YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY YО‘NALISHLARI
Quvondiqova A.U.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbeiston Milliy Universiteti
3-bosqich talabasi
azizabonuquvondiqova7@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15528179
Annotatsiya.
Sotsiologiya zamonaviy jamiyatni tushunish, uni tahlil qilish va ijtimoiy
muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar taklif qilishda asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
Bugungi globallashuv davrida jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, migratsiya, gender tengligi, ijtimoiy tengsizlik kabi
masalalarni chuqur anglash sotsiologik yondashuvni talab qiladi. Bu fanning shakllanishi,
rivojlanish yo‘nalishlari va asosiy nazariy maktablari orqali zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni
tahlil qilish imkoniyati kengaymoqda.
Аннотация:
Социология является одной из основных наук в понимании
современного общества, его анализе и предложении научно обоснованных решений
социальных проблем. Глубокое понимание таких вопросов, как изменения,
происходящие в обществе в современную эпоху глобализации, сложные отношения
между социальными группами, миграция, гендерное равенство, социальное
неравенство, требует социологического подхода. Благодаря формированию,
направлениям развития и основным теоретическим школам этой науки расширяются
возможности анализа современных социальных процессов.
Kalit so’zlar:
Jamiyat, shakllanish, fan, hayot, nazariya, axborot, faoliyat, tadqiqot, obyekt
Kлючевые слова:
Общество, формирование, наука, жизнь, теория, информация,
деятельность, исследование, объект.
Sotsiologiya (lot. socius — jamiyat, yun. λόγος — bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun
tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar,
shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil
qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara
oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.
Sotsiologiya inson jamiyati, ijtimoiy guruhlar va ularning o‘zaro aloqalari, tizimlari,
qadriyatlari, institutlari haqida bilim beruvchi fandir. Uning rivojlanish jarayonida turli nazariy
maktablar shakllandi. Har bir maktab jamiyatni tushuntirish uchun o‘ziga xos metod va
yondashuvlar taklif etdi. Sotsiologiya — bu jamiyatni, undagi guruh va institutlarni, ijtimoiy
munosabatlar va jarayonlarni o‘rganuvchi fan bo‘lib, u zamonaviy davrda eng dolzarb ijtimoiy
fanlar qatorida turadi. Sotsiologiya fanining maqsadi — ijtimoiy hayotdagi hodisalarni
o‘rganish, ularning sabablari va oqibatlarini aniqlash, jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlar
mohiyatini tushunishdir. Bu jarayonda sotsiologiya tarix, siyosatshunoslik, iqtisod,
antropologiya kabi fanlar bilan yaqin aloqada ishlaydi.
Sotsiologiya ilmiy fan sifatida XIX asrda shakllana boshladi. Fransuz faylasufi Ogyust Kont
ushbu fan asoschisi sifatida e’tirof etiladi. U sotsiologiyani “ijtimoiy fizika” deb atagan va
jamiyatni tabiatdagi obyektlar singari ilmiy metodlar bilan tahlil qilish zarurligini ta’kidlagan.
U inson tafakkuri taraqqiyotini uch bosqichda tasniflaydi: teologik, metafizik va pozitiv. Pozitiv
bosqichda inson tafakkuri aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
Keyinchalik G. Spenser sotsiologiyani biologik fanlar bilan bog‘lagan holda, jamiyatni
“ijtimoiy organizm”ga qiyoslagan. Unga ko‘ra, jamiyat o‘ziga xos tuzilma va funksiyalarga ega
bo‘lgan butunlik bo‘lib, uni tashkil etuvchi qismlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.
Bugungi kunda sotsiologiya fani raqamli, ekologik, gender va postmodern muammolarni
ham qamrab olgan holda tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonda sotsiologiya tarix,
siyosatshunoslik, iqtisod, antropologiya kabi fanlar bilan yaqin aloqada ishlaydi.
Sotsiologiya fani turli maktab va yo‘nalishlar orqali jamiyatga oid masalalarni tahlil qiladi.
Har bir yo‘nalish o‘z yondashuvi bilan ajralib turadi.
Quyida sotsiologiyaning bir nechta yo‘nalishlari bilan tanishamiz:
1.
Struktural funksionalizm -
bu yondashuv jamiyatni o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat
tizim sifatida ko‘radi. Emil Dyurkgeym bu nazariyaning asoschisi bo‘lib, har bir ijtimoiy
institutning jamiyat barqarorligini saqlashdagi o‘rnini aniqlagan. T. Parsonsa ko‘ra esa,
ijtimoiy tizim doimiy integratsiyaga intiladi va har bir komponent o‘z funksiyasini
bajaradi
2.
Ziddiyat nazariyasi (Marksizm)
Karl Marks jamiyat taraqqiyotini sinflar o‘rtasidagi kurash orqali tushuntirgan. Bu
nazariyada ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy ekspluatatsiya va hukmronlik asosiy mavzu sifatida
ko‘riladi. Marks kapitalistik jamiyatda mehnatkashlar (proletariat) o‘z mehnati evaziga
yaratilgan boylikni egallay olmaydi, chunki uni burjuaziya o‘zlashtirib oladi.
“Jamiyatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizim hukmron sinf manfaatlarini
ifodalaydi.”
3.
Simvolik interaktsionizm
Asoschilari: George Herbert Mead (1863–1931), Herbert Blumer (1900–1987) Bu
yo‘nalish kishilar o‘rtasidagi kundalik muloqot, ramzlar va belgilar orqali jamiyat shakllanishini
o‘rganadi. Mead fikricha, “shaxs” boshqalar bilan o‘zaro munosabatda rivojlanadi. Blumer esa
insonlar narsalarga ular uchun nimani anglatishiga qarab munosabatda bo‘lishini ta’kidlaydi.
4.
