Авторы

  • Dilnora Numanova
    Qo’qon universiteti Andijon filliali Tibbiyot fakulteti farmatsiya yo’nalishi talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.97963

Ключевые слова:

tabiiy dorilar sintetik dorilar farmakologiya xalq tabobati klinik sinovlar dori ta’siri nojo‘ya holatlar.

Аннотация

Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek ushbu ikki turdagi dorilarning inson organizmiga ta’siri, nojo‘ya ta’sirlari, dozalash aniqligi va ilmiy asoslanganligi jihatidan solishtirma tahlil keltirilgan. Misollar, statistik ma’lumotlar va ilmiy manbalar asosida mavzuning dolzarbligi yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

43

TABIIY DORI VOSITALARININGSINTETIK DORI VOSITALARIDAN FARQI

Numanova Dilnora

Qo’qon universiteti Andijon filliali

Tibbiyot fakulteti farmatsiya yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15533238

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari

hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek ushbu ikki turdagi dorilarning
inson organizmiga ta’siri, nojo‘ya ta’sirlari, dozalash aniqligi va ilmiy asoslanganligi jihatidan
solishtirma tahlil keltirilgan. Misollar, statistik ma’lumotlar va ilmiy manbalar asosida
mavzuning dolzarbligi yoritilgan.

Kalit so’zlar:

tabiiy dorilar, sintetik dorilar, farmakologiya, xalq tabobati, klinik sinovlar,

dori ta’siri, nojo‘ya holatlar.


Insoniyat qadim zamonlardan beri kasalliklarga qarshi kurashishda tabiatdan olingan

moddalar — o‘simliklar, hayvonlar va minerallarga asoslangan dorilardan foydalanib kelgan.
Vaqt o‘tishi bilan ilm-fan rivojlangani sari dorilar ishlab chiqarish sohasida yangi kashfiyot va
yangiliklar paydo bo’ldi.Buni ortidan sintetik, ya’ni sun’iy yo‘l bilan olinadigan dorilar paydo
bo‘ldi. Hozirgi zamon tibbiyotida har ikki turdagi dori vositalari keng qo‘llaniladi.

Bugungi kunda dori vositalarining sifati, xavfsizligi va samaradorligi tibbiyot va

farmakologiya sohasida eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kimyoviy
dorilarning uzoq muddatli nojo‘ya ta’sirlari, organizmga so’rilishi va ayrim hollarda
qaramlikka olib kelishi odamlarni yana tabiiy dorilarga ehtiyoji va qiziqishi oshmoqda. Shu
bilan birga, xalq tabobatida keng qo‘llanilayotgan tabiiy vositalarning ilmiy asoslanganligini
tekshirish, ularni zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirish zarurati tug‘ilmoqda.Mavzuning
dolzarbligi shundaki, bu ikki turdagi dori vositalarining farqlarini chuqur o‘rganish —
kelajakda ekologik xavfsiz, samarali va inson salomatligiga mos dori vositalarini tanlashda
muhim omil bo‘la oladi.

Tabiiy dorilar – bu hayvonlar, o’simliklar, mikroorganimzlar yoki minerallardan tabiiy

holatda olinadigan dori vositalaridir. Masalan, romashka, zanjabil, qora sedana (nigella
sativa), asal, propolis va boshqalar qadimdan xalq tabobatida ishlatilgan. Ularning asosiy
afzalliklari quyidagilardan iborat:Yaxshi o‘zlashtirilishi: tabiiy moddalarning inson
organizmiga mosligi yuqori bo‘lishi mumkin.Kamroq nojo‘ya ta’sirlar: ko‘pincha tabiiy dorilar
tanaga yengilroq ta’sir qiladi.Ko‘p yo‘nalishli ta’sir: ba’zida bir dorining bir necha foydali
xususiyatlari bo‘ladi (masalan, immunitetni oshiruvchi va yallig‘lanishga qarshi). Sababi,
tabiiy dorilar, ayniqsa o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar, ko‘plab faol moddalarni o‘z
ichiga oladi. Bu moddalar organizmda bir nechta biologik yo‘llarga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular
ko‘p yo‘nalishli ta’sirga ega. Bu xususiyat ularni murakkab kasalliklarni davolashda foydali
qiladi, chunki ular bir vaqtning o‘zida bir nechta patologik jarayonlarga ta’sir eta oladi.Ko‘plab
ilmiy tadqiqotlar tabiiy dorilarning ko‘p yo‘nalishli ta’sirini tasdiqlaydi. Masalan, ba’zi
o‘simliklar ekstraktlari neyrodegenerativ kasalliklarda bir nechta patologik omillarga bir
vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bu ularning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi
va neyrohimoya xususiyatlariga bog‘liq.

