Mualliflar

  • Xabibidinov Boburshoh Abduvali o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Xabibidinov Boburshoh Abduvali o‘g‘li

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.106879

Annotasiya

Muhammad Zohid Kavsariy 1879-yil 16-sentyabrda Turkiyaning Duzja viloyati Hojihasan qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning kelib chiqishi cherkes oilasiga mansub bo‘lgan. Otasi Hasan Hilmiy afandi 1831-yil Kavkazning Shabzarida tug‘ilgan bo‘lib, mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatgan.Zohid Kavsariy o'zining asarlarida mo'tadil islom g'oyasini ilgari surgan va bemazhablarga ko’plab raddiyalar bergan.U 1863-yil Kavkazning Chor imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oilasi va talabalari bilan birgalikda Duzja viloyatiga ko‘chib o‘tib, u yerda o‘z nomiga qo‘yilgan Hojihasan qishlog‘iga joylashgan. U yerda naqshbandiya tariqati xalifalaridan shayx Davlatga qo‘l berib, o‘zi ham 1865-yil xalifalik rutbasiga erishgan. 1867-yildan Hojihasan qishlog‘idagi madrasada ish faoliyatini boshlagan. 1870-yil Istanbul shahriga borib, u yerda Ahmad Ziyovuddin Kumushxonaviyning darslarida qatnashib, undan “Daloil al-xayrot” asari bo‘yicha ijoza olgan. Keyingi yil esa Hijozga borib, u yerda naqshiy shayxlaridan Muso Makkiy bilan uchrashib, undan xilofat ijozasini olgan. Duzjaga qaytib kelgach, Hasan Hilmiy afandi madrasada talabalarga dars berish bilan shug‘ullanib, 1926-yil, qariyb yuz yoshda vafot etgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

233

ZOHID KAVSARIYNING ISLOM ILMLARI RIVOJIDAGI O‘RNI

Xabibidinov Boburshoh Abduvali o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti

Muhammad Zohid Kavsariy 1879-yil 16-sentyabrda Turkiyaning Duzja

viloyati Hojihasan qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning kelib chiqishi cherkes oilasiga

mansub bo‘lgan. Otasi Hasan Hilmiy afandi 1831-yil Kavkazning Shabzarida

tug‘ilgan bo‘lib, mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatgan.Zohid Kavsariy o'zining

asarlarida mo'tadil islom g'oyasini ilgari surgan va bemazhablarga ko’plab

raddiyalar bergan.U 1863-yil Kavkazning Chor imperiyasi tomonidan bosib

olinishi natijasida oilasi va talabalari bilan birgalikda Duzja viloyatiga ko‘chib

o‘tib, u yerda o‘z nomiga qo‘yilgan Hojihasan qishlog‘iga joylashgan. U yerda

naqshbandiya tariqati xalifalaridan shayx Davlatga qo‘l berib, o‘zi ham 1865-yil

xalifalik rutbasiga erishgan. 1867-yildan Hojihasan qishlog‘idagi madrasada ish

faoliyatini boshlagan. 1870-yil Istanbul shahriga borib, u yerda Ahmad Ziyovuddin

Kumushxonaviyning darslarida qatnashib, undan “Daloil al-xayrot” asari bo‘yicha

ijoza olgan. Keyingi yil esa Hijozga borib, u yerda naqshiy shayxlaridan Muso

Makkiy bilan uchrashib, undan xilofat ijozasini olgan. Duzjaga qaytib kelgach,

Hasan Hilmiy afandi madrasada talabalarga dars berish bilan shug‘ullanib, 1926-

yil, qariyb yuz yoshda vafot etgan.

Zohid Kavsariy dastlabki ilmni otasidan olgan. So‘ngra Duzjadagi Rushdiya

maktabida muftiy Husayn Vajih afandi qo‘lida davom ettirgan. 1893-yil Istanbulga

borib, u yerda Qoziaskar Hasan afandi Dorul hadis madrasasida ta’lim olgan. U

madrasa hamda Fotih masjidida tashkil etilgan ko‘plab ilmiy majlislarda ishtirok

etgan. Kavsariyning ta’kidlashicha, uning ilmiy qarashlarining shakllanishida Ali

Zaynulobidin afandi va Ibrohim Haqqi afandilarning ta’siri katta bo‘lgan. U

Istanbulda o‘n yil ta’lim olib, 1904-yil madrasani tamomlagan, 1906-yil esa

darsiom unvoniga erishgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

234

Zohid Kavsariy Fotih masjidida mudarrislik faoliyati davomida

madrasalarni isloh qilish uchun tuzilgan komissiya tarkibiga kiritilgan. U

Kastamonu shahrida ochilgan yangi madrasada ham uch yil xizmat qilgan.

Kavsariy birinchi jahon urushidan keyin Sulaymoniyada madrasatul mutaxassisin

mudarrisligiga tayinlangan. 1919-yil shayxulislom vakilligi maqomi bo‘lgan dars

vakolati lavozimiga tayinlangan, biroq bir muddat o‘tib ushbu vazifadan ozod

etilgan.

Zohid Kavsariy hayoti davomida Ittihod va Taraqqiy jamiyatiga mansub

davlat, siyosat va fikr odamlariga muxolif bo‘lib yashagan. U 1922-yil o‘zini

ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqarilganini eshitgach, Misrga yo‘l oldi.

