Mualliflar

  • Xasanova Shohista Mirzaahmad qizi

Muallif biografiyasi

  • Xasanova Shohista Mirzaahmad qizi

    O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.106967

Annotasiya

Tanqidiy fikrlash hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir fazilatdir. Bu nafaqat mantiqiy fikrlashni, muammolarni hal qilishni va yangiliklar yaratishni o‘z ichiga oladi, balki insonning qaror qabul qilish, atrofdagi voqealarni anglash va oqilona harakatlar qilishini ham ta’minlaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun alohida ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lish zarur emas. Bu fazilat yosh, tajriba yoki IQ darajasi bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki ongimizdagi farazlarimizni tekshirish va tahlil qilish orqali erishiladigan ko‘nikmadir. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning asosiy qadamlari, farazlarni ilg‘ash, ularni tahlil qilish, har bir hodisaga turli burchaklardan qarash va oqilona chora ko‘rish, bizning hayotimizda yuz beradigan voqealar va qarorlar uchun muhimdir. Ta’limda tanqidiy fikrlashni o‘rgatishning ahamiyati tobora ortib bormoqda, chunki bu usul orqali o‘quvchilar faqatgina tilni o‘rganibgina qolmay, balki hayotiy vaziyatlarni chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

217

TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMASI RIVOJLANTIRISHNING

STRATEGIYALARI

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti doktaranti

Xasanova Shohista Mirzaahmad qizi

Tanqidiy fikrlash hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir fazilatdir. Bu

nafaqat mantiqiy fikrlashni, muammolarni hal qilishni va yangiliklar yaratishni o‘z

ichiga oladi, balki insonning qaror qabul qilish, atrofdagi voqealarni anglash va

oqilona harakatlar qilishini ham ta’minlaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

uchun alohida ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lish zarur emas. Bu fazilat yosh,

tajriba yoki IQ darajasi bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki ongimizdagi farazlarimizni

tekshirish va tahlil qilish orqali erishiladigan ko‘nikmadir. Shuningdek, tanqidiy

fikrlashning asosiy qadamlari, farazlarni ilg‘ash, ularni tahlil qilish, har bir

hodisaga turli burchaklardan qarash va oqilona chora ko‘rish, bizning hayotimizda

yuz beradigan voqealar va qarorlar uchun muhimdir. Ta’limda tanqidiy fikrlashni

o‘rgatishning ahamiyati tobora ortib bormoqda, chunki bu usul orqali o‘quvchilar

faqatgina tilni o‘rganibgina qolmay, balki hayotiy vaziyatlarni chuqurroq anglash

imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Inson bolaligidan tortib ulg‘aygunicha atrof muhitning sindirib kelgan

farazlariga ergashadi,ishonadi va suyanadi. Brukfildning (2012) ta’kidlashicha

tanqidiy fikrlashning birinchi qadami bu mavjub bo‘lgan farazlarni aniqlab olib

yuzaga chiqarishdir. Ikkinchi qadam bu farazlarni tahlil qilib asosli, asossiz,

foydali, zararli turlariga bo‘lib olish. Uchinchi boshqich bu voqea-hodislarga har

hil burchakdan boqishdir. Ko‘p holatlarda biz atrofdagi hodisdalarga bir tomolama

baho berib, tor doirada fikr-mushohada qilamiz va asossiz xulosalar chiqarishimiz

mumkin. Ko‘p tomonlama nazar solishni o‘rganish keng doirada va chuqur

fikrlashha yordam beradi. Ohirgi to‘rtinchi bosqich bu mushohadali choralar

ko‘rish. Aslida tanqidiy fikrlashni o‘rganishdan maqsad ham oqilona harakatlar

qilishni o‘rganish. Zero hayotda yuz bor ahmoqona harakatlar qilib vaqt va


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

218

resurslarni behis sarflagandan ko‘ra bir bora tanqidiy fikrlash asoslarni

o‘zlashtirgan ma’qul. Ahir har bir harakatimizning kelajakda oqibatlari mavjud.

