YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
47
DORI VOSITALARINING KIMYOVIY TARKIBIGA KO‘RA TURLARI
Muhamadiyeva Sevara
Qo’qon universiteti Andijon filliali
Tibbiyot fakulteti farmatsiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15533263
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dori vositalarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosiy
guruhlari bayon qilingan. Har bir guruhning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ularning
farmakologik ahamiyati muhokama qilindi.
Kalit so’zlar:
organic, noorganic, dori vositalari, farmasevt, kimyoviy tarkib,
so’riluvchanlik.
Bugungi kunda 300 mingdan ortiq dori vositalar farmasevtika amaliyotida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari Davlat reestrida esa bu sonlar
7000 ni tashkil etadi. Dori vositalari farmakologik jihatdan xilma-xil bo‘lib, ularning
samaradorligi, xavfsizligi va qo‘llanilish sohasi ko‘p jihatdan kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Har
bir moddaning tarkibi uning organizmga qanday ta’sir ko‘rsatishini, so‘rilishini,
taqsimlanishini va parchalanishini belgilaydi. Shu bois, farmatsevtlar uchun dori vositasining
kimyoviy xususiyatlarini chuqur bilish, uni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shuningdek, dori vositalarining nomlarining ko’pligi, bir biriga o’xshashligi tibbiyot
xodimlari va farvasevtlar uchun dori vositasi muomalasida qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan
tashqari, bitta dori vositasini o’zi turli nomlar ostida qadoqlanadi. Masalan,: atsetilsaletsil
kislotasining 400 dan ortiq, parasetamol esa 370 xil, sinnarizinning 170 xil turli nomlari
qo’llaniladi. Ularning barcha nomlarini eslab qolish ochiq oydin amaliy jihatdan juda mushkul.
Shuning uchun dori vositalarini to’g’ri tasniflash ya’ni turlarga ajratib olish, ularni bilan
ishlashni ancha oson va samarali qiladi.
Organik dori vositalari — uglerod asosidagi moddalar bo‘lib, ular ko‘pincha o‘simliklar,
hayvonlar yoki mikroorganizmlardan olinadi yoki laboratoriyada sun’iy tayyorlanadi.
Organizmga ta’sir qilayotganda tabiiy jarayonlarga yaqin bo‘lgani uchun ko‘p hollarda yon
ta’sirlari kamroq bo‘ladi. Quyida bir qancha afzallik tomonlarini ko’rib chiqamiz: Organik
dorilar, ayniqsa tabiiy manbalardan olinganlari, inson organizmi bilan biologik jihatdan mos
tushadi. Ular oson so‘riladi va organizmda tez ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Tabiiy
organik birikmalar tarkibida sun’iy reagentlar kam bo‘lgani sababli, ko‘plab hollarda ularning
toksikligi past bo‘ladi. Bu esa ularni uzoq muddat foydalanish uchun xavfsiz qiladi.
Organizmda bir necha retseptorlar va tizimlarga bir vaqtning o‘zida ta’sir qilishi mumkin. Bu
ularni murakkab kasalliklarni davolashda samaraliroq qiladi. Ularning metabolizmi odatda
oddiyroq bo‘lgani uchun ular organizmdan to‘liq chiqariladi. Bu esa to‘planish xavfini
kamaytiradi.Eng muhimi esa ko‘plab organik dorilar o‘simliklardan, mikroorganizmlardan
yoki hayvon to‘qimalaridan olinadi. Bunday manbalar ekologik jihatdan qulay va tiklanuvchi
hisoblanadi.
Organik dori vositalari kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir necha asosiy guruhlarga bo‘linadi.
Jumladan, alkaloidlar — o‘simliklardan olinadigan azotli birikmalar bo‘lib, morfin va atropin
kabi og‘riq qoldiruvchi va ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan preparatlar bu guruhga kiradi.
