Mualliflar

  • Ro’ziqulov Davlatbek Nazaraliyevich

Muallif biografiyasi

  • Ro’ziqulov Davlatbek Nazaraliyevich

    katta o’qituvchi, Toshkent Davlat Agrar Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.106907

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.) tarqalishi zararkunanda.

Annotasiya

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar, uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirkalar va simqurtlar kabi zararkunadalarning, bioekologiyasi, tur-tarkibi hamda  tarqalishi  haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

87

UDK.632

DORIVOR TIRNOQGUL (CALENDULA OFFICINALIS L.)

O‘SIMLIGININGNING ASOSIY ZARARKUNANDALARINI

BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI

Ro’ziqulov Davlatbek Nazaraliyevich.,

katta o’qituvchi, Toshkent Davlat Agrar Universiteti

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada dorivor tirnoqgul (Calendula

officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar,

uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirkalar va

simqurtlar kabi zararkunadalarning, bioekologiyasi, tur-tarkibi hamda tarqalishi

haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.), tarqalishi,

zararkunanda.

KIRISH

: Respublikada o‘simliklarni himoya qilish sohasida atrof-muhit,

insonlar va jonzotlar uchun bezarar bo‘lgan biologik kurash usulini qo‘llashga katta

ahamiyat berilmoqda.

O‘zbekiston sharoitida aholining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyojini

qondirish bo‘yicha bir qator keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dorivor o‘simliklar zararkunandalariga qarshi kurash usullarini takomillashtirish

natijasida hosildorlikni sezilarli darajada saqlab qolish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.05.2022 yildagi PF-139-

son “Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni

qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”

Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning

oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash, dorivor

o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan hamda tadbirkorlik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

88

subektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish, dorivor

o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha hududlar kesimida ixtisoslashtiriladi. Bunda, 2022-

yildan 2026-yilgacha 36 000 gektar maydonda yangi dorivor o‘simliklar

plantatsiyalari tashkil etiladi.

Keyingi yillarda yangidan biolaboratoriyalar tashkil etilmoqda va eskilari

qayta zararkunandalarning yoppasiga tarqalishi oldini olish maqsadida profilaktik

tadbirlarga ham katta e’tibor berilmoqda.

Dorivor tirnoqgulga asosan zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar,

uzunburunlar,

qandalalar,

oqqanotlar,

o‘rgimchakkanalar

chigirkalar,

buzuqboshilar zararlaydi hamda hosilni kamayishiga olib keladi.

Issiqxona oqqanoti – (Trialeurodes vaporariorum

Westw

)

Teng qanotli

hasharotlar (

Homoptera

) turkumining oqqanotlar (

Aleyrodidae

) oilasiga mansub.

Issiqxona oqqanoti asosan issiqxonalardagi ekinlarni zararlab, ochiq sharoitga

bahordan boshlab uchib chiqadi. Ochiqdagi ekinlarda issiqxona oqqanoti yozning

jazirama issiq kunlarida rivojlanmaydi. Oqqanotlarning bu turiga havoning yuqori

issiqligi salbiy ta’sir etmaydi. Shuning uchun ham oqqanot 1990 yillardan boshlab

Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda dominant

turga aylandi. U ochiq dala sharoitlarida va issiqxonalarda ham kuchli rivojlanib,

ya’ni o‘simlik qanchalik erta zararlansa, shuncha ko‘p hosilni yo‘qotishi mumkin.

Masalan, ko‘chatlik davridan boshlab zararlangan tirnoqgul (himoya qilinmasa)

butunlay hosilsiz qolishi mumkin. Qiyg‘os hosilga kirgan paytdan boshlab

zararlansa 1/3 hosilni yo‘qotishi mumkin. Dorivor tirnoqgul issiqxona oqqanoti

bilan kuchli zararlanganda 60-70% hosilni yo‘qotishi mumkin.

O‘rgimchakkana - Tetranychus urticae

Koch

.

O‘rgimchakkana – Markaziy

Osiyoda g‘o‘zaning eng xavfli zararkunandasidir. Bu zararkunanda ayrim dalalarda

paxta hosilining yarmidan ko‘proq qismini nobud qilib qo‘yishi mumkin. Odatdagi

yillarda o‘rgimchakkana yalpi paxta hosilining 6 – 10 % ni, ba’zi yillarda esa hatto

14 % ni nobud qiladi. Dorivor tirnoqgul zararkunandalarini o‘rganish maqsadida

o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra o‘rgimchakkana hosilni kamaytirish bilan birga

tirnoqgulni dorivorlik sifatini ham pasaytiradi. Kana ko‘plab tushgan dorivor


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

89

tirnoqgul tuplaridagi normal unish kuchi yo‘qoladi, bunday sabab tufayli maysalari

sekin o‘sadi va notekis bo‘ladi.

O‘rgimchakkana aosan dorivor tirnoqgul o‘simliging barglarini orqa

tomoniga joylashib olib so‘rib zarar keltiradi.Ushbu zararkunanda shamol

yordamida dorivor tirnoqgul ekilgan maydonlarda tez tarqalib yil davomida 12-20

tagacha avlod beradi.

Shiralar:

Teng qanotlilar (

Homoptera

) turkumining

Aphidinea

kenja

turkumiga mansub. Shiralardan bir necha turi zarar yetkazadi. Bular orasida beda

yoki akatsiya shirasi xavflidir.