Xitoy an’anaviy tibbiyotida yurak xastaliklarini davolashda ishlatiladigan QiShenYiQi

(QSYQ) preparati ustida o‘tkazilgan tadqiqotda, uning ko‘p yo‘nalishli ta’siri o‘rganilgan.
Tadqiqotda QSYQ tarkibidagi faol moddalar yurak infarkti modelidagi kalamushlarda 55 ta


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

44

potentsial genetik nishonlarga ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Bu moddalar yallig‘lanishga
qarshi va antioksidant ta’sirlarga ega bo‘lib, yurak kasalliklarida foydali bo‘lishi mumkin. Yana
bir o’tkazilgan tadqiqotdaSelaginella o‘simligidan olingan tabiiy birikmalar Altsgeymer
kasalligiga qarshi ko‘p yo‘nalishli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlangan. Tadqiqotda ushbu
o‘simlik ekstrakti xotirani yaxshilash, BACE1 va MAO-B fermentlarini inhibitsiya qilish kabi
bir nechta yo‘llar orqali neyrohimoya ta’sirini ko‘rsatgan.

Biroq, tabiiy dorilarning ham kamchiliklari mavjud: aniq dozalashning qiyinligi, sekin

ta’sir ko‘rsatishi, va ayrim hollarda allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.Quyida
shularni ko’rib chiqamiz:

Tabiiy dorilar tarkibidagi faol moddalar miqdori o‘simlikning turi, yetishtirish sharoiti,

yig‘ish va saqlash usuliga qarab o‘zgarib turadi. Bu esa preparatning ta’sir kuchi va
xavfsizligida farq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, Aynan bir o‘simlik ekstrakti ikki xil
hududda yig‘ilganda, undagi alkaloid yoki flavonoid miqdori sezilarli farq qilishi mumkin. Bu
dozalashda noaniqlik tug‘diradi.Yana,ilmiy asoslanganlik darajasi past

bo‘lishi

mumkin.Ko‘plab tabiiy dorilar ming yillik tajribaga asoslangan bo‘lsa-da, ularning zamonaviy
klinik tadqiqotlar bilan to‘liq isbotlanmaganligi muammo bo‘lishi mumkin.Masalan, ginkgo
biloba xotirani yaxshilashi aytiladi, lekin klinik sinovlar har doim bu effektni tasdiqlamagan.
Bundan tashqari, Sintetik dorilarda aniq doza va ta’sir mexanizmi mavjud bo‘ladi, tabiiy
dorilarda esa bu jihatlar ko‘pincha noaniq.Bir piyola romashka choyi bilan romashkadan
tayyorlangan ekstrakt kapsulasi orasida ta’sir kuchi jihatidan katta farq bo‘lishi mumkin.

Sintetik dorilar — bu laboratoriya sharoitida kimyoviy usullar orqali sun’iy ravishda

yaratilgan farmatsevtik moddalardir. Ular odatda tabiiy moddalarning tuzilmasi asosida
modifikatsiya qilinadi yoki butunlay yangi tuzilmalar sifatida yaratiladi. Aspirin, paratsetamol,
antibiotiklar, antidepresantlar – bularning barchasi sintetik dorilarga kiradi. JSST ning
habarlariga ko’ra dori bozoridagi eng ko‘p ishlatiladigan 100 ta dori vositasining qariyb 80%
dan ortig‘i sintetik dori hisoblanadi. Ularning tarkibi oldindan belgilangan bo‘ladi. Har bir
doza miqdori aniqligi bilan farqlanadi. Bu dorilar yuqori darajada standartlashtirilgan bo‘lib,
har bir ishlab chiqarilgan partiyasi bir xil sifat, tarkib va ta’sirga ega bo‘ladi. Shuning uchun
ulardan foydalanishda dozani aniq belgilash, ta’sirni nazorat qilish va natijani kutish
osonlashadi.Sintetik dorilar odatda tez va kuchli terapevtik ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun
ular og‘ir yoki shoshilinch holatlardagi kasalliklarda keng qo‘llaniladi. Masalan, infeksiyalar,
yurak-qon tomir kasalliklari, og‘riq sindromlari va surunkali kasalliklar uchun mo‘ljallangan
ko‘plab dorilar sintetik hisoblanadi. Sintetik dorilar keng ko‘lamli klinik tadqiqotlar orqali
xavfsizligi, samaradorligi va dozasi aniqlanadi. Ular DJSST (JSST), FDA yoki boshqa tibbiy
idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