Oqilona qaror bu dalillarga va tahlillarga suyangan, ishonchli asoslarga ega

qarordir. Tanqidiy fiklashni o‘zlashtirish uchun bu to‘rt boshqichdan o‘tishni

Brukfild o‘z asarlarida olg‘a surgan.

Tanqidiy fikrlash ta’limda tafakkur etishning samarador usuliga aylandi, zero

hozirgi turli hil va murakkab ideologiyalar davrida qanday qilib ishonchli va

foydali ma’lumotlarni olishni bilish juda muhimdir. Tanqidiy fikrlashning

ahamiyati va samaradorligi ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan

tadqiqotlarda sinovdan o’tgan. Brukfildning fikricha “biz tanqidiy fikrlash orqali

muammolarning negizida yotgan fundamental farazlarni yuzaga chiqaramiz”.

Brukfild (2012) yana shuni ta’kidlaydki ideologiyalar bu oiladan, maktabdan,

jamiyatdan, ahborot vositalaridan va siyosat namoyondalaridan inson ongiga kirib

kelgan farazlar bo‘lib, ular jamiyatlarni quruvchi ta’bbiy omillar hisoblanadi.

Shunday ekan tanqidiy fikrlash nafaqat mantiqiy fikrlashga yoki muammolarni hal

qilishga yordam beradi balki jamiyat va ahborot vositalari tasirida shakllangan turli

hil ideologiyalarning ildizini aniqlashga ko’maklashadi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki tanqidiy fikrlashni ta’limda joriy qilish

oson usul emas ,aksincha o‘z ichiga bir necha strategiyalarni oladi. Feroud va

Alamning (2022) fikricha tanqidiy fikrlashning olti bosqichi mavjud: oldindan

ko‘rish, izohlash, umumlashtirish, tahlil qilish, qayta o‘qish va javob berishdan

iborat. Tsai va Vuning (2022) nazarlariga ko‘ra tanqidiy fiklash uchun “ovoz

chiqarib o‘ylash” katta yordam berar , zero ovoz chiqarib har bir fikrni bayon

qilganda aqliy jarayonni yaqqol kuzatish mumkin . Ammo ularning tadqiqoti shuni

ko‘rsatadiki bu jarayon uchun uzoq vaqt talab qilinishi mumkin. Karrigus

(2002)ham tanqidiy fikrlash uchun to‘rt boshqichdan iborat strategiya taklif

qilgan: o‘qigan yoki eshitgan ma’lumotini ko‘zdan kechirish va so‘ngra materialni

sintez qilish, umumlashtirish, baholashdir . Shuningdek Xuji (2010) tanqidiy

kirlashni to‘rtta boshqichda olib borishni da’vat etgan: tizimli tahlil, ritorik tahlil,

ijtimoiy ahamiyatga egalik va yaxlit baholash. Birinchi va ikkinchi bosqichlar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

219

kontekstni anglashga aloqador bo‘lsa, uchunchi bosqichda o‘quvchining

kontekstga aloqador o‘tmishda olingan ma’lumotlarni yuzaga chiqarishdir.

To‘rtinchisi bosqichda tahlil qilish, dalillarni to‘plash, manbalar va mafkuralarni

so‘roq qilishda amalga oshadi.

Tanqidiy tafakkur etish o‘qish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh

tanqidiy fikrlashni o‘quv dasturiga kiritish qanchalik muhim? Bir tomondan

tanqidiy fiklashni ingliz tili darslarining bir qismi sifatida o‘rganish o‘quv

jarayonini tezlashtirib, zavqga to‘ldiradi. Shuningdek ingliz tilida ma’lumotlarni

tanqidiy o‘qiy olish va eshita olish umumiy ingliz tili darajasini rivojlantirishga