1-rasm. O‘rgimchakkanalar bilan zararlanayotgan dorivor tirnoqgul

o‘simligi barglarining mikroskopda ko‘rinishi.

Akatsiya shirasi - Aphis medicaginis craccivora Koch.

Akatsiya shirasi

Yevropa, Shimoliy-Sharqiy Afrika va Shimoliy Amerika mamlakatlarida keng

tarqalgan. O‘rta Osiyo va Kavkaz ortida ham uchraydi. Ushbu zararkunanda tropik

va subtropik iqlim sharoiti mavjud bo‘lgan mintaqalarga xos bo‘lganligi sababli, u

ekvatordan 60° shimoliy va 40° janubiy kenglikda joylashgan mamlakatlarda

uchraydi. Katta shira Kavkaz orti, Janubiy Ukraina va O‘rta Osiyo respublikalarida

tarqalgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

90

Shiralar yumshoq tanli mayda hasharotlar bo‘lib, yetuk zotining kattaligi 2,5-

4 mm ga teng. Shiralarning ikki shakli mavjud: qanotsiz va qanotli. Qanotlisi ikki

juft teng qanotga ega bo‘lib, oldingilari orqasidagidan ancha uzundir. Rivojlanishi

to‘liqsiz, ko‘pincha partenogenetik: tirik tug‘ish hisobiga, g‘umbak fazasi

bo‘lmaydi.

O‘simlik shiralari shakli jihatidan bir necha xil bo‘ladi, chunonchi bular

o‘rtasida tirik tug‘uvchi qanotsiz urg‘ochilari, tuxum qo‘yadigan qanotsiz

urg‘ochilari, tirik tug‘uvchi qanotli urg‘ochilari, qanotli (ba’zan qanotsiz) erkaklari

bor.

2-rasm. Dorivor tirnoqgul o‘simligining o‘suv nuqtalarini

zararlayotgan katta g‘o‘za shirasi (Acyrthosiphon gossypii Mordv.)

zararkunandasining mikroskopda ko‘rinishi

Katta g‘o‘za shirasi dorivor tirnoqgul o‘simligiga asosan bahor faslida tusha

boshalaydi.

Katta g‘o‘za shirasi tanasi yirik bo‘lib, kattalig 3,5-4 mm bo‘lib, ranglari kuk

yoki sariq bo‘lib, shiralar asosasan dorivor tirnoqgul o‘simliging o‘suv nuqtalariga

gala bo‘lib yopishib oladi va sanchib so‘rib zarar keltiradi.

Dorivor tirnoqgul o‘simligi barglari va usuv nuqtalari ushbu zararkunanda

shiralar zararidan so‘ng bujmayib qoladi, natijada o‘simlik o‘suvdan orqada qoladi.

Buzoqboshi zararkunanda hasharotlar to‘g‘ri qanotlilar turkumiga kiradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

91

Buzoqboshilar asosan ko‘plab o‘simliklar bilan oziqlanib shu qatori dorivor

tirnoqgulga ham zarar yetkazishi aniqlangan. Zararkunanda asosan dorivor

tirnoqgulnig ildizi va poyasini kemirib zararlaydi.

Buzoq boshi qo‘ng‘izlari asosan o‘zbekistonda

zararli buzoq boshi

(

Polyphilla adspersa

Motsch.), mart buzoq boshisi (

Melonotha afflicta

Ball), may

xrushlari (

Melolontha melolontha, M. hypocastani

) kabi turlari bo‘lib, ushbu

zararkunanda hasharotlar dorivor tirnoqgul o‘simligini ildizini zararlaydi.

Elateridae oilasiga mansub qarsildoq qo‘ng‘izlarning avlodi 2-5 yil

davom etadi. Ularning ba’zi turlari voyaga yetgan qo‘ng‘iz va lichinkalik

stadiyalarida, ba’zi turlari esa lichinkalik stadiyasida qishlaydi.

3-rasm. Dorivor tirnoqgul o‘simligida uchragan buzoqboshi-

(

Gryllotalpidae)

Xulosa.

Respublikamizda ilk bor dorivor o’simliklari hamda tirnoqgul

o’simligining asosiy zararkunandalari bioekaologiyasi, tur tarkibi, tarqalishi, zarari

iqlimi va tuproq sharoitlarini o’rganilib asosiy zarakunanlariga qarshi kurash

choralari olib borilmoqda.Bunga sabab yildan-yilga dorivor o’simliklariga talab

oshib borayapti shuning uchun ham dorivor o’simliklar ekiladigan maydonlar ham

kengaytirilmoqda hamda ularning zararkunanda tur-tarkibi zarari ham ortib

bormoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

92

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Dusmanov I., Xolliyev A. O‘simliklar zararkunanda kasalliklari va ularga

qarshi kurash choralari. Tavsiyanoma. 2015.

2.

Xo‘jayev

SH.T.,

Xolmurodov

E.A.-“Entomologiya,

o‘simliklarni

zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarini

himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari. Toshkent, “Fan” nashriyoti,

2009. .

3.

A.Murodov-Umumiy entomologiya kursi “Mehnat” nashriyoti Toshkent 2003.

4.

Dorivor o‘simlik zararkunandalari. B.Q.Muxammadiyev, A.T.Xolliyev,

N.Irgasheva,A.Xasanov ,T.: “ToshdAU tahririyat nashriyot” bo‘limi,

(o‘quv qo‘llanma). 2019.