YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
74
TINTUV VA OLIB QOʻYISH OʻTKAZISHNING TARTIBI
Agoyev Shukurullo Safarboyevich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Tirkasheva Nazokat Shuxrat qizi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15536385
Annotatsiya:
Ushbu maqola tintuv va olib qoʻyish tergov harakatlarining oʻziga xosligi,
tintuv va olib qoʻyishni oʻtkazishning protsessual tartibini tadqiq etishga bagʻishlangan. Mazkur
tergov harakatlarining oʻzaro nisbati tahlil qilinadi. Muallif tintuv va olib qoʻyishni amalga
oshirishning belgilangan protsessual tartibiga rioya qilish zaruratini taʼkidlaydi.
Kalit soʻzlar:
tergov harakatlari, tintuv, olib qoʻyish, protsessual tartib.
Soʻnggi yillarda dunyoda jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan yoki ayblangan
shaxslarning huquq va erkinliklarining buzilish holatlariga barham berish maqsadida jinoyat-
protsessual munosabatlarda “Xabeas korpus” institutini qoʻllash amaliyotini yanada
kengaytirish obyektiv zaruratga aylanmoqda. Tintuv oʻtkazish fuqarolarning shaxsiy hayotiga
jiddiy aralashuv ekanligi hamda ularning konstitutsiyaviy huquqlarining cheklanishi bilan
chambarchas bogʻliqligini inobatga olib, uning faktik asoslariga qatʼiy talablarni belgilash
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, oʻzida axborotni saqlashi mumkin boʻlgan uyali aloqa
vositalari, planshetlar, boshqa texnik qurilmalar, saytlar yoki Internetdagi jismoniy yoki
yuridik shaxslarga tegishli ijtimoiy tarmoqlarni tintuv obyekti sifatida baholash, tintuvda
himoyachining ishtirok etishi masalasini tadqiq etish, tintuv oʻtkazish qaroriga prokurorning
rad javobini berish hamda tintuv oʻtkazishga sanksiya berish huquqini prokurorlardan
sudlarga oʻtkazish tartibini jinoyat-protsessual qonunchilikda aks ettirish dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda
1
.
Ushbu tadqiqot doirasida tintuv va olib qoʻyish kabi qidiruv xususiyatiga ega boʻlgan
tergov harakatlariga eʼtibor qaratmoqchimiz. Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy,
xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli
boʻlgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar bor deb oʻylash uchun yetarli
maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda tintuv oʻtkazishga haqlidir
2
.
Tintuv - bino, joy va boshqa obyektlarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni ishga aloqador
biron-bir materialni topish va olib qoʻyish maqsadida majburiy ravishda tekshirishdan iborat
boʻlgan tergov harakatidir.
Tintuv doirasidagi protsessual faoliyat murdalarni, shuningdek huquqni muhofaza qilish
organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni topishga ham qaratilishi mumkin. Tintuvning uy-
joyni tintuv qilish va shaxsiy tintuv kabi turlari alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu holatda uy-joyni
tintuv qilish fuqaroning huquqiy maqomini sezilarli darajada cheklaydigan harakat
hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hech kim uy-joyga unda
yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek
unda olib qoʻyishni va koʻzdan kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
1
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и
инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
2
Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество
и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
75
va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning
qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi” deb belgilanganligining oʻzi ham tintuv tergov harakatini
oʻtkazishda subyektlarga katta masʼuliyat yuklaydi.
Tintuv oʻtkazish uchun asos - jinoyat sodir etish quroli, uskunasi yoki boshqa vositalari,
jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan predmetlar, hujjatlar va
qimmatliklar biron-bir joyda yoki kimningdir qoʻlida boʻlishi mumkinligi haqida yetarli
maʼlumotlarning mavjudligidir.