Fenomenologik sotsiologiya
Asoschisi: Alfred Schutz (1899–1959) Fenomenologik yondashuv ijtimoiy haqiqatni
odamlarning ichki tajribalari orqali tushunishga intiladi. Schutz oddiy kundalik voqealarni
qanday idrok qilinishini tahlil qiladi.
Uning fikricha: “Jamiyat — bu ongli faoliyat natijasi. U subyektiv ma’nolarsiz mavjud
bo‘lolmaydi.” (Schutz, 1967)
5.
Postmodern sotsiologiya
Vakillari: Jean Baudrillard, Zygmunt Bauman
Postmodernistlar zamonaviy jamiyatni “suqiluvchan”, “beqaror”, “axborotga to‘la, lekin
ma’noga och bo‘lgan” deb ta’riflashadi. Baudrillardning “simulyakrum” tushunchasiga ko‘ra, biz
haqiqatning emas, balki unga o‘xshash nusxalarning olamida yashayapmiz. Ya’ni: “Biz
axborotga to‘lib-toshgan, lekin haqiqatni yo‘qotgan jamiyatda yashaymiz.” (Baudrillard, 1981)
6.
Ekologik sotsiologiya
Vakillari: Allan Schnaiberg, John Bellamy Foster
Bu yo‘nalish jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi murakkab aloqalarni o‘rganadi. U inson
faoliyatining ekologik oqibatlarini sotsiologik kontekstda tushuntiradi. Fosterning
ta’kidlashicha: “Ijtimoiy taraqqiyot ekologik resurslar hisobiga emas, ular bilan uyg‘unlikda
bo‘lishi kerak.”
7.
Simvolik interaktsionizm
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
G. Mead va G. Blumer tomonidan ishlab chiqilgan bu yondashuv jamiyatni shaxslar
o‘rtasidagi muloqotlar, belgilar va ramzlar orqali tushuntiradi. Har bir inson o‘z ijtimoiy rolini
o‘zaro interaktsiya orqali shakllantiradi (Мид, 2009; Блюмер, 1986).
Sotsiologiya fanida har bir yo‘nalish jamiyatga o‘z uslubida yondashadi. Pozitivizm
obyektiv qonuniyatlarni izlaydi, funksionalizm tizimli barqarorlikni tushuntiradi, ziddiyat
nazariyasi esa ijtimoiy tengsizliklar va adolatsizlikni fosh qiladi. Simvolik interaktsionizm va
fenomenologiya insonning kundalik tajribasiga e’tibor qaratsa, feministik va ekologik
yo‘nalishlar jamiyatdagi chuqur strukturaviy muammolarni ko‘rsatib beradi. Ushbu
yondashuvlarning barchasi jamiyatni to‘liqroq tushunishimizga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda ham sotsiologiya oʻz tarixiga ega. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn
Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar
bildirilgan. Fanga ma’lum bo’lishicha, sotsiologiyaning – gender, shahar, ta’lim, huquq, siyosat,
oila, mehnat va boshqaruv kabi yana o‘nga yaqin yo’nalishlari mavjud.
Mamlakatimizda sotsiologiya ko‘pincha nazariy fan sifatida qaraladi. Amaliy sohalarda
jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oilaviy munosabatlar, migratsiya, ishsizlik sotsiologik
tahlillarga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Bu esa mavjud muammolarni to‘liq anglash va ilmiy
asosda yechimini topishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli, universitetlar va ilmiy-tadqiqot
institutlari amaliy sotsiologiyani rivojlantirishi lozim. Jamiyatdagi muammolarni o‘rganish
uchun doimiy monitoring tizimlari yo‘lga qo‘yilishi, tadqiqot natijalari esa davlat siyosati va
ijtimoiy dasturlarga integratsiyalashuvi zarur. Bundan tashqari, O‘zbekistonda sotsiologik
tadqiqotlar soni kam, mavjudlari esa ko‘pincha yuzaki va statistik ma’lumot yig‘ish bilan
cheklanadi. Bu esa chuqur tahlil va nazariy-empirik asoslangan xulosalarga olib kelmaydi.
Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, sotsiologik tadqiqotlar grantlari soni ko‘paytirilishi,
xususan yosh tadqiqotchilar uchun moliyaviy va metodologik ko‘mak berilishi lozim.
Shuningdek, davlat muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari sotsiologlar bilan yaqin
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak. Bu esa o‘z navbatida, ommaviy axborot vositalarida
sotsiologik izoh va tahlillar keng yoritilishi orqali bu soha ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kont, O. (1999). Kurs pozitivnoy filosofii. Moskva: Kanon+.
2.
Spenser, G. (1998). Osnovi sotsiologii. SPb: Lan.
3.
Dyurkgeym, E. (2003). O razdelenii obshestvennogo truda. Moskva: Kanon+.
4.
Parsons, T. (2002). Sotsialnie sistemi. Moskva: Akademicheskiy proyekt.
5.
Marks, K., Engels, F. (1987). Nemetskaya ideologiya. Moskva: Politizdat.
6.
Mid, Dj. G. (2009). Razum, Ya i obshestvo. SPb: Lan.
7.
Blyumer, G. (1986). Simvolicheskiy interaksionizm. Moskva: MGU.
8.
Shyus, A. (2004). Izbrannoye. Moskva: Logos.
9.
Bauman, Z. (2005). Liquid Modernity. Cambridge: Polity Press.
10.
Baudrillard, J. (1994). Simulacra and Simulation. Michigan: University Press.
11.
Giddens, A. (2009). Sotsiologiya. Moskva: Editorial URSS.
12.
Ritzer, G. (2011). Sociological Theory. 8th ed. McGraw-Hill.
13.
Best, S., & Kellner, D. (1991). Postmodern Theory. New York: Guilford Press.