Авторы

  • Guldona Qarshiboyeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 3-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.97948

Ключевые слова:

imloviy savodxonlik 5-sinf ona tili darsligi mashq va topshiriqlar diktant kreativlik eski darsliklar yangi darsliklar savodsizlik.

Аннотация

Ushbu maqolada 2024-yilgi yangi tahrirdagi 5-sinf “Ona tili” darsliklarida imlo ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar tahlil qilindi. Imlo savodxonligi o‘quvchilarda til me’yorlarini to‘g‘ri qo‘llash, fikrini aniq va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalash, yozma nutqni me’yorga solish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada darsliklarda imlo bilan bog‘liq topshiriqlarning turli shakllari, uslubiy yondashuvi va ularning amaliy samaradorligi haqida so‘z yuritiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

106

YANGI 5-SINF ONA TILI DARSLIKLARIDA IMLO KO‘NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING

BERILISHI

Qarshiboyeva Guldona Hasan qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universitetining 3-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15542085

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 2024-yilgi yangi tahrirdagi 5-sinf “Ona tili” darsliklarida

imlo ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar tahlil qilindi. Imlo savodxonligi
o‘quvchilarda til me’yorlarini to‘g‘ri qo‘llash, fikrini aniq va grammatik jihatdan to‘g‘ri
ifodalash, yozma nutqni me’yorga solish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin
tutadi. Mazkur maqolada darsliklarda imlo bilan bog‘liq topshiriqlarning turli shakllari,
uslubiy yondashuvi va ularning amaliy samaradorligi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

imloviy savodxonlik, 5-sinf ona tili darsligi, mashq va topshiriqlar, diktant,

kreativlik, eski darsliklar, yangi darsliklar, savodsizlik.

Annotation

This article analyzes assignments aimed at developing spelling skills in the new 2024

edition of the 5th-grade "Mother Tongue" textbooks. Spelling literacy plays an important role
in teaching students to follow language norms correctly, express their thoughts clearly and
grammatically, and regulate their written speech. The article discusses various forms of
spelling-related tasks in the textbooks, the methodological approaches applied, and their
practical effectiveness.

Keywords:

spelling literacy, 5th grade native language textbook, exercises and tasks,

dictation, creativity, old textbooks, new textbooks, illiteracy.

Аннотация

В данной статье анализируются задания, направленные на развитие

орфографических навыков в новых учебниках по родному языку для 5 класса,
изданных в 2024 году. Орфографическая грамотность играет важную роль в
формировании у учащихся правильного применения языковых норм, четкого и
грамматически правильного выражения мыслей, а также в организации письменной
речи. В статье рассматриваются различные формы заданий, связанные с орфографией,
методические подходы и их практическая эффективность.

Ключевые слова:

орфографическая грамотность, учебник родного языка для 5

класса, упражнения и задания, диктант, креативность, старые учебники, новые
учебники, неграмотность.


Har sohada misilsiz o‘zgarishlar bo‘layotgan bugungi zamonamizda ona tili sohasida

ham anchagina yangiliklar ko‘zga tashlanmoqda. To‘rt ko‘nikmaga asoslangan yangi
darsliklarning ishlab chiqilishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bu darsliklar ona tilini
grammatik jihatdan mukammal o‘rgatishni emas, aksincha uni sodda qilib, bosqichma-
bosqich hayot uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar orqali o‘rgatishni maqsad qilgan. Xususan,
imlo, imloviy savodxonlik, o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish masalalariga ham kreativ
yondoshilgan. Bunga doir topshiriqlar o‘quvchini zeriktiradigan ko‘rinishlarda emas, balki
yoshlarning e’tiborini tortadigan rasmli, jadvalli ko‘rinishdagi mashqlardan foydalanilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

107

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishning asosiy

vazifalaridan biri – o‘quvchilarning imlo savodxonligini shakllantirish va ularni yozma nutqda
til me’yorlariga qat’iy rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Ayniqsa, 5-sinf – bu bosqichda
o‘quvchi endi boshlang‘ich sinflardagi savod o‘rgatish bosqichidan adabiy tilda to‘g‘ri,
mantiqan asoslangan va grammatik jihatdan mukammal yozishni o‘zlashtirish sari qadam
tashlaydi. Shu boisdan, 2024-yilgi yangi tahrirdagi 5-sinf “Ona tili” darsliklarida imlo
o‘rgatishga oid topshiriqlarga alohida e’tibor berilgan. Bunga doir bir nechta misollar ko’rib
chiqamiz:

1. Jadval shaklida berilgan, joy nomlarini va ularning yozilish imlosini o‘rgatishda doir

topshiriq bor. Bunda o‘quvchilar joy otlarini yozilishiga e’tibor berishi va bo‘sh o‘rinlarga
o‘zlari so‘z hamda harflar qo‘yishi kerak.