Shu bilan birga, sintetik dorilarning ayrim salbiy jihatlari ham mavjud. Ular ko‘proq yon

ta’sirga ega bo‘lishi mumkin, ayniqsa uzoq muddatli qabulda allergik reaksiyalar, ichki
a’zolarga zarar yoki dori qaramligi keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Narxi esa ba’zida yuqori
bo‘lishi mumkin, chunki ularning ishlab chiqarish jarayoni murakkab texnologiyalarga
asoslanadi.So‘nggi yillarda sintetik dori vositalari, ayniqsa ularning nojo‘ya ta’sirlari va
noto‘g‘ri qo‘llanish oqibatlari global sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy muammolarni yuzaga
keltirmoqda. Ayrim sintetik dorilar, xususan opioidlar (fentanil, morfin, tramadol) yoki
psixostimulyatorlar (masalan, amfetamin), noto‘g‘ri yoki nazoratsiz iste’mol qilinganda
organizmda psixologik va jismoniy qaramlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 2022-yilda AQShda
107,941 ta dori vositalari bilan bog‘liq o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, ularning 70% dan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

45

ortig‘i kuchli sintetik opioidlar bilan bog‘liq edi (fentanil asosiy sababchi). Jahon sog‘liqni
saqlash tashkilotining (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili yuz minglab insonlar noto‘g‘ri
foydalanilgan sintetik dori vositalari tufayli sog‘lig‘idan jiddiy zarar ko‘radi. Bunday holatlar
aksariyat hollarda qaramlik yoki noto‘g‘ri dozalash bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunga qaramasdan,
ularning ta’sir kuchi, ishonchliligi va aniq nazorat qilinadigan xususiyatlari sababli hozirgi
tibbiyotda keng qo‘llaniladi.

Quyidagi jadvalda tabiiy va sintetik dorilar asosiy mezonlar bo‘yicha taqqoslab

ko‘rsatilgan bo‘lib, ular o‘rtasidagi farqlarni tushunishga yordam beradi.

Tabiiy va sintetik dorilarning taqqoslanishi

Tabiiy dorilar

Sintetik dorilar

Manbasi

O‘simlik, hayvon, zamburug‘ yoki

minerallardan olinadi

Kimyoviy laboratoriyalarda sun’iy

yo‘l bilan sintez qilinadi

Tarkib

Ko‘p komponentli, tarkib

o‘zgaruvchan (muhit, saqlashga

bog‘liq)

Aniq kimyoviy formula, barqaror

va standartlashtirilgan

Dozalash aniqligi Noaniq, doimiy nazorat qilish talab

qilinadi

Aniq va nazorat ostida

Ta’sir kuchi va

tezligi

Sekin va asta ta’sir qiladi, ko‘pincha

uzoq muddatli foydalanish kerak

Tez ta’sir qiladi, simptomlarni

qisqa muddatda yengillashtiradi

Yon ta’sirlar

Odatda kam, lekin allergik yoki

o‘zaro ta’sir ehtimoli mavjud

Ko‘proq va aniq qayd etilgan, ayrim

hollarda og‘ir bo‘lishi mumkin

Ilmiy

asoslanganlik

Ba’zilari asriy tajribalarga tayanadi,

lekin ilmiy isbotlar yetarli emas

Keng ko‘lamli klinik sinovlar bilan

isbotlangan

Narxi

Ko‘pincha arzonroq (lekin sifatga

qarab o‘zgaradi)

Yuqori texnologiyalarga

asoslanganligi sababli qimmatroq

bo‘lishi mumkin

Tadbiq doirasi

Profilaktika, yengil kasalliklarda

ko‘proq qo‘llaniladi

Og‘ir kasalliklar, yuqumli

kasalliklar va tezkor tibbiy

yordamda keng qo‘llaniladi

Qonuniy nazorat

Har doim ham qat’iy tartibda
nazorat qilinmaydi (xususan,

bioqo‘shimchalar)

Farmatsevtika qonunlariga qat’iy

bo‘ysunadi (FDA, WHO, EMA

nazorati ostida)