Avval Iskandariyaga, so‘ngra Qohiraga o‘tdi. Iskandariyadan Bayrutga, u yerdan

Shomga bordi. Shomda Dorul kutub az-Zohiriya kutubxonasida qo‘lyozma asarlar

ustida tadqiqotlar olib bordi. 1926-yil Qohiraga qaytib, al-Azharda tahsil oladigan

turk talabalari yashaydigan Taqiyyat al-Atrok Abu az-Zahab nomli takkada

istiqomat qila boshladi. 1928-yil ilmiy talabida ikkinchi bor Shomga safar qilgan

bo‘lsa-da, u yerda o‘ziga munosib davra topa olmay, keyingi yil yana Qohiraga

qaytdi.

Olim Qohirada Dijviy, Muhammad ibn Ja’far Kattoniy va Ahmad Rafi’

Tahtoviy kabi olimlardan islom ilmlari bo‘yicha ijoza oldi. Biror daromad manbai

bo‘lmagani sababli moddiy qiyinchiliklarga duch kelishiga qaramay, taklif etilgan

yordamlarni qabul qilmagan. Turkcha hujjatlarni arab tiliga tarjima qilish

maqsadida Dor al-muhofazat al-Misriya idorasi tomonidan o‘tkazilgan imtihondan

muvaffaqiyatli o‘tib, maosh olib ishlay boshladi. Bu orada oilasini Istanbuldan olib

keltirdi. U Istanbulda ekan vaqtida o‘g‘li va bir qizi vafot etgan bo‘lib, Qohiraga

ayoli va ikki qizi keldi. Qizlaridan Saniha 1934-yilda, Maliha esa 1947-yilda

Qohirada vafot etdi.

Zohid Kavsariyning “Muqaddimot” asari islomshunoslik sohasidagi

e’tiborga molik asarlardan hisoblanadi. Asar 5 qismdan iborat. Birinchi qismda

islom tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.Ikkinchi qism hadisshunoslik

ilmi bo’yicha yozilgan. Uchinchi qismda fiqh ilmiga oid ma’lumotlar jamlangan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

235

To’rtinchi qism ulamolar tabaqalari va tarjimalarga oid hisoblanadi. Beshinchi

qismda tasavvuf ilmiga oid muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin.

“Muqaddimot “ asari mo’tadil islom g’oyasini mustahkamlashda muhim manba

hisoblanadi.

Olim Qohirada yashagan vaqtida bir tomondan o‘z uyini madrasaga

aylantirib, talaba yetishtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘plab islom ilmlariga

oid asarlarning ilmiy nashrini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Asosan Misr,

Yaman, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Malayziya, Suriya, Iroq va Turkiya

mamlakatlaridan kelgan talabalarga ijoza berdi. Abdulhamid Kutubiy Misriy,

Ahmad Avang Husayn, Alasoniyalik Jamol O‘gut, Abdulfattoh Abu G‘udda,

Ahmad Hayri Posho, Muhammad Rashod Abdulmuttalib, Abul Fazl ibn Siddiq,

Ali Ulviy Kuruju, Mehmed Ehson Afandi, Mustafo Runyun va Muhammad

Husayn uning shogirdlaridan hisoblanadilar. Shu orada Misrdagi reformistik

harakatlarga qarshi kayfiyatda bo‘lgani sababli uni mamlakatdan chiqarib

yuborishga urinishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, shayx Abdulmajid Sinduniy va bir

muddat vaqf ishlari vaziri bo‘lgan al-Azhar shayxi Mustafo Abdurazzoqning

aralashuvi bilan bundan qutulib qoldi. Ilmiy faoliyati va nashrlari bilan e’tibor

qozongan Kavsariy Misrdagi ilm ahli orasida alohida mavqega ega bo‘ldi. Al-

Azharda o‘qigan shogirdlari vositasida Hindiston va Pokistondagi olimlar bilan

aloqa o‘rnatib, keng ilmiy doira yaratdi. 1950-yil Demokratik partiyaning

hokimiyat tepasiga kelishi bilan Turkiyaga qaytishni umid qilgan bo‘lsa-da, turli

xastaliklar bilan ovora bo‘lib qoldi va 1952-yil 11-avgustda vatan hasratida

Qohirada olamdan o‘tdi. Ortidan ayoli ham dardga chalinib, Turkiyaga qaytdi va

besh yildan so‘ng u ham vafot etdi.

Undan tashqari Zohid Kavsariy haqida o‘z zamonining bir necha allomalari

ma’lumotlar keltirgan bo‘lib, ularning barchasi olimning qilgan ishlarini e’tirof

etganlar. Zohid Kavsariy umri davomida bemazhablarga qarshi kurashdi.

Mazhabsizlik dinsizlikka olib boruvchi ko‘prik ekanligini o‘z asarlari bilan

isbotlab berdi. U mo‘tadil islom g‘oyasini ilgari surgan zabardast olimlardan biri

hisoblanadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

236

Foydalanilgan manba va adabiyotlar

1.

Abu-l-Fath Muhammad ibn Abd al-Karim ash-Shahristoniy. Al-Milal va-n-

nihal. 2 jildli / Tahqiq Muhammad Abd al-Qodir al-Fodiliy. – Bayrut:

Maktabat al-‘Asriya, 2000.

2.

Zohid Kavsariy. Maqolot. – Qohira: Maktabat al-Qohira, 2003.

3.

Zohid Kavsariy. Muqaddimot. – Qohira: Maktabat al-Qohira, 2001.

.