Tintuv oʻtkazish uchun tergovchi tegishli qaror qabul qilishi (
kechiktirib boʻlmas hollarda
)
yoki sud ruxsati bilan amalga oshirilishi talab etiladi. Bevosita qidiruv harakatlarini
boshlashdan oldin, tergovchi tergov qilinayotgan jinoyat ishiga aloqador boʻlgan yoki fuqarolik
muomalasidan chiqarilgan obyektlarni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif qiladi. Agar shaxs
bunday narsa va hujjatlarni bersa va mansabdor shaxsda ularni yashirganlikka shubha uchun
asos boʻlmasa, tergovchi yoki surishtiruvchi topshirish faktini qayd etib, tintuv oʻtkazmasligi
mumkin. Tintuv faol qidiruv harakati boʻlib, agar mulkdor erkin kirish huquqini berishdan bosh
tortsa, har qanday xonalarni, mebel buyumlarini majburiy ravishda ochish imkoniyatini
nazarda tutadi. Bunda yoʻl qoʻyiladigan shikastlarni minimallashtirish qoidasi amal qiladi.
Tintuv oʻtkazishda quyidagilar ishtirok etadi: xolislar; tintuv oʻtkazilayotgan xonadon,
turar joy egasi boʻlgan shaxs yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolari; xonasida tintuv
oʻtkazilayotgan shaxsning himoyachisi va boshqa shaxslar.
Jinoyat ishi boʻyicha isbotlash jarayonining samaradorligini taʼminlash, qarshilik
koʻrsatishni minimallashtirish uchun tergovchi bir qator cheklovchi choralarni koʻrishi
mumkin. Xususan, hozir boʻlgan shaxslarga tergov harakati olib borilayotgan joydan chiqib
ketishni taqiqlash, tintuv tugamaguncha ishtirokchilar oʻrtasida muloqotga yoʻl qoʻymaslik
maqsadga muvofiq. Koʻrib chiqilayotgan protsessual harakat davomida maʼlum boʻlgan shaxsiy
hayotga oid sirlar oshkor qilishni istisno etish choralarini koʻrish zarur. Bunday majburiyat
tergov harakatlarini oʻtkazayotgan va protsessual masalalariga rioya etilishi uchun masʼul
boʻlgan shaxslar sifatida tergovchi va surishtiruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Tintuv vaqtida olingan hujjatlar va qimmatbaho buyumlar xolislarga va tintuvda hozir
boʻlgan shaxslarga koʻrsatiladi, zarurat tugʻilganda joyida oʻraladi va muhrlanadi, bu esa
mazkur shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Olingan ashyolarning aniq roʻyxati tuzilib,
ularning holati, tashqi koʻrinishi va individual belgilari batafsil qayd etiladi. Shuningdek, tintuv
natijasida olingan buyumlar va hujjatlar qonuniyligi va ularning ishga bogʻliqligi toʻgʻrisidagi
xulosalar keltirilishi mumkin.
Tintuv davomida amalga oshirilgan barcha harakatlar maxsus protsessual hujjat –
bayonnomada qayd etilishi shart. Bayonnomada tintuv oʻtkazilgan joy, vaqt, topilgan obyektlar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning tashqi koʻrinishi, identifikatsiyaga oid belgilari va huquqiy
maqomi toʻliq aks ettirilishi kerak. Tintuvda ishtirok etgan shaxslar, shu jumladan, xolislar va
himoyachilar ham oʻz fikrlarini bayonnomaga kiritish huquqiga ega
3
.
Xonasida tintuv oʻtkazilgan shaxs mazkur protsessual hujjatning toʻliq nusxasini olish
huquqiga ega boʻlib, unga nusxa taqdim etilishi majburiydir. Agar shaxs bayonnoma
mazmuniga eʼtirozi boʻlsa, u oʻz mulohazalarini yozma ravishda bildirishi mumkin. Tintuv
jarayonida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida advokat va himoyachining
3
N.A. Xushvaktova. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi // Jamiyat va innovatsiyalar
№6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
76
ishtiroki taʼminlanishi lozim. Bundan tashqari, tintuv jarayonida olingan ashyolarning
qonuniyligi va ulardan foydalanish tartibi boʻyicha sud nazoratini kuchaytirish zaruriyati
yuzaga keladi.
Tintuv paytida yashiruvchining kasbini ham hisobga olish kerak (kitoblar - ilmiy xodimda,
yogʻoch buyumlar - duradgorda, gʻisht devor - gʻisht teruvchida, tomorqa - unda doimiy
ishlaydigan shaxsda va hokazo).
