdagi qorni eslatuvchi oq rangdagi qog‘oz bo‘lagiga yuz so‘zini yozib oxirgi shoxga
yopishtirdi . qoidaga ko‘ra o‘quvchilarga ikki daqida vaqt beriladi. Bu vaqt ichida o‘quvchilar
o‘zlariga taqdim etilgan qog‘ozlarga so‘zlarning sinonimlarini yozib o‘zlariga tegishli bo‘lgan
shoxga yopishtirishi kerak. Eng ko‘p sisnonim topga guruh g‘olib deb e’lon qilinadi.
Bu usulning afzalliklari shundaki:
-
yakka hamda guruh bo‘lib ishlashga qaratilgan;
-
har bir o‘quvchi faol qatnashadi;
-
o‘zlari qanchaloik darajada lug‘at boyligiga ega ekani haqida bilib oladi;
-
o‘yin davomida to‘rt faslni o‘zida mujassam qilgan noodatiy daraxt paydo bo‘ladi.
Kamchiliklari esa quyidagilar:
-
hamma so‘zning sinonimlar ro‘yxati bir xil emas, ya’ni bir so‘z beshta sinonimga ega
bo‘lsa, boshqasi o‘nta sinonimga ega bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda o‘quvchilar
o‘rtasida nizolar kelib chiqishi mumkin;
-
guruhlar o‘rtasida ziddiyat kuzatiladi.
Skarabey metodidan foydalanishda bizga qo‘l to‘pi kerak bo‘ladi. Darsning boshida
o‘quvchilarni nazariy ma’lumotlarini tekshirish uchun o‘qituvchi istalgan o‘quvchiga to‘pni
otadi va o‘quvchi to‘pni ilib oladi. O‘qituvchi to‘pni ilib olgan o‘quvchiga sinonimlarga oid
nazariy savol beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarni bilganlariga ma’lumot qo‘shimcha qilishi
mumkin bilmaganlarini to‘ldirishi mumkin. Darsning o‘rtasida o‘qituvchi o‘zi bergan nazariy
ma’lumotlarni o‘quvchilardan huddi shunday tarzda so‘rab olishi mumkin. Darsning oxirida
esa o‘quvchilar birgalikda fikrlarni xulosalaydi. Darsda nimalarni o‘rganishni maqsad
qilhgandi va darsda nimalarni o‘rgandi, umumiy fikrlar yig’iladi.
Metodning kamchilik va afzalliklari:
-
dars boshida o‘quvchilarni e’tiborini tortish uchun juda yaxshi foyda beradi
-
dars oxirigacha o‘quvchilarni e’tiborini tortib bo‘lmaydi, o‘quvchilar zerikib qoladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
129
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
SH.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob
xalqimiz bilan birga quramiz “Xalq so‘zi” 2021-yil
2.
A.Hojiyev.,O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy
masalalari-Toshkent Fan2010
3.
Tursunov U., Muxtorov J, Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili Toshkent;
O‘zbekiston: 1997.