2. Ba’zi savodxonlikni oshiruvchi topshiriqlar matn ko‘rinishida ham berilgan.

O‘quvchilar matndagi xatolarni topishi, to‘g‘rilashi, qaysi so‘zlar bosh harflarda yozilishi
kerakligini topishi va yozishi kerak.

3. To‘g‘ri yozishni shakllantirishga oid shaklli topshiriqlar ham bor. Juda qiziqarli.

Shakllar o‘quvchilarning e’tiborini jalb etadi. Ularning birida xato yozilgan so‘zlarni to‘g‘rilab,
daftarga yozish aytilgan bo‘lsa, yana birida beshta bulutni ichiga har biriga alohidadan so‘z
yozilgan va har bir so‘z uch xil ko‘rinishda. O‘quvchilar uchchalasidan to‘g‘risini topishi lozim,
ayrimlarida uchta emas, ikkita ham so‘z berib, shaklini o‘zgartirib (masalan, to‘rtburchak
shaklga) topshiriq tuzilgan. Yana boshqasida bir-biriga aytilishi yaqin bo‘lgan harflarni
joylashtirishga doir topshiriqlar bor. O‘quvchilar mashq shartiga ko‘ra bajarishi kerak.
Ba’zilarida a va o, b va p, d va t, g va k, i va e, u va o‘, x va h harflarini to‘g‘risini yozish berilgan.

Yangi darslik tahlil qilinar ekan, imlo bilan bog‘liq topshiriqlar quyidagi yo‘nalishlarda

berilgani kuzatiladi:

1. Alifbo tartibi va so‘zlar imlosi: qismning ilk sahifalaridayoq “Xaritadagi joy nomlarini

alifbo tartibida yozing” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilar harflarning tartibi, bosh harflar
bilan yozish, joy nomlarining to‘g‘ri yozilishi kabi muhim imlo jihatlariga e’tibor qaratadilar.

2. So‘zlar to‘g‘ri yozilishi ustida ishlash: Topshiriqlar orasida “Jadvaldagi so‘zlarning

to‘g‘ri yozilishi va talaffuzini mashq qiling” kabi bandlar mavjud bo‘lib, ular orqali o‘quvchilar
talaffuz va yozuv orasidagi farqni sezib, imloviy me’yorni mustahkamlaydi.

3. Tinish belgilarining qo‘llanilishi: bu qismda gap turlari va ular oxiriga qo‘yiladigan

tinish belgilariga oid topshiriqlar (“So‘roq gaplarni darak gaplarga aylantirib yozing”, “Gap
oxiriga tinish belgilarini qo‘ying”) berilgan. Bu topshiriqlar o‘quvchilarning gap tuzilishiga
nisbatan imloviy e’tiborini kuchaytiradi.

4. Matn bilan ishlash asosida imloviy xatolarni tuzatish: “Matndan topilgan xatolarni

to‘g‘rilab yozing” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilarda xatoni ko‘ra olish va to‘g‘rilash
ko‘nikmalari shakllantiriladi.

5. So‘z turkumlariga oid imlo masalalari: So‘z yasashda ishlatiladigan yoki

boshqaqo‘shimchalarning imloviy jihatlari, masalan, “-lar” qo‘shimchasining ko‘plik, hurmat,
kuchaytirish ma’nolarini ifodalayotgan shakllari haqida ma’lumotlar va ular asosida mashqlar
mavjud (masalan, “Anvarlar kelishdi” – Anvarlar bu yerda hurmat ma’nosida ishlatilgan).
Bunday vaziyatlarda ham o‘quvchilar xatolikka yo‘l qo‘ymasliklari lozim.