Tintuv qilinayotgan shaxsning qiziqishlariga tegishli narsalarga (musiqa asbobi, shaxmat
taxtasi, tikuv mashinasi va shu kabilar) alohida eʼtibor qaratish lozim
4
.
Tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsning nafaqat kasbini, balki kundalik mashgʻulotlarini,
turmush tarzini, qiziqishlarini, eng rivojlangan koʻnikmalarini, xulq-atvorining oʻziga xos
xususiyatlarini ham bilishi kerak. Tintuv qilinuvchiga tegishli boʻlgan, uning koʻnikmalari va
qiziqishlari doirasini belgilovchi barcha asbob-uskunalar va materiallarga eʼtibor qaratish
lozim. Tintuvga tayyorgarlik koʻrish chogʻidayoq tintuv qilinuvchining oilasi tarkibi, qoʻshnilari
bilan munosabatlari, tanishlari doirasi haqida maʼlumotga ega boʻlish zarur
5
.
Tintuv qilinuvchining soʻnggi paytlardagi xulq-atvori oʻzgarganligi, vaziyatni oʻzgartirish,
hovlidagi imoratlarni qayta qurish va shu kabi harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ayniqsa
qimmatlidir.
Tintuvning umumiy qoidasi - bu tashqi koʻrinishi va joylashuvi meʼyordan tashqari
boʻlgan obyektlarga (masalan, kitob javonida boʻyoq solingan bankani, yotoqxonada soyabonni,
tomorqada soʻlib borayotgan daraxtni topishga) ongning maksimal yoʻnaltirilishi.
Tintuv jarayonida tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsning xulq-atvorini, ayniqsa, uning
beixtiyor reaksiyalarini kuzatish orqali muhim maʼlumot olishi mumkin. Tintuvchining
yashirish joyiga yaqinlashayotganidan ovozning titrashi va xirillashi (shu maqsadda tintuv
qilinuvchi bilan suhbat olib boriladi), nafas olishning notekisligi, yuzning qizarishi yoki
oqarishi, terlash, beixtiyor harakatlar darak berishi mumkin. Tintuv qilinuvchining xulq-atvori
alohida eʼtiborga loyiq (xulq-atvor dominantasi - muayyan harakatlarning alohida qatʼiyligi).
Tintuv qilinayotgan shaxs yashirish obyektini qoʻshimcha niqoblashga intilishi mumkin
(yashirish joyini oldindan koʻrib chiqilgan narsalar bilan berkitadi).
Baʼzan “soʻz bilan razvedka” deb ataladigan usul ijobiy natija beradi, bu usulda tergovchi
baland ovozda tintuvning navbatdagi obyektlarini aytib boradi va tintuv qilinuvchining
reaksiyasini kuzatadi.
Tergovchi tintuv qilinuvchi bilan aloqaning eng boshidanoq, koʻzdan kechirish tartibini
eʼlon qilib, uning emotsional reaksiyalarini diqqat bilan kuzatib borishi kerak
6
.
Qidiruv usullaridan biri tintuv qilinayotgan shaxsning oʻzini harakatga keltirishdir
(ashyolarni olish va ochish, omborlarni ochish va h.k.). Bunda shuni eʼtiborga olish kerakki,
tintuv oʻtkazilayotgan joy egasi tergovchini tintuv obyektidan chetga olib qochishga intilishi,
maʼlumot beruvchi ahamiyatga ega reaksiyalar koʻrsatishi mumkin.
Shaxsiy tintuv oʻtkazayotgan shaxs tintuv qilinayotgan shaxs bilan bir jinsda boʻlishi shart.
Xuddi shu qoida tahlil qilinayotgan tergov harakatida ishtirok etishi lozim boʻlgan xolislar va
mutaxassislarni tanlashda ham inobatga olinishi zarur. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari
4
Усманалиев Н., Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов
ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
5
Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
6
Marchuk I.V. Taktika provedeniya obыska i vыemki. Tomsk-2016.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
77
ayrim holatlarda qaror qabul qilinmasdan shaxsiy tintuv oʻtkazish imkoniyatini ham nazarda
tutadi. Bunday holatlar shaxs ushlanganida, qamoqqa olinganda yoki tintuv oʻtkazilayotgan
joyda boʻlgan shaxs oʻz tanasida, kiyimida jinoyat ishi uchun ahamiyatli narsa va hujjatlarni
yashirishi mumkinligi haqida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlganda yuzaga keladi
7
.