Tabiiy va sintetik dorilar zamonaviy tibbiyotda muhim o‘rin tutadi. Har ikkala turdagi

dorilarning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish ilmiy jihatdan to‘g‘ri yondashuv emas. Tabiiy dorilar ko‘pincha ko‘p yo‘nalishli,
nisbatan yengil ta’sirga ega bo‘lsa-da, ularning dozalashdagi aniqlik darajasi past va ilmiy
isboti yetarli bo‘lmagan hollari mavjud. Sintetik dorilar esa aniq formulaga ega, klinik
sinovlardan o‘tgan bo‘lib, kuchli ta’sirga ega, biroq ular ham ayrim yon ta’sirlar va uzoq
muddatli xavflar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.Fikrimcha, odamlar ko‘pincha “tabiiy” degan
so‘zni avtomatik tarzda “xavfsiz” deb qabul qilishadi. Ammo bu har doim ham to‘g‘ri emas.
Shuning uchun har qanday dorini ishlatishda ilmiy asoslanganlik va shifokor maslahatiga
tayanish eng to‘g‘ri yondashuv bo‘ladi.Tabiiy va sintetik dorilarni qarama-qarshi qo‘yish emas,
ularni muvozanatda ishlatishni o‘rganish muhim. Har birining o‘z o‘rni bor. Shaxsiy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

46

tajribamda yengil shamollashda o‘simlik choylari foydali bo‘lsa, og‘ir holatlarda sintetik
dorilarning ahamiyati beqiyos ekanini ko’rganman.Ushbu maqolada keltirilgan tahlillar
asosida shuni xulosa qilish mumkinki, dori vositalaridan foydalanishda yondashuv har
tomonlama — ilmiy, klinik va individual holatlarga mos tarzda bo‘lishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Wang X. et al. Multi-target mechanisms of QiShenYiQi for myocardial infarction based on

network pharmacology.

https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/24817581/

2.

Huang J. et al. Potential multi-target treatment of Alzheimer’s disease

usingSelaginella.

https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/fphar.2017.00539/full

3.

Kongkaew, C., Phan, D. T. A., Janusorn, P., & Mongkhon, P. (2024). Estimating Adverse

Events Associated With Herbal Medicines Using Pharmacovigilance Databases: Systematic
Review

and

Meta-Analysis.

JMIR

Public

Health

and

Surveillance,

10(1),

e63808.

https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39208414/

4.

Gafner S. (2020). Challenges in ensuring quality of herbal dietary

supplements.

https://www.herbalgram.org/resources/herbalgram/issues/127/table-of-

contents/hg127-herbquality/

5.

World Health Organization (WHO).WHO Guidelines on Good Agricultural and Collection

Practices (GACP) for Medicinal Plants.

https://apps.who.int/iris/handle/10665/42783

6.

Kongkaew C. et al. (2024). Estimating Adverse Events Associated With Herbal Medicines

Using Pharmacovigilance Databases.

https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39208414/

7.

Gafner, S. (2020).Challenges in ensuring quality of herbal dietary supplements –

HerbalGram.

https://www.herbalgram.org/resources/herbalgram/issues/127/table-of-

contents/hg127-herbquality

8.

FDA (U.S. Food and Drug Administration).Drug Development and Approval Process.

https://www.fda.gov/drugs/development-approval-process-drugs

9.

WHO

Model

List

of

Essential

Medicines

(2023).

https://www.who.int/publications/i/item/WHO-MHP-HPS-EML-2023.01

Библиографические ссылки

Wang X. et al. Multi-target mechanisms of QiShenYiQi for myocardial infarction based on network pharmacology. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/24817581/

Huang J. et al. Potential multi-target treatment of Alzheimer’s disease usingSelaginella.https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/fphar.2017.00539/full

Kongkaew, C., Phan, D. T. A., Janusorn, P., & Mongkhon, P. (2024). Estimating Adverse Events Associated With Herbal Medicines Using Pharmacovigilance Databases: Systematic Review and Meta-Analysis. JMIR Public Health and Surveillance, 10(1), e63808.https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39208414/

Gafner S. (2020). Challenges in ensuring quality of herbal dietary supplements.https://www.herbalgram.org/resources/herbalgram/issues/127/table-of-contents/hg127-herbquality/

World Health Organization (WHO).WHO Guidelines on Good Agricultural and Collection Practices (GACP) for Medicinal Plants.https://apps.who.int/iris/handle/10665/42783

Kongkaew C. et al. (2024). Estimating Adverse Events Associated With Herbal Medicines Using Pharmacovigilance Databases. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39208414/

Gafner, S. (2020).Challenges in ensuring quality of herbal dietary supplements – HerbalGram. https://www.herbalgram.org/resources/herbalgram/issues/127/table-of-contents/hg127-herbquality

FDA (U.S. Food and Drug Administration).Drug Development and Approval Process. https://www.fda.gov/drugs/development-approval-process-drugs

WHO Model List of Essential Medicines (2023). https://www.who.int/publications/i/item/WHO-MHP-HPS-EML-2023.01