Ayni Morfin – kuchli og‘riq qoldiruvchi sifatida ko‘plab tadqiqotlarda uning samaradorligi va
xavfsizligi o‘rganilgan. 2020-yilda nashr etilgan klinik tadqiqotlarda morfinning og‘riqni
kamaytirishdagi ta’siri yuqori baholangan, ayniqsa operatsiyadan keyingi holatlarda va og‘ir
surunkali og‘riqlarni davolashda samarali ekani tasdiqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
morfin dozasini to‘g‘ri belgilash yon ta’sirlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek,
glikozidlar yurak faoliyatini tartibga solishda muhim bo‘lib, digoksin misolida ko‘riladi.
Antibiotiklar esa mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan yoki sun’iy
o‘zgartirilgan dorilar bo‘lib, penitsillin va streptomitsin kabi bakteriyalarga qarshi vositalar
keng tarqalgan. Vitaminlar metabolizm va immun tizimining to‘g‘ri ishlashida katta rol
o‘ynaydi, masalan, C vitamini kasalliklar profilaktikasida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, yog‘
kislotalari va aminokislotalar asosidagi dorilar ham organizmning metabolik jarayonlarini
normallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Organik dorilar tabiiy manbalardan olinishi yoki
laboratoriyada yaratilishi mumkin, ammo ularning ko‘pchiligi inson organizmida yaxshi hazm
bo‘ladi va maqsadli ta’sir ko‘rsatadi.
Noorganik dori vositalari — bu tarkibida uglerod bo‘lmagan, odatda metall yoki
metallmas elementlardan iborat bo‘lgan dorilardir. Ular asosan mineral manbalardan olinadi
va ko‘pincha organizmdagi fiziologik muvozanatni saqlash, moddalar almashinuvini tartibga
solish yoki infeksiyalarni yo‘qotish uchun ishlatiladi. Masalan, temir (Fe) preparatlari
kamqonlikni davolashda qo‘llaniladi, magniy (Mg) dorilari esa yurak ritmini tartibga solishda
va mushak spazmlarini bartaraf etishda yordam beradi. Yod (I) moddalari qalqonsimon bez
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda ishlatiladi. Shuningdek, kumush (Ag) va mis (Cu) birikmalari
antiseptik xususiyatga ega bo‘lib, yara va kuyishlarga qarshi ishlatiladi. Noorganik
dorilarining yana bir misoli — natriy xlorid (NaCl), u qon bosimini muvozanatlashtirish va
infuzion muolajalarda keng qo‘llaniladi. Bu turdagi dori vositalari ko‘p hollarda organizmga
tez so‘riladi va zarur ionlar shaklida ta’sir qiladi.
Noorganik dori vositalari ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali bo‘lib, ularning
afzalliklaridan biri — kuchli va tez ta’sir ko‘rsatishidir. Temir, magniy, kalsiy, yod kabi
moddalarning organizmda muhim biologik vazifalari mavjud. Masalan, temir preparatlari
kamqonlikni tezda kamaytiradi, magniy esa yurak faoliyatini tartibga soladi. Bu moddalar
arzon narxda tayyorlanadi, uzoq muddat saqlanishi mumkin va ko‘pchilik dorixonalarda
mavjud. Shunga qaramay, noorganik dorilarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur. Ular ba’zida
organizmda to‘planib qolib, zaharlanishga olib kelishi mumkin. Masalan, temir ortiqcha
miqdorda berilsa, me’da-ichak faoliyatini buzadi, og‘ir holatlarda jigarga zarar yetkazadi. Yod
moddalari esa qalqonsimon bezga noto‘g‘ri ta’sir qilishi mumkin.2021-yilda Hindiston
tibbiyot institutidao‘tkazilgan tadqiqotda temir preparatlari bilan davolangan kamqon
bemorlarning 85%ida gemoglobin darajasi ko‘tarilgani qayd etilgan, biroq 20% bemorda
me’da bezovtalanish holatlari ham kuzatilgan. Magniy dorilarining yurak ritmini tiklashdagi
ta’siri haqidagi 2018-yilgi klinik izlanishda esa, 70% bemorda ijobiy natija olingan, lekin
ba’zilarida mushak bo‘shashuvi va holsizlik holatlari kuzatilgan. Ushbu natijalar shuni
ko‘rsatadiki, noorganik dorilar samarali, lekin ularni shifokor nazoratida va to‘g‘ri dozada
qo‘llash zarur.