Olib qoʻyish – bu jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar va hujjatlarni, ularning
aniq joylashuvi va kimda ekanligi maʼlum boʻlgan hollarda tergov harakati sifatida amalga
oshiriladi
8
. Olib qoʻyish ham tintuv tartibida oʻtkaziladi, ammo ayrim holatlarda qonunchilik
unga nisbatan alohida tartib belgilangan. Xususan, davlat siri yoki qonun bilan
muhofazalanadigan boshqa sirli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, bank hisobvaraqlari
va omonatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, lombardga garovga qoʻyilgan yoki saqlash uchun
topshirilgan ashyolarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi lozim.
Huquqni qoʻllash amaliyoti tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, olib qoʻyishning uy-joyga
nisbatan qoʻllanishi ayrim holatlarda ehtiyojsiz deb topilgan. Chunki, obyektning oldindan
koʻchirilishi yoki yashirilishi ehtimoli tergovchi va surishtiruvchining protsessual faoliyati
samaradorligiga xavf tugʻdirishi mumkin. Shu sababli, uy-joydan olib qoʻyish amalga oshirilishi
lozim boʻlgan hollarda, dastlab muayyan narsa yoki obyektga bogʻlanmagan holda uy-joyda
tintuv oʻtkazish uchun sudga iltimosnoma taqdim etish maqsadga muvofiqdir
9
.
Tergov va surishtiruv jarayonida fuqarolarning huquqlari himoya qilinishiga eʼtibor
qaratish, tintuv va olib qoʻyish jarayonlarining qonuniyligi va adolatli tarzda amalga oshirilishi
uchun sud nazoratini kuchaytirish zarur. Shuningdek, shaxslarning shaxsiy hayoti daxlsizligi
tamoyiliga amal qilinishi, tergov jarayonida xolislar va himoyachilarning ishtiroki taʼminlanishi
jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, tintuv va olib qoʻyish bir-biriga
oʻxshash tergov harakatlari boʻlib, ularda jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan hujjatlar va
materiallar olib qoʻyilishini koʻrish mumkin. Biroq, ular oʻrtasida sezilarli farq mavjud - bu
koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun asosdir. Tintuv - bu muhim buyumlar borligi
taxmin qilinayotgan joyni ularni topish va olib qoʻyish maqsadida tekshirish boʻlsa, olib qoʻyish
esa koʻrsatilgan buyumlarning aniq joyi maʼlum boʻlganda, ularni olishdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2024-y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. // O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2024-y.
7
Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини
кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
8
Rassledovaniye prestupleniy, sovershayemыx v uchrejdeniyax i organax ugolovno-ispolnitelnoy sistemы.
Monografiya/A.V. Akchurin, A.V. Belyakov, A.V. Bodyakov i dr. Ryazan, 2015. 130 s
9
Аширбоев А. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон
қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
78
3.
O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. // O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2024-y.
4.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. TDYU, 2010-y.
5.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.2014-y.
6.
Jinoyat huquqi darslik. TDYU, hammualiflar jamoasi, 2019-y.
7.
Jinoyat huquqi darslik. JXU, hammualiflar jamoasi, 2021-y.
8.
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном
процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
9.
Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и
следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
10.
Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
11.
Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп
моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
12.
Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,
хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.
13.
Аширбоев А. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
14.
Усманалиев Н., Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни
кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
15.
N.A. Xushvaktova. Prospects for the use of public opportunities in pre-trial proceedings
// World Bulletin of Management and Law (WBML) Available Online at:
https://www.scholarexpress.net Volume-36, July -2024 ISSN: 2749-3601 Impact Faktor:10.25
SJIF:7.8 B. 8-11.
16.
N.A. Xushvaktova. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi
// Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.
17.
N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni
himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024)
ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.