6. Izohli lug‘at bilan ishlash: So‘z ma’nolarini lug‘atlar yordamida aniqlab yozish orqali

o‘quvchilar imlo bilan birga so‘z boyligini ham kengaytiradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

108

Yangi darsliklar o‘zining topshiriq tuzilishi bilan interaktiv va kreativ yondashuvni

targ‘ib etadi. Jumladan: “Sinkveyn”, “Harflar zanjiri”, “So‘zdan gap tuzish”, “Iborani toping”
kabi topshiriqlar o‘quvchining mustaqil fikrlash, to‘g‘ri yozish va ifodalay olish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi nashrdagi 5-sinf ona tili darsliklarida imlo savodxonligini oshirishga doir

topshiriqlar:

- tizimli;
- bosqichma-bosqich murakkablashuvchi;
- ko‘rgazmali va interaktiv shaklda tashkil etilgan.
Bu esa o‘quvchilarning yozma savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Imlo bilan

bog‘liq topshiriqlarning mazmunan boyligi va xilma-xilligi ularni nafaqat grammatikaga oid
bilimlar bilan ta’minlaydi, balki hayotiy faoliyatda, fikr bayonida, yozma muloqotda to‘g‘ri
yozish malakasini shakllantiradi.

Bizga shuncha imkoniyat yaratilayotgan, e’tibor qaratilayotgan bo‘lsa ham imloviy

xatoliklarni bot-bot qilayotganlar ham ko’plab uchramoqda. Ko‘chalardagi afishalarda buni
ko‘rishimiz mumkin. Oddiy so‘zlar ham xato yozib qo‘yilgan. Odamlar esa bunga befarq.
Yoshlar buni ko‘ryapti, aksariyati to‘g‘ri deb ham o‘ylaydi va yozishni xuddi shunday
o‘rganadi

Ta’limga juda katta e’tibor qaratilayotgan davrda yashar ekanmiz, bizning

o‘quvchilarimiz maktabni bitirdi degan nom uchun emas, balki o‘rganish, o‘rgatish uchun ilm
o‘chog‘iga borishlari kerak. Har qanday yoshda insonga ona tili, imlo kerak bo‘ladi. Rasmiy
joylarga borganimizda, uy xizmatlari, to‘lovlarni qilishimizda, oddiy ariza yoki tushuntirish
xatini yozishimizda ham bizning maktabda olgan savodxonlik bilimimiz yordamga keladi.
Mustaqil yurtimiz uchun Abdulla Qahhorning “Sinchalak” asaridagidek hammaning gapiga
kirib ketadigan, oddiy so‘zlarnilarni ham xato yozadigan savodsiz raislar emas, bilimli yoshlar
kerak. Zero, yoshlar kelajak bunyodkorlari.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hoshimova, N., & Sofiyanur, M. (2023). COGNITIVENESS IN THE USE OF

EUPHEMISMS. International journal of advanced research in education, technology and
management, 2(5).
2.

Sofiyanur, M. (2022). Necessity of Euphemisms in Various Spheres and Ways of Creating

Them. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(6), 94-98.
3.

Kuzibaevna, O. G. (2020). Technologies of developing the ecological culture of students

in the process of learning a foreign languages in higher educational institutions. Solid State
Technology, 63(1s), 1816-1825.
4.

Melikuziev, A. (2023). Technologies of using reading comprehension exercises in the

development of communication competences of students. Solution of social problems in
management and economy, 2(11), 60-64.
5.

Хамракулова, С. Ф. (2024). СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ

ЕДИНИЦ. ВЫРАЖАЮЩИХ ВОЗРАСТ ЧЕЛОВЕКА В УЗБЕКСКОМ И РУССКОМ


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

ЯЗЫКАХ.«MODERN PHILOLOGICAL PARADIGMS: INTERACTION OF TRADITIONS AND
INNOVATIONS, 4(25.04), 871-874.

Библиографические ссылки

Hoshimova, N., & Sofiyanur, M. (2023). COGNITIVENESS IN THE USE OF EUPHEMISMS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(5).

Sofiyanur, M. (2022). Necessity of Euphemisms in Various Spheres and Ways of Creating Them. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(6), 94-98.

Kuzibaevna, O. G. (2020). Technologies of developing the ecological culture of students in the process of learning a foreign languages in higher educational institutions. Solid State Technology, 63(1s), 1816-1825.

Melikuziev, A. (2023). Technologies of using reading comprehension exercises in the development of communication competences of students. Solution of social problems in management and economy, 2(11), 60-64.

Хамракулова, С. Ф. (2024). СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ. ВЫРАЖАЮЩИХ ВОЗРАСТ ЧЕЛОВЕКА В УЗБЕКСКОМ И РУССКОМ ЯЗЫКАХ.«MODERN PHILOLOGICAL PARADIGMS: INTERACTION OF TRADITIONS AND INNOVATIONS, 4(25.04), 871-874.