Ammo bu elementlarning organic shakli ham mavjud bo’lib, bu holat eng yaxshisi deb
o’ylayman. Bunda element molekulasi organik moddalar (masalan, aminokislotalar yoki
kislotali guruhlar) bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu ularning organizmga yaxshiroq so‘rilishi va
kamroq yon ta’sir bilan ta’minlashiga xizmat qiladi.Bular ayniqsa farmatsiyada juda
muhim.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, organik shakldagi temir kamroq yon ta’sir keltirib
chiqaradi, ayniqsa uzoq muddatli davolashda bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Shu
bois, zamonaviy farmatsiyada temir tanqisligi anemiyasini davolashda ko‘pincha organik
temir preparatlariga ustunlik berilmoqda.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
Tadqiqot davomida dori vositalarining kimyoviy tarkibiga asoslangan tasnifi tahlil
qilindi. Ularning organik va noorganik shakllari farmakologik ta’sir kuchi, biokiraolishligi
hamda organizmga ta’sir qilish usuli bo‘yicha muhim farqlarga ega ekani aniqlandi. Organik
dorilar nisbatan tabiiy, yaxshi so‘riluvchi va kamroq yon ta’sirli bo‘lsa, noorganik dorilar
kuchli ta’sirga ega, ammo ba’zan toksikligi yuqoriroq bo‘ladi.Mana shu farqlarni hisobga olgan
holda, farmatsevtik amaliyotda dorilarni tanlashda ularning kimyoviy tarkibi va
ularningxususiyatlarini chuqur tahlil qilish zarur. Shu bilan birga, dori vositalarining ta’sirini
yanada oshirish va ularni aholi o’rtasida keng yoyish uchun hamyonbop dori vositalari ishlab
chiqarishga oz bo’lsada urg’u berilishi yomon bo’lmaydi.Quyida shu to’g’risida bir qancha
maslahat va g’oyalar keltirilgan:
– dori shakllarini zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish (masalan,
mikronlashtirish, liposomal qadoqlash);
– yuqori so’riluvchanlikning organik shakllarni keng joriy etish;
– mahalliy xom ashyolar asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish;
– yangi kompleks aralashmalar ustida ilmiy izlanishlar olib borish;
– aholi o‘rtasida dori tanlash madaniyatini oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini
kuchaytirish.
Xulosa qilib aytganda, dori vositalarining kimyoviy tarkibini chuqur o‘rganish nafaqat
farmatsevtik ta’limda, balki amaliy faoliyatda ham dolzarb bo‘lib, dori-darmonlar sifati,
xavfsizligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Organik va noorganik
dori vositalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kelajakda dorilar yanada
samarali, xavfsiz va arzon bo‘lishi mumkin. Organik dorilarning so‘rilishi yaxshi bo‘lgani
uchun, ularning tarkibini yanada mustahkamlash ustida ishlanmoqda. Noorganik dorilar esa
ba’zida zaharli bo‘lishi mumkinligi uchun, kelajakda ularni xavfsizroq qilish yo‘llari topilishi
kutilmoqda. Shuningdek, har bir inson organizmiga mos dori tanlash, ya’ni individuallashgan
dori vositalari ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa davolashni aniqroq va
foydaliroq qilishga yordam beradi.Umuman olganda, dorilar ustidagi ilmiy ishlanmalar davom
etmoqda va kelajakda yanada yaxshi, qulay va foydali dorilar yaratilishiga katta umid bor.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Yu. Ibodov, A.N.Yunusxo’jayev, Q.A. Ubaydullayev. Farmatsevtik kimyo. “Voris
nashriyot”. Toshkent, 2011-yil
2.
H.R. To‘xtayev. Noorganik kimyo.
3.
Katzung, B.G. (2017). Basic and Clinical Pharmacology (14th ed.). Internet
Archive.
https://archive.org/details/basicandclinicalpharmacology14thedition
4.
Katzung, B.G. (2019). Basic and Clinical Pharmacology (15th ed.). AccessMedicine.
https://accessmedicine.mhmedical.com/book.aspx?bookid=2988
5.
Sissi Wachtel-Galor va Iris F.F. Benzie.(2011). Herbal medicine: Biomolecular and