kata hissa qo‘shadi. Ammo tanqidiy fikrlashni o‘quv jarayoniga kiritishning o‘z

qiyinchiliklari mavjud. Yuan & Stapletonning (2019) tadqiqot natijalari shuni

ko‘rsatdiki, tanqidiy fikrlashni qo‘llash uchun potentsial to‘siqlar maktabning

ichki qa’ttiy siyosati bo‘lgan. Shuningdek o‘qituvchilarning tanqidiy fikrlashni

o‘rgatish bo‘yicha sayoz va chegaralangan bilimlari tanqidiy fikrlashni samarali

o‘qita olmaslikka sabab bo‘lgan. Undan tashqari bir tadqiqot natijalariga ko‘ra

o‘quvchilar tanqidiy fikrlashni murakkab savolardan iborat yangi fan deb

o‘ylashgan. Shunga qaramasdan tanqidiy fikrlashning sistematik strategiyalardan

habardor bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi ikki barobar oshgan.

Ular o‘qigan ma’lumotlarining asosiy ma’nosini anglashni o‘rganishgan. Shunday

ekan tanqidiy fikrlashni o‘quv jarayoniga kiritish o‘quvchilarning fikrlash

darajasini pastdan yuqoriga olib chiqqan. Ammo tanqidiy fikrlashni o‘quv

dasturiga kiritish qadambaqadam jarayon bo‘lmog‘i zarur. Avvalo til o‘qituvchilari

ta’limida tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun boy va haqiqiy materiallarni

taqdim etish kerak. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, talabalar o‘qituvchilarining

ingliz tiliga oid global muammolari va ularni turli ijtimoiy-madaniy kontekstlarda

o‘qitish usullarini o‘rganishi muhimdir. Sinflarda global muammolar bo‘yicha

guruh muhokamasi bo‘lajak o‘qituvchilarning darslarini yanada interaktiv qiladi,

shuningdek talabalar hayotiga bog‘liq muammolarni tahlil qilish, sintez qilish va

baholash tanqidiy fikrlashning ilk qadamlaridir.

Tanqidiy fikrlash – bu murakkab va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, u har bir


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

220

insonni ongli va oqilona fikrlashga o‘rgatadi. Tanqidiy fikrlashni ta’lim jarayoniga

kiritish o‘quvchilarning fikrlash darajasini yuqoriga ko‘taradi, ularga global

muammolarni tahlil qilish, sintez qilish va baholash imkonini beradi. Shuningdek,

tanqidiy fikrlashni o‘rganish nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi,

balki ularning ijtimoiy va madaniy ongini ham shakllantiradi. Biroq, bu

jarayonning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun talabalar va o‘qituvchilarda to‘g‘ri

pedagogik yondashuv va metodika bo‘lishi zarur. Tanqidiy fikrlashni o‘rgatish

orqali biz o‘quvchilarga mustaqil fikr yuritish, ijtimoiy ahamiyatga ega

muammolarni tahlil qilish va ularni oqilona hal qilishni o‘rgatishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

Brookfield, S.D. (2012). Reading and writing critically.

In Teaching for

critical thinking

(pp. 129-155). United States of America.

Ferdous, Z. and Alam, M. (2022). Exploring the Meaning of Critical Reading.

Language in India

, 22:7 248-252. ISSN 1930-2940

Huijie, L.I. (2010). Developing a hierarchical framework of critical reading

proficiency.

Chinese Journal of Applied Linguistics (Foreign Language Teaching

& Research Press)

, 33(6), 40-54.

Carrigus, R. (2002).

Design in reading: An introduction to critical reading.

New York: Longman.

Tsai, M. J., Wu, A. H., Braten, I., Wang, Ch. Y. (2022). What do critical

reading strategies look like? Eye-tracking and lag sequential analysis reveals

attention to data and reasoning when reading conflicting information.

Computers

& Education

,187 1-15.

Yuan, R.,Stapleton.(2020). Student teachers’ perceptions of critical thinking

and its teaching.

ELT Journal

,74(